MOTURIDIYLIK TA'LIMOTINING ASH'ARIYLIK TA'LIMOTI BILAN O'XSHASH VA FARQLI JIHATLARI
Abstract
Ushbu maqola aqoid ilmida mavjud bo’lgan ikki asosiy ta’limotlar - ash’ariylik va moturidiylik va ular o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlar tahlil qilingan. Bugungi kunda moturidiylik ta’limotini o’rganishga katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa uning boshqa ta’limotlar bilan o’zro farqli tomonlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada turkiyalik olim Ibn Kamal Pashaning “Moturidiylik va ash’ariylik ta’limotlari o’rtasidagi bahslar” asaridan foydalanilgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Rahmonova Mohinur Ma’murjon qizi O’zXIA magistratura bitiruvchisi MOTURIDIYLIK TA’LIMOTINING ASH’ARIYLIK TA’LIMOTI BILAN O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI ANNOTATSIYA: Ushbu maqola aqoid ilmida mavjud bo’lgan ikki asosiy ta’limotlar - ash’ariylik va moturidiylik va ular o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlar tahlil qilingan. Bugungi kunda moturidiylik ta’limotini o’rganishga katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa uning boshqa ta’limotlar bilan o’zro farqli tomonlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada turkiyalik olim Ibn Kamal Pashaning “Moturidiylik va ash’ariylik ta’limotlari o’rtasidagi bahslar” asaridan foydalanilgan. Tayanch iboralar: moturidiylik, ash’ariylik, aqliy va naqliy kalimalar, qazo va qadar, iymon, hol, takvin.. Ash’ariylik ta’limoti imomi Abulhasan Ali ibn Ismoil al-Ash’ariy rahmatullohi alayh bo‘lib, u kishining nasabi ulug‘ sahobiylardan biri Abu Muso al-Ash’ariyga borib taqaladi. Imom Ash’ariy Bag‘dodda tug‘ilgan va o‘sha yerda hijriy 324-yili vafot etadi. Tug‘ilgan yillari haqida turli ixtiloflar mavjud bo‘lib, ko‘pchilik tadqiqotlar Imom Ash’ariyning tug‘ilgan sanasi sifatida 260/873-yilni ko‘rsatib o‘tishadi. Ash’ariy dastlabki ilmlarni otasidan o‘rganadi va keyinchalik o‘zi ham ko‘plab ustozlardan ta’lim oladi. Imom Ash’ariy qirq yoshigacha o‘sha davrda keng tarqalgan mu’taziliya ta’limotiga e’tiqod qilib keladi. Keyinchalik bu ta’limotga nisbatan qalbida shubhalar paydo bo‘la boshlaydi, undan qoniqish hosil qilmaydi va uning noto‘g‘ri ekanligini bilgach, undan voz kechadi va umrining oxiriga qadar bor kuch-g‘ayratini ushbu ta’limotga qarshi kurashishga sarf qiladi. Imom Ash’ariyning ahli sunna val jamoa aqiydasi bo‘yicha bir necha asarlari mavjud. Tadqiqotchilar uning asarlari va soni bo‘yicha ham turli fikrlarni keltirib o‘tganlar. Quyida uning asarlaridan ayrimlarini keltirib o‘tamiz. 1. “Maqolatul islomiyyin”. Imom Abulhasan al-Ash’ariy o‘zlarining bu kitoblarida Ahli sunna val jamoaning aqiydasini bayon qilib bergan. 2. “Al-Ibona”. Ushbu kitobda mu’taziliylarga qarshi raddiyalar mavjud. 3. “Al-Lama”. Bu kitobda u aqliy dalillarga ham tayanadi. U salaf ulamolari yo‘lidan emas, keyingi taviyl yo‘lini tutganlar izidan boradi . Shuningdek, Imom Ash’ariy mu’taziliya ta’limotida bo‘lgan davrida ham ba’zi asarlar yozganligi haqida ayrim tadqiqotchilar fikr yuritishgan. Lekin keyinchalik aniqlanishicha bu mavzuga oid asarlari bizgacha yetib kelmagan. As-Subkiy “Tabaqot ash-shofiiya al-kubro” nomli asarida Ash’ariyning bir qancha asarlari haqida yozib o‘tgan: “al-Umda fir-ruya”, “Al-Mujaz”, “AsSifat” va boshqalar. Imom Ash’ariyning vafoti to‘g‘risida ham aniq bir ma’lumot keltirilmagan. Bu borada ham turli ixtiloflar mavjud bo‘lib, har bir tadqiqotchi o‘zining izlanishlaridan kelib chiqqan holda turlicha
