scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI

Zokirov Saydullo Odiljon o'g'li

Abstract

Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi. Yo’lga qo’yilgan bu aloqalar dunyo miqyosida ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mamlakatlarning til, madaniyat, tarix va yana bir qancha yo’nalishlar bo’yicha o’rnatgan hamkorliklari turkiy xalqlar o’rtasida tinchlik va totuvlikni mustahkamlanishiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay, taraqqiyot va rivojlanish yo’lida ham bir mayoq sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining 1991-2025-yillar mobaynida Turkiy davlatlar bilan o’rnatgan aloqalari tarixi yoritib beriladi.

Full text

696 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 O’ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI Zokirov Saydullo Odiljon o’g’li Millat Umidi universiteti Biznes boshqaruvi fakulteti birinchi bosqich talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17497130 Annotatsiya. Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi. Yo’lga qo’yilgan bu aloqalar dunyo miqyosida ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mamlakatlarning til, madaniyat, tarix va yana bir qancha yo’nalishlar bo’yicha o’rnatgan hamkorliklari turkiy xalqlar o’rtasida tinchlik va totuvlikni mustahkamlanishiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay, taraqqiyot va rivojlanish yo’lida ham bir mayoq sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining 1991-2025-yillar mobaynida Turkiy davlatlar bilan o’rnatgan aloqalari tarixi yoritib beriladi. Kalit so’zlar: Turkiy davlatlar, O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, madaniyat, ijtimoiy hayot, savdo va tijorat, rivojlanish, tashabbuslar, o’zaro shartnomalar, mamlakat rahbarlari, diplomatik aloqalar. 2009-yil 3-oktyabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi ostida tashkilot tuzilgan. 2021-yil 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Istanbul shahrida bo'lib o'tgan sammitida O'zbekiston tashabbusi bilan mintaqaviy tuzilma nomi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) deb o'zgartirildi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar o‘rtasida ishonch va aloqalarni mustahkamlash, savdoiqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdir. O’zbekiston azaldan turkiy zabon millatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va kengaytirishning faol tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan biri bo’lgan. Bunday aloqalarning yo’lga qo’yilishi mamlakatimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Mamlakat rivoji yo’lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar har bosqichda o’z mevasini berib bormoqda. Turkiy davlatlar bilan o’rnatilgan va o’rnatilajak aloqalar ham xalqlar o’rtasida tinchlik va farovonlikni ta’minlash, o’zaro birlik va ahllik manbasi, madaniyatlararo bir muhim ko’prik sifatida xizmat qilib kelmoqda va qilishda davom etadi. O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo’lishi 2019-yilning kuz oylariga, aniqrog’i, 15-oktyabr kuniga to’g’ri keladi. Ushbu tarixiy va unutilmas kunda Ozarbayjonning Boku shahrida tashkilotning yettinchi sammiti bo’lib o’tadi. [1] Ushbu sammitda tashkilotning a’zo davlatlari rahbarlari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ishtirok etadi. Kuzatuvchi mamlakat sifatida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Purli Agamurodov anjumanda qatnashdi. O’zbekiston ushbu sammitda birinchi bor to’la huquqli a’zo mamlakat sifatida qatnashgan edi. [2] Keyingi yillarda mazkur davlatlar bilan aloqalar kengaydi, oliy va yuqori darajadagi rasmiy tashriflar amalga oshirildi. 697 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 - Turkiy Kengashga a’zolik xalqimizning tub manfaatlariga to‘la javob beradi. Bugungi kunda o‘rtamizda nafaqat madaniy-ma’naviy aloqalar, balki savdo-iqtisodiy munosabatlar ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Oxirgi uch yilda davlatlarimizning o‘zaro savdo hajmi salkam ikki barobarga oshdi, mingdan ortiq yangi qo‘shma shirkatlar ochildi. Transport qatnovlari kengaymoqda, vizasiz tartib asosida turistlar oqimi tobora ko‘paymoqda, xalqlarimizning qardoshlik rishtalari mustahkamlanmoqda, – dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan o’zaro aloqalari ham keyingi bosqichga ko’tarilmoqda. Quyida, O’zbekistonning Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va Ozarbayjon mamlakatlari bilan o’zaro hamkorlik jarayonlari yoritib beriladi. O’zbekistonning Turkiya bilan aloqalari. Azaldan, turk va o’zbek xalqlari o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, strategik, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni o’rnatish bo’yicha hamfikr bo’lib kelgan. Turkiya O’zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berib, turk va o’zbek xalqlarining o’zaro rishtalarini mustahkamlashga harakat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat mustaqilligini e’lon qilgandan so’ng bir qancha davlatlar bilan strategik va siyosiy aloqalarni o’rnatdi. Jumladan, Turkiya O’zbekistonning mustaqilligini birinchilardan bo’lib 1991-yil 16dekabrda tan oldi, va mamlakatimiz bilan tijoriy va madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishni boshladi. Shu borada, I.Karimov Anqara murakkab va jadal o’sib borayotgan dunyo tizimida yosh mustaqil davlat uchun yaxshi hamkor va do’st bo’lishiga umid bog’lagan edi. Dastlab ikki tomonlama munosabatlar birodarlik ruhida yo‘lga qo‘yildi va ishonchni mustahkamlash choratadbirlariga erishildi. 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Istanbulda davlatimizning bosh konsulxonasi ochildi. 1996-yilga kelib mamlakatlar o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Rasmiy tashriflar doirasida mamlakatlar orasida hamkorlikni kuchaytirish va keyingi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Ta’lim, madaniyat, turism va yana bir qancha sohalar bo’yicha aloqalar o’rnatilib, istiqbolli kelajak uchun katta qadamlar qo’yildi. Jumladan, ta’lim sohasi doirasida O’zbekistonda Turkiya maktablari o’z faoliyatini yo’lga qo’ydi. Qolaversa, O’zbekistonlik talaba yoshlar uchun Turkiya universitetlarida tahsil olish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari o’zaro madaniy almashinuvlar, jumladan, Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar, turli xil zargarlik buyumlari va bir nechta mahsulotlar O’zbekistonga olib kelindi, va mos ravishda O’zbekistonning boy tarixiy me’rosini o’zida namoyish etgan turli xil ko’rgazmali ishlanmalar, shu jumladan, atlas va adras, sopoldan yasalgan naqshinkor jihozlar va boshqa o’nlab mahsulotlar Turkiya davlatida ko’rinish bera boshladi. Bu hali hammasi emas. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbuslari bilan mamlakatimizdan Turkiya respublikasiga aviaqatnovlar yo’lga qo’yildi, va aholining ushbu ikki davlatga sayohatlari va tashriflari bir necha barobar osonlashdi. [3] Yaqin yillarda ikki davlatning o’zaro aloqalari yangi bosqichga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-27-dekabrdagi Turkiyaga rasmiy tashrifi tomonlar o’rtasida hamkorlik va do’stlikning yangi davrini ochib berdi. Tashrif doirasida ikki davlat o’rtasida transport-kommunikatsiya, qishloq xo’jaligi, turism va ilm-fan, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha ko’rib chiqildi. Shu jumladan, mamlakatlar o’rtasida viza masalalari soddalashtirildi, va keyinchalik Turkiya fuqarolari uchun O’zbekistonga vizasiz tashriflar yo’lga qo’yildi. 698 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 O’zbekiston Prezidentining tashrif doirasidagi quyidagi xulosalari o’zaro hamkorlikning naqadar muhim ekanligini ta’kidlaydi: “Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat davlatlarning ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlaydi, balki mintaqada va butun dunyoda tinchlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qo‘shadi”. [3] Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’anning 2018-yil bahoridagi yurtimizda davlat tashrifi o’zaro aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim o’rin tutdi. Tashrif doirasida bir qancha hukumat darajasidagi hujjatlar imzolandi. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari boshchiligida oliy darajadagi O’zbekiston - Turkiya strategik sheriklik kengashini tuzish haqida kelishuvga erishildi. Kengashning birinchi yig’ilishi 2020-yil fevralda Anqarada bo’lib o’tdi. [4] Shuningdek, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Turkiya Mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi oʻrtasida “Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi bitim imzolandi. 2018-yil martda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Turkiyaning “Tayga group” kompaniyasi oʻrtasidagi kelishuv asosida Oʻzbekiston Turkiyaga migrantlarni tashkillashtirilgan holda ishga yuborgani ham yuqoridagi kelishuvning dolzarbligini koʻrsata oladi. [4] Ikki davlatning so’nggi yillardagi faol hamkorligi savdo-iqtisodiy aloqalarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Jumladan, 2016-2021-yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2,9 barobar, eksport 2,5 barobar, import 3,5 barobar oʻsdi. O’zbekiston va Turkiya davlatlari o’rtasidagi savdo aloqalari jadal o’sishi natijasida Turkiya 2021-yilda O’zbekistonning to’rtinchi eng yirik tashqi savdo hamkoriga aylandi. So’nggi yillarda turk investorlarining O’zbekiston bozoriga kirishi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirdi. Turk shirkatlari bilan qurilish va energetika sohalari bo’yicha hamkorlik qizg’in tus olmoqda. Jumladan, “Çalık Holding”, “Akaya İnşaat”, “Varnet” kabi turk kompaniyalari va boshqa investorlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Energetika sohasida turk shirkatlari bilan (AKSA Energy, Odash Energy, Cengiz Energy) 6 ta issiqlik elektrostansiyasi boʻyicha loyiha amalga oshirildi. [4] Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalari shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoda juda muhim va dolzarbdir. Aloqalarning yangi bosqichga ko’tarilishi natijasida olib borilayotgan islohotlar o’z samarasini berib kelmoqda. O’zbek va turk xalqlarining jipslashuvi, o’zaro do’stligi taraqqiyot va yuksalish yo’lida muhim o’rin egallaydi, va ulkan hissasini qo’shishda davom etadi. O’zbekiston - Qirg’iziston munosabatlari. Tarixdan ma’lumki, ushbu ikki davlat o’zaro chegaradosh bo’libgina qolmay, til, madaniyat, ijtimoiy hayot va yana bir qancha jabhalar borasida ham unchalik begona emas. Mustaqillikdan so’ng bu mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlandi va yangi bosqichga ko’tarildi. Shuni aytish joizki, ikki o’zaro chegaradosh davlatlarning avvalo bosh qotirishi kerak bo’lgan mavzusi bu o’z chegaralarini daxlsiz saqlash, fuqarolarning chegarani har qanday noqonuniy kesib o’tishlarini oldini olish va ayniqsa, bojxona ishlarida juda ham ehtiyotkor va sinchkov bo’lishdir. Shu boisdan O’zbekiston ham qo’shni davlatlar, jumladan, Qirg’iziston bilan chegarani xavfsiz saqlash yo’lida ancha jonbozlik ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 1992-yil mamlakatning va fuqarolarning manfaatlarini o’ylagan holda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ochiq va xavfsiz sayohat qilish imkoniyatini yaratdi, jumladan Qirg’iziston Respublikasi bilan ham. [5] Ammo, bu holat uzoqqa cho’zilmadi, chunki Qirg’iziston Respublikasining O’zbekiston bilan chegarasi Farg’ona vodiysi hududlariga to’g’ri kelganligi boisdan chegara daxlsizligi masalasi bo’yicha 699 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 qator muammolar yuzaga kela boshladi. Shuning uchun, 1999-yilda chegara bo’yicha yangi qonun va tartib-qoidalar amalga oshirildi. Jumladan, ikki mamlakat o’rtasidagi chegarani yanada mustahkamlash, fuqarolarni faqatgina rasmiy deb belgilangan chegarani kesib o’tish joylaridan o’tkazish, har qanday noqonuniy yo’llar bilan o’tayotgan fuqarolarga jazolar qo’llash amaliyoti joriy qilindi [5, p.1967]. Bu orqali har qanday yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan xavflar oldi olindi. O’zbekiston va Qirg’iziston o’zaro yaxshi savdo aloqalariga ham egadir. Investitsiya va tovar ayirboshlash, import va eksport masalalari bo’yicha hamkorlik sezilarli rivojmoqda. O’zaro tovar ayirboshlash yildan yilga o’sib bormoqda, va birgina 2023-yilning o’zida tovar ayirboshlar hajmi 13.3% ga ortib, 215.8 million dollarni tashkil qildi [6]. 2023-yil 1-yanvar holatiga ko’ra O’zbekistonda Qirg’iziston Respublikasining kapitali ishtirokidagi 320 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda [7]. Eksport va import yo’nalishi bo’yicha ham ikki davlat yaxshi aloqalarga ega. O’zbekiston Qirg’iziston Respublikasiga tabiiy gaz, avtomobil ehtiyot qismlari, benzin, har xil turdagi oziq-ovqat va to’qimachilik mahsulotlarini yetkazib beradi. Shu bilan birga, O’zbekiston Qirg’iziston Respublikasidan gidroenergiya, meva-sabzavot, sut mahsulotlari, charm buyumlar va boshqa bir nechta mahsulotlarni import qiladi. Transport masalasi bo’yicha ham yaxshigina hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Hozirda “Andijon-O’sh” avtomobil yo’li faol ishlamoqda [8]. Bundan tashqari, “Xitoy - Qirg’iziston - O’zbekiston” temir yo’l loyihasi ko’rib chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Turizm sektori ham muhim sektorlardan biri ekanligini quyidagi statistika orqali bilib olishimiz mumkin. Birgina 2022-yilning o’zida O’zbekistonlik fuqarolar eng ko’p tashrif buyurgan davlat aynan Qirg’iziston (2.4 million kishi), ikkinchi o’rinda Qozog’iston (1 million kishi) [7]. Xulosa qilib aytganda, bu ikki qardosh va qo’shni davlatlar o’rtasida juda ham iliq munosabatlar o’rnatilgan, xalqlar o’rtasida do’stlik, birodarlik va birlik ruhi hukm surmoqda. Yangi bosqichga ko’tarilgan hamkorliklar mamlakatimiz va Qirg’iziston Respublikasining rivojlanish yo’lida ulkan ahamiyat kasb etmoqda va kelajakka poydevor vazifasini bajarmoqda. O’zbekiston va Qozog’iston munosabatlari. Barchamizga ma’lumki, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida hududi va iqtisodi bo’yicha yirik davlatlardan biri bu - Qozog’iston Respublikasidir. Bu ikki davlat - O’zbekiston va Qozog’iston - Markaziy Osiyoning muhim davlatlaridan bo’lib, ularning aloqalar tarixi ming yillarga borib taqaladi. Bu davlatlarning tarixiy merosi va o’zaro hamkorligi barqaror taraqqiyot asosini tashkil qiladi. Ushbu ikki davlatning diplomatik aloqalari 1992-yil noyabr oyida boshlangan bo’lib, savdo-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirib kelishmoqda. Tarixdan ma’lumki, bu davlatlar til va madaniyat borasida bir biridan uncha ham farq qilmaydigan kelib chiqishga ega. Qozoq va o’zbek xalqlari o’rta asrlardan beri yashab, o’zaro savdo aloqalarini o’rnatishgan. Qolaversa, qozoq va o’zbek tillari kelib chiqish nuqtai nazaridan turkiy tillar oilasiga mansubligi bu ikki xalq o’rtasida ishonchli va mustahkam aloqalar o’rnatish mumkinligini anglatadi. Mustaqillikdan so’ng ikki davlat rivojlanish yo’lida o’zaro hamkorlik qila boshladi, va 1998-yilning oktyabr oyi tarixda muhim sana sifatida muxrlandi. Sababi, ushbu sanada ikki davlat o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolandi. Shundan so’ng, ikki davlat Prezidentlari 2000-yil chegara masalalari bo’yicha uchrashib, bir qator kelishuvlarga erishdi. Bir yildan so’ng, ya’ni 2001-yilda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif 700 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 bilan Qozog’iston Respublikasida bo’ldi va 2440 km lik chegara qurish bo’yicha shartnoma imzolandi [9]. O’zbekiston va Qozog’iston eng yaqin qo’shni hamda ittifoqchi davlatdir. Shu boisdan, o’rnatilayotgan aloqalar ikki davlat xalqlari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davlatlar xalqaro siyosiy maydonda ham bir-birini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Xalqaro tashkilotlar - BMT, SHHT, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda. Savdo masalalari bo’yicha ham hamkorlik davom etmoqda. Xususan, Qozog’iston O’zbekistonning uchinchi eng yirik savdo hamkoriga aylanib, mamlakatimiz umumiy savdo hajmining 9.3% tashkil qiladi. So’nggi yillarda tovar ayirboshlash, pandemiya holatiga qaramasdan, shiddat bilan o’sib bormoqda. 2024-yilda bu ko’rsatgich 4.4 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Bugungi kunda 1250 dan ortiq Qozog’iston korxonalari O’zbekistonda, va o’zbek kapitali ishtirokida 1500 dan ortiq kompaniya Qozog’istonda faoliyat yuritib kelmoqda. Tarixiy aloqalarni mustahkamlashda ikki davlat ham o’zaro jonbozlik ko’rsatmoqda. Yurtimizda qozoq xalqlari uchun o’z til va an’analarini saqlab qolishga yetarlicha shartsharoitlar yaratilgan. Xususan, yurtimizda 400 ta maktabda qozoq tili o’qitiladi va 162 ta maktabda ta’lim faqat qozoq tilida tashkil qilingan. Qolaversa, bir nechta oliy ta’lim muassasalarida ham qozoq tilini o’rganