BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish va izchil shakllantirishning psixologik hamda pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bolalarda to‘g‘ri talaffuz, grammatik tuzilma, izchil fikrlash va emotsional ifoda ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘yin, xalq og‘zaki ijodi hamda interfaol metodlarning o‘rni yoritiladi. Nutqni rivojlantirishda tarbiyachining kommunikativ madaniyati, diksiyasi va ifoda vositalaridan oqilona foydalanishining ta’siri alohida ko‘rsatib o‘tiladi.
Full text
9-SON 1-JILD SENTABR 2025 – YIL 1-QISM 60 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI Rustamova Malika Ne’matovna Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish va izchil shakllantirishning psixologik hamda pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bolalarda to‘g‘ri talaffuz, grammatik tuzilma, izchil fikrlash va emotsional ifoda ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘yin, xalq og‘zaki ijodi hamda interfaol metodlarning o‘rni yoritiladi. Nutqni rivojlantirishda tarbiyachining kommunikativ madaniyati, diksiyasi va ifoda vositalaridan oqilona foydalanishining ta’siri alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: nutq faoliyati, izchil nutq, diksiyani rivojlantirish, kommunikativ yondashuv, pedagogik muloqot, xalq og‘zaki ijodi, didaktik o‘yinlar. Nutq bolaning intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishining ajralmas qismi bo‘lib, tafakkurning shakllanishida asosiy vosita hisoblanadi. Maktabgacha yoshda to‘g‘ri, boy va izchil nutqning shakllanishi bolaning kelajakdagi o‘quv faoliyati, muloqot madaniyati va mustaqil fikrlash qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bugungi ta’lim tizimida nutqni rivojlantirish muammosi nazariy va amaliy jihatdan dolzarb sanaladi. Nutq rivojlanishining psixologik omillari Psixologik jihatdan bola nutqining rivojlanishi uning aqliy faoliyati, eslab qolish, tasavvur va idrok jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Maktabgacha yoshda bola ko‘rgazmaliobrazli tafakkur bosqichida bo‘lgani uchun, nutqni rivojlantirishda predmetlar, tasvirlar, harakatlar orqali o‘rganish samaraliroq natija beradi. Shu bois pedagoglar og‘zaki, vizual va amaliy metodlardan kompleks tarzda foydalanishlari zarur. Nutqning izchilligini shakllantirish jarayonida bolaning individual xususiyatlari, emotsional holati va muloqotdagi faolligini hisobga olish muhim. Ayniqsa, logopedik yordamga muhtoj bolalar bilan ishlashda empatiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash asosiy rol o‘ynaydi.
9-SON 1-JILD SENTABR 2025 – YIL 1-QISM 61 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Nutqni rivojlantirishda xalq og‘zaki ijodi vositalari Folklor namunalari - topishmoq, tez aytish, maqol, qo‘shiq va allalar - bolalarda so‘z boyligini oshirish, metaforik fikrlashni shakllantirish hamda fonematik eshituvni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, topishmoqlar orqali bola tahlil qilish, umumlashtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini egallaydi. Tez aytishlar va maqollar diksiyani, tovush talaffuzini va nutq ritmini yaxshilaydi, so‘zning semantik tomonini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ushinskiy, Shodiyeva, Babayeva kabi olimlarning tadqiqotlarida folklor vositalarining pedagogik ahamiyati ta’kidlanib, ularning yordamida bolalarning fonetik, leksik va grammatik ko‘nikmalari shakllanishi ilmiy asoslangan. O‘yin faoliyati – nutqiy rivojlanishning tabiiy muhitidir O‘yin bola uchun asosiy ijtimoiy amaliyot bo‘lib, u orqali bola muloqot qiladi, histuyg‘ularini ifodalaydi va til imkoniyatlarini sinab ko‘radi. Didaktik o‘yinlar va dramatizatsiyalar bolalarda dialogik nutq, ta’sirchan ifoda, muloqot etikasini rivojlantiradi. O‘yin jarayonida pedagog bola bilan teng muloqotda bo‘lishi, uni rag‘batlantiruvchi rollar yaratishi va “o‘qituvchi – bola – muhit” uchligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi zarur. Shunday o‘yinlar orqali bolalarda mustaqil fikrlash, eshitish va javob qaytarish, his-tuyg‘ularni boshqarish ko‘nikmalari shakllanadi. . Pedagogik muloqot va tarbiyachining nutq madaniyati Pedagogik muloqot - ta’lim-tarbiya jarayonining markaziy elementi. Tarbiyachining diksiyasi, talaffuzi, so‘z tanlovi va intonatsiyasi bolalar nutqiga bevosita ta’sir qiladi. Tixaeva fikricha, “bolalar bilan sodda, lekin adabiy tilda so‘zlashish, nutqda aniqlik va ifodalilikni saqlash - pedagog mahoratining ko‘rsatkichidir”. Shuningdek, tarbiyachining ovoz balandligi, so‘zlash tezligi va emotsional ekspressiyasi bolaning diqqatini jamlash va so‘zga nisbatan qiziqishini oshiradi. Nutqdagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish uchun o‘z nutqini yozib eshitish yoki hamkasblar fikrini tahlil qilish samarali usullardan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish - ko‘p qirrali psixologikpedagogik jarayon bo‘lib, unda o‘yin, muloqot, xalq og‘zaki ijodi va metodik mashg‘ulotlar
9-SON 1-JILD SENTABR 2025 – YIL 1-QISM 62 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachining shaxsiy nutq madaniyati, ifodaviy so‘zlashuvi va emotsional yondashuvi bolalar uchun eng ishonchli namuna bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, nutqni rivojlantirish jarayoni faqat lingvistik ko‘nikmalarni emas, balki bolaning shaxsiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ham ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shodiyeva Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. Toshkent: O‘qituvchi, 1990. 2. Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2018. 3. Sharipova M.B., Nizomova Sh.Sh. Bolalar nutqini o‘stirish. Buxoro, 2019– 2020 o‘quv yili. 4. E. G‘oziev. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1990. 5. M.R. Mingalimova. Bolalarni o‘yin faoliyati orqali maktab ta’limiga tayyorlash. Toshkent, 2012.