FRANSUZ TILI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR ETIMOLOGIYASIDAGI MA'NOVIY MUTANOSIBLIK HOLATI
Abstract
Annotatsiya: ushbu maqolada fransuzcha frazeologik birliklar etimologiyasi xususidagi ma’noviy mutanosiblik holati yoritilgan bo`lib, etimologiya hamda frazeologiyani bir -biriga bog’liq holda o’rganishning muhimligi, hamda bu tilde keng qo`llaniladigan qiziqarli iboralar haqida so`z yuritilgan. Kalit so'zlar: xorijiy tillar, etimologiya, frazeologiya, frazeologik birliklar, lug'at, tarixiy iboralar, tarjima, tarjimon
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 84 FRANSUZ TILI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR ETIMOLOGIYASIDAGI MA’NOVIY MUTANOSIBLIK HOLATI Zulfiya Davronova O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Sarvinoz Azamjonova O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-kurs talabasi Annotatsiya: ushbu maqolada fransuzcha frazeologik birliklar etimologiyasi xususidagi ma’noviy mutanosiblik holati yoritilgan bo`lib, etimologiya hamda frazeologiyani bir -biriga bog’liq holda o’rganishning muhimligi, hamda bu tilde keng qo`llaniladigan qiziqarli iboralar haqida so`z yuritilgan. Kalit so'zlar: xorijiy tillar, etimologiya, frazeologiya, frazeologik birliklar, lug'at, tarixiy iboralar, tarjima, tarjimon Аннотация: В данной статье освещается вопрос семантического соответствия во фразеологических единицах французского языка с точки зрения их этимологии. Подчёркивается важность изучения этимологии и фразеологии во взаимосвязи, а также рассматриваются интересные и широко употребляемые выражения во французском языке. Ключевые слова: иностранные языки, этимология, фразеология, фразеологические единицы, словарь, исторические выражения, перевод, переводчик. Annotation: This article explores the issue of semantic correspondence in French phraseological units from an etymological perspective. It emphasizes the importance of studying etymology and phraseology in an interconnected manner and examines interesting and commonly used expressions in the French language.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 85 Keywords: foreign languages, etymology, phraseology, phraseological units, dictionary, historical expressions, translation, translator. O’zbekistonni dunyoga tanitishda, albatta, xorijiy tillarni bilishning o’rni beqiyosdir. Bugungi kunda chet el adabiyoti, madaniyati, san’atini o’rganishimizda tarjimon yozuvchilarimizning o’rni beqiyosdir. Badiiy matn tarjimasida kuzatilgan asosiy muammolardan biri frazeologizmlar tarjimasidir. Ushbu holdan kelib chiqib, frazeologik birlashma va uning tarjimadagi ifodasini o’rganish tarjimon oldidagi muammolarni biroz bo’lsada, yengillashtiradi. Fransuzcha frazeologik birliklarning etimologiyasi xususidagi ishlar bir necha asrlardan buyon fransuz tilshunoslari diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Etimologik izlanishlar, avvalo, fransuzcha frazeologik birliklarni nazariy jihatdan o’rganishni taqazo etadi. Tadqiqotlar natijasida etimologiya frazeologiyaning mustaqil bo’limi sifatida ajralib chiqdi va aynan frazeologik birliklarning etimologiyasi tadqiqotlar kun tartibiga qo’yildi. Etimologiya so`zi grekcha ’’etumologia’’, ’’asl ma’no’’ so’zidan kelib chiqqan. Etimologiya - har bir so’zning kelib chiqish tarixini, evolyutsiyasini o’rganuvchi tilshunoslikning bir bo’limi. Etimologiyada so’z va so’z birikmlarining kelib chiqish asoslari aniqlanadi, frazeologiyada tilning lug’at boyligidagi ko’chma ma’noli turg’un konstruksiyalar, frazemalar xususida bahs yuritiladi. Fransuz tilshunoslari birinchilardan bo’lib frazeologik birliklar etimologiyasini semasiologiya bilan bog’liq holda o’rganishadi. R.A.Budagov “Garchi etimologik izlanishlar turli maqsadlarni ifodalasada, ular baribir bir -biriga tayanib ish ko’radilar”, deb aytib o’tgan edi. Bu borada fransuz tilshunoslari to’g’ri yo’ldan ketishgan ular etimologiya hamda frazeologiyani bir -biriga bog’liq holda o’rganishgan. Chunki, frazeologik birliklar tarkibidagi ma’no o’rganilmasdan turib, ularning etimologiyasini o’rganish mumkin emas. Fransuz tilshunoslari aynan shu masala yuzasidan ko’plab ishlar olib bordilar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 86 va bu tadqiqotlar ularning yutug’i edi. Fransuzcha frazeologik birliklarni etimologik nuqtai nazardan tahlil qilish natijasida shunday holatlar ko‘zga tashlanishi mumkinki, iboralar tarkibida ishtirok etgan leksik komponentlar o‘zlarining ifodalayotgan sof ma’nolariga mos kelishi