ABBOSIY XALIFALIK TOMONIDAN ILM-FAN SOHALARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR
Abstract
Imom Muzaffaruddin ibn Soatiyning shaxsiyati, u tug’ilib o’sgan oilaviy muhit hamda u ulg’aygan davrdagi ilm-fanga bo’lgan e’tibor, uning ustoz va shogirdlari ilmiy faoliyatini o’rganish va tahlil qilish orqali uni yaxshiroq tanib olish; Ibn Soatiy ta’lif qilgan asarlar va ularning hanafiy fiqhini o’rganishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib olish.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 85 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us ABBOSIY XALIFALIK TOMONIDAN ILM-FAN SOHALARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo’nalishi magistri, Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Usulul fiqh fani o‘qituvchisi Abdushukurov Ahror Mahmud o’g’li Annotatsiya: Imom Muzaffaruddin ibn Soatiyning shaxsiyati, u tug’ilib o’sgan oilaviy muhit hamda u ulg’aygan davrdagi ilm-fanga bo’lgan e’tibor, uning ustoz va shogirdlari ilmiy faoliyatini o’rganish va tahlil qilish orqali uni yaxshiroq tanib olish; Ibn Soatiy ta’lif qilgan asarlar va ularning hanafiy fiqhini o’rganishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib olish. Kalit so’zlar: Muzaffariddin ibn Soatiy, bag’dodiy, hanafiy, Mustansiriyya madrasasi, hanafiy fiqhi, Majma’ al-bahrayn. Abbosiy xalifalik davridagi asosiy taraqqiyot va islohot so‘ngi xalifalar Zohir biamrillah va Mustansir billah davriga to‘g‘ri keladi. Xalifa Zohir biamrillah asosiy e’tiborini aholining farovon va to‘kin-sochin hayot kechirishini ta’minlashga qaratgan bo‘lsa, xalifa Mustansir Bag‘dod shahrida masjid va madrasalar qurdirish hamda ta’lim dargohlarini ko‘paytirib, musulmonlarni turli ilm-fan sohalarida mukammal bo‘lishi yo‘lida harakat qilgan edi. Xalifa Mustansirning davriga kelib, musulmon olamida ilk marotaba to‘rt mazhab fiqhini qiyosiy uslubda o‘rgatishga ixtisoslashgan ta’lim muassasasiga asos solindi. Hofiz Zakiyiddin Abduazim Munziriy (vaf.656/1258): “Mustansir yaxshilik ishini qilishga rag‘bat qiluvchi, xayr-saxovatni ko‘paytirishga intiluvchi edi. U “Mustansiriyya” madrasasiga asos soldi hamda unda ilm ahli uchun ko‘pgina qulaylik va maoshlar ta’yin qilgan edi” deya keltirib o‘tadi 1 . Mana shu xalifa davriga kelib, islom olamida ilk ta’lim muassasasi deya e’tirof qilinadigan “Mustansiriyya” madrasasiga asos solindi. Ushbu madrasaning qurilishi 625/1228-yilda xalifa Mustansir tomonidan asos solinganligi sababli madrasaga xalifaning nomi berilgan. Xalifa bu madrasani ochishda o‘zidan oldin amalga oshirilmagan yangi bir uslubni joriy qildi. Ya’ni, ushbu ta’lim muassasasida to‘rtta mazhabni bitta majmua ichida jamlab, ularni bir-biriga qiyoslab o‘rgatishni joriy qildi. 1 Jaloliddin Abdurahmon Suyutiy. Tarix al-xulafo. – Bayrut/Livan: Daru Ibn Hazm, 1424/2003. – B.361.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 86 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Bu madrasa faqat shar’iy ilmlarni o‘rgatish bilan cheklanibgina qolmay, unda arab tili, jismoniy tarbiya hamda tabobat ilmlariga ixtisoslashgan bo‘limlari ham mavjud bo‘lgan. Madrasa asosiy to‘rt burchakka ajratilgan bo‘lib, tashqi ayvonning o‘ng qismi shofeiy, chap qismi hanafiy, binoning ichki tomonidagi o‘ng qismi hanbaliy, chap qismi esa, molikiy mazhabi faqihlari dars berishi uchun