ZAMONAVIY OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TYUTORLIK TIZIMINING SHAKLLANISHI VA TALABLARI
Abstract
Ushbu maqola orqali tyutor tushunchasi va uning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Tyutor so‘ziga ilmiy berilgan ta’riflar hamda bobolarimizning fikrlari ushbu maqolada o‘rin olgan. Tyutor bu yordamchi. Talabaning eng yaqin ko‘makchisi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 121 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17493941 ZAMONAVIY OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TYUTORLIK TIZIMINING SHAKLLANISHI VA TALABLARI Aliyeva Bibixonim Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2-kurs magistranti ANNOTATSIYA: Ushbu maqola orqali tyutor tushunchasi va uning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Tyutor so‘ziga ilmiy berilgan ta’riflar hamda bobolarimizning fikrlari ushbu maqolada o‘rin olgan. Tyutor bu yordamchi. Talabaning eng yaqin ko‘makchisi. Kalit so‘zlar: Tyutor, tyutorning kreativ qobiliyati, uning majburiyatlari, pedagogik-psixologik xolati. ANNOTATION: Through this article, you will get information about the concept of a tutor and its importance. Scientific definitions of the word "tutor" and the opinions of our grandfathers are included in this article. A tutor is an assistant. The student’s closest assistant. Key words: Tutor, tutor’s creative ability, his obligations, pedagogicalpsychological condition. АБСТРАКТНЫЙ: В этой статье вы получите информацию о концепции репетитора и ее важности. В данную статью включены научные определения слова «воспитатель» и мнения наших дедов. Репетитор – помощник, ближайший помощник ученика. Ключевое слово: Воспитатель, творческие способности воспитателя, его обязанности, педагогико-психологическое состояние.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 122 Kirish Haqiqatan ham, har bir murgʻak bolani oʻz farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun koʻz nuri, qalb qoʻri, butun borligʻini baxsh etadigan oʻqituvchi va murabbiylar tom maʼnoda fidoiy kasb egalaridirlar va bu borada Tyutorlar ham barcha tarbiyaviy ishlarda mas’uldirlar. Shavkat Mirziyoyev Ota-ona o‘z bolalari uchun doimo qayg‘urgani singari bugun ta’lim muassasalari ham talabalarning ilm olishi, kelgusi faoliyatini to‘g‘ri belgilashiga mas’ullikni his etadi.Har bir oliy taʼlim muassasasining talabasi uning farzandi kabidir.Talabaga ta’lim berish, darsdan bo‘sh vaqtida nimalar bilan band boʻlishi, qanday muhitda yashashi, uning qiziqishlari —bularning barchasi oliy o‘quv yurti uchun muhim. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda shu asosida qabul qilingan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 30-sentyabrdagi buyrug‘i va Nizomi oliy taʼlim muassasalarida tyutorlik tizimini joriy qilishga asos boʻlgan edi. Yaqin yillargacha OTMlarda murabbiylik tizimi asosida ish olib borilardi. Bunda oʻqituvchining majburlov yuklamasidan tashqari, oʻqituvchi sifatida oʻzining katta masʼuliyati ham turgan. Bunday vaziyatda murabbiy oʻquvchilar bilan shugʻullana olmagan. Bugun ham oliy oʻquv yurtlarida talabalarning mustaqil taʼlim olish faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi murabbiylar ish olib bormoqda. Biroq endilikda ular guruh murabbiylari emas, balki tyutorlar deb nomlandi. Ularning vazifalari ham avvalgisidan farq qiladi, yaʼni tyutor talabalarning shaxsiy rivojlanishiga,taʼlim muassasasi, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda ishtirok etishiga, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga yordamlashuvchi, yigit-qizlarni kasbga yoʻnaltirish, turli ilmiy toʻgaraklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarni oʻrganib, ularga yechim topish bilan shugʻullanadilar.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 123 Bugun bir qancha OTMlar qatori Navoiy Davlat Pedagogika institutida ham tyutorlar ish olib bormoqda. Ayni kunda ularning soni 70 nafarga yaqinlashdi. Hozirgi globallashuv sharoitida barcha sohalarning tayanchi, fundamenti — ta’limga borib taqaladi. Shu jihatdan, zamon talablariga mos, har tomonlama mulohazali, manfaatlari bunyodkorlik g‘oyasiga qaratilgan yosh kadrlarni tarbiyalash bugungi kun ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.Tyutorlik tizimi ham ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan. Tyutor talaba shaxsini individual yondashuv asosida shaxsiy va kasbiy jihatdan hayotga tayyorlovchi vasiydir. Har bir yangilikning kelib chiqish tarixi boʻlgani kabi tyutorlikning ham kelib chiqish tarixi bor. Qadimgi manbalarga koʻra, dastlabki tyutorlar XII asrda Angliyaning Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo‘lgan. Atama ingliz tilidan olingan va “uy o‘qituvchisi, o‘qituvchi, murabbiy, vasiy” degan ma’nolarni anglatadi. “Tyutorlik” so‘zi insonning shaxsiy ta’limini qo‘llab-quvvatlashni anglatadi. Bu juda nozik, “xususiy” ish faoliyatidir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tyutor universitet ta’limi tizimida qo‘l ostidagi talabalarning tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan muhim shaxsga aylanadi. Hozirda tyutor faoliyati ko‘lami yanada kengayib, endilikda unga ta’lim berish vazifalari ham yuklatilgan. U talabaga qaysi amaliy mashg‘ulot va ma’ruzalarga kirishni aniqlab beradi, talabalar darslarni qoldirmay yaxshi o‘qishlari va imtihonlarga tayyor bo‘lishlarini nazorat qilib borilyapti. Tyutorlik faoliyati hozirda oliy taʼlim muassasasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Aniqrogʻi, tyutor ishining asosiy shakli talaba bilan individual va jamoada ishlash yoki unga ta’lim-tarbiya maslahatchisi bo‘lishdan iborat.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 124 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Haydaov F.I Xalilova N.I Psixalogiya fanlarini o‘qitish metodikasi.Toshkent 2007 . 2.Tyutor lavozimi nizomi. 3. Axborot manbaalari: 3. www. tdpu. uz 4. www. pedagog. Uz 5. www. Ziyonet. Uz 6. www. edu. Uz.