scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK KONFLIKTNI HAL ETISHDA MILLIY MENTALITETNING ROLI

Choriyeva Durdona Anvarovna; Usmonaliyeva Yulduz Baxrom qizi; Sharofiddinova Shahzodaxon Doniyorbek qizi

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik ziddiyatlar va ularni hal etishda milliy mentalitetning o‘rni tahlil qilingan. Pedagogik konfliktologiya fanining mazmuni, konfliktlarning kelib chiqish sabablari, ularning shaxslararo munosabatlarga ta’siri hamda o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish usullari yoritilgan.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 303 PEDAGOGIK KONFLIKTNI HAL ETISHDA MILLIY MENTALITETNING ROLI Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ‘‘Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim’’ fakulteti Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, Phd. [email protected] Usmonaliyeva Yulduz Baxrom qizi Sharofiddinova Shahzodaxon Doniyorbek qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs magistrantlari. https://doi.org/10.5281/zenodo.17497112 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik ziddiyatlar va ularni hal etishda milliy mentalitetning o‘rni tahlil qilingan. Pedagogik konfliktologiya fanining mazmuni, konfliktlarning kelib chiqish sabablari, ularning shaxslararo munosabatlarga ta’siri hamda o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish usullari yoritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik konflikt, milliy mentalitet, ta’lim jarayoni, konfliktologiya, hamjihatlik, pedagogik madaniyat, axloqiy qadriyatlar. Аннотация. В данной статье проанализирована роль национального менталитета в процессе разрешения педагогических конфликтов, возникающих в образовательной среде. Раскрыта сущность педагогической конфликтологии, причины возникновения конфликтов, их влияние на межличностные отношения, а также способы урегулирования противоречий между учителем, учеником и родителями. Ключевые слова: педагогический конфликт, национальный менталитет, образовательный процесс, конфликтология, сплочённость, педагогическая культура, нравственные ценности. Abstract. This article analyzes the role of national mentality in resolving pedagogical conflicts that arise in the educational process. The essence of pedagogical conflictology, the causes of conflicts, their impact on interpersonal relationships, and methods of resolving disagreements between teachers, students, and parents are discussed. Keywords: pedagogical conflict, national mentality, educational process, conflictology, unity, pedagogical culture, moral values. Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlar – bu tabiiy va muqarrar hodisa bo‘lib, ular shaxslararo munosabatlarning ajralmas qismidir. Pedagogik konfliktologiya fanida bunday ziddiyatlar o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-ona, hamkasblar yoki ta’lim muassasasi rahbariyati o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktning mazmuni, uning sabablari va hal etish usullari ko‘p jihatdan jamiyatning milliy mentaliteti, ya’ni madaniy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy norma va axloqiy qarashlarga bog‘liqdir. Zamonaviy konfliktologiya yondashuvlari milliy madaniyat va qadriyatlar konfliktni idrok etish hamda hal etish uslublariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 304 Shu bois pedagogik jarayonda milliy mentalitetning o‘rni – konfliktni konstruktiv yo‘l bilan hal etishda muhim omil sifatida qaraladi. Pedagogik konflikt - ta’lim tiziinida pedagogik konfliktlaming vujudga kelish sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ulami bartaraf etish usullari va amaliy tavsiyalami ishlab chiqadigan nazariy-amaiiy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, tabiiyki jamiyatmng kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari asosan maktabda, oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko'zga tashlanadi. Ta’limda o‘z «Men»ini qattiq hnrmat qilishga odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlaming bo‘lishi tabiiy hodisa. Lekin amaliy ko'mkmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlami vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin. Milliy mentalitet esa — xalqning tarixiy tajribasidan, diniy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlaridan shakllanadigan dunyoqarash tizimidir. O‘zbek xalq mentalitetida hurmat, kattaga itoat, hamjihatlik, sabr, kechirimlilik, ijobiy muloqot kabi qadriyatlar markaziy o‘rinni egallaydi . Shu sababli o‘qituvchi yoki tarbiyachi konflikt vaziyatida “keskin qarama-qarshilik” emas, balki “tinch yo‘l bilan kelishish” uslubini tanlashga moyildir. O‘zbekistondagi tashkilotlarda konfliktni boshqarishda “moslashuv” va “chetlashish” strategiyalarining ustunligi aniqlangan. Bu usullar O‘zbek jamiyatining guruhiylik, mo‘tadillik va obro‘ni saqlash kabi qadriyatlari bilan bog‘liqdir. Pedagogik muhitda ham shunga o‘xshash yondashuvlar kuzatiladi: O‘qituvchi–o‘quvchi konfliktida o‘qituvchi keskin bahsni chetlab o‘tishga, vaziyatni yumshatishga intiladi. Ota-ona–tarbiyachi o‘rtasidagi ziddiyatlarda esa murosaga kelish biroz qiyin, bunda maslahatlashish orqali muammoga yechim toppish mumkin. O‘zbek xalq pedagogikasida “hamjihatlikda baraka bor” degan qadriyat keng tarqalgan. Bu qadriyat ta’lim jarayonida ham aks etib, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy muhit yaratadi. O‘zbekistondagi pedagogik madaniyat “axloqiy burch” va “kasbiy mas’uliyat” tushunchalariga tayanadi. Shunday ekan, konfliktni hal etishda o‘qituvchi ko‘pincha “arbitrajchi” ya’ni hakam rolini bajaradi. Yana bir muhim jihat — ota-onalarning tarbiyaviy qadriyatlari. O‘zbek oilalarida farzand tarbiyasida mehr, itoat, odobga urg‘u beriladi, bu esa bola va tarbiyachi o‘rtasidagi munosabatlarda konflikt ehtimolini kamayatiradi. Shu bilan birga, haddan ortiq itoat yoki “avtoritar hurmat” modeli konfliktni yashirin shaklda keltirib chiqarishi mumkin. Pedagogik konfliktni hal etishda milliy mentalitetning ta’siri ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: 1. Ijobiy ta’sir: mentalitetdagi sabr, hurmat, murosa, hamjihatlik qadriyatlari konfliktning ijobiy yechimini ta’minlaydi. 2. Salbiy ta’sir: haddan ortiq “avtoritetga bo‘ysunish” yoki “ochiq muloqotdan qochish” holatlari konfliktni kechiktiradi yoki yashirin shaklga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, zamonaviy pedagogik konfliktologiya yondashuvi milliy qadriyatlarni saqlagan holda, ularni interfaol muloqot, mediatsiya va restorativ amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirishni taklif etadi. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 305 Xulosa qilib aytganda, pedagogik konfliktni hal etishda milliy mentalitetning o‘rni beqiyosdir. O‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, hurmat va sabrga asoslangan muloqot an’analari o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatishda muhim resurs bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ta’lim tizimida ochiq muloqot madaniyatini shakllantirish, konfliktologik kompetensiyani rivojlantirish orqali milliy mentalitetning konstruktiv salohiyatini to‘liq namoyon etish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Axmedova M.T. Pedagogik Konfliktologiya. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2020. – 305 b. 2. Bozorova M. K. Life Features of Uzbek Folk Pedagogy // International Journal on integrated Education. – 2021. – 29-30 B. 3. Ernazarova Z. Pedagogical Cultural Directions in Uzbekistan and Great Britain // “PEDAGOGS” international research journal. – 2024. – 82-85 B. 4. Abmurodov A., Turobova N. The Role of Parents in Uzbek Culture // MODERN EDUCATIN AND DEVELOPMENT. – 2024. - №14. – 27-33 B.