scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARKAZIY OSIYODAGI SUV TAHDIDI: SAREZ KO'LI ATROFIDAGI SIYOSAT VA XAVFSIZLIK

Abdurahmonova Gulbahor

Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda joylashgan Sarez ko‘lining tabiiy-geografik va texnik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ko‘lning potensial ekologik xavflari, ayniqsa, seysmik faollik va to‘g‘on barqarorligi masalalari yoritiladi. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi va qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston o‘rtasida ushbu xavf yuzasidan olib borilgan va borilayotgan muloqotlar va hamkorlik yondashuvlari o‘rganiladi. Maqola geosiyosiy, ekologik va xavfsizlik nuqtai nazaridan kompleks tahlilga asoslanadi.

Full text

682 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 MARKAZIY OSIYODAGI SUV TAHDIDI: SAREZ KO‘LI ATROFIDAGI SIYOSAT VA XAVFSIZLIK Abdurahmonova Gulbahor OʻzMU Jurnalistika yo'nalishi 2-bosqich talabasi [email protected]m https://doi.org/10.5281/zenodo.17496996 Annotatsiya. Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda joylashgan Sarez ko‘lining tabiiygeografik va texnik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ko‘lning potensial ekologik xavflari, ayniqsa, seysmik faollik va to‘g‘on barqarorligi masalalari yoritiladi. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi va qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston o‘rtasida ushbu xavf yuzasidan olib borilgan va borilayotgan muloqotlar va hamkorlik yondashuvlari o‘rganiladi. Maqola geosiyosiy, ekologik va xavfsizlik nuqtai nazaridan kompleks tahlilga asoslanadi. Kalit so‘zlar: uyqudagi ajdarho, ekalogik siyosat, suv diplomatsiyasi, transchegaraviy suv resurslari, seysmik xavf zonasi, texnogen xavf, Usoy to‘g‘oni, Pomir tog‘lari, Bartang daryosi, Markaziy Osiyo integratsiyasi. KIRISH Markaziy Osiyoda joylashgan Sarez ko‘li — Pomir tog‘larining bag‘rida, tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan noyob suv omboridir. 1911-yilgi kuchli zilzila oqibatida Bartang daryosi to‘silib qolgan va natijada dunyodagi eng katta tabiiy to‘g‘on — Usoy to‘g‘oni va orqasida ulkan Sarez ko‘li vujudga kelgan. Tabiiy go‘zallik va suv zaxirasiga boy bo‘lishiga qaramay, ushbu ko‘l katta ekologik va texnogen xavf tug‘diradi. Ayniqsa, uning seysmik jihatdan faol hududda joylashgani va to‘g‘on barqarorligining noaniqligi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun ham xavf manbai hisoblanadi. Sarez ko‘li, o‘zining tabiiy kelib chiqishi va xavfli geologik sharoiti bilan, mintaqaviy ekologik xavfsizlik uchun dolzarb masalalardan biridir. Ko‘lning potensial xavfi, ayniqsa, transchegaraviy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tufayli, mintaqaviy siyosiy muloqot va hamkorlikni taqozo etadi. Ushbu maqolada ko‘lning fizik xususiyatlari, xavfsizlik tahdidlari va davlatlararo siyosiy munosabatlar nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Metod Ushbu maqola davomida sistematik va analitik metodlardan unumli foydalanilgan. NATIJALAR VA MUHOKAMA Markaziy Osiyo tabiiy resurslar va iqlim xavfsizligi borasida tobora murakkablashib borayotgan muhitga duch kelmoqda. Bu mintaqa geologik, ekologik va siyosiy jihatdan sezgir hisoblanib, undagi suv resurslarini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash masalasi nafaqat ichki, balki