scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI MANZARA JANRI ORQALI KASBIY KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Shermamatova Gulnoza Adham qizi

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda manzara janrining ahamiyati tahlil qilingan. Manzara tasvirining did, badiiy tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tasviriy san’at darslarida manzara janridan foydalanishning samarali metodlari ko‘rib chiqilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shermamatova Gulnoza Adham qizi Nizomiy nomidagi TDPU magistranti [email protected] BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI MANZARA JANRI ORQALI KASBIY KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH Annotatsiya:Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda manzara janrining ahamiyati tahlil qilingan. Manzara tasvirining did, badiiy tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tasviriy san’at darslarida manzara janridan foydalanishning samarali metodlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: manzara janri, tasviriy san’at, kasbiy kompetensiya, pedagogik faoliyat, badiiy tafakkur, ijodkorlik. ANNOTATION:This article analyzes the importance of the landscape genre in the development of professional competence among future Fine Arts teachers. It highlights the role of landscape imagery in shaping aesthetic taste, artistic thinking, and practical skills. The article also examines effective methods of incorporating the landscape genre into Fine Arts classes. Keywords: landscape genre, Fine Arts, Professional Competence, pedagogical activity, artistic thinking, creativity. АННОТАЦИЯ:В данной статье анализируется значение пейзажного жанра в формировании профессиональной компетентности будущих педагогов изобразительного искусства. Освещается роль пейзажной живописи в формировании вкуса, художественного мышления и практических навыков. Также рассмотрены эффективные методы использования пейзажного жанра на уроках изобразительного искусства. Ключевые слова: жанр пейзажа, изобразительное искусство, профессиональная компетентность, педагогическая деятельность, художественное мышление, творчество. Zamonaviy ta’lim tizimida tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi chuqur bilim, ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligiga asoslanadi. Ayniqsa, manzara janri orqali o‘rgatilayotgan tasviriy san’at mashg‘ulotlari o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Tasviriy san’atda tabiat ko'rinishlarini tasvirlaydigan janrlaridan biri manzaradir. Unda asosan tabiat va shahar ko‘rinishlari aks ettiriladi. Manzarachi rassom o‘z asarlari orqali tabiatga boʻlgan munosabati, his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Tasviriy san’atda ko‘p manzarachi rassomlar: A.Savrasov, I.Shishkin, I.Levitan, S.Chuykov, O‘.Tansiqboyev, N.Karaxan. R.Temurov va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Manzara - bu tabiat manzaralarini tasvirlovchi san’at janri bo‘lib, unda rang, yorug‘lik, kompozitsiya va chuqurlikni ifodalash muhim ahamiyatga ega. Talabalarning bu janrni o‘zlashtirishi nafaqat texnik mahoratini, balki estetik didini, atrof-muhitga badiiy nigohini shakllantiradi. Shu sababli, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun manzara janrini chuqur o‘rganish pedagogik faoliyatlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘zbek manzara janrining haqiqiy rivojlanishi XX asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda dastgoh san’atida manzaraning nodir namunalari yaratildi. SHu davrda P.Benkov, O‘.Tansiqboev, N.Karaxan, A.Mirsoatov va boshqa rassomlar o‘z san’at asarlarida masalan, O‘.Tansiqboevning “Issiq ko‘l”, “Ona o‘lka”, “Qayraqqum suv ombori”, N.Qoraxonning “Nanay yo‘li”, “Sijjakda bahor”, R.Temurovning Samarqand arxitektura manzara asarlarida tabiatga muhabbat va go‘zallik sirlarini ochishda shakllantirdilar. Hozirgi vaqtga kelib ko‘plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, jumladan A.Nuriddinov, O.Qozoqov, A.Mo‘minovlar tabiatni madh etuvchi maftunkor manzaralarni chizib kelmoqdalar. [3, B.27]. XIX asrning II yarmida realistik manzara janri gurkirab o‘sdi. Bu davrda I.SHishkin, A.Savrasov, I.Levitan, V.Mashkov va boshqa rassomlar salmoqli ijod qilganlar. O‘rta Sharq san’ati, jumladan Xirot, O‘rta Osiyo miniatyura san’atida manzara janri yuksak darajada namoyon bo‘lgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning mo‘jaz asarlarida manzara tabiat ko‘rinishi yuksak mahorat bilan ishlangan [5, B.43] Dars jarayonida ochiq havoda rasm chizish (plein-air), foto manzaralarni tahlil qilish, mashhur rassomlar asarlarini o‘rganish samarali usullardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interaktiv yondashuvlar, guruhli ishlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar ham o‘quv jarayoniga kiritilishi lozim. Ayniqsa, manzara ishlash jarayonini amaliy mashg‘ulotlar paytida bajarish maqsadga muvofiqdir. Talabalar manzara ishlashda ufq chizig‘i, ko‘rish nuqtasi, ko‘rish