TRANSPORT VA SANOAT KORXONALARIDAN HOSIL BO'LADIGAN MODDALARDAN NAMUNALAR OLISH VA MIQDORLARINI ANIQLASH
Abstract
Annotatsiya; Maqolada Transport vositalarining atmosfera ekologik holatiga ta’siri tahlil qilib chiqildi. Sanoat korxonlarining atmosfera havosiga shuningdek tuproq muhitiga salbiy ta’siri nazariy jihatdan tahlil etilgan. Kalit so`zlar: Sanoat, simob, qo`rg`oshin, uglevodorodlar aralashmalari, antropogen ifloslanish, toksik moddalar.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 60 TRANSPORT VA SANOAT KORXONALARIDAN HOSIL BO’LADIGAN MODDALARDAN NAMUNALAR OLISH VA MIQDORLARINI ANIQLASH Egamberdiyev Abror Ibragimovich Qarshi davlat universiteti o`qituvchisi Annotatsiya; Maqolada Transport vositalarining atmosfera ekologik holatiga ta’siri tahlil qilib chiqildi. Sanoat korxonlarining atmosfera havosiga shuningdek tuproq muhitiga salbiy ta’siri nazariy jihatdan tahlil etilgan. Kalit so`zlar: Sanoat, simob, qo`rg`oshin, uglevodorodlar aralashmalari, antropogen ifloslanish, toksik moddalar. Аннотация; В статье проанализировано влияние транспортных средств на экологическое состояние атмосферы. Теоретически проанализировано негативное воздействие промышленных предприятий на атмосферный воздух, а также на почвенную среду. Ключевые слова: промышленность, ртуть, свинец, смеси углеводородов, антропогенное загрязнение, Annotation; the article analyzed the impact of vehicles on the environmental condition of the atmosphere. The negative impact of industrial enterprises on atmospheric air as well as the soil environment has been theoretically analyzed. Keywords: Industrial, mercury, lead, hydrocarbon mixtures, anthropogenic pollution, toxic substances. Mavzuning dolzarbligi.Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omillar sanoat korxonalari, zavod va fabrikalar, avtotransport vositalari bilan bog`liqdir. Shuningdek, po`lat erituvchi pechlar, domna o`choqlari, koks-kimyo sohasi, azotli o`g`itlar beruvchi zavodlar, ko`mir va rangli metall konlari, temir yo`l transporti vositalari ham atmosferaga uzluksiz zaharli moddalar tashlaydi [2].
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 61 Transport va Sanoat korxonalarining atmosferaga chiqadigan N va S oksidi kislotalar paydo bo`lishining manbai bo`lib, kislotali yomg`irning paydo bo`lishiga olib keladi, uning ta`siri ostida tuproqlarni kislotalash jarayoni sodir bo`ladi. Tuproqni kislotalash bilan tuproqlarning tarkibiy va fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari o`zgaradi. Tuproqdagi kislotalanish darajasi oshishi bilan mikroorganizmlarning faolligi pasayadi va mikrobiotaning tur tarkibi ham o`zgaradi [3]. Ishning maqsadi. Transport va Sanoat korxonalarining atmosferaga chiqariladigan tashlamalar namunalari maxsus gazoanalizator asbobi yordamida tahlil qilish va ekologik holatga ta’sirini o`rganish. Tadqiqotning vazifasi. Transport va Sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarni o`rganish, sanoat chiqindilarining atmosferaga ta‘sirini o`rganish va tahlil qilish, sanoat chiqindilarining atmosfera va tuproqqa ta`siri oqibatlarini o`rganish. Nazariy tahlil. Sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlari 4-xavfli toifadagi moddalar kiradi, inson organizmiga toksikologik ta'sir ko'rsatmaydi, ammo atmosferadagi kislorod miqdorini 15-16% gacha kamaytiradigan kontsentratsiyalarda ular siqilishni keltirib chiqaradi (OST 51.40-93). Karbonat angidriddan tashqari, issiqxona ta'sirining ko'payishi atmosferadagi metan tarkibining ko'payishi bilan ta'minlanadi. Metan yerning issiqlik nurlanishini spektrning infraqizil mintaqasida 7,66 mikron to'lqin uzunligida intensiv ravishda oladi. Metan uglerod dioksididan so'ng yerning issiqlik nurlanishini yutish samaradorligi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Issiqxona effektini yaratishda metanning ulushi karbonat angidrid uchun qabul qilingan qiymatning qariyb 30% ni tashkil qiladi [4]. Transport va ko’chma manbalardan atmosferaga chiqariladigan tashlamalar namunalari maxsus gazoanalizator asbobi yordamida olinadi. Turg’un va ko’chma manbalar tashlamalari asbob-uskunalar yordamida o’lchash usuli, sarflangan yoqilg’i-energiteka mahsulotlari va boshqa harajatlarga qarab xisob-kitob qilish