transchegaraviy darajadagi muhim muammoga aylanmoqda. Ayniqsa, Pomir tog‘larining yuragida joylashgan Sarez ko‘li bu boradagi eng dolzarb obyektlardan biridir. Shuningdek, maqolada o‘rganilgan ma’lumotlar Sarez ko‘lining muammosi Markaziy Osiyo davlatlari uchun faqat Tojikistonning ichki muammosi emasligini, balki butun mintaqa ekologik va geosiyosiy barqarorligiga ta’sir etuvchi omil ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa davlatlararo suv xavfsizligi va ekologik diplomatiya uchun yangi yondashuvlarni talab qiladi. Quyida ushbu mavzuning nechog‘lik dolzarbligi va uning ahamiyati to‘g‘risida atroflicha talqin etiladi. 683 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 I. Sarez ko‘lining tabiiy va texnik xususiyatlari Sarez ko‘li Tojikistonning Tog‘li Badaxshon Avtonom viloyatida, Pomir tog‘larida, Bartang daryosi vodiysida joylashgan. Ushbu ko‘l tabiiy ofat – 1911-yil 18-fevralda yuz bergan kuchli zilzila (taxminan 7.4–7.6 ball) oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, Pomir tog‘ tizmasidagi Usoy dovoni qulab tushishi natijasida Bartang daryosi to‘silib qolgan va natijada ko‘l hosil bo‘lgan. 1 Taxminan 2.2 milliard kub metr hajmdagi tog‘ jinslari Bartang daryosining oqimini to‘sib qo‘ygan. Sarez ko‘li asosan muzliklar va tog‘ daryolaridan suv oladi. Iqlimi sovuq, yillik yog‘ingarchilik o‘rtacha 400–600 mm ni tashkil etadi. Yoz oylarida suv sathi sezilarli darajada ko‘tariladi 1925 yilgacha ko‘lning suvi har yili 9 metr ko‘tarilib boradi. 1925-1938 yillar oralig‘ida 1,2 metrdan o‘sib borgan. Undan keyin hozirgacha yiliga 0,2 metrdan ko‘tarilyapti. 1938 yilga kelib ko‘lning chuqurligi 480 metrga yetadi. Hozir o‘lchangan eng chuqur joyi 505 metrni tashkil etadi. 2 Ko‘l joylashgan hudud yuqori seysmik faollikka ega bo‘lib, bu yerda har yili o‘nlab kichik va o‘rtacha kuchli yer silkinishlari ro‘y beradi. Tog‘ jinslarining tarkibi ko‘proq metamorfik slanets va ohaktosh qatlamlaridan iborat. Bu materiallar ko‘chishga moyil, zilzila bo‘lsa, tez sirpanib ketishi mumkin. Ko‘l atrofida slanets ko‘p bo‘lsa, bu to‘g‘on barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Undan tashqari ohaktoshning mavjudligi eroziyaga, ya’ni yemirilishga olib keladi. Bu hududda yer osti suvlarining oqishi, karst hodisalari (g‘orlar, bo‘shliqlar hosil bo‘lishi) bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ko‘l atrofidagi tog‘lar asosan qattiq, lekin siljishga moyil va yemiriluvchan jinslardan tashkil topgan. Bu — zilzila, eroziya yoki suv sathining ortishi bilan to‘g‘on va yer qatlamlari beqaror holatga kelishi mumkin degani. Usoy to‘g‘oni garchi 100 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib turgan bo‘lsada, barqarorlik bo‘yicha mustahkam kafolat yo‘q. 2000-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va Jahon banki yordami bilan Sarez ko‘li atrofidagi xavfli hududlarda monitoring uskunalari hamda early warning tizimi o‘rnatilgan. Xususan, 2004-yilgi loyiha doirasida seysmik, gidrologik va ko‘chkilar harakati bo‘yicha real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi texnika o‘rnatilgan. 