maydoni, havo perspektivasi, surat tekisligi, yorug‘-soya qonuniyatlarini o‘zlashtirishlari shart. Umumtа’lim mаktаblаri tаsviriу sаn’аt dаrslаridа mаnzаrа ishlаsh jаrауоnidа о’quvchilаrni stilizаssiуа kо’nikmаsini rivоjlаntirishdа «Kоmаndаdа о’qitish» mеtоdi. Kоmаndаdа о’qitishdа о’quvchilаr tеng sоnli ikkitа kоmаndаgа аjrаtilаdi. Hаr ikkаlа kоmаndа bir хil tоpshiriqni bаjаrаdi. Kоmаndа а’zоlаri о’quv tоpshiriqlаrini hаmkоrlikdа bаjаrib, hаr bir о’quvchi mаvzudаn kо’zdа tutilgаn bilim, kо’nikmа vа mаlаkаlаrni о’zlаshtirishgа е’tibоrni qаrаtаdi. Manzara janri bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun nafaqat badiiy mahoratni oshiruvchi, balki ularning umumiy kasbiy tayyorgarligini ta’minlovchi muhim vositadir. Uni to‘g‘ri va tizimli o‘rgatish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalari izchil rivojlanadi. Manzara (peyzaj) janri tabiatni badiiy talqin etish san’ati sifatida insonning estetik idrokini tarbiyalaydi. Tabiat obrazlarini tasvirlash jarayonida rassom hayotiy manzaralarni estetik tizimga keltiradi, bu esa badiiy umumlashtirish va kompozitsion tafakkurni shakllantiradi. Manzara janri o‘quvchi va talaba ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantiradi, tasviriy ko‘rish, rangni sezish, fazoni idrok etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu sababli, bo‘lajak san’at o‘qituvchisi uchun bu janr - kasbiy tayyorgarlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Nazariy jihatdan, manzara janri ikki asosiy yo‘nalishda rivojlanadi: 1. Tabiiy kuzatuv asosidagi manzara - tabiatni bevosita tahlil qilish, shakl va rangni real holatda o‘rganish; 2. Kompozitsion manzara - ijodiy g‘oya asosida qurilgan, badiiy tasavvur orqali yaratilgan obrazli manzara. Bu ikki yo‘nalish uyg‘unligida talabalarda nafaqat rasm chizish malakasi, balki pedagogik yondashuv, tahlil, ijodiy fikr yuritish va o‘z fikrini badiiy shaklda ifodalash ko‘nikmalari shakllanadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kasbiy kompetensiyani shakllantirish jarayoni Kasbiy kompetensiya - bu o‘qituvchining o‘z fanini mukammal bilishi, uni o‘quvchilarga estetik va metodik jihatdan to‘g‘ri yetkazish qobiliyatidir. Tasviriy san’at o‘qituvchisida bu ko‘nikma quyidagi komponentlardan iborat: Badiiy kompetensiya - rang, shakl, kompozitsiya, yorug‘lik-soya qonuniyatlarini amaliy qo‘llay olish; Metodik kompetensiya - o‘quvchilarga manzara janrini o‘rgatishda samarali metodlardan foydalanish; Estetik kompetensiya - tabiat go‘zalligini anglash, estetik his-tuyg‘uni rivojlantirish; Ijodiy kompetensiya - san’at asarlari orqali yangi g‘oyalarni yaratish, o‘z uslubini topish; Kommunikativ kompetensiya - o‘quvchilar bilan samarali estetik muloqot olib borish. Manzara janrida ishlash ushbu kompetensiyalarning har birini rivojlantirish uchun amaliy zamin yaratadi. Talaba tabiatni o‘rganar ekan, u o‘z fikrini vizual obraz orqali ifoda etadi, bu esa muloqot, tahlil va ijodiy tafakkurni birlashtiruvchi jarayonga aylanadi. Manzara janrining o‘qituvchilik faoliyatidagi ahamiyati Manzara janri o‘qituvchilik faoliyatida quyidagi jihatlarda muhim rol o‘ynaydi: 1. Tarbiyaviy jihat - talabalarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat, Vatanga muhabbatni shakllantiradi. 2. Didaktik jihat - nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi. 3. Ijodiy jihat - o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, kuzatuvchanlikka va badiiy ifoda topishga o‘rgatadi. Manzara yozish jarayonida o‘qituvchi talabalarga ranglarni tahlil qilish, kompozitsion muvozanatni topish, obrazni estetik ifodalashga yo‘naltiradi. Shu tariqa, talaba nafaqat chizishni, balki o‘qituvchilik jarayonida san’at orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni ham o‘rganadi Amaliy tajriba va natijalar O‘tkazilgan kuzatuv va tajriba mashg‘ulotlari shuni ko‘rsatadiki, manzara janridan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy faolligini sezilarli darajada oshiradi. Talabalarga tabiiy manzaralar asosida kompozitsiya yaratish, mavzuli peyzaj ishlari bajarish topshiriqlari berilganda, ularning: rang sezgisi va tasviriy aniqligi oshgan; ijodiy fikrlash mustahkamlangan; tasviriy savodxonligi va tahliliy fikrlash ko‘nikmalari kuchaygan; kasbiy o‘zini anglash va mas’uliyat hissi rivojlangan. Ustoz rahbarligida olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar o‘z asarlarida tabiat go‘zalligini turli burchaklardan ifodalashga intilganlar. Natijada, manzara janrida ishlash ularning badiiy madaniyati, estetik tafakkuri va kasbiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Abdirasulov S "Tasviriy sanʼat oʻqitish metodikasi", Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2012. 2. N. Tolipov, S. Abdirasilov, N. Oripova «Rangtasvir». -T., O‘zbekiston, 2006. b-27 3. Nurtoyev U.N., Хalilov R.SH. Rangtasvir. – Toshkent: 2023. b-43 4. Talipov, Nozim. "Boʻlajak tasviriy sanʼat oʻqituvchilariga manzara kompozitsiyasini ishlashga oʻrgatishning individual metodlarning xususiyatlari", Pedagogik va psixologik tadqiqotlar