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 62 usullari orqali amalga oshiriladi. Asbobiy usulda turg’un manbalardan tashlanayotgan tashlama miqdorlari sekundiga tashlanayotgan tashlama miqdorlari grammdagi massasi o’lchanib, belgilangan me’yor ko’rsatgichlariga taqqoslanadi. Noqulay ob-havo vaqtida, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar ustidan nazoratni o’rnatish 52.04.52-85 sonli normativ hujjatlarga asosan olib boriladi. 1-rasm. Gaz namunalarini mexanik aspiratorlarga olish. Mexanik aspirator. 1butil shisha idish; 2-jumrak; 3-qiskich; 4qopqoq. Noqulay meteorologik sharoit Gidrometeorologiya boshqarmasi tomonidan aniqlanadi va atmosferaga zararli ta’sir ko’rsatuvchi yirik korxona va tashkilotlarga Noqulay meteorologik sharoit yuzaga kelganligi va qancha vaqt davom etishliligi va qanday bosqichda ekanligi haqida xabar beradi. Noqulay meteorologik sharoit 3 bosqichdan iborat bo’ladi. Havo namunasini suyuqlikka yuttiruvchi idishlar. Atmosfera havosidagi ruxsat etilgan moddalar konsentratsiyasi (PDK) dan 1 marotaba ortganda birinchi bosqich deb belgilanadi. Bu bosqichda korxona va tashkilot manbalaridan atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdorini 15-20 foizga qisqartirilishlari kerak bo’ladi. Atmosfera havosidagi ruxsat etilgan moddalar konsentratsiyasi (REMK) dan 3 marotaba ortsa ikkinchi boskich belgilanadi. Bu boskichda tashlamalar 20-40
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 63 foizga kamaytirilishi lozim. Atmosfera havosidagi ruxsat etilgan moddalar konsentratsiyasi (REMK)dan 5 marotaba ortsa uchinchi bosqich deb belgilanadi. Bu bosqichda tashlamalar 40-60 foizga kamaytirilishi lozim. Asosiy komponentlar indikator trubkasiga to’ldirilgan indikator rangini o’zgartirib ta’sir qiladi. Bo’yalgan qatlamning uzunligiga qarab (avvaldan tayyorlangan graduirlangan shkala bo’yicha) aniqlanayotgan moddaning miqdori bilib olinadi. 2-rasm. UG-2 asbobi (qurilma). 1-rezinali silfon; 2-silfon prujinasi; 3shtuserdan chiqqan rezinali trubka; 4-stopor; 5-ikkita chuqurchali kanafka; 6-shtok; 7-yonaltiruvchi vitulka; 8-shtokni saqlash uchun teshik; 9-shkalali tirgich; 10-shtuserdan silfonni harakatsiz flansiyagacha bolgan trubka. Ko’chma manbalarlardan tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarni o’lchash bo’yicha maxsus asboblar mavjud bo’lib, benzinli hamda gaz yoqilg’isida harakatlanadigan avtotransportlar uchun FA-121, Infrolit 1100, Avtotest va boshqa asboblar va dizelli dvigatellarning ishlatilgan gazlaridagi zararli tutun qalinligini o’lchash uchun KID-1. TOZAL-D, Meta kabi asboblar mavjud. Mazkur asboblar yordamida olingan natijalar davlat standartlariga solishtiriladi. Bugungi kunda benzinli va gaz yoqilg’isida harakatlanadigan avtotransport vositalarida ishlatiladigan gazlarda hosil bo’lgan ifloslantiruvchi moddalardan is gazi (uglerod oksidi-SO) va uglevodorodlar (SN) uchun davlat standartlarida (benzinli dvigatellar uchun GOST 17.2.2 03-87 va gaz yoqilg’isi uchun O’z Dst 2307:2011) me’yorlar belgilangan. Dizel dvigatellarida hosil bo’ladigan ifloslantiruvchi moddalar tutun qalinligini o’lchovchi asboblar (dimomer)
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 64 yordamida o’lchanadi. Asbob yordamida olingan natijalar davlat standarti (GOST 21393-78) bilan belgilangan me’yorlarga solishtiriladi. Natijalar foiz hisobida belgilanadi. [3; 12-b] Atmosfera havosidan namuna olishda havoning changlanganlik miqdori va havo muhitining gazlanganlik miqdorini aniqlash inobatga olinib, og’irlik va hisobiy usullaridan keng foydalanish orqali amalga oshiriladi. 3-rsm. Havoni so’rib oluvchi moslama. 1-qo’lbola nasos; 2-aspirator. Havoning changlanganlik miqdorini aniqlash. Havodagi changning miqdorini aniqlash uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: og’irlik usuli va sanash usuli. Og’irlik usuli qulay bo’lganligi uchun keng qo’llaniladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so’rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og’irligini, shuningdek, so’rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo’lgan chang miqdorini aniqlash mumkin. Qattiq moddaning havoda uzoq vaqt muallaq holatda bo’la oladigan eng mayda zarrachalari chang deb ataladi. Barcha texnologik jarayonlarda, shu jumladan hisoblash va aloqa zallari, kompyuter xonalari hamda boshqa xonalarda ma’lum darajada havoga chang tarqaladi. Chang va tutun umumiy qilib aerozollar deb ataladi. Changlar organik va anorganik changlarga bo’linadi. Organik changlar jumlasiga o’simlik, yog’och changi va boshqalar kiradi.