scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QASHQAR RUBOBI: IJROCHILIK AN'ANALARI VA TA'LIM JARAYONIDAGI METODIK MUAMMOLAR

Dilmurodov Diyorbek; Xomidov Zokir

Abstract

Qashqar Rubob —— Sharq xalqlarining qadimiy va mashhur cholgʻu asboblaridan biri bo‘lib, u asosan Sharqiy Turkiston (hozirgi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni) hududida keng tarqalgan. Ayniqsa, Qashqar, Yarkand, Hotan kabi shaharlar rubob yasash va chalish san’ati bilan mashhur. Ushbu maqolada Qashqar Rubob o’rganishdagi qiyinchiliklar haqda ma’lumotlar berilgan.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1034 QASHQAR RUBOBI: IJROCHILIK AN’ANALARI VA TA’LIM JARAYONIDAGI METODIK MUAMMOLAR Dilmurodov Diyorbek Guliston davlat unversiteti 2-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Xomidov Zokir Guliston davlat unversiteti katta o ‘qituvchisi Annotatsiya: Qashqar Rubob —— Sharq xalqlarining qadimiy va mashhur cholgʻu asboblaridan biri bo‘lib, u asosan Sharqiy Turkiston (hozirgi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni) hududida keng tarqalgan. Ayniqsa,Qashqar,Yarkand,Hotan kabi shaharlar rubob yasash va chalish san’ati bilan mashhur. Ushbu maqolada Qashqar Rubob o’rganishdagi qiyinchiliklar haqda ma’lumotlar berilgan. Annotation:The Kashgar Rubab is one of the ancient and most famous musical instruments of the Eastern peoples, widely spread in East Turkestan (modern Xinjiang Uygur Autonomous Region of China). The cities of Kashgar, Yarkand, and Hotan are especially renowned for the art of making and playing the rubab. This article provides information about the difficulties encountered in learning the Kashgar Rubab. Kalit so‘zlar: Qashqar Rubob, jarayon, o‘rganish, Aplikatura, Pastanofka, ijro, asar, qiyinchilik. Keywords: Kashgar Rubab, process, learning, fingering, posture, performance, composition, difficulty. Musiqa — bu inson ruhining tili, vaqt va makon chegaralaridan ozod san’atdir. Har bir ohang – bu xalqning yurak urishi, uning tarixiy xotirasi va ma’naviy davomiyligidir. Qashqar rubobi esa ana shu ruhning jarangdor ifodasidir. Uning torlarida inson qalbining iztirobi ham, quvonchi ham, tafakkurining yuksakligi ham yashiringan. Rubobni chalish – bu tovushlar orqali falsafa aytish, sukut orqali hisni so‘zlashdir. Uni o‘rganish, aslida, musiqani emas, balki ruhni eshitishni o‘rganishdir. Shuning uchun Qashqar rubobi – bu nafaqat cholg‘u, balki ma’naviyatning ovozi, millat ruhining abadiy rezonansidir. O‘zbek musiqasi ko‘p ming yillik tarixga ega.Ustoz shogir ananasi orqali yetib kelmoqda milliy sozlarimiz o‘zbek musiqasi muhum ahamiyatga ega.Shu jumladan o‘zbek xalqing sevimli cholg‘ulardan biri qashqar rubobidir. Qashqar rubobi xitoyning uyg'ur viloyatidagi Qashqar shaxrida paydo bo'lgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining cho'michsimon kosasi tutkabi qattiq daraxtlar yog'ochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi. Qashqar rubobining dastasi uzun bo'lib, oxiri qayrilgan bo'ladi. Kosasinin oldida shoxga o'xshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qo'l uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda bo'ladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi.Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta-kvinta oralig'ida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3va 4simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylonsim bo'lib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 oktavaga yaqin.Rubobning ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1035 tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan.Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Orkestrdava yakka soz sifatida ishlatiladi. Oʻzbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan Ibrohim Hamroyev, Mustafo Bafoyevva boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan. Sozanda qashqa rubobda professional ijro qilishni o‘rganish uchun Bolalar musiqa va san’at maktabi, O‘rta maxsus bilim yurtlari hamda oliy o‘quv yurtlarida taxsil olish jarayonlarida bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi.Shu jumladan o‘ganish jarayonidagi qiyinchiliklarAsbobni to‘g‘ri ushlash (postanofka)Rubobni to‘g‘ri ushlash ijro sifatiga bevosita ta’sir qiladi. O‘quvchilar ko‘pincha tana holatini to‘g‘ri ushlay olmaslik, qo‘l holatini noqulay joylashtirish kabi muammolarga duch keladi. Noto‘g‘ri postanofka natijasida qo‘llar tez charchaydi va torlarda toza tovush hosil bo‘lmaydi. “Rubob kosasi noto‘g‘ri ushlaganda kosa ichkariga kirib qolishi yoki biro z oldinga chiqib qolishi natijasida kosaning mustahkam ushlanmasligi, qiyin shtrixlarda tovush yomon chiqishiga, sozandaning tez charchab qolishiga sabab bo’ladi. Kosaning noto‘g‘ri ushlanishi rubob dastasining yuqoriga ko‘tarilib ketishiga yoki yuqori pozitsiyalarda chap qo‘l barmoqlar harakatlarining cheklanishiga olib keladi”1. Aplikatura (barmoq qo‘yishtizimi)dagiqiyinchiliklarBarmoqlarni torlarga to‘g‘ri va aniq qo‘yishrubobda chalishning asosiy shartidir.Boshlang‘ich davrdao‘quvchilar barmoq masofalarini his qila olmasligi yoki tez almashinishda qiynaladi.Harbir torning bosim darajasi turlicha bo‘lgani sababli, ovoz notekis chiqishi mumkin.Ritm va ohangni uyg‘unlashtirishRubobda ijro paytida ritmni saqlash va ohangni to‘g‘ri olib borish eng muhim jihatlardan biridir.Boshlovchilar bir vaqtning o‘zida mizrob (plektr) bilan torni chertish va barmoqni almashtirishda qiynaladi.Bu koordinatsiyani shakllantirish ko‘p mashqni talab qiladi. “Chap qo‘lning dastaga to‘g‘ri qoyilishi, barmoqlarning harakatlanishi, pardalarni o‘z vaqtida bosilishi toza tovush hosil qilish malakalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyati ega. Rubob dastasi bosh va ko‘rsatgich barmoqlar o‘rtasida bo‘lib bunda dasta siqib ushlanmasligi, bosh barmoq esa ikkinchi va uchunchi barmoqlar o‘rtasida turishi kerak” 2 Qashqar rubobini o ‘rganish jarayonlaridagi muammolar uchun quyida takliflar ilgari suriladi: - Qashqar rubobini o‘qitishda bosqichma-bosqich metodik dastur ishlab chiqish — boshlang‘ich, o‘rta va professional darajalarga mo‘ljallangan tarzda. - O‘zbek xalq kuylarini rubob ijrosiga moslab o‘quv repertuarini kengaytirish. - Audio-video darsliklar va virtual simulyator dasturlar orqali o‘quvchilarga texnik holatni (postanovka, barmoq joylashuvi) to‘g‘ri ko‘rsatish. - Ijrochilikda ifoda va hissiyotni shakllantirish uchun xalq kuylarining mazmunini tahlil asosida o‘rgatish. - Musiqa ta’lim muassasalarida rubob ijrochiligiga ixtisoslashgan metodika fanini kiritish, ustoz-shogird an’anasini zamonaviy shaklda davom ettirish. Asarlarni ijro etishdagi murakkablik. Har bir musiqiy asarda o‘ziga xos tezlik,murakkab pardalar va modulyatsiyalar bo‘ladi.“On ikki muqam” kabi klassik asarlarni ijro qilish uchun yuqori darajadagi tayyorgarlik zarur.O‘quvchilar uchun uzun frazalarni to‘xtovsiz chertish ham dastlab og‘ir bo‘ladi.Ijrodagi hissiyot va ifoda Rubobda chiroyli ijro nafaqat texnikaga, 1O.Nazarov, Xalq Cholg‘ularida ijrochilik (qashqar rubob), T.:2018, 13-bet. 2O.F.Nazarov Qashqar rubobda o‘qitish uslubiyoti, T.:2008, 21-bet ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1036 balki ruhiy ifoda va musiqiy his-tuyg‘ularni yetkazish mahoratiga ham bog‘liq.Tajriba kamligi sababli o‘quvchilar ko‘pincha ohangni “quruq” ijro etadilar, unda his-tuyg‘u yetishmaydi.Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ijrochidan ko’plab mashaqqat murakkab mashiqlar, etyudlar va gammalar mashq qilish kerak FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O.F.Nazarov Qashqar rubobda o‘qitish uslubiyoti, T.:2008, 21-bet 2. Rubob darsligi — X. Nurmatov muallifligi. 1993 yilda nashr etilgan. 3. Qashqar rubobi — Hamidulla Nurmatov nomi bilan “Qashqar rubobi” kitobi 4. Boshlang‘ich rubob darsligi — Qobiljon Usmonov.2018 5. Rubob darsligi — Kh. Nurmatov 1993