scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHDA TASHQI SAVDO FAOLIYATINING O'RNI

Alijonov Bekzodjon Umidjon o'g'li

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1039 O’ZBEKISTONDA IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA TASHQI SAVDO FAOLIYATINING O’RNI Alijonov Bekzodjon Umidjon o’g’li [email protected] Dunyo mamalaktlarining o’zaro iqtisodiy integratsiyalashuvi, ya’ni – iqtisodiy tamonlama birlashayotgan bir paytda O’zbekiston Respublikasi ham jahonning ko’plab mamalakatlari bilan o’zining milliy manfaatlariga asoslanib ochiq va o’zaro samarali tashqi aloqalar olib bormoqda. Tashqi savdo aloqalarini jadal rivojlantirish maqsadida O’zbekiston 140 dan ortiq mamalakatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini yo’lga qo’yib, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shvetsariya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy1kabi boshqa davlatlar bilan ikki taraflama savdo hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Har bir mamalakatning iqtisodiy barqaror bo’lishida boshqa davlatlar bilan savdo – “oldiberdi” aloqalarining muntazam ravishda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston uchun ham tashqi savdoning ahamiyati yuqori ekanligini bu borada olib borilayotgan islohotlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 11 sentabrdagi PF 158-sonli “O’zbekiston – 2030” stategiyasida to’g’risidagi farmonining qabul qilinishi mamalakat iqtisodiyotiga oid bir qator istiqbolli rejalarni belgilab berilishida poydevor bo’ldi. Ko’rishimiz mumkinki, “O’zbekiston – 2030” rivojlanish strategiyasining 55-bandida Tashqi Savdo aloqalarining rivojlanishiga doir ham bir qancha maqsadlar belgilab berilgan. Jumladan, eksport hajmini 2 baroborga oshirish va 45 mlrd dollarga yetkazish, eksportchi korxonalar sonini 6.5 mingtadan 15 mingtagacha yetkazish. Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3.3 baroborga ko’paytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlar doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirish. Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish. Dunyoning 50 ta nufuzli brendlari bilan maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish. “Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g’oyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash.2 Mamlakatimizda olib borilayotgan yuqoridagi kabi samarali islohotlar natijasida O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida sezilarli o’sishni ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, Tashqi iqtisodiy faoliyat va Savdo statistika boshqarmasining e’lon qilgan ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yil yanvar va iyun oylari oralig’ida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 29.2 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 4.7 mlrd AQSh dollariga yoki 19.4% ga ko’paydi.3 1https://uz.wikipedia.org/wiki/Tashqi_savdo 2O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son farmoniga 1-ilova 3https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/41922 -O’zbekiston-Respublikasi-tashqi-savdoaylanmasi-2023-yil-yanvar-may-2 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1040 1-rasm. Tashqi savdo aylanmasi (yanvar-iyun, mln. AQSH dollari) 4 Umumjahon savdo aylanmasida boshqa mamlakatlar ulushini ko’rib, O’zbekiston Tashqi Savdo siyosatida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasini qoniqarli qabul qilib bo’lmaydi. Misol uchun, mamlakatimizning 2023 yil iyun oyigacha qayd etilgan tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 33% ni tashkil qildi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 2.7% yoki 2021 yilning shu davr oralig’iga nisbatan 4% ga kamaydi. (2-rasm). Mamlakat tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlari ulushining o’sishda emas balki pasayishda ekanligining asosiy sabablaridan biri bu yirik savdo hamkorlarimiz bo’lgan Rossiya Federatsiyasi (O’zbekiston tashqi savdo ulushida 15.1%) hamda Ukraina davlatlari o’rtasidagi nizoli vaziyatlar va O’zbekistonda eksportbob mahsulotlarning zamon bilan hamohang tarzda global marketingining samarali rivojlanmaganligidandir. 4https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/41922 -O’zbekiston-Respublikasi-tashqi-savdoaylanmasi-2023-yil-yanvar-may-2 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1041 2rasm. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari dinamikasi (yanvar-iyun, mln. AQSH dollari, ulushi, % da)5 Barchamizga ma’lumki, MDH davlatlarining aksariyat qismi O’zbekiston bilan chegaradosh yoki yaqin hududlarda joylashgan. Qolaversa, ularning ko’pchilik qismi turkiy millatlarga xos hayot kechirishadi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, MDH mamlakatlari bilan olib borilgan tashqi savdo aloqalari boshqa davlatlar bilan qilingan savdo aloqalariga nisbatan O’zbekiston uchun bir muncha qulay va kam xarajatlidir. Mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlari ulushini ko’paytirishning samarali vositalaridan biri bu – internet tarmoqlarida O’zbekistondagi eksportbob mahsulotlarining raqamli marketingini jadal rivojlantirish, qolaversa yondosh mamlakatlar bilan turli xil mahsulotlar ko’rgazmasiga bag’ishlangan xalqaro forumlar tashkil qilish o’zining ahamiyatli natijasini bermasdan qolmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023-yil, yangi tahriri. 2. “O’zbekiston – 2030” rivojlanish strategiyasi to’g’risidagi PF-158-sonli Farmoni. 3. O’zbekiston Respubliksi Qonunchiliklari jamlanmasi yagona sayti www.lex.uz 4. O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi rasmiy vebsayti-stat.uz. 5. Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo statistika boshqarmasining 2023-yil yanvar-iyun uchun statistik to’plami. 5https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/41922 -O’zbekiston-Respublikasi-tashqi-savdoaylanmasi-2023-yil-yanvar-may-2