mo‘ljallangan edi 2 . Tarixchi olim Ibn Vosilning (vaf.697/1298) keltirishicha, Mustansir Dajla daryosining shimoliy qismida bir madrasa qurdirgan. Bu madrasa yer yuzida musulmonlar tomonidan qurilgan eng ko‘rkam va ilm ahli uchun qulayliklari ko‘p bo‘lgan madrasa bo‘lgan. Bu madrasada to‘rt mazhab faqihlari faoliyat olib borgan. Uning ichida bemorlarni davolash uchun shifoxona, faqihlar ovqatlanishi uchun oshxona, suvni sovitib turuvchi katta bir ko‘za mavjud bo‘lgan. Ilm ahli faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun ular yashaydigan uylarga bo‘yra, gilam, yeyishlari uchun yog‘, oziqovqat mahsulotlari va ta’lim uchun zarur bo‘lgan qog‘oz-qalamlarni yetkazib turish ta’minlangan. Bundan tashqari har bir faqih uchun bir oyda ikki dinordan maosh ham ta’yinlangan. Shuningdek, madrasada faqihlar uchun hammom va hammomlarda ishchilar ham ta’yin qilingan. Ilm ahli uchun bu kabi qulayliklar undan oldingi xalifalardan birortasining davrida amalga oshirilmagan edi. Imom Zahabiy: “Mustansiriyya madrasasining vaqf qilingan mablag‘i bir yilda yetmish ming dinorga yetgan. Bu madrasaning qurilishi 625/1228-yilda boshlanib, 631/1234-yilda nihoyasiga yetgan. Unga noyob qo‘lyozma kitoblardan bir yuz yetmishta tuyaga yuk bo‘ladigan miqdordagi kitoblar olib kelingan. Undagi faqihlarning soni to‘rt mazhab faqihlarini jamlaganda ikki yuz qirq sakkizta bo‘lgan. Bundan tashqari to‘rtta mudarris, hadis, nahv, tabobat, faroiz (meros hisoblash ilmi) bo‘yicha ham shayxlar faoliyat olib borgan”, deya keltirib o‘tgan. Darhaqiqat, xalifa Mustansir tomonidan Bag‘dodning Dajla daryosi sohilida xalifalik hovlisiga yaqin yerda 625/1227-yilda yangi bir madrasa qurilishi boshlandi hamda bu madrasaga uning nomi berildi. Bu madrasa o‘rnida otxona bo‘lib, xalifa Mustansir uni buzib, o‘rnida ta’lim muassasasi qurilishini buyurgan. Uning qurilishiga Muhammad ibn Alqamiy boshchilik qilgan. Uning qurilishiga sarflangan mablag‘ yetti yuz ming dinorga yetgan. Muassasa qurilishi salkam o‘n yil davom etib, 631/1233-yilda nihoyasiga yetgan. Ibn Abulfaraj Basriy (vaf.659/1261) keltirgan rivoyatga ko‘ra, 2 Muzaffariddin Ahmad ibn Ali ibn Tag’lib. Sharhi majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyiroyn / Solih ibn Abdulloh ibn Solih Luhaydon, Xolid ibn Abdulloh ibn Muhammad Luhaydon va Abdulloh ibn Solih ibn Muhammad Luhaydon tahqiqi – Riyoz/Saudiya Arabistoni: Dar al-afham, – J.Ⅰ. – B.32.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 87 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us madrasa ochilishi munosabati bilan ikki ming bosh qo‘y so‘yilib, ziyofatda hozir bo‘lganlarga va Bag‘dod atrofida yashovchi aholiga tarqatilgan 3 . Ushbu muassasada ta’lim jarayoni salkam to‘rt asr ya’ni, 631/1233-yildan boshlab 1030/1620-yilgacha davom etgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida ushbu muassasa faqatgina ikki yil muddatda faoliyatini to‘xtatgan edi. Ikki yildan so‘ng ushbu madrasa hamda unga o‘xshash ko‘plab yangi madrasalar faoliyat yurita boshladi. Kamoliddin Bag‘dodiy (vaf.723/1323) “Al-havadis al-jami’a” (Jamlovchi hodisalar) asarida keltirishicha, mo‘g‘ullar Bag‘dodni istilo qilgandan so‘ng ko‘plab masjid va mezanalar qurdirishgan 4 . Ibn Fuvatiyning keltirishicha, Mustansiriyya madrasasi 656/1257-yilda mo‘g‘ullar bosib olgan vaqtda to‘xtatilib, 657/1258-yilda sulton Hulaku Bag‘dodga o‘z voliylarini qoldirib, o‘z qarorgohi joylashgan shaharga qaytib ketganidan so‘ng, faoliyatini qayta boshlagan. Mustansiriyya madrasasi faoliyati Bag‘dod voqeasidan keyin bir yarim asrga yaqin hech bir uzilishlarsiz davom etgan edi. Yuqorida bayon qilib o‘tganimizdek, bu madrasa asosan to‘rt mazhab fiqhini o‘rganishga ixtisoslashgan va har bir mazhab fiqhini chuqur o‘zlashtirgan faqihlar hamda har bir faqih uchun kamida to‘rtta yordamchi bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan edi. Faqihga yordamchi bo‘lgan kishilar “ ديعملا” “muiyd” (takrorlatuvchi) deb nomlanib, uning vazifasi talabalar ustoz aytgan darsni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun ularga takrorlatish bo‘lgan. Tarixiy manbalar ko‘zdan kechirilganda ushbu madrasa ochilgan yildan to 1030/1620yilga qadar faoliyat olib borgan hanafiy mazhabi faqihlaridan o‘ntasining tarjimai holi borasidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelganligi aniqlangan. Ulardan Umar Farg‘oniy 5 , Ahmad ibn Ansoriy Halabiy 6 , Abdurahmon ibn Lamg‘oniy 7 , Ibn Abariy 8 , 3 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.9. 4 Kamoliddin ibn Fuvatiy Bag’dodiy. Al-havadis al-jami’a vat tajarib an-nafi’a fil miat as-sabi’a / Mahdiy Najm tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1424/2002. – B.231,232. 5 Bu olim aslida Movarounnahr diyorining Farg’ona shahrida tug’ilib, yigitlik chog’ida Bag’dod shahriga ilm talabida safar qilgan. U Umar Sahrovardiyning qo’lida ta’lim olgan. Ba’zi manbalarda uning nasabi borasida Umar ibn Muhammad ibn Husayn ibn Abu Umar ibn Muhammad Andijoniy Farg’oniy deya keltirilgan. U Mustansiriyya madrasasida hanafiy mazhabi bo’yicha ilk ta’lim bergan olim hisoblanadi. U 632/1234-yilda vafot etgan. Q: Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama almustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.51,52. 6 U Mustansiriyya madrasasida Umar Farg’oniydan keyin hanafiy fiqhi mudarrisi sifatida tayinlangan. U 635-yilda o’z shahriga qaytib, 640/1242-yilda vafot etgan. 7 Uning to’liq ismi Kamoliddin Abdurahmon ibn Abdusalom Lamg’oniydir. U 635/1237-yilda Ibn Ansoriy Halabiy o’z shahriga qaytib ketganidan so’ng, uning o’rniga Mustansiriyya madrasasida hanafiy fiqhi mudarrisi qilib tayinlangan. 649/1251-yilda vafot etgan. 8 To’liq ismi Kamoliddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad Bag’dodiy bo’lib, Mustansiriyya madrasasida hanafiy fiqhi mudarrisi bo’lgan. “Al-javahir al-muziy’a” asarining ikkinchi jildida uning tarjimai holi haqida bayon qilinganda u
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 88 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Zohiriddin Buxoriy 9 , Muzaffariddin ibn Soatiy, Ibn Muhayyo Abbosiy 10 , Tojiddin ibn Sabbok 11 , Haydara Abbosiy 12 hamda G‘onim Bag‘dodiy 13 haqida tarjimai hol mavjud . Ammo Ibn Fasih Kufiyning (vaf.755/1354) talabalarga fiqhni o‘rgatganligi va Bag‘doddagi hanafiy mazhabi unga yetib tugaganligi hamda Damashqda hanafiy fiqhi bo‘yicha fatvo berish vazifasiga tayinlangan bo‘lishiga qaramasdan, muarrixlar uning tarjimai holini keltirish asnosida u Mustansiriyya madrasasida faqat arab tilini o‘rgatish bilan mashg‘ul bo‘lganligini keltirishadi. Shu sababli ham u arab tili grammatikasi olimlari qatorda sanab o‘tiladi 14 . Olimlar tomonidan Mustansiriyya madrasasida 631-yildan 770-yillar oralig‘ida hanbaliy fiqhi bo‘yicha mudarrislik qilgan shayxlardan o‘n beshtasining tarjimai holidan xabardor bo‘lishga erishilgan. Ular Muhiddin ibn Javziy Bakriy (vaf.656/1257), Jamoliddin ibn Javziy Bakriy (vaf.656/1257) 15 , Ibn Vazzoh Shahroboniy (vaf.627/1229), Ibn Abkar Bag‘dodiy Umariy Adaviy (vaf.681/1282), Nuriddin Abdalyoniy (vaf.684/1285), Ibn Kavvoz Basriy (vaf.687/1288), Sharafiddin Jiyliy (vaf.690/1291), Zayniddin Omidiy (vaf.712/1312), Taqiyiddin Zariyroniy (vaf.729/1328), Barzabiy Bag‘dodiy (vaf.734/1333), Safiyiddin ibn Abdulhaq (vaf.739/1338), Najmiddin Shayboniy (vaf.748/1347), Biloliy Umaviy (vaf.754/1353) hamda Shamsiddin Shayboniy (vaf.770/1368)lardir. Ushbu madrasada molikiy mazhabi fiqhini dars berish bo‘yicha 631/1233-yildan 732/1331-yilgacha bo‘lgan muddatda mudarrislik qilgan faqihlarning yettitasining tarjimai holi haqida ma’lumotlar mavjud. Ular Abulhasan Ali Mag‘ribiy (vaf.632/1234), Abdurahmon ibn Muhammad ibn Umar Basriy (vaf.632/1234), Sirojiddin Shirimsohiy 16 (vaf.669/1270), Alamiddin Shirimsohiy 17 (vaf.673/1274), “Ibn Asariy” deb, u vafot etgan sana esa, 777/1375-yil deya keltirilgan. Biroq uning vafot etgan sanasi borasida sahih fikr uning 667/1268-yilda vafot etganligidir. 9 Bu olimning tarjimai holi haqida Muzaffariddin ibn Soatiyning ustozlari haqida bayon qilingan o’rinda keltirilgan. 10 U abbosiylar sulolasiga mansub bo’lganligi sababli Mustansiriyya masjidida xatiblik lavozimida ham faoliyat olib borgan. 703/1303-yilda vafot etgan hamda Abu Hanifa rohimahullohning maqbarasi yoniga dafn qilingan. 11 Bu olim haqida Muzaffariddin ibn Soatiyning ustozlari haqidagi bobda zikr qilingan. 12 To’liq ismi Haydara ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Hibatulloh ibn Muhayyo Abbosiydir. U Solih ibn Abdulloh ibn Sabbog’dan, u esa Abulmuayyad Muhammad ibn Mahmud ibn Muhammad Xorazmiydan imom Abu Haniyfa rohimahullohning “Musnad”ini rivoyat qilgan. U Mustansiriyya madrasasida ikki hayit namozini o’qib berishga mas’ul edi. Iroqda Bag’dod voqeasidan keyin undan boshqa hoshimiy abbosiy xatib xutba o’qimagan. U 767/1365-yilda vafot etgan. 13 “Kashf az-zunun” asarida uning ismi Muhammad G’onim ibn Muhammad Bag’dodiy deya keltirilgan. U 1030/1620yilda jinoyatchilar tomonidan o’ldirilgan. 14 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.49. 15 Bu olim 656-yilda ellik yoshga to’lgan vaqtida otasi va ikkita akasi bilan birga Mo’g’ullar qo’lida qatl qilingan. 16 Bu olim Shirimsoh qishlog’iga mansub bo’lib, bu qishloq hozirgi kunda Misrdagi bir qishloq bo’lib, Dimyot shahridan to’rt farsax uzoqlikda joylashgan. Q: https://ar.m.wikipedia.org/wiki/%D8%B4%D8%B1%D9%85%D8%B3%D8%A7%D8%AD 17 Bu olim va Sirojiddin Shirimsohiy aka-uka bo’lgan. “Al-havadis al-jami’a” asarining muallifi Ibn Fuvatiy 633-yilda sodir bo’lgan hodisalarni ketirish asnosida, Sirojiddin Shirimsohiy Bag’dodga o’g’li, ahli-oilasi hamda bir guruh molikiy mazhabi
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 89 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Izzuddin Niyliy (vaf.712/1312), Shihobiddin ibn Askar (vaf.732/1331) hamda Sharofiddin ibn Askar (vaf.759/1357). Shofeiy mazhabi fiqhi bo‘yicha faoliyat olib borgan faqihlarning tarjimai holi borasida esa, faqatgina o‘n bitta faqih haqida ma’lumotlar kelgan. Bu faqihlarning faoliyati davom etgan muddat 631/1233-yildan 797/1394-yilgacha, ya’ni madrasadagi shofeiy mazhabi fiqhi bo‘yicha mudarrislik qilgan so‘ngi olim G‘iyosiddin Aquliyning vafoti bilan nihoyalangan. Demak shofeiy mazhabining faoliyati ham salkam bir yarim asr davom etgan. Bu mazhab mudarrislari Jamoliddin ibn Fazlon (vaf.631/1233), Ibn Muqbil Vositiy (vaf.639/1241), Mahmud Zanjoniy (vaf.656/1258), Imodiddin Marnadiy (vaf.680/1281), Zulfiqor Qurashiy (vaf.685/1286), Ibn Abulizz Basriy (vaf.689/1290), Abu Bakr Farusiy (vaf.706/1306), Jamoliddin Aquliy (vaf.728/1327), Muhiddin ibn Aquliy (vaf.768/1366), Shamsiddin Hajariy (vaf.755/1354), G‘iyosiddin ibn Aquliy (vaf.797/1394) 18 . Shuningdek ushbu ta’lim dargohida har bir mazhab fiqhini mudarris ta’lim berganidan so‘ng, uning yordamchisi talabalarga qayta takrorlatuvchi vazifasini bajargan. Ularning nomi ُدْيِعُملا “al-muiyd” (takrorlatuvchi) deb nomlangan. Darhaqiqat, xalifa Mustansir billah muassasada to‘rt mazhab fiqhi bo‘yicha “muid” vazifasini bajaruvchilar uchun bir nechta shartlar belgilab bergan edi: Birinchidan, har bir mazhab fiqhi mudarrisi uchun kamida to‘rttadan yordamchi bo‘lib, bu yordamchilar mudarris o‘tgan darsni talabalarga qayta takrorlatish bilan shug‘ullanishi; Ikkinchidan, bu vazifani bajaruvchilar uchun har kuni yeb-ichishlari uchun oziq ovqat yetkazib turilishi; Uchinchidan, har oy ularga uch dinordan oylik-maosh ta’yin qilinishi. Madrasa ochilgan vaqtda har bir mazhab uchun o‘n oltita muid faoliyat olib borgan. Hanbaliy mazhabi bo‘yicha faoliyat olib borgan muidlar Ibn Abusaodat Dabbos (vaf.638/1240), Sayfiddin Nahrovoniy (vaf.649/1251), Muvaffaqiddin Bobabasriy (vaf.651/1253), Ibn Sayyod (vaf.685/1286), Abdurahmon ibn Muxallaj (vaf.700/1300), Ibn Abdulmahmud (vaf.726/1325), Shofe’ ibn Umar Jiyliy (vaf.741/1340), Shihobiddin Sherjiy (vaf.765/1363), Umar ibn Duvayro, Sirojiddin Azjiy (vaf.749/1348), Jamoliddin Qiylaviy (vaf.761/1359), Hamza Zarir (vaf.764/1362), Jamoliddin Xuzariy (vaf.765/1363), Qovamiddin ibn Javziy (vaf.688/1289) va boshqalar. faqihlari bilan birga kelganligini hamda hech qancha vaqt o’tmasdan katta shuhrat qozonib, Mustansiriyya madrasasida mudarrislik maqomiga erishganligini keltirgan. Q: Ibn Fuvatiy. Mahdiy Najm tahqiqi. Al-havadis al-jami’a. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1424/2002. –B.78. 18 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.134.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 90 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Shofeiy mazhabi bo‘yicha ham ko‘plab olimlar bu vazifani amalga oshirishgan. Biroq ulardan ba’zilarining tarjimai holi haqida manbalarda keltirib o‘tilgan. Ular Taqiyiddin Juroniy (vaf.676/1277), Ibn Katabiy Juvayniy (vaf.755/1354), Ibn Nayyor Asadiy (vaf.759/1357) kabi olimlardir 19 . Molikiy mazhabi bo‘yicha faoliyat olib borgan muidlar Alamiddin Shirimsohiy (vaf.673/1274) 20 , Nuriddin Vositiy (vaf.687/1288), Izzuddin Mavsiliy (vaf.696/1296) kabilardir 21 . Hanafiy mazhabi bo‘yicha bu vazifani amalga oshirib kelgan kishilar Faxriddin ibn Xofajiy (vaf.656/1258), Kamoliddin Bag‘dodiy 22 , Muzaffariddin ibn Soatiy 23 , Majdiddin ibn Soatiy 24 kabi olimlardir. Shu bilan birga, madrasada muid vazifasida ishlagan kishilar ichida qaysi mazhabga mansub ekanligi manbalarda zikr qilinmagan olimlar ham mavjud. Ular Nizomiddin Bandnijiy (667/1268), Rukniddin Kufiy, Ibn Zariq Kufiy, Faxriddin Tabasiy, Shamsiddin Asbahoniy (vaf.687/1288) kabi olimlar bo‘lib, ularning qaysi mazhab vakili ekanligi hamda ba’zilarining vafot etgan sanalari borasida tarixiy manbalarda batafsil zikr qilinmagan 25 . Shuningdek, madrasada har bir fiqhiy mazhab faqihlari va talabalari uchun bir nazoratchi ta’yinlangan bo‘lib, ular “ بترملا” “Murattib” (tartibga soluvchi) deb nomlangan. Ibn Rajab Hanbaliy (vaf.795/1393) bu vazifani bajaruvchilardan birining hayoti haqidagi ma’lumotlarni keltirish asnosida uni “ يبرملا” “murabbiy” (tarbiyachi) deya nomlagan. Uning vazifasi talabalarning ishlarini tartibga solib turish hamda ularning o‘z vaqtida ovqatlanish va dam olishlarini ta’minlash bo‘lgan. Xalifa Mustansir ushbu vazifani bajaruvchilar uchun har oy qo‘shimcha bir dinordan maosh to‘lanishini ta’minlagan. Manbalarda ushbu vazifani bajaruvchilardan faqat uchtasining tarjimai holi haqida ma’lumotlar keltirilgan 26 . 19 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.156. 20 Bu olim yuqorida molikiy mazhabi mudarrislari qatorida ham keltirilgan edi. Bu o’rinda ham keltirilishga sabab u mudarrislik maqomiga erishgunga qadar akasining yonida muid vazifasini bajargan. U 676/1277-yilda vafot etgan. 21 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.157. 22 Bu olim Mustansiriyya madrasasida Abdurahmon Lamag’oniyning muidi bo’lib faoliyat olib borgan 23 Muzaffariddin ibn Soatiy ham mudarrislik martabasiga ko’tarilishidan oldin muid vazifasini ham bajargan. 24 Ibn Fvuatiyning keltirishicha, bu olim fazilat va ilm maskani bo’lgan bir oilada yetishib chiqqan. U ko’pgina ilmlarni otasi Muzaffariddin ibn Soatiydan olgan. Musansiriyya madrasasida muid vazifasini bajarib, so’ngra Farxiddin Rumiy vafot etganidan so’ng, Mug’isiyya madrasasida mudarris sifatida faoliyat olib borgan. Q: Kamoliddin ibn Fuvatiy. Majma’ al-adab fiy mo’jma al-alqob / Muhammad Kozim tahqiqi. – Tehron: Vizarot as-saqofat val irshad al-islamiy, 1416. – J.Ⅳ . – B.500. 25 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.161. 26 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.181.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 91 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Hanafiy mazhabi murattiblaridan Faxriddin Bag‘dodiy (vaf.718/1318), shofeiy mazhabi murattiblaridan Kamoliddin Marjiy, hanbaliy mazhabi murattiblaridan esa, Ahmad ibn Abdurahmon Saqoning tarjimai holi haqida ma’lumotlar bor xolos 27 . Madrasada diniy ilmlarni o‘rgatish bilan cheklanibgina qolmay, tabobat va shu kabi dunyoviy fanlar ham chuqur o‘rgatilar edi. Ibn Fuvatiy 633/1235-yil voqealarini keltirish asnosida madrasaga qarama-qarshi tomonda tabobatni o‘rgatish uchun alohida bir ayvon qurilgan bo‘lib, ushbu ayvon tagida bir tabib talabalarga tabobatdan ta’lim berar va huzuriga kelgan bemorlarni tekshirish va davolash bilan mashg‘ul bo‘lar edi, deya keltirib o‘tadi 28 . Ibn Arabiyning keltirishicha, Mustansiriyya madrasasi tabibi har kuni erta tongda madrasa bo‘ylab kezib yurib, bemorlarning holidan xabar olar edi. U faoliyat olib borgan joy “ ناتسراميبلا” (Bemoriston) yoki “ناتسراملا” (Moriston) deb nomlangan. Bu fors tilidan olingan bo‘lib, arab tilida “shifoxona” ma’nosini anglatgan. Ibn Arabiy, Ibn Vosil va boshqa olimlar Mustansiriyya madrasasida turli xil shifobaxsh ichimliklar hamda dori-darmonlar saqlanadigan omborxona ham mavjud bo‘lgan deya keltirib o‘tishgan 29 . Shuningdek, madrasa qoshida bir jome’ masjid barpo qilingan va unga imomxatib hamda voizlar ta’yinlangan. Ulardan biri Muhiddin Muhammad ibn Muhayyo Abbosiy (vaf.708/1308) bo‘lib, u 674/1275-yilda “Jome’ as-sulton” nomli masjidga xatib hamda Mustansiriyya madrasasida ikki hayit namozlarini o‘qib berish uchun mas’ul qilingan. Manbalarda keltirilishicha, Bag‘dod voqeasidan keyin Iroqda undan boshqa Banu Hoshimdan bo‘lgan birorta inson xutbaga chiqmagan 30 . Shuningdek, Muzaffariddin ibn Soatiy ham bir necha bor Muhiddin ibn Muhayyoning o‘rniga ikki hayit xutbalarini o‘qib bergan 31 . Mustansiriyya madrasasidagi amalga oshiriligan muhim ishlardan biri bu kutubxona barpo qilinganligidir. U بتكلا ةنازخ “xizanat al-kutub” (Kitoblar g‘aznasi) deb nomlangan bo‘lib, nafaqat madrasa talaba va ustozlari balki madrasaga aloqador bo‘lmagan ilm ahli uchun ham umumiy manbalar xazinasi bo‘la olgan. Ushbu kutubxona yer yuzida hijriy yettinchi va sakkizinchi asrlardagi eng mashhur va eng boy kutubxona sifatida e’tirof etiladi. Biroq Bag‘dod voqeasi va shu kabi vayronagarchiliklardan so‘ng bu kutubxonada mavjud bo‘lgan kitoblar mo‘g‘ul 27 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.181. 28 Kamoliddin ibn Fuvatiy Bag’dodiy. Al-havadis al-jami’a vat tajarib an-nafi’a fil miat as-sabi’a / Muhammad Kozim tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1424/2002. – B.79. 29 Abulfaraj ibn Arabiy. Tarixi muxtasar ad-duval. – Alhozimiyya/Livan: Dar ar-oid al-lubnaniy, 1403/1994. – B.425. 30 Kamoliddin ibn Fuvatiy Bag’dodiy. Al-havadis al-jami’a vat tajarib an-nafi’a fil miat as-sabi’a / Muhammad Kozim tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1424/2002. – B.272. 31 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.265.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 92 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilingan. Ajablanarlisi madrasaga vaqf qilingan yoki unda faoliyat olib borgan olimlar tomonidan yozilgan yoxud hozirgi kungacha mavjud bo‘lgan kitoblardan faqat sanoqlilaridan xabardor bo‘lish imkoni mavjud. Jumladan, Jarulloh Abulqosim Zamaxshariyning (vaf.537/1143) “Robi’ al-abror” (Yaxshi insonlar bahori) asarining bir nusxasi, Zohiriddin Muhammad ibn Umar Nujobodiy Buxoriyning “Kashf al-ibhom lidaf’ al-avham” (Turli yot fikrlarni ketkazish uchun mubham masalalarni ochib berish) nomli asar hamda Muzaffariddin ibn Soatiyning “Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn” (Ikki dengiz jamlanish joyi va ikki nur to‘qnashish o‘rni) deb nomlangan asari va shu kabi bir necha asarlari haqida ma’lumotlar mavjud 32 . Ushbu ta’lim dargohida faqatgina ilm-fan va ta’lim sohasida faoliyat olib borilibgina qolmasdan, balki ko‘plab ixtirolar ham amalga oshirilgan edi. Bu ixtirolardan biri “soatsozlik” sohasi bo‘lib, Muzaffariddin ibn Soatiyning otasi ham ushbu sohada faoliyat olib borgan. Shu sababli otasining asl ismi Ali bo‘lsa ham, “Soatiy” nomi bilan tanilgan va muallifning o‘zi ham ilm ahli o‘rtasida “Ibn Soatiy” nomi orqali mashhur bo‘lgan. Darhaqiqat, musulmonlar soatlardan namoz vaqtlarini bilish uchun foydalanishar edi. Keyinchalik bu asbob masjidlar, madrasalar va turli ta’lim dargohlariga o‘rnatila boshlandi. Bu asbob doimiy ishlab turishi uchun ularni nazorat qilib turadigan alohida muhandislar faoliyat olib borishar edi. Mana shu kabi soatlardan biri Mustansiriyya madrasasiga o‘rnatilgan soatlardir. Bu soatlar o‘sha davrdagi texnologiyalarning eng yuqori cho‘qqisi bo‘lgan. 633/1235-yilda Mustansiriyya madrasasining eshigiga qarama-qarshi tomonda bir ayvon qurildi va uning boshlanish qismida soatlar o‘rnatilib, ushbu soatlar yordamida namoz vaqtlari va kun-u tunning almashish vaqtlari belginar edi. Soatsozlarning mashhurlaridan biri bu Muzaffariddin ibn Soatiyning otasi Nuriddin Ali ibn Tag‘libdir. U 601/1204-yilda tug‘ilib, 683-1284-yilda vafot etgan. Nojiy Ma’rufning keltirishicha, u soatlarning ishlashini nazorat qilib turuvchi vazifasini bajargan 33 . Hanafiy olimlar haqida yozilgan asarlarda muallifning tarjimai holini bayon qilish asnosida esa, uning otasi soat yasovchi usta bo‘lganligi haqida keltirilgan 34 . Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, abbosiy xalifalikning so‘ngi davri ko‘plab ixtirolar va ilm-fan sohasidagi islohotlar uchun asos bo‘lib xizmat 32 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.274. 33 Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag’dod: Maktabat al-maoniy, 1379/1959. – B.269. 34 Abul Maoliy Muhammad ibn Rofe’ Salomiy. Tarixi ulamai Bag’dod. – Bayrut/Livan: Ad-dar al-arabiyya lil mavsuat, 1420/2000. – B.36.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 93 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us qilgan. Birgina Mustansiriyya madrasasining faoliyatiga nazar soladigan bo‘lsak, bu ta’lim muassasasi butun dunyodagi olimlarni o‘zida jamlagan edi. Unda faoliyat olib borgan olimlar ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni puxta o‘zlashtirib, islom dinining faqat Qur’on va hadisni o‘rganishning o‘zi bilan cheklanibgina qolmasdan, musulmonlarning farovon hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish uchun harakat qilishgan. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda islom dini borasida uni faqat Qur’on va hadisni o‘rganishning o‘zi bilan cheklanib, ilm-fan taraqqiyoti uchun to‘siq bo‘lib qolgan, deya da’vo qiluvchilarning da’vosini asossiz ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, o‘sha davr uchun taraqqiyotning eng yuqori namunasi deya e’tirof qilishga arziydigan ixtirolar ham musulmon olimlar tomonidan amalga oshirilgan edi. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YXATI Arab tilidagi adabiyotlar 1. Kamoliddin ibn Fuvatiy. Al-havadis al-jamia vat tajarib an-nafia fiy al-miat as-sabia. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 2002. – 349 b. 2. Muxtor ibn Mahmud Zohidiy. Qunyatul-munya. – Karachi: Maktabatul-ulum, 1999. – 434 b. 3. Nojiy Ma’ruf. Tarixi ulama al-mustansiriyya. – Bag‘dod: Matba’at al-aniy, 1959. – 311 b. 4. Qosim ibn Qutlubug‘o. Taj at-tarojim. – Bayrut/Livan: Dar-al qalam, 1413/1992. – 567 b. 5. Xayriddin Zirikliy. Al-a’lam. – Bayrut/Livan: Dar al-ilm lil malayin, 2002. – J. Ⅰ. – 336 b. 6. Xatib Bag‘dodiy. “Hadiyatul orifin”. – Bayrut. 1999. J.2. 7. Umar Rizo Kahola. A’lam an-nisa fiy alamay al-arab val islam. – Bayrut/Livan: Muassasat ar-risala, (yili ko‘rsatilmagan). – 337 b. Internet saytlari 1. www.alukah.net 2. www.wikipedia.org 3. www.waqfeya.com 4. www.noorbook.com