TILAK JO'RA SHE'RIYATIDA USTOZLAR AN'ANASI
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Tilak Jo‘ra she’riyatining poetik xususiyatlari, tuyg‘ularidagi haqqoniylik, chinakam iste’dodning olam va odam haqidagi eng jozib qarashlari ifodalangan. Ayniqsa, metaforik talqinlarda so‘z va ruh ziddiyati, qalb kechmishlari poetik ma’no qatlamlari fabuladan syujetga asoslangan talqinlar tarzida yuzaga chiqadi.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 96 TILAK JO‘RA SHE’RIYATIDA USTOZLAR AN’ANASI Yallayev Behzod Toshtemirovich Shahrsabz davlat pedagogika unstituti mustaqil tadqiqotchisi [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada Tilak Jo‘ra she’riyatining poetik xususiyatlari, tuyg‘ularidagi haqqoniylik, chinakam iste’dodning olam va odam haqidagi eng jozib qarashlari ifodalangan. Ayniqsa, metaforik talqinlarda so‘z va ruh ziddiyati, qalb kechmishlari poetik ma’no qatlamlari fabuladan syujetga asoslangan talqinlar tarzida yuzaga chiqadi. Aннотация. В этой статье поэтические особенности поэзии Тилак Жўраа, искренность в его чувствах, его очарователные точки зрения о человеке и мира выражаются. Особенно, противоположность между духа и слова, душевные ощущения описываются в метафорических интерпретации и слой поэтического значения появляется как интерпретации обосновано на сюжете. Annotation. In this article it is expressed poetic features of the poetry by Tilak Jo‘ra, sincerity in the poet’s senses, his fanciest viewpoints about the world and man. Especially, contradiction between a word and spirit, feelings of soul in metaphorical interpretation is expressed and poetic meaning layers emerge as interpretations based on the plot. Kalit so‘zlar: Obraz, syujet, tuyg‘u, konflikt, badiiy tasvir, peyzaj, kechinma, uslub, metafora, postmodern, modernizm, realizm, struturalizm. Ключевые слова: Ключевые слова: образ, сюжет, чувство, конфликт, художественное описание, пейзаж, ощущение, метод, метафора, постмодерн, модернизм, реализм, структурализм
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 97 Кеу words: Key words: image, plot, sense, conflict, artistic description, landscape, feelings, method, metaphor, post modern, realism, structuralism Tilak Jo‘ra she’riyatning chuqurroq o‘rgansak xalqona topilmalari o‘ziga xosligi Mirtemir uslubining Tilak jo‘ra she’riyatiga ta’sirini sezasiz.Mirtemirni ham islatib yuboradi. Balki, o‘zi ham Mirtemir she’riyatiga alohida muhabbat quygan bo‘lsa ne ajab.Turkiston so‘zi Bolsheviklar tomonidan ta’qib ostiga olingan bo‘lishiga qaramay shoir Turkiston so‘zini tilga oladi. Bu so‘z ancha unutib bo‘lingan edi.Shoir Mirtemirning tug‘ilgan yurti Turkiston, tarixiy iztirobi, vatan sog‘inchi shu bilan birga u so‘z markazi o‘rinda turadi. Shoir sovuq qishning kechalarida ertak aytadi.Bu ertak odatda bolalarga emas kattalarning qalbini jarohatlagan unutilgan qadriyat unutilgan oqibatdan so‘zlaydi.Xayol ko‘chalarida daydish orqali Turkistonni yana ona yurt timsoliga aylanadi.Milliy ruh, birlik, ma’naviy ildizlarga qaytish ramz sifatida ifodalanadi. “Qo‘llarimda bir tutam maysa” maysa yashillik bilgisi tabiatga bo‘lgan munosabat.Tabiat in’omi maysa bo‘lsa, un hidlab zavqqa to‘lish insonga umid uchqunlarini uyg‘otadi.Yassaviyni quldan quymaslik ramz orqali piri komil shoir Ahmad Yassaviyga murojaati orqali diniy qadriyatlarimiz har qancha ayoq osti qilinsa-da shoir baribir uning hikmatlaridan o‘qishdan hech qachon chekinmasligi aytadi. “Jimirlasa jimgina sarob” deganida sarob va sahroni bir nuqtaga birlashtiradi.Sarob umidsizlik, ko‘rib bo‘lmagan omad, aldov. Sahro cho‘l manzarasi suvsizlikdan chanqoqdan chaqnagan mungli qalbning achchiq alangasini yorqin ko‘rinishi. “Turkistonni tutsin turkiylar” jumlasi turkiy xalqlarning piri Ahmad Yassaviyni ruhi poki oldida turkiylar birlashuvini istashi, ozodlik va milliy birlikka chaqiriq va da’vat qilishi tasvirlangan. SHe’r milliy uyg‘onish ruhi bilan sug‘orilgan. Bunday she’rlarni yozish uchun shoirdan nafaqat mahorat jasurlik ham talab qilinadi.Aks xolda bunday ozodlikka da’vat qiladigan she’rlarni yozish o‘yoqda tursin o‘ylab ham xayol so‘rib ham bo‘lmaydi. Bu ham Tilak Jo‘raning jasoratining bir ko‘rinishidir. Bu haqida professorlar Muslihiddin Muhiddinov hamda Shavkat Hasanovlarni qo‘ydagi
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 98 mulohazalari bilan o‘rtoqlashamiz: “Chaqmoq tabiat shoir va tarjimashunos Tilak Jo‘ra adabiyotga o‘tgan asrning 70-yillarida kirib keldi. Bu davr o‘zbek adabiyoti qat’iy qolipga tushgan mafkurabozlikdan qutula borib, tasvir obyekti sifatida inson kechinmalari, qalbi, ruhiyati, bashariyatni qiynayotgan hayot omillarini gavdalantirdi. Tilak Jo‘raning she’rlari, dramatik dostonlari tuyg‘uga, xayolotga, fikrga boy bo‘lib, tasvir markazida shaxs fenomeni, ozod ruh shukuhi yotadi. Bunda ijodkor insonni tabiatning ajralmas bir bo‘lagi va hodisotlar zanjiridagi muhim halqa sifatida tasvirlaydi. Shoirning asarlarida inson va tabiat munosabati tuyg‘u va fikr dinamikasiga turtki bo‘ladi. Tilak Jo‘raning “Rayhon” (1977), “Olam ostonasi” (1980), “Yulduzlar tabassumi” (1981), “Chorrahadagi uy” (1983), “Sanduvoch” (1988), “Ruhiyat” (1990), “Xushxabar” (tarjimalar – 1981) kabi asarlari mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida shoir shaxsiyati bilan lirik qahramon “men”i o‘ziga xos yaxlitlik kasb etgan. Shoir ijodida xalqonalik, sodda poetik figuralar vositasida yorqin fikriy kartinalar yaratish, tuyg‘ularning dinamik ifodasini aks ettirgan obrazlar tizimi mavjud bo‘lib, ularda muayyan davr yoki tasvir metodiga tamoman ergashish kuzatilmaydi. Shuning uchun shoir asarlarida o‘ziga xoslik tarovati yetakchilik qilib, biror fikr “maydoni”ga mansublik – davriy mafkurabozlik elementlari uchramaydi”1. Ustozlarimiz tariflariga quloq tutsak, muhitga yaqinlashamiz. Shoirning kitoblarining nomlanishining o‘zi ham insonni uyga to‘ldiradi. Shoirning ifoda usulidan bilib olsa bo‘ladiki, bu satrlarning muallifi faqatfaqat Tilak Jo‘raning o‘zidir deyishga haqlimiz. “Aytib-aytolmayman Nimalar bo‘layotganini, saqov bo‘lmasam ham. Anglab-anglolmayman 1 М.Муҳидинов, Ш.Ҳасанов, Туйғуларнинг тимсолий ифодаси мақоласи.Тилак Жўра телграм каналидан олинди.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 99 nimalar deganing, kar bo‘lmasam ham. SHe’rda ichki ruhiy kechinmalar ifodalangan. Qahramon atrofida bo‘layotganini ro‘y rost aytolmaganini kuyinchaklik bilan ifodalamoqda.Bu tashqi ta’sir omilini his qiladi-yu lekin eshitmaslikka oladi.Gapirmoqchi bo‘ladi-yu, jamiyatning tutimi uning saqov qilib quygani yodiga tushadi.Bu bir qarasangiz shaxsiy dardga o‘xshaydi. Lirik qahramonning tushunarsiz murakkab bir ahvolini ifodalaydi.SHe’rning markazida insonning ojiz zabun holati, davrning, mafkuraning inson tiynatiga ta’siri shafqatsiz tasvirlangan. Ko‘rib-ko‘rolmayman, cho‘kayotgan umrimni, ko‘r bo‘lmasam ham. Kechib-kecholmayman, sen o‘ylaganday ko‘p ham anqov emasman. Tilim bor, Qulog‘im bor, oyog‘im bor, qo‘llarim mushtfaqat, cho‘ntakda... Nima qilish kerak, qani, xo‘sh?..”2 Inson umrini samarasiz o‘tishi tirikchilik zavqida, hayotga ne maqsad sari kelib endi tirikchiligi ertadan kechgacha bo‘lishiga qaramay bir cho‘ntagini to‘ldira 2 Тилак Жўра. Сайланма. Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутибхонаси нашриёти.-2011-.178 б
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 100 olmayotgani ijtimoiy og‘riqni keltirib chiqaradi. Insonda aql, qo‘l, oyoq, til, qulog‘i hamma-hammasi bor, lekin xotirjamlikni ko‘zini ko‘r qilib quyilganligi jamiyatning yakdil ovoziga aylanayotgani tasvirlanadi.Tilak Jo‘raning iste’dodining balandligi odam bolasining asliga oyna ko‘rsatadi. Insonni inson bo‘lib kelib, inson bo‘lib ketishga chorlaydi.Tirikchilikni bahona qilib uning ustiga yotib olmaslikka da’vat etadi va o‘zi ham shunga amal qilib yashadi. Tilak Jo‘ra she’riyatining mavzu-mundarijasini kuzatar ekanmiz, bir-biridan ham uslub, ham mazmunan, ham shaklan, ham ifoda tarzi alohidaligi bilan jiddiy tafovutlanadigan betakror iste’dod egaligi bilan bo‘y ko‘rsatayotganining shohidi bo‘lasiz. Chunki globallashuv sharoitida dunyoni his qilib, uni idrok qilish tarzi yangilanib borayotgan ijodkor safi kengayib bormoqda. Shoir lirikasi mavzumundarijasi o‘ylashga undovchi, zamonaviy insonni fikrlashga chorlovchi, insoni kelib chiqishi, nasl-nasabi kim bo‘lishidan qat’iy nazar odamzodni o‘tmish va kelajak haqidagi tasavvurlardan voqif qilmoqchidek taassurot uyg‘otadi, kitobxonda. Adabiyotlar 1.Haqqulov I.Talant jasorat javhari.-Muharrir nashriyoti -Toshkent.-2018.-201 b. 2.Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври ўзбек шеърияти. –Т., Фан. 2007. –Б.37. 3.Тилак Жўра. Сайланма.Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутибхонаси нашриёти.-2011-.177 б 4.Жамол Камол. Шеър санъати. –Т., Янги аср авлоди. 2018. –Б. 137-138.