scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBAL VA MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MILLAT UMIDI UNIVERSITY

Olmasaliyeva, Mushtariybonu

Abstract

In the article, the need for more rational and efficient use of limited resources is the main issue of the economy and the main issue is the guarantee of the stabilization process of the economy.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 27 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us GLOBAL VA MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MILLAT UMIDI UNIVERSITY Xalqaro biznes fakulteti Biznes boshqaruv yo’nalishi 4-kurs talabasi Olmasaliyeva Mushtariybonu ANNOSTATSIYA: Maqolada bugungi kunga kelib cheklangan resurslardan yanada oqilona va samarali foydalanish zarurligi iqtisodiyotning bosh masalasi va iqtisodiyoning barqarorlashuv jarayonini taminlashda kafolat ekanligi bosh masala sifatida asoslangan. KALIT SO’ZLAR: Milliy iqtisodiyot, global iqtisodiyot Iqtisodiyotni Rivojlanish bosqichlari, Milliy iqtisodiyotni afzalliklari. ABSTRACT: In the article, the need for more rational and efficient use of limited resources is the main issue of the economy and the main issue is the guarantee of the stabilization process of the economy. KEY WORDS: National economy, global economy, stages of economic development, advantages of national economy. АННОТАЦИЯ: В статье необходимость более рационального и эффективного использования ограниченных ресурсов является основным вопросом экономики и главным вопросом является обеспечение процесса стабилизации экономики. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Национальная экономика, глобальная экономика, этапы экономического развития, преимущества национальной экономики. KIRISH: Bo‘lajak iqtisodchilarni tez o‘zgarib borayotgan dunyo muammolarini yechish uchun bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashni anglagan holda, mamlakat iqtisodiyoti va barqarorligi o‘rtasidagi kesishuvni chuqurroq tahlil qilish innovatsion pedtexnologiyalarni qo‘llashni talab qiladi. Ta’kidlash joizki, barqaror amaliyotlar va resurslardan samarali foydalanishni targ‘ib qiluvchi yashil iqtisodiyot konsepsiyasi jahon miqyosida keng ommalashdi. Iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning inqirozga uchrashi va tabiiy resurslarning kamayishi bilan bog‘liq xavotirlar ortib borayotgan bir paytda, butun dunyo davlatlari o‘zlarining iqtisodiy tizimlarini qayta shakllantirish zarurligini tan olishmoqda. ASOSIY QISMI: Milliy iqtisodiyotni Rivojlantirish chora tadbirlari. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga 63 asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda. Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 28 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining , ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf harajatlarning va aholining oʻsishiga nisbatan tezroq oʻstirish Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal etishning , uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yoʻlidir. Bundan tashqari Milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar oʻrtasida barqaror, oʻsuvchan tarkibiy oʻzgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosibliklar boʻlishi muhimdir. Fuqaroviy va harbiy ishlab chiqarishlar nisbati ham toʻgʻri, meʼyorida boʻlishi kerak. Ishlab chikarilayotgan tovarlarning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning asosiy qismi, birinchi navbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar bilan toʻyin-tirish (toʻldirish) maqsadga muvofiqsir. Shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qoʻshilib borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish obyektiv zaruratdir, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, aholiga soliq yukini yengillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf harajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga jidsiy va ijobiy taʼsir etadi. TAHLIL VA NATIJALAR: O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar boshqarishning tashkiliyiqtisodiy tizimini barcha tarmoq va sohalarda rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa yangi zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda O’zbekistondagi moliyaviy sektorning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan bank sektori va fond bozori kabilarning tizimli ahamiyati va iqtisodiy rivojlanishi haqida ma'lumot berilgan. Bundan tashqari, korporativ boshqaruv va uning asosiy va huquqiy rivojlanish jarayonlari ya’ni korporativ boshqaruv nazariyalari, modellari va mexanizmlari mahalliy va xalqaro miqyosda keng muhokama qilinadi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, 1991 yildan boshlab O‘zbekiston bank sektorini rivojlantirishda fond bozori juda muhim rol o’ynadi. Xuddi shunday, moliya sektorlarining, asosan, bank sektori va fond bozorining hal qiluvchi roli moliya sektori rivojlanishini jadallashtirish, natijada iqtisodiyotni yuksaltirishga e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda faoliyat yuritayotga kompaniyalar va barcha mulkchilik shakldagi korxonalarda korporativ boshqaruvning ilg`or usullarin joriy etish, uning tashkiliyiqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish bugu kunning dolzarb masalalaridan biridir. XULOSA: Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning Global iqtisodiyot hamda Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish chora tadbirlari keng muhokamalarga sabab bulayapdi deb ayta olamiz milliy iqtisodiyotda xar qanday afzalliklar ni kuriwimiz mumkun tamoyillarini iqtisodiyot ta’limiga integratsiyalash yo‘lidagi islohotlari mamlakatning barqaror kelajagini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Davlatimiz talabalarini zarur bilim, ko‘nikma va tafakkur bilan qurollantirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilgan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlay oladigan iqtisodchilar avlodini yetishtirmoqda. Bu jarayonda zamonaviy pedagogik yondashuvlarga, professor-o‘qituvchilar INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 29 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us malakasini oshirish yashil va farovon kelajak qurishda ta’limning o‘zgartiruvchi kuchidan foydalanish uchun qulay huquqiy, moddiy-ma’naviy hamda mahalliiy, tabiiy shart-sharoitlardan samarali foydalinishni o‘rgatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T. Yashil iqtisodiyot. Darslik -T. "Universitet" 2020y. 2.Xaitboyev R. Ekologik turizm. O'quv qo'llanma. -T.: "Barkamol fayz media" 3.Т.В. Захарова "Зеленая" экономика как новый курс развития: глобальный и региональный аспекты. Вестник Томского государственного университета 4.Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy Institute. W.W. Norton&Company. New York, London, 2019. 5.Устойчивое экономическое развитие в условиях глобализации и экономики знаний: концептуальные основы теории и практики управления /Под ред. В.В. Попкова. Учебник. М.: ЗАО "Издательство "Экономика" 6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrda PQ-4477 son“2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotga o‘tishstrategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.