scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PROSPECTS FOR DEVELOPING MUSEUM TOURISM IN UZBEKISTAN

Urunbayeva Yu.P.; Usmanov, Mamurjon

Abstract

This article discusses the issues of increasing employment, expanding sources of income and reducing poverty through the development of the tourism sector in the Republic of Uzbekistan. In particular, the economic and cultural significance of the formation of a new direction of tourism - museum tourism, is analyzed using foreign experience, the example of Russia and European countries. Also, strategic directions for diversifying tourism services in Uzbekistan are scientifically outlined.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 04 2025 124 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us O‘ZBEKISTONDA MUZEY TURIZMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Urunbayeva Yu.P Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti Usmonov Mamurjon Maxmudovich Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 2-kurs talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini oshirish, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, turizmning yangi yo‘nalishi — muzey turizmini shakllantirishning iqtisodiy va madaniy ahamiyati, xorijiy tajribalar, Rossiya va Yevropa mamlakatlari misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishning strategik yo‘nalishlari ilmiy asosda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: turizm, muzey turizmi, kambag‘allik, bandlik, madaniy meros, iqtisodiy samaradorlik, innovatsion xizmatlar. PROSPECTS FOR DEVELOPING MUSEUM TOURISM IN UZBEKISTAN Urunbayeva Yu.P. Associate Professor, Samarkand Institute of Economics and Service Usmanov Mamurjon Makhmudovich 2nd year student, Samarkand Institute of Economics and Service Abstract: This article discusses the issues of increasing employment, expanding sources of income and reducing poverty through the development of the tourism sector in the Republic of Uzbekistan. In particular, the economic and cultural significance of the formation of a new direction of tourism - museum tourism, is analyzed using foreign experience, the example of Russia and European countries. Also, strategic directions for diversifying tourism services in Uzbekistan are scientifically outlined. Keywords: tourism, museum tourism, poverty, employment, cultural heritage, economic efficiency, innovative services. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatda turizm industriyasini modernizatsiya qilish, yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish va turizm tarmoqlarini iqtisodiyotning muhim drayveriga aylantirish yo‘lida tarixiy qadam bo‘ldi. Mazkur farmonda mamlakatimizda mavjud ulkan turizm salohiyatidan samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan bir qatorda yangi turlarni shakllantirish, ichki va kirish turizmini kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, muzey turizmi O‘zbekistonda turizmning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Bu turizm turi nafaqat mamlakatimizning madaniy merosini ommalashtirish, balki yoshlar ongida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.[1]. Biz ham Prezidentimizning O‘zbekistonda 2016 yil 2-dekbrdagi xalqaro turizmdagi yangi tendensiyalarni, yo‘nalishlarni hisobga olib, O‘zbekistonda yangi-“muzey turizmi”ni tashkil qilish va rivojlantirish milliy turizmimizdagi dolzarb masalalardan biri deb hisoblaymiz. Yevropa davlatlarida turizmining tobora rivojlanib borayotganligiga Osiyo qit’asida birinchilardan bo‘lib Rossiyalik olimlar e’tibor qilishdi va o‘tgan asrning 90 yillaridan Rossiya muzeylaridan turizmda foydalanish tadqiqotlarini boshlashdi. Hozirga kelib, Rossiyada muzey turizmining ta’rifi, mazmun va mohiyati, rivojlantirishning istiqbolligi haqida ko‘plab ilmiy ishlar nashr qilindi, o‘quvuslubiy qo‘llanmalar yozildi [4.5.]. INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 04 2025 125 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us Jahon turizmining rivojlanishi tendensiyalarida turizmining jadal rivojlanib borayotganligini e’tiborga olib, vatanimizda xalqaro miqyoslarda e’tirof etilgan ko‘plab muzeylarimizning mavjudligini va bu muzeylardan turizmda foydalanishning istiqbolligini hisobga olib, O‘zbekistonda aholining ma’naviy-madaniy faravonligini oshirishda, muzey turizmini tashkil qilish va rivojlantirishning mamlakatimiz hayotidagi muhim o‘rnini belgilash, uslubiy asoslarini ishlab chiqish ilmiy-amaliy tadqiqotlarini bajarishga kirishdik. Shu yo‘nalishlarda dastlabki ishlar e’lon qilindi [10.11.12.13.14.15.] Biz O‘zbekistonda turizmini tashkil qilish va rivojlantirishda Rossiyalik mutaxassislarning tadqiqotlarini o‘rganishimiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki, Rossiyalik mutaxassislarning ilmiy ishlari bizga ko‘proq tushunarli hisoblanadi. Ikkinchidan, Rossiya davlatining muzeylari xalqaro muzey turizmi industriyasiga jadal kirib borayotganligini quyida keltiramiz. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida madaniy va muzey turizmi jadal rivojlanmoqda. Xalqaro Tadqiqotlar Kompaniyasi “Future Market Insights (FMI)” ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda madaniy turizm segmentining global bozordagi hajmi 25,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu yo‘nalish har yili o‘rtacha 11,5% o‘sish sur’atini ko‘rsatmoqda. 2033 yilga borib esa, muzey turizmidan olinadigan daromadlar 75 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda. Bugungi kunda Fransiyaning Luvr muzeyi, Buyuk Britaniyaning Tabiat tarixi muzeyi, AQSHdagi Metropoliten muzeyi hamda Italiyadagi Vatikandagi San-Petr muzeyi kabi maskanlar xalqaro turistlar oqimining asosiy markaziga aylangan. Shu bilan birga, Rossiya ham ushbu sohada yetakchi o‘rinlardan birini egallab, har yili millionlab sayyohlarni jalb etmoqda. Masalan, 2023 yilda Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” muzeyiga 2,7 million, Tretyakov galereyasiga esa 1,9 million turist tashrif buyurgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda muzey infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, hamda turistlar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: - 2021 yilda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi yangi qonunda madaniy turizm, jumladan muzey turizmi milliy turizm siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. - 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Turizmni rivojlantirish strategiyasi”da O‘zbekistonning yirik muzeylarini global turizm zanjiriga kiritish, ularni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish rejalashtirilgan. - 2023 yilda “O‘zbekiston muzeylari assotsiatsiyasi” tashkil etilib, bu tuzilma mamlakatdagi 120 dan ortiq muzeylarning faoliyatini muvofiqlashtirmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda 400 dan ortiq turli yo‘nalishdagi muzeylar faoliyat yuritadi. Ulardan eng mashhurlari: Amir Temur tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi, Ichan-Qal’a davlat muzeyqo‘riqxonasi, Afrosiyob arxeologiya muzeyi, Buxorodagi Ark qal’asi muzey majmuasi, Qo‘qon xonligi tarixi muzeyi. Bu muzeylarga yiliga o‘rtacha 2 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilar kelmoqda, shundan 25–30 foizini xorijiy sayyohlar tashkil etadi. O‘zbekistonda muzey turizmini kengaytirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega: 1. Raqamli texnologiyalarni joriy etish. Virtual ekskursiyalar, 3D ko‘rgazmalar va raqamli arxivlar yaratish orqali xalqaro sayyohlarning qiziqishini oshirish. 2. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish. UNESCO, ICOM (International Council of Museums) kabi tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish. 3. Hududiy “muzey yo‘laklari”ni shakllantirish. Masalan, “Buyuk ipak yo‘li muzey yo‘nalishi” doirasida Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent muzeylarini yagona tarmoq sifatida targ‘ib qilish. 4. Mahalliy aholini jalb etish. Muzeylarda volontyorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yoshlar uchun “Muzey haftaliklari” tashkil etish orqali ma’naviy tarbiyani kuchaytirish. 