3 Shunga qaramasdan, ayniqsa “o‘ng qirg‘oq” bo‘ylab ko‘chkilar xavfi saqlanib qolmoqda (Sarez ko‘li Bartang daryosi oqimida joylashgan, va ushbu ko‘lni to‘sib turgan tabiiy to‘g‘on - Usoy to‘g‘oni atrofida ikki qirg‘oq mavjud: chap qirg‘oq - nisbatan barqaror tog‘ jinslaridan iborat. O‘ng qirg‘oq - ko‘chkiga moyil, qiya va beqaror tog‘lar joylashgan. Ya’ni texnik uskunalar mavjud bo‘lsada, tabiiy barqarorlik va xavflarning asosiy omili - geologik beqarorlik hal etilmagan. Bugungi kungacha bu xavfni boshqarishga qaratilgan texnik chora-tadbirlar amalga oshirilmagan. II. Ekologik tahdidlar va xavf omillari Sarez ko‘li yuqori seysmik hududda joylashgani sababli, kuchli yer silkinishlari to‘g‘on barqarorligiga jiddiy tahdid tug‘diradi. Zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘chki va to‘g‘on yorilishi butun Bartang vodiysi va undan pastki oqimdagi hududlarda keng ko‘lamli suv toshqiniga olib kelishi ehtimolini kuchaytiradi. Har qanday yer silkinishi (6–7 ball va undan yuqori) to‘g‘onning barqarorligini buzishi mumkin. Bu to‘g‘on buzilsa, 17 mlrd m³ suv pastga oqib tushadi — bu regionda ekologik falokat degani. 1 Patrice Droz, Lake Sarez Risk Mitigation Project - A Global Risk Analysis, 2002-y. 2 https://www.kun.uz/news/2023/02/24/uyqudagi-ajdarho-tojikistondagi-sarez-koli-markaziy-osiyo-mintaqasi-uchunqanchalik-xavfli 3 https://www.thenewhumanitarian.org/news/2004/08/05/world-bank-installs-early-warning-system-lake-sarez 684 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Ko‘lning texnogen avariyasi yuzaga kelgan taqdirda, Bartang, Panj va Amudaryo havzalari bo‘ylab minglab aholi yashaydigan hududlarga tahdid tug‘iladi. Bu esa faqat Tojikistongagina emas, balki qo‘shni davlatlar uchun ham transchegaraviy ekologik tahdid hisoblanadi. To‘g‘on yorilsa, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘istongacha bo‘lgan hududlarda suv toshqini bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonlik gidrometeorolog Ravshan Qodirov 2016-yilda chop etilgan ilmiy maqolasida, Sarez ko‘lidan oqib tushadigan loyqa toshqin oqimi o‘z yo‘lidagi to‘siqlarni yuvib ketishi va hatto Qoraqalpog‘istongacha yetib borganda ham uning balandligi bir metrga yetishi mumkinligini ta’kidlagan. 4 Undan tashqari, bu yerda yashovchi aholi, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma jiddiy zarar ko‘radi. “ “Sardoba”ning suvi yorilib chiqib, tekis yo‘l bilan O‘zbekiston va Qozog‘istondagi bir nechta tumanlarni bosib, hozirga qadar ikkala tarafdan 100 000 dan ortiq insonlarni ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, xudo ko‘rsatmasin, qattiqroq zilzila yuz berib, “Sarez” ko‘lining suvi chiqib ketadigan bo‘lsa, u tog‘lar tepasidan daxshatli tezlikda pastga oqib tushib, Amudaryo oqimiga qo‘shilib, o‘z yo‘lida Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi bir nechta viloyatlarni bosib ketishi mumkin. “Sarez” ko‘li joylashgan hudud seismik zonada joylashgan va u yerda tez-tez yer qimirlab turadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 100 yil davomida yuz bergan zilzilalar natijasida ko‘lning aynan O‘zbekistonga qaragan tomonidan yoriqlar hosil bo‘lgan. Bu degani qattiqroq zilzila yuz bersa, suvning yo‘lini to‘sib turgan qoya yorilib, ko‘l suvining chiqib ketish xavfi baland. Agar “Sarez” ko‘li rostdan yorilib ketadigan bo‘lsa, uning ichidagi suvning Tojikistondan Orolgacha yetib borishi 1-4 kun orasida yuz berishi mumkinligi aytiladi. Ya’ni, agar ofat yuz beradigan bo‘lsa, suv oqib borishi mumkin bo‘lgan hududlardagi 5 milliondan ortiq aholini butunlay xavfsiz joylarga ko‘chirish uchun vaqt yetarli bo‘lmasligi mumkin va “Sardoba”dagi vaziyat uning oldida hech narsa bo‘lmay qolishi mumkin.” 