scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SPORTCHILARNI NATIJALARINI YUKSALTIRISHDA DINIY TA'LIMOT VA SPORT HUQUQI G'OYALARINING AHAMIYATI

Xushvaqtov Zohidjon Roziqovich

Abstract

Maqolada sportchilarning faoliyatida diniy ta’limot va sport huquqi g‘oyalarining uyg‘unligi va ularning natijalarni oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Diniy qadriyatlar — sabr-toqat, halollik, axloqiy poklik va o‘zini nazorat qilish — sportchida ruhiy-axloqiy tayanchni shakllantirsa, sport huquqi uning faoliyatini adolatli va teng imkoniyatlar bilan tartibga soladi. Ularning uyg‘unligi intizom, mas’uliyat, motivatsiya, sog‘lom turmush tarzi, stressni boshqarish, dopingdan tiyilish va jamoadagi birdamlikni mustahkamlaydi. Shu bilan, yuqori natijalarga erishishda diniy qadriyatlar va sport huquqi bir-birini to‘ldiruvchi asos sifatida ahamiyat kasb etadi.

Full text

692 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 SPORTCHILARNI NATIJALARINI YUKSALTIRISHDA DINIY TA’LIMOT VA SPORT HUQUQI G‘OYALARINING AHAMIYATI Xushvaqtov Zohidjon Roziqovich O’zDJTSU o’qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17497090 Annotatsiya. Maqolada sportchilarning faoliyatida diniy ta’limot va sport huquqi g‘oyalarining uyg‘unligi va ularning natijalarni oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Diniy qadriyatlar — sabr-toqat, halollik, axloqiy poklik va o‘zini nazorat qilish — sportchida ruhiy-axloqiy tayanchni shakllantirsa, sport huquqi uning faoliyatini adolatli va teng imkoniyatlar bilan tartibga soladi. Ularning uyg‘unligi intizom, mas’uliyat, motivatsiya, sog‘lom turmush tarzi, stressni boshqarish, dopingdan tiyilish va jamoadagi birdamlikni mustahkamlaydi. Shu bilan, yuqori natijalarga erishishda diniy qadriyatlar va sport huquqi birbirini to‘ldiruvchi asos sifatida ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: diniy ta’limot, sport huquqi, sportchilar, sabr-toqat, halollik, intizom, ruhiy barqarorlik, adolatli raqobat, ma’naviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, motivatsiya, birdamlik. ЗНАЧЕНИЕ РЕЛИГИОЗНОГО ВОСПИТАНИЯ И ПРИНЦИПОВ СПОРТИВНОГО ПРАВА В ПОВЫШЕНИИ РЕЗУЛЬТАТОВ СПОРТСМЕНОВ Аннотация. В статье анализируется гармония между религиозным воспитанием и принципами спортивного права в деятельности спортсменов и их роль в повышении спортивных результатов. Религиозные ценности — терпение, честность, моральная чистота и самоконтроль — формируют психологическую и моральную основу спортсмена, тогда как спортивное право регулирует его деятельность на основе справедливости и равных возможностей. Их сочетание способствует развитию дисциплины, ответственности, мотивации, здорового образа жизни, управлению стрессом, предотвращению допинга и укреплению командного духа. Таким образом, религиозные ценности и принципы спортивного права являются взаимодополняющей основой для достижения высоких результатов в спорте. Ключевые слова: религиозное воспитание, спортивное право, спортсмены, терпение, честность, дисциплина, психологическая устойчивость, справедливая конкуренция, моральные ценности, здоровый образ жизни, мотивация, командный дух. THE IMPORTANCE OF RELIGIOUS TEACHINGS AND SPORTS LAW PRINCIPLES IN ENHANCING ATHLETES’ PERFORMANCE Abstract. The article analyzes the harmony between religious teachings and sports law principles in athletes’ activities and their role in enhancing performance. Religious values—such as patience, honesty, moral integrity, and self-discipline—form the athlete’s psychological and moral foundation, while sports law regulates their activities based on fairness and equal opportunities. The combination of these principles promotes discipline, responsibility, motivation, a healthy lifestyle, stress management, avoidance of doping, and team cohesion. Thus, religious values and sports law serve as complementary foundations for achieving high performance in sports. Keywords: religious teachings, sports law, athletes, patience, honesty, discipline, mental stability, fair competition, moral values, healthy lifestyle, motivation, team cohesion. 693 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Sport faoliyatida yuqori natijalarga erishish jarayoni murakkab, ko‘p qirrali va tizimli yondashuvni talab qiladi. Bunda nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki ma’naviy barkamollik va huquqiy me’yorlarga qat’iy amal qilish ham muhim o‘rin tutadi. Dinshunoslik fanida ta’kidlangan diniy qadriyatlar — sabr-toqat, halollik, axloqiy poklik, birdamlik va o‘zini nazorat qilish g‘oyalari sportchining ruhiy va ma’naviy tayanchini belgilasa, sport huquqi tamoyillari uning faoliyatini huquqiy asosda tartibga solib, adolatli raqobatni ta’minlaydi. Shu bois diniy ta’limot va sport huquqi uyg‘unlashgan holda sportchining natijalarini yuksaltirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Dinshunoslik nuqtai nazaridan insonning ruhiy barqarorligi sabr, tavakkal va halollik orqali shakllanadi. Sport huquqida esa adolatli raqobat, teng imkoniyat va diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik asosiy prinsiplar sifatida belgilanadi. Bu jihatlar bir-birini to‘ldirib, sportchining ichki kuchini mustahkamlaydi hamda tashqi muhitda adolatli sharoit yaratadi. Natijada sportchi ruhiy jihatdan barqaror bo‘lishi bilan birga, huquqiy jihatdan ham himoyalangan holda faoliyat yuritadi [1]. Intizom va o‘zini nazorat qilish dinshunoslikda ibodatlar, vaqtni qadrlash va zararli odatlardan tiyilish orqali shakllansa, sport huquqida bu tamoyillar musobaqa qoidalariga rioya qilish, dopingni taqiqlash hamda shaxsiy intizomiy javobgarlikni belgilash orqali mustahkamlanadi. Qur’onda halollik va poklik qadrlanganidek, sport huquqida ham noqonuniy vositalardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Bu uyg‘unlik sportchining o‘zini nazorat qilishiga yordam beradi va uning intizomli hayot kechirishiga turtki bo‘ladi [3]. Stressni boshqarish masalasi ham diniy qadriyatlar va sport huquqi o‘rtasida umumiylik kasb etadi. Dinshunoslikda ibodat, zikr, meditatsiya va duo ruhiy muvozanatni tiklashning muhim vositalari sifatida talqin qilinsa, sport huquqi sportchilarning huquqlari, xavfsiz mehnat sharoitlari va psixologik himoya mexanizmlarini belgilaydi. Xalqaro sport tashkilotlari tomonidan qabul qilingan huquqiy me’yorlar sportchining sog‘lig‘i va ruhiy barqarorligini saqlashga xizmat qiladi. Demak, diniy qadriyatlar sportchiga ichki kuch bag‘ishlasa, sport huquqi unga tashqi kafolatlar yaratadi [2]. Dinshunoslikda hamjihatlik, birodarlik va hamkorlik qadriyatlari alohida o‘rin tutadi. Islomdagi “ummat”, xristianlikdagi “jamoa” yoki buddizmda uchraydigan “sangha” tushunchalari sport jamoalarida birdamlik ruhini mustahkamlaydi. Sport huquqi ham jamoaviy sport turlarida barcha a’zolarning teng huquqli ishtirokini kafolatlaydi hamda jamoaviy huquqlarni himoya qilish orqali bu tamoyillarni huquqiy asosda mustahkamlaydi [5]. Halollik va adolat diniy ta’limotlarning markazida turadi. Dinshunoslikda halol mehnat qilish va adolatli bo‘lish insonning yuksak fazilati sifatida talqin qilinsa, sport huquqida dopingdan foydalanish, korrupsiya yoki hakamlikka bosim o‘tkazish kabi qoidabuzarliklar jiddiy huquqbuzarlik sifatida ko‘riladi va jazolanadi. Demak, diniy qadriyatlar axloqiy asos yaratadi, sport huquqi esa uni huquqiy mexanizm orqali mustahkamlaydi [4]. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sport etikasi va sport huquqi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik sport tizimining barqaror rivojlanishida, sportchilar shaxsining shakllanishida hamda sport tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘tkazilgan nazariy va amaliy tahlillar natijasida aniqlanishicha, sport etikasi me’yorlari sportchi xulqatvorining axloqiy yo‘nalishini belgilasa, sport huquqi ushbu me’yorlarning bajarilishini normativ-huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Demak, etika va huquq sport tizimining bir-birini to‘ldiruvchi ikki asosiy ustuni sifatida qaraladi. 694 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Tadqiqot davomida aniqlangan muhim xulosalardan biri shundan iboratki, sport etikasi va sport huquqi o‘rtasidagi uyg‘unlik sportda halollik, adolat va sog‘lom raqobat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Axloqiy qadriyatlarga tayangan huquqiy tizim sportchilar o‘rtasida o‘zaro hurmatni kuchaytiradi, korrupsiya, doping, shartnomaviy o‘yinlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga yordam beradi. Shu bilan birga, huquqiy normalar sport etikasi buzilishlari uchun aniq javobgarlik mexanizmlarini belgilab, sport faoliyatida tartib va intizomni ta’minlaydi [9]. O‘zbekiston sport tizimi misolida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda sport etikasi va huquqiy me’yorlarni uyg‘unlashtirish borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun, sport federatsiyalarining ichki nizomlari, shuningdek, Xalqaro Olimpiya Xartiyasida belgilangan etik tamoyillar milliy sport siyosatining huquqiy poydevorini mustahkamlab bermoqda [10]. Shu bilan birga, sportchilarning axloqiy madaniyatini oshirish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish va sport etikasi me’yorlarini amaliyotda qo‘llash borasida tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurati mavjud. Tadqiqot jarayonida xalqaro tajribalar ham o‘rganildi. Xalqaro sport tashkilotlarida sport etikasi va sport huquqi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik maxsus kodekslar, nizomlar va arbitraj mexanizmlari orqali tartibga solinadi. Masalan, WADA tomonidan ishlab chiqilgan antidoping qoidalari sport etikasi tamoyillarining huquqiy ifodasini yaratadi, Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) esa sportchilar va tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarda adolatli yondashuvni ta’minlaydi. Ushbu tajribalar O‘zbekiston sport tizimida ham etik-huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari sport etikasi va sport huquqi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash sport faoliyatining barcha bosqichlarida ‒ tayyorgarlik, musobaqa, boshqaruv va baholash jarayonlarida ‒ halollik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillarini qaror toptirish uchun muhim omil ekanini tasdiqladi [11]. Jamiyatning ma’naviy birdamligi sportchi uchun ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Dinshunoslik ta’limotlarida bu jihat ibodat joylari, diniy marosimlar va jamoaviy amaliyotlar orqali namoyon bo‘lsa, sport huquqi sportchilarni diskriminatsiyadan himoya qilish, ularning mehnat shartnomalari va moliyaviy manfaatlarini tartibga solish orqali ta’minlanadi. Shu bilan birga, diniy qadriyatlar jamiyatni sportchini duolar, ezgu tilaklar va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash orqali ruhlantiradi [9]. Xulosa qilib aytganda, dinshunoslik va sport huquqi g‘oyalari uyg‘unlashgan holda sportchilarning natijalarini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Sportchilarning yuksalishida diniy tarbiyaning o‘rni beqiyosdir, chunki u nafaqat insonning ichki dunyosini, balki uning kundalik faoliyati va sportdagi natijalarini ham bevosita shakllantiradi. Avvalo, diniy tarbiya sportchining ruhiy barqarorligini mustahkamlaydi. Musobaqalarda uchraydigan bosim, qo‘rquv va hayajon holatlari sabr-toqat, tavakkal va ichki xotirjamlik orqali yengib o‘tiladi. Shuningdek, diniy qadriyatlar sportchida axloqiy poklik va halollikni qaror toptiradi. Bu esa uni doping, yolg‘on va firibgarlikdan uzoq turishga, sof mehnat evaziga natijalarga erishishga undaydi [6]. Diniy tarbiyaning yana bir muhim jihati – bu intizom va o‘zini nazorat qilish qobiliyatini shakllantirishidir. Ibodatlarni vaqtida ado etish, ro‘za tutish yoki vaqtni qadrlash kabi diniy amaliyotlar sportchiga qat’iyat va rejali hayot tarzini o‘rgatadi. Bu sifatlar mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish va rejaga sodiq qolish orqali yuqori natijalarga erishishda yordam beradi. Bundan tashqari, din sportchini jamoaviylik va birdamlik ruhida tarbiyalaydi. Do‘stlik, hamkorlik va birodarlik tamoyillari jamoadagi uyg‘unlikni mustahkamlab, sportchining jamoa manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishiga imkon yaratadi [7]. 695 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Diniy tarbiya sportchilarda motivatsiya va sabr-toqatni ham oshiradi. E’tiqodli inson o‘z mehnatining samarasiga ishonadi, “harakat qilsang, natija beradi” degan g‘oya unga ichki kuch bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, din zararli odatlardan – spirtli ichimlik, giyohvandlik yoki sog‘liqqa zarar yetkazuvchi turli illatlardan tiyilishga chorlaydi. Bu esa sportchining sog‘lom turmush tarzini saqlashiga, kuch-quvvatini mehnatga yo‘naltirishiga xizmat qiladi. Nihoyat, diniy tarbiya sportchini adolat va mas’uliyat ruhida tarbiyalaydi. Sportchi nafaqat o‘z yutuqlari, balki jamiyat, muxlislar va sport jamoatchiligi oldida ham javobgar ekanligini anglaydi [8]. Shunday qilib, diniy tarbiya sportchining ma’naviy-ruhiy tayanchini shakllantirib, uni halol, intizomli, jamoaviy va sog‘lom hayot kechiradigan shaxs sifatida kamol toptiradi. Bu esa sportda yuqori natijalarga erishishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sport kodeksi. ‒ T.: Adolat nashriyoti, 2023. 2. Abdullaev Sh., Raximov A. Sport etikasi va huquqi asoslari. ‒ T.: O‘zDJTSU nashriyoti, 2021. 3. Anderson, J., & Parrish, R. Sport Law: A Concise Guide. ‒ Oxford: Oxford University Press, 2018. 4. Allamuratovich T. Y. Ethnosport: Concept, Theory and Development //International Journal of Scientific Trends. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 88-94. 5. Козлова Н.А. Этика спорта и спортивное право: взаимосвязь и значение. ‒ М.: Юрайт, 2021. 6. McNamee, M. Sport, Ethics and Philosophy. ‒ London: Routledge, 2010. 7. WADA (World Anti-Doping Agency). World Anti-Doping Code. ‒ Montreal, 2021. 8. Тарасов В.Г. Правовые основы профессионального спорта. ‒ Санкт-Петербург: Питер, 2020. 9. Turdimuratov Y. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari //Sport ilm-fanining dolzarb muammolari.-2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 125-128. 10. Turdimuratov Y. ETNOSPORT–XALQ O‘YINLARINI OMMALASHTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 537-544. 11. Turdimuratov Y. A. Etnosport‒milliy sport turlari va xalq o ‘yinlarini rivojlantirishning muhim omili //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 132-139.