ham yoki mos kelmasligi ham mumkin. Masalan, salbiy ma’nodagi eshak, tulki, ilon, cho‘chqa, maymun, bo‘ri kabi hayvon nomlari ishlatilgan frazeologik iboralar ifodalayotgan ma’no ham salbiy bo‘lishi yoki aksincha, bulbul, qo‘y, ot kabi ijobiy ma’noni ifodalovchi hayvon nomlari ishlatilgan frazeologik iboralar ifodalayotgan ma’no esa ijobiy bo‘lishi mumkin. Tarix zarvaraqlarining xabar berishicha bu ibora ilk marotaba 1640 yilda keng tarqalgan. Ya’ni 373 yil oldin iste’molga kirib kelgan. Bu tarixiy iboralar guruhiga kiradi. Uning kelib chiqish tarixi Bask qabilasi bilan bog’liqdir. XVII asrda Basklar qabilasi bir jamoa bo’lib Ispanlar bilan chegaradosh qushni bo’lib yashashgan ekan. U yerda fransuz tilini o’rgatadigan faqatgina bitta maktab bolib u yerda fransuz tilini orgatuvchi yagona oqituvchi bo’lgan ekan. Osha davrda ispanlar chorvachilikda ilg`or bolishgan. Ular boqqan har bir sigir juda ham ko’p sut berar va har doim tinimsiz kavsh qaytarib turarkan. Maktabda ishlovchi fransuz tili oqituvchisi fransuz tilini juda ham tez gapirar, uning gapini hech kim tushunmas va anglay olmas ekan. Chunki u tilni yaxshi bilmas, ozini bilimdon ko'rsatish maqsadida nafas olmasdan tez gapirar edi. Uning gapirishini xuddi tinimsiz kavsh qaytaradigan sigirga qiyoslashardi. Oshandan boshlab fransuz tilini buzib, tushunarsiz gapiradiganlarga nisbatan ushbu ibora qo`llanilib kelinmoqda. Quyidagi iboradan asarlarda va mutoyibalarda ham keng qollaniladi. «Jacques Collin parlait le francais comme une vache espagnol» (Honore de Balzac, Splandeurs et miseres des courtisanes) Bu haqda shunday kulgili xanda mavjud: «..... à l’issue de la finale de Roland Garros de juin 1993 entre Jim Courier, Americain et Sergi Bruguera, espagnol ce dernier, vainqueur du match, baragouine quelque paroles dans un français plus
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 87 qu’approximatif, alors que Courier, dans un très bon francais, s’est excusé de parler notre langue comme une vache espagnol, en regardant de façon appuyeé son adversaire. » «Fin comme une dague de plomb» - kaltafaxm, zehni past odam. Yuqoridagi iboraning kelib chiqish tarixi Rable ijodiga borib taqaladi. Rable ozining «Gargantua va Pantegruel» asarida bosh qahramon hisoblangan Pantegruel tomonidan kesatiq gaplarga aynan mana shu iborani kop marotaba ishlatgan. Hozirgi fransuz tilida ushbu iboraning ekvivalenti sifatida «Fin comme du gros sel» iborasi ishlatiladi. Yani, kaltafaxm, gapga darrov tushunmaydigan insonlar uchun aynan mana shu ibora qollaniladi. Bu ibora ayni vaqtda tarixiy iboralarturiga mansubdir: “Il est fin comme une dague de plombe, se dit d’un homme qui, ayant l’esprit grossier, veut faire le fin”. «C’est un coq de paroisse – Qishloqning eng oldi yigiti ». Bu ibora XVII asrda Fransiya qishloqlarining birida paydo bolgan. O'sha davrda qishloqning erkaklari, yigitlari oilasini boqish uchun pul ishlash maqsadida turli xil shaharlarga borib ishlab kelishar edi. Shu qishloqda bir boy zodagon yashar ekan. Uning yakkayu yagona o`gli bolib, u yalqovligi, beo’xshovligi bilan dong taratgan edi. Boy farzandini uylantirish maqsadida kelin axtarib kop joylarga boribdi. Sovchilikka borganda boy o`glini tarifini osmonlarga ko’tarar va ushbu iborani «C’est un coq de paroisse» tinimsiz takrorlagan ekan. Shundan boshlab qizlar yigitni korganda yuqoridagi iborani aytib axmoq qilishar ekan. Ushbu ibora hali hanuz qo'lidan ish kelmaydigan maqtanchoq yigitlarga nisbatan qo`llanilib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, fransuz tili dunyoning nufuzli tillaridan biri qatoriga kiradi. Chunki u BMT ning (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) 6 ta rasmiy tillaridan biri sanaladi. Bu tildan psixologiya, falsafa, huquq, tibbiyot sohalaridagi xalqaro ilmiy konferensiya va simpoziumlarda foydalaniladi. Badiiy matn tarjimasida kuzatilgan asosiy muammolardan biri frazeologizmlar tarjimasidir. Ushbu holdan
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 88 kelib chiqib frazeologik birlashma va uning tarjimadagi ifodasini urganish tarjimon oldidagi muammolarni biroz bulsada yengillashtiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алексеев Г.П., Скепеская Г.И., Тарасова А.Н., Рощупкина Е.А. Grammaire pratique du françаis moderne. М., ВШ, 1985. -189 p. 2. Аристотель. Аналитика. Первая и вторая. Госполитиздат. М., 1952. 3. Березин Ф.М., Головин Б.Н. Общее языкознание. М., ВШ, 1979. – 396 с. 4. Бушуй А.М. Язык и действительность. Ташкент, Фан, 2005. - 144с.