5 Favqulodda toshqin butun ekotizimni yuvib yuboradi. Suv oqimi natijasida daryo bo‘yidagi o‘simliklar, qushlar va qirg‘oq faunasi yo‘q bo‘lishi mumkin. Shuningdek, pastliklardagi dehqonchilik hududlarida tuproq sifati yomonlashadi va sho‘rlanish kuchayadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu toshqin bir tomondan dalalardagi o‘simliklarni butunlay yuvib yuborsa, ikkinchi tomondan tuproq qatlamining fizik va kimyoviy tuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv oqimi bilan birga tuproqning eng hosildor - gumus qatlami yo‘qoladi, natijada unumdorlik keskin kamayadi. Tuproqning eng yuqori qatlami - gumus - eng serhosil, oziqa moddalarga boy qatlami va dehqonchilik yerining “yuragi” hisoblanadi. Agar suv toshqini tufayli bu qatlam yuvilib ketadigan bo‘lsa, yerning barcha foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Bu esa ekinlarning o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi va hosildorlikni keskin pasaytiradi. Yana bir muhim tahdid - sho‘rlanishdir. Ko‘p miqdorda toshib kelgan suv bug‘lanib ketgach, tuproq sathida tuz qoldiqlari qoladi. Bu esa ekinlarning ildizlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning o‘sishini sekinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Bunday sho‘r qatlamning to‘planishi uzoq muddatli jarayonlarda tuproqning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Xususan, Amudaryo vodiysi va uning quyi oqimlarida bunday sho‘rlanish avval ham kuzatilgan bo‘lib, agar Sarez ko‘li xavfi ro‘y bersa, bu hodisa yanada kengroq hududlarga tarqalishi mumkin. Natijada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kamayishi, oziq-ovqat xavfsizligining izdan chiqishi va aholi migratsiyasining kuchayishi kutiladi. 4 https://uz.sputniknews.ru/20160616/3041135.html 5 Doniyor Ro‘zmetov, "Sardoba"dan saboqlar: "Sarez" ko‘li muammosi, 2020-y. 685 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Yana bir xavf omili bu - ko‘l havzasida sun’iy suv chiqarish inshooti mavjud emas. Suv tabiiy infiltratsiya yo‘li bilan chiqadi, bu esa to‘g‘on bosimining nazoratsiz ortishiga olib kelishi mumkin. Inson tomonidan qurilgan drenaj yoki xavfsizlik tizimlari haligacha mavjud emas. Ya’ni, ko‘ldan chiqayotgan suv maxsus inshoot orqali emas, toshlar orasidan tabiiy yo‘l bilan sizib chiqmoqda. Ko‘ldagi suv hajmi oshgan sayin to‘g‘on ichidagi bosim ham oshadi, va bu uning yorilish xavfini kuchaytiradi. III. Geosiyosiy o‘rni va xavfsizlik nuqtai nazaridan Sarez – tabiiy obyekt emas, siyosiy barometr. Sarez ko‘li oddiy tog‘ ko‘li emas – u Markaziy Osiyodagi eng yirik va nazoratsiz tabiiy suv ombori bo‘lib, 500 km radiusda joylashgan har qanday davlat uchun bevosita tahdid hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Afg‘onistonning shimoliy hududlari xavfli zonaga to‘g‘ri keladi. Shu bois, Sarez – mintaqaviy kuchlar o‘rtasida xavfsizlik, ekologik boshqaruv va ishonch indeksining sinovi bo‘lib qolmoqda. Tojikiston hukumati Sarez ko‘lining xavfsizligini ta’minlash masalasida 1999–2003yillarda bir necha bor BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va boshqa homiy tashkilotlarga murojaat qilgan. Ular yordamida erta ogohlantirish tizimi (“Early Warning System”) ishlab chiqilgan. Ammo tizim to‘liq moliyalashtirilmagan va faqat ichki, lokal darajada ishlagan. Tojikiston hukumati monitoringni xalqaro grantlar bilan bog‘lab, uni ichki byudjetda ustuvor qilishdan ko‘ra chet el yordami asosida yuritgan. O‘zbekiston esa, ayniqsa Islom Karimov davrida, Sarez ko‘li bo‘yicha axborotlar shaffof bo‘lmaganidan xavotir bildirgan. Sabablari esa Tojikiston tomoni ko‘l sathi, to‘g‘on barqarorligi, zilzila xavfi bo‘yicha muntazam ochiq hisobot bermagan, monitoring tizimlari ishlayotganini tasdiqlovchi real vaqtli axborotlar mintaqaviy tashkilotlar bilan bo‘lishilmagan. Biroq ikki o‘rtada 2000-yilning 30-may sanasida imzolangan “Sarez ko‘li toshib ketgan taqdirda birgalikda ko‘riladigan chora-tadbirlar hamda o‘z vaqtida xabardor qilishda ko‘maklashish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasida bitim”ning 8-moddasida Tojikiston tomoni har hafta, Sarez ko‘li mintaqasida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan holda esa ahvol va Favqulodda vaziyatning kelib chiqish fakti to‘g‘risida shoshilinch axborotni O‘zbekiston Tomoniga taqdim etishi belgilab qo‘yilgan. 6 Sarezdan oqib chiqadigan suv oqimi - Panj daryosi orqali Amudaryoga boradi, bu esa O‘zbekiston uchun milliy xavfsizlik va suv diplomatiyasi jihatidan muhim. O‘zbekistonning pozitsiyasi shundan iborat ediki: agar xavf Tojikistonda yuz bersa, zarar birinchi bo‘lib O‘zbekistonni bosadi, lekin u bu xavf ustidan nazoratga ega emas. 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangach, O‘zbekiston tashqi siyosatida tub burilish yuz berdi. Ilgari izolyatsiyaga yaqin yondashuv o‘rniga, yangi siyosat mintaqaviy ochiqlik, konstruktiv diplomatiya va ishonch muhitini shakllantirishga asoslandi. Bu yondashuv birinchi navbatda qo‘shni davlatlar bilan uzoq yillik muammolarni hal etishga qaratildi. Ayniqsa, suv resurslari, energetika, chegara va ekologik xavfsizlik sohalari hamkorlik mezonlariga aylana boshladi. Shu kontekstda, Sarez ko‘li masalasi ham siyosiy muzokaralar doirasiga qaytdi. 2017– 2020-yillar oralig‘ida O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvlarda transchegaraviy xavfsizlik, tog‘li hududlardagi tabiiy xavflar, xususan Sarez ko‘li bilan bog‘liq xavflar muhokama qilindi. 6 https://lex.uz/docs/-2121076 686 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Bu muzokaralar tarixida ilk bor Sarez masalasi faqat Tojikistonning ichki muammosi sifatida emas, balki mintaqaviy darajadagi ekologik va insoniy xavf sifatida ko‘rilishni boshlandi. Shunga qaramay, 2024-yilgacha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Sarez ko‘li bo‘yicha yagona xavfsizlik rejasi yoki tezkor harakat mexanizmi ishlab chiqilmadi. Bunda bir nechta omillar rol o‘ynagan:  Tojikistonning ko‘l ustidan to‘liq suverenitet talab qilishi va xavfsizlik masalasini xalqaro homiylar orqali moliyalashtirishga urinishlari;  O‘zbekistonning monitoring jarayonlariga to‘laqonli kirish imkoniyatining yo‘qligi;  Mintaqadagi ishonch muhitining hali ham zaifligi, axborot almashinuvidagi uzilishlar;  Ekologik tahdidlar ustuvor masala sifatida emas, boshqa geosiyosiy muammolar soyasida qolib ketgani. Shunday qilib, Sarez xavfi xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lsada, mintaqa miqyosida birgalikdagi institutlashtirilgan xavfsizlik siyosati shakllanmagan. O‘zbekiston 2017-yildan boshlab Sarez bo‘yicha bir necha ijobiy tashabbuslar bilan chiqqan. Ulardan biri - monitoring tizimlarida texnik ishtirokni taklif etishdir. O‘zbekiston Sarez ko‘lidagi seysmik va gidrologik jarayonlarga oid ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish istagini bildirgan. Shuningdek, favqulodda holatlar bo‘yicha sun’iy ogohlantirish tizimlari (early warning system) ni faqat Tojikiston ichida emas, balki transchegaraviy tarzda kengaytirish va real vaqt rejimidagi monitoring imkoniyatlarini taklif etdi. Biroq Tojikiston bu takliflarga rasmiy rad javobi bermagan bo‘lsada, amalda ehtiyotkorlik va suverenitetni ustuvor qo‘ygan yondashuvni saqlab qolgan. Hatto Rossiya yoki Xitoy kabi strategik ittifoqchilarga nisbatan ham Sarez bo‘yicha axborot ochiqligi chegaralangan. Bu holat xavfsizlikni institutsional emas, faqat ichki davlat masalasi sifatida ko‘rishga asoslangan siyosiy pozitsiyadan dalolat beradi. Tojikiston tomonining bu masalani faqat o‘zining milliy suverenitetiga taalluqli ichki masala sifatida ko‘rishi - bu xuddi yong‘in xavfi butun ko‘chaga tahdid solayotgan bo‘lsada, bir xonadon egasining “bu mening hovlim, aralashmang” deyishiga o‘xshaydi. Ya’ni, xavf mintaqaviy bo‘lsada, yondashuv milliy darajada qolmoqda. 2024-yil 3-avgust kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Tojikiston–O‘zbekiston transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha 7-Ishchi guruh yig‘ilishi doirasida ilk bor Sarez ko‘li suvining ichimlik suvi sifatida foydalanish imkoniyati rasmiy ravishda muhokama qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan ilgari surilgan bu taklif, ekologik xavf manbaiga aylangan tabiiy obyektni foydali va nazorat ostidagi resursga aylantirish yo‘lidagi strategik yondashuv sifatida talqin qilindi. 7 Ushbu taklif ilk bor 2018-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama sammitda Prezidentlar Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev tomonidan muhokama qilingan. O‘sha paytda hukumatlararo komissiyaga Sarez ko‘lining texnik va ekologik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Biroq siyosiy ehtiyotkorlik, texnik infratuzilmaning yetishmasligi va o‘zaro ishonch muammolari sabab bu tashabbus faol fazaga o‘ta olmagan. 2024-yilga kelib, suv resurslariga ehtiyojning ortib borishi, hamda mintaqada suv diplomatiyasiga asoslangan muloqot modelining shakllana boshlagani sababli mazkur taklif yana kun tartibiga qaytdi. 7 https://www.mewr.tj/?p=3309 687 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Hukumat ko‘lning suvi chuchuk suv bo‘lganligi sababli uni drenajlar yordamida chiqarib olib, suv qadoqlash zavodlari tashkil qilib, suvni aholiga ichimlik suvi qilib sotish rejasini amalga oshirmoqchi. Ayrim manbaalarga ko‘ra, 2018-yilda Oriyonbank va Xitoyning Heaven Springs Dynasty Harvest Group kompaniyasi o‘rtasida Sarez suvini ichimlik suvi sifatida ishga tushirishga oid strategik hamkorlik bo‘yicha bitim imzolangan. Shu loyiha doirasida favqulodda ogohlantirish tizimi (early warning system) ham qurilgan, lekin to'liq moliyalashtirish va monitoring tizimlarining ishlashi Xitoy sarmoyasiga tayanadi. Tojikiston tomonidan Sarez ko‘lining ichimlik suvi loyihasini Xitoy bilan hamkorlik asosida amalga oshirilgani — bu nafaqat iqtisodiy tashabbus, balki geosiyosiy signal sifatida qabul qilinishi kerak. Ushbu loyiha O‘zbekistonga quyidagilarni anglatadi:  Suv tahdidini boshqarishdan resurs boshqaruviga o‘tish: Sarezning xavfli tabiati yodda tutilgan holda, u endi tijoriy aktivga aylantirilmoqda.  Strategik monitoring zaruriyati: O‘zbekiston ushbu loyihada faol ishtirok etmasa, bu resurs ustidan nazoratni yo‘qotadi.  Loyiha orqali Pekin Pomir mintaqasida o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda, bu esa mintaqaviy xavfsizlik kontseptsiyasini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Shunga qaramay, Sarez ko‘li hanuzgacha inson tomonidan to‘liq nazorat qilinmayotgan, strategik xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyekt bo‘lib qolmoqda. Bu esa uni mintaqada xavfsizlik siyosatining muhim indikatoriga aylantiradi. XULOSA Sarez ko‘li bugungi kunda nafaqat tabiiy xavf manbai, balki butun Markaziy Osiyo uchun siyosiy muvozanatni sinovdan o‘tkazuvchi obyektga aylangan. Tojikiston uni ichki masala sifatida ko‘rmoqda, O‘zbekiston esa mintaqaviy xavfsizlikning ajralmas qismi deb hisoblaydi. Bu tafovut - suv resurslarini boshqarishdagi turlicha yondashuv va ishonch muammosining yaqqol ko‘rinishidir. Ko‘l atrofida o‘rnatilgan monitoring tizimlari mavjud, biroq ular tor doirada ishlaydi, real vaqt rejimida uzatmalar cheklangan, va eng muhimi - ular mintaqaviy koordinatsiyalashgan tizimga aylana olmagan. Shu sababli, mavjud infratuzilma xavfni to‘liq bartaraf eta olmaydi. O‘zbekistonning 2017–2024-yillar oralig‘ida ilgari surgan texnik va diplomatik tashabbuslari Sarez masalasini mintaqaviy darajada yechish istagini ko‘rsatadi. Ammo bu harakatlar Tojikiston tomonidan, ko‘pincha, suverenitet doirasidagi xavotir sifatida qabul qilingan. Hatto Xitoy kompaniyalarining jalb etilishi ham Markaziy Osiyo geosiyosiy muvozanatiga savollar tug‘dirmoqda. Sarez - bu suv ombori emas, mintaqa uchun signal. Uning atrofidagi siyosiy befarqlik falokatni kutish bilan teng. Bunday sharoitda yagona mantiqiy yechim - bu xavfni birgalikda boshqarish va Sarezni regional resursga aylantirishga urinishdir. Hozirgi texnologiyalar (AI asosidagi monitoring, dronlar orqali kuzatuv, sun’iy yo‘ldoshlar) yordamida Sarez ko‘lini kuzatish va tahdidlarni oldindan aniqlash imkoniyatlari mavjud. Ammo bu faqat xalqaro sheriklik va ochiq ma’lumotlar almashuvi sharoitida samarali ishlaydi. Bu borada Tojikistonning yondashuvi qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Mutaxassislar uni bejizga “uyqudagi ajdaho” deb atamaydi: uning tagida yotgan beqaror geologik tuzilma, sun’iy drenaj tizimlarining yo‘qligi, to‘g‘on bosimining nazorat ostida emasligi va ko‘chki xavflari har qanday paytda uyg‘onib, butun mintaqani falokatga sudrab ketishi mumkin. 688 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES) 1. Qodirov, R. (2016). Sarez ko‘lining gidrologik tahdidlari. Tabiiy xavfsizlik jurnali. 2. Ro‘zmetov, D. (2020, 5-may). “Sardoba”dan saboqlar: “Sarez” ko‘li muammosi. Review.uz. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Sarez ko‘li toshib ketgan taqdirda birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish hamda o‘z vaqtida xabardor qilishda ko‘maklashish to‘g‘risidagi Bitim, 2000-yil. 4. Timesca.com (2024). Central Asia’s silent threat: Lake Sarez. 5. International Crisis Group. (2020). Water and Security in Central Asia: Case of Sarez Lake. 6. OSCE Report. (2018). Cross-border Environmental Threats in Central Asia.