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 65 Anorganik chang jumlasiga esa mineral hamda metall changi kiradi. Metall changi masalan, elektrogaz alangasida paydo bo’lib, payvandlash protsessida havoda tutunga qo’shilib aerozollar hosil qiladi. Qurilish korxonalarining ishlab chiqarish xonalari havosida 70-80% 5 mk gacha kattalikdagi chang zarrachalari bo’ladi. Sanoat korxonalarini loyihalash sanitariya normalarida ishlab chiqarish korxonalaridagi xonalar havosi tarkibida changning yo’l qo’yilgan chegaraviy miqdori belgilangan. Masalan, havodagi chang tarkibida erkin kremniy oksid 70% dan ortiq bo’lganda xonada chang miqdori 1 mg/m3, kremniy oksid 10-70% bo’lganda chang 2 mg/m3 10% dan kam bo’lganda esa chang 3-4 mg/m3 bo’lishi kerak. [5; 9-10 b] Shisha va mineral tola changi uchun changning yo’l qo’yiladigan miqdori 4mg/m3 ga teng jami 20 dan ortiq zararsiz chang turlari uchun normalar belgilangan. Og’irlik usuli va chang zarrachalari o’lchamlarining xarakteristikasi sanoat korxonalari va qurilish maydonlari havosining chang bilan ifloslanganlik darajasini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Og’irlik usuli tekshirilgan ma’lum hajmli havoni filtrdan so’rib o’tkazilganda uning og’irligini ortish prinsipiga asoslangan. Changning og’irlik miqdori havoning hajmi birligidagi chang miqdorini bildiradi. Changlanganlik darajasi havoni bir o’lcham birligidagi chang zarrachalarining og’irlik usuli yordamida aniqlash, filtr orqali o’tgan ma’lum miqdordagi havodagi changlarni ushlash va uning konsentratsiyasi miqdorini quyidagi formula asosida aniqlanadi; Q = q1-q2/ V0*r [1] ; Q changning konsentratsiya miqdori, mg/m3 q1 filtrning tajribagacha bo’lgan og[irligi, mg; q2 filtrning tajribadan keyingi og’irligi, mg; V0 (00temperaturadagi 760 mm. atmosfera bosimidagi) filtr orqali so’rib olingan havoning hajmi, m3. Xulosa
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 66 Xulosa qilib aytganda, transport va sanoat korxonalarining faoliyati davomida atmosfera havosi uchun tuproq muhiti uchun va jamiyki biosferaga turli xildagi kimyoviy moddalarni chiqaradi va atrof-muhit holatiga o`z salbiy ta’sirini ko`rsatadi. Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi moddalarning barcha biologik va texnik jarayonlaridagi ahamiyatining keng qirraligi havo tarkibini o’rganuvchi mutaxassislar oldida turgan vazifalarning xilma xilligini belgilaydi. Havoni tahlil qilishdan maqsad doim uning tabiiy tarkibidagi og’ishlarni aniqlashdan iborat bo’ladi. Bunda azot miqdori odatda aniqlanmaydi, kislorodniki esa, faqat zarur hollarda tekshiriladi chunki bu elementlarning ikkalasi atmosferada katta miqdori mavjud bo’lib, ularning konsentratsiyasi deyarli doimiydir. Statsionar manbalardan atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlamalar namunalari maxsus tarzda namuna olish uchun jihozlangan joylardagi tahlil natijalarini olib borish metodikalariga muvofiq olinadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Akramov B.Sh Gaz va gaz kondesat konlarini ishlatish.Toshkent-2016 y. 3 9 bet. 2. https://www.qashqadaryogz.uz 3.Гришина Л.А. Влияние атмосферного загрязнения на свойства почвы / Л.А. Гришина. - М.: МГУ, 1990. - 205 c 4.Бажин Н.М. Метан в атмосфере / Н.М. Бажин // Соросов. Образовательный журнал. - 2000. - т.6. - №3. - С.52-58. 5.Васильев А.А. Экологические технологии нефтедобывающих компаний Западной Сибири / А.А. Васильев, Н.И Матвеев, В.Б. Лукиных // ЭКиП. - 2004 - №5. - С. 16-17. 6.Луканин В.Н. Промышленно-транспортная экология / В.Н. Луканин, Ю.В. Трофименко. - М: Высшая школа, 2001. – 273 c.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 67 7.Abduraxmonov E., Xoshimov T.J. Samarqand viloyatida atmasfera havosi va texnalogik gazlar taxlilini rivojlantirish soxasidagi tadqiqotlar xususida // Yekologiya xabarnomasi, 2005, №3, 43-45 b. 8. Egamberdiyev A.I. Chang-gaz tozalash uskunalarida zamonaviy texnalogiyalar qo’llash orqali korxonalarning atmosferaga ta’sirini kamaytirish choralari 9. Egamberdiyev A.I., Arabov D.SH. An analysis of the impact of industrial enterprises on the environment in the framework of modern projects