5. Turizm va madaniyat integratsiyasi. Muzeylar atrofida milliy hunarmandchilik, gastronomiya, festivallar va madaniy ko‘rgazmalarni birlashtirish orqali yangi turistik brendlar yaratish. INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 04 2025 126 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us Keltirilganlardan xulosa shulkim Muzey turizmi O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshligini oshiruvchi muhim yo‘nalish hisoblanadi. U nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosni saqlash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonni jahonning eng qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida namoyon etish bizning muqaddas burchimizdir.” Shu ma’noda, muzey turizmini rivojlantirish mamlakatimizning turizm industriyasida yangi bosqichni boshlab beradi va O‘zbekistonning madaniy salohiyatini yanada yuksaltiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.Ӯзбекистон Республикаси Президентининг -«Ӯзбекистон Республика сининг туризм соҳасини жадал ривожлантиришни таъминлаш чора-тадбирлари тӯғрисида»ги Фармони 2016 йил 2-декабрь. ПФ-4861. 2.Будагян, Р.Р. Тенденции применения цифровых технологий в пространстве современного музея // Сфера культуры. 2021. № 1(3). -С. 61-68 3.Никифорова А.А. Музеи в туристском пространстве регионов // ЦИТИСЭ. 2022. № 2. С.367-373. 4. РоманчукА. В. ,Музейный туризм, Учебно-методическое пособие, санкт-Петербург, 2010.-43 с. Ляшко, А.В. Музейный туризм в России. Эволюция формата. Вестник Санкт-Петербургского университета. Политология. Международные отношения. 2012. №3. -С. 21-26. 5.Самаров Х.Қ,Ўзбекистонда халқаро туризмни ривожлантиришда миллий мерос бойликларидан фойдаланишнинг истиқболли йўналишлари, Phd. автореферати, Самарқанд, 2023, 64 б. 6.Қаҳҳоров Ж.А., “Ўзбекистонда гастрономия туризмини ривожланти ришнинг мақсади ва вазифалари”. “СЕРВИС” илмий-амалий журнали, 2019 йил. №3-сон. 83-88 б. 7.Herreman, Y. Museums and tourism: culture and consumption // Museum international. –1998. – Vol. L, № 3. – Pp. 4-12. 8. Perera, K. The Role of Museums in Cultural and Heritage Tourism for Sustainable Economy in Developing Countries // Material of International Conference on Asian Art, Culture and Heritage,1913, р.210 9.Mensch P. van. Museology and management: enemies or friends? Current tendencies in theoretical museology and museum management in Europe // Museum management in the 21st century. Ed. by E. Mizushima. Tokyo, 2004. р.59 10.Ўринбоева Ю.П., Музей туризмини ривожлантириш – аҳоли фаровонлигини оширишнинг асосий омили. СЕРВИС, илмий-амалий ж., Самарқанд, 2024,2\1 сон,107-111 б. 11.Ўринбоева Ю.П., Ўзбекистонда янги-музей туризмини ташкил қилиш ва ривожлантиришнинг мақсади ва вазифалари. СЕРВИС, илмий-амалий ж., Самарқанд, 2024,2\1 сон, 83-87 б. 12.Ўринбоева Ю. П., Янги Ўзбекистонда музей туризимини ривожлантиришнинг назарий асослари. BIZNES–ЭКСПЕРТ,№3, Тошкент, 2024 8-12 б. 13.Ўринбоева Ю.П., Музей туризми ва аҳоли турмуш даражаси. BIZNES –ЭКСПЕРТ №4, Тошкент, 2024 58-64 б. 14.Ўринбоева Ю.П., Аҳолининг маънавий маърифий қадриятлари дунёсини бойитиш, ёш авлодни ватанга мухаббат ва садоқат руҳида тарбиялашда музейларнинг аҳамияти. “Iqtisodiyot va turizm” xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal,№2(16), Бухоро, 2024.-74-84бб. 15.Ўринбоева Ю.П., Иқтисодиёт таркибига туризмнинг янги турларини киритишнинг аҳамияти. “Iqtisodiyot va turizm” xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal, №3(17), Бухоро, 202431-39бб. 16. Obidova F. Y. et al. PROSPECTS FOR INNOVATIVE DEVELOPMENT OF TOURISM //Актуальные научные исследования в современном мире. – 2021. – №. 4-10. – С. 91-95. 17. Obidova F., Umarova Z., Rashidova B. Opportunities to increase the efficiency of the development of tourism services (In the example of Jizzakh Region) //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2024. – Т. 3045. – №. 1. 18. DOI: http://doi.org/10.15350/2409-7616.2022.2.32