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL yondashadi. Ba’zi adabiyotlarda uning vafot etgan sanasi 330/941yillar deb berilsa, boshqasida bu yillardan keyin degan ma’lumotlar bor. Umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, Ash’ariyning vafoti 330/941 va undan keyingi yillarga tog‘ri kelishi juda katta farq qilmaydi. Shuningdek, u Bag‘dodda dafn qilingani va qabri ham o‘sha yerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ham aksariyat manbalarda duch kelishimiz mumkin. Ash’ariy ta’limoti va hayotini chuqur o‘rgangan ulamolardan biri shayx Muhammad Abu Zahra u haqida quyidagi ma’lumotlarni aytib o‘tadi: “Qur’oni Karim va hadisi sharifda kelgan aqiydalarni olgan va tushuntirishning barcha uslublarini qo‘llagan. Tashbihga oid oyatlarning zohirini-sirtqi ma’nosini olgan, ammo tashbihga o‘tmagan. U Alloh taoloning bandalarning yuziga o‘xshamagan yuzi va maxluqotlarning qo‘liga o‘xshamagan qo‘li borligiga e’tiqod qilgan. Aqoidga ohod hadislardan hujjat keltirgan, ahli havoning barchasidan, mu’taziliylardan chetda bo‘lgan. uning mazhabi o‘rtacha va mu’tadil bo‘lgan. u kishi aqiydalarga dalil keltirishda ham naqldan, ham aqldan istifoda qilgan. Shuningdek, u Alloh taoloning, Uning Rasullarining va oxirat kunining Qur’oni Karim va hadisi sharifda kelgan vasflarini sobit qilgan. Aqliy va mantiqiy dalillarni hujjat qilib keltirgan” Ash’ariy va moturidiylar ahli sunna vakillaridir. Salafiylar ahli hadis emaslar. Ular oldin “ahli sunnamiz” der edilar, hozirda esa ular “ahli hadismiz” demoqdalar. Agar gaplari rost bo‘lsa, unda ilm va ijomga qaytsinlar, bolalarcha uslublarni tark qilsinlar, ergashayotgan “olimlarni” “ulamo” va “yer yuzining bilimdonlari” deb o‘ylamasdan, ularning haqiqiy ahli ilmlikka ham arzimasligini anglasinlar. Moturidiylik va ash’ariylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlaridan biri bu ularning adahsgan oqimlarga qarshi kurashgani va sof islomiy aqiydani qaror toptirishga harakat qilganliklaridir. Bu borada dastlabki eng asosiy masala mu’taziliylarga raddiya berish va ular bilan keskin bahs olib borish bo‘lgan. Har ikkala ta’limot imomlari bir-birlaridan mustaqil ravishda, bir-biriga muxolif bo‘lmagan holatda o‘z faoliyatlarini davom ettirishgan. Agar bu ikki ta’limotga diqqat bilan e’tiborimizni qaratsak, ular o‘rtasida deyarli farq yo‘q ekanligini bilish mumkin. Ahli sunna val jamoa e’tiqodida ular ikki maktabga asos solganlar. Ammo zamondosh bo‘lsalarda, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lmaganlar va ko‘rishmaganlar. Shunday bo‘lsa ham ularning har ikkisining fikrida alohidalik, noqislik mavjud emas. Bu ham Ahli sunna val jamoa e’tiqodi naqadar to‘g‘ri va ishonchli yo‘l ekanligini yana bir isbotidir. Mashhur olimlardan biri bo‘lgan Abu Zahraning ta’kidlashicha, ularning bir hil g‘oyani ilgari surganliklari, bir hil maqsadni ko‘zlaganliklari, ikki allomaning bir hil raqiblarga qarshi g‘oyaviy kurashganliklari bo‘ldi va bu kurash ham ular o‘rtasidagi uslublar yaqinligini keltirib chiqargan . Keyingi asrlarga kelib, bu ikki ta’limot keng yoyila boshladi. Ash’ariylik ta’limoti asosan Xuroson o‘lkasida shofiiylar tomonidan, moturidiylik esa Movarounnahr va unga tutash joylarda hanafiylik mazhabi tomonidan keng targ‘ib qilina boshladi. Mazhablar xilma – xilligi bu ikki yo‘nalish ulamolari o‘rtasida ayrim aqiydaviy ixtiloflarni keltirib chiqardi. Ammo bu ixtiloflar chuqur bo‘lmay, ayrim masalalardagina o‘z aksini topgan. Moturidiylik va ash’ariylik ta’limotlarini o‘rgangan tadqiqotchilar ular o‘rtasida faqat uch masaladagina xilof borligini aytadilar: Birinchisi: Al-Ash’ariy holni nafiy qiladi va shuning uchun, uning fikricha, sifati zoidalar yo‘q hisoblanadi, al-Moturidiy esa ularni “sobit deydi”. Ikkinchisi: Imom Abu Mansur al-Moturidiy: “Takviyn sifati bor, u har bir maxluqqa shomil sifatdir”, deydi. Al-Ash’ariy bu nomdagi sifat yo‘qligini aytadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Uchinchisi: Iymonning ziyoda bo‘lishi yoki kamayishi. Ash’ariylar iymon ziyoda bo‘ladi va kamayadi deb aytsalar, moturidiylar iymon ziyoda va noqis bo‘lmaydi deb e’tiqod qiladilar. Bunga ularning iymonni turlicha ta’rif etganliklari sabab bo‘lgan. Ash’ariylar “Iymon tasdiq, iqror va amaldan iborat bo‘ladi, iymon ziyoda yoki noqis bo‘ladi”, deyishgan . Moturidiy ulamolari esa, “Iymon tasdiq va inkordir, iymon ko‘payib, kamayib turmaydi, balki amal ziyoda yoki noqis bo‘ladi”, deyishgan. Bunga ular ba’zi bir Qur’on oyatlarini misol qilib keltirishgan. Masalan, “Anfol” surasining 2-oyatida: “Vaqtiyki, ularga U Zotning oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilur”. Bu oyatda “iymonning ziyoda bo‘ishi” haqida so‘z brogan. “Maryam” surasining 76-oyatida ham: “Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qilur” jumlasi mavjud. Yana ko‘plab suralarda ushbu mavzuga oid oyatlarni uchratishimiz mumkin. Hasan ibn Abdulmuhsin Abu Azba o‘zining “Ar-Ravzat al-bahiya fi ma baynal asharia val moturidiya” asarida iymon masalasida ular o‘rtasidagi ixtiloflarni bayon qilib beradi. Unga ko‘ra lafziy ixtilofli masalalar quyidagilardan iborat: - birinchi lafziy ixtilof iymonda “istisno” qilish masalasi haqida bo‘lib, masala quyidagicha tus olgan: Allohga, farishtalariga, kitoblariga, elchilariga va oxirat kuniga iymon keltirgan mo‘min kishi qay tarzda o‘z iymonini ifoda etishi kerak? U: “Men haqiqatda mo‘minman”, deydimi yoki “Men inshaalloh, mo‘min bo‘lishim mumkin”, deydimi? Bu o‘rinda Ahli hadis ulamolari va Ash’ariy “istisno” zikr etilishi kerakligini, Abu Hanifa va aksariyat ulamolar esa, “istisno” zarur emasligini ta’kidlaydilar. Hanafiy – moturidiy ulamolari fikricha, mo‘min haqiqatdan mo‘min, kofir haqiqatdan kofir bo‘ladi. Kufrda shubha bo‘lmaganidek, iymonda ham shubha bo‘lmaydi. Ijmoga ko‘ra, iymonda shak-shubha bo‘lishi mumkin emas. Kimki Allohga, farishtalariga, kitoblariga va rosullariga Alloh xohlasa, ya’ni inshaalloh, iymon keltirdim desa, iymoniga shubha bilan qaragan bo‘ladi. Bu esa ularning iymonlari sahih emasligiga dalolat qiladi “Istisno” so‘zining majoziy ma’nosiga ham bu ikki ta’limot egalari turlicha ta’rif beradilar. Ash’ariylar fikriga ko‘ra, istisno bu – bir narsani bog‘lab qo‘yishdir. Moturidiylar esa, istisno moziy yoki hozirda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yerda bog‘lash to‘xtatiladi. “Inshaalloh” kalimasi Allohdan kelajakdagi narsalarni so‘rash yoki umid qilishda ishlatiladi . - ikkinchi lafziy ixtilof bu baxtlilik va baxtsizlik haqida. Ash’ariylar ta’kidlashicha, kimki badbaxtlaridan bo‘lsa, bas, u badbaxtlar qilmishlariga erishadi. Kimki baxtlilardan bo‘lsa, bas, u saodatmandlardan amallariga erishadi. Hanafiylar esa, aksincha, quyidagi aqidani ilgari surganlar: Lavhul mahfuzda yozilgan taqdir Allohning sifati emas, balki saodat va baxtsizlik bandaning sifatidir. Bandaning esa bir holatdan boshqa holatga o‘tishi joiz bo‘ladi. Imom Shams al-din Ahmad ibn Sulaymon ibn Kamol Posha moturidilik va ash’ariylik ta’limotlari o‘rtasidagi farqli jihatlar haqida o‘zining “Ash’ariy va Moturidiy ta’limoti o‘rtasidagi farqlar” nomli asarida yozib qoldirgan. Uning yozishicha, bu ikki ta’limotning birinchi farqli tarafi bu - Imom Moturidiy ta’limotiga ko‘ra, yaratish ya’ni “takvin” sifati Allohning barcha sifatlari kabi abadiy sifatdir va u Allohning borligi bilan birga bo‘lgan, mavjud bo‘lgan narsadan ajralib turadigan abadiy xususiyatdir. Allohning irodasi abadiydir va bu Uning abadiyligi bilan bog‘langandir, deydi. Imom al-Ash’ariy aytdilarki, u, ya’ni yaratish Allohning borligi bilan bog‘liq bo‘lmagan shartli sifatdir, u amaliy sifatdir, abadiy sifat (boqiy sifatlardan) emas. Ikkinchi farqli tarafi – bu Imom Moturidiy ta’limotiga ko‘ra, Buyuk Allohning ovozi eshitilmaydi, ya’ni bu yerda “eshitilmaslik” sezgi a’zolari bilan bog‘liq hissiyotdir. Allohning ovozini sezgi organi – quloqlar bilan eshitib bo‘lmaydi. Allohning ovozi bu Uning abadiy sifatlaridan biri deya izohlanadi. Al-Ash’ariy esa, Allohning ovozi, ya’ni so‘zlashi eshitiladi deydi. U bunga misol qilib Muso alayhissalomning Alloh bilan so‘zlashganini misol qilib keltiradi. Ibn Furak aytadiki: “O‘quvchining (ya’ni Qur’on o‘quvchisi, qori) qiroatida ikki
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL narsani eshitish mumkin, birinchisi o‘quvchining ovozi, ikkinchisi Buyuk Allohning nutqi”. AlQadi (Abu Bakr) al-Baqillani aytadiki: “Allohning nutqini, ya’ni ovozini oddiy sezgi a’zosi bilan eshitib bo‘lmaydi, Alloh taolo O‘zi eshitishni xohlagan insongagina (bandasiga) eshitishga ruxsat beradi, ammo bu oddiy so‘zlashish va harflardan iborat bo‘lmaydi”. Abu Is’hoq al-Isfaroniy va unga ergashuvchilar fikriga ko‘ra: “Allohning ovozi butunlay eshitilmaydi, eshitish mumkin emas”. Bu Shayx Abu Mansur al-Moturidiyning “Al-Bidoya” da topilgan yagona qarashi edi. Uchinchi farqli jihati – bu Al-Moturidiy borliqni yaratgan Zotni donolik (hikmat) egasi sifatida ta’riflanishi haqida aytib o‘tgan. Donolik – ilm ma’nosini yoki mukammallik (ihkom) ma’nolarini ham o‘z ichiga oladi. Imom Ash’ariy fikriga ko‘ra, agar donolik ilm ma’nosini ham o‘z ichiga olsa, u holda bu Allohning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan abadiy xususiyatdir, buyuklik Uning O‘zidir. Agar donishmandlik (aql) egasi so‘zi mukammallik, hukmronlik ma’nosini bersa, u holda bu Takvin (ya’ni yaratish, yo‘qdan bor qilish) sifati kabi shartli sifat bo‘lib qoladi va Yaratganning borligi bu bilan ifodalanmaydi. To‘rtinchisi, Alloh barcha yaratiqlarga xoh tasodifiy bo‘lsin, xoh mohiyatan, itoatkorlik va itoatsizlikni beradi. Ammo itoat Uning oldindan belgilashi orqali, Uning xohishi, roziligi, buyrug‘i bilan sodir bo‘ladi. Itoatsizlik esa Uning oldindan bilishi va belgilab qo‘yishi bilan sodir bo‘ladi. Uning roziligi, xohishi, buyrug‘i bilan emas. Al-Ash’ariy fikricha, Allohning xohishi va roziligi Uning irodasi kabi barcha narsani qamrab olgan. Beshinchisi, al-Moturidiy aytadiki, payg‘ambarlik uchun erkak bo‘lishi shart qilinadi, ayol kishini payg‘ambar bo‘lishi mumkin emas. Al-Ash’ariy fikricha, payg‘ambarlik uchun erkak kishi bo‘lishi talab qilinmaydi va ayol kishi bo‘lishi buni inkor qilmaydi. Bu fikr “Bidoya alKalam” kitobidan olingan. Oltinchisi, al-Moturidiy ta’limotiga ko‘ra ism va nom berilgan narsa (al ism val musamma) bir narsadir. Ash’ariy esa ularni farqli deydi. Ya’ni yuqoridagi ikkitasi alohida va tasmiya ya’ni bu yerda Allohni ismlarini aytish, zikr qilish alohida deydi. Ba’zilar ularni uchta kategoriyaga ajratadi. Ular o‘zi, o‘zidan boshqa va o‘zidan bo‘lmagan uchinchi toifa. Yana bir bahsli fikrlardan biri shundaki, tasmiya ulardan alohida narsa, va yagona nomdan tashkil topgan narsadir. Bu fikrlar ham “Bidoya al-Kalom” kitobidan olingan. Yettinchisi, moturidiylik ta’limotiga ko‘ra, bandaning harakati ya’ni amali “orttirish”, “egalik qilish” deyiladi, Allohning amali, ya’ni harakati orttirish (biror narsani qo‘lga kiritish) emas, yaratish deyiladi va ikkalasi ham amalni (harakatni) o‘z ichiga oladi. Ash’ariylik ta’limotiga ko‘ra, “harakat” haqiqiy ma’noda mavjud bo‘lishlikni, vujudga kelishlikni anglatadi, bandaning harakati esa ma’joziy ma’noda bo‘lib, biror bir narsani mavjud qilishni anglatmaydi. Sakkizinchisi, bandaning toqati yetmaydigan narsaga buyurish mumkin emas, holbuki, chidash mushkul bo‘lgan narsalarni buyurish joizdir. Al-Ash’ariy esa ikkalasini ham joiz deydi. To‘qqizinchisi, moturidiylik ta’limotiga ko‘ra, baxtsiz (bechora) odam baxtiyor (saodatli) bo‘lishi, yoki aksincha, saodatli odam baxtsiz bo‘lishi mumkin. Ash’ariylik ta’limotiga ko‘ra esa, baxtsizlik yoki saodatga erishish to‘g‘risida qiyomat kuniga qadar (ya’ni o‘lim kelgunicha) hech qanday aniq fikr bildirilmagan. (Ya’ni saodatga erishishi, yoki badbaxtlar qatorida bo‘lishi haqida aniq fikr bildirilmaydi). O‘ninchisi, Imom Moturidiy aytadiki, kufrning kechirilishi mantiqiy jihatdan mumkin emas, Ash’ariy fikricha, kufrning kechirilishi mantiqiy (aqliy) jihatdan mumkin, ammo naqliy jihatdan mumkin emas.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘n birinchisi, Imom Moturidiy ham aqliy, ham naqliy jihatdan kofirlarni abadiy jannatda qolishlari yoki mo‘minlarning (iymon keltirganlarning) abadiy jahannamda qolishlari mumkin emas deydi. Imom Ash’ariy esa, aqliy dalillarga ko‘ra joiz, naqliy jihatiga ko‘ra joiz emas deydi. Moturidiy va ash’ariylik ta’limoti ulamolarining yana bir mavzudagi fikrlari farqlidir. Bu-qazo va qadar masalasidir. Ash’ariylar qazo va qadar masalasini quyidagicha ta’riflaydilar: “Qazo – Alloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishdir. Qadar esa, o‘sha narsalarning Alloh taoloning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir”. Bu ikki atamalarga moturidiylik ta’limoti ulamolari teskari ma’noda, ya’ni o‘rinlari almashgan holatda ta’rif beradilar. Xulosa o’rnida aytish joizki, bu ikki aqiydaviy ta’limotlar dunyoning turli o’lkalarida e’tiqod qilib kelinadi vas of islom ta’limoti ekanligi tan olingan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ibn Kamal Pasha. Moturidiylik va ash’ariylik ta’limotlari o’rtasidagi bahslar 2. Oqilov.S. Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya ta’limoti. – T.: Hilol Nashr,2017. B. 37. 3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoid ilmi va unga bog’liq masalalar.- T.: Sharq,2011. B. 43-44 4. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti 5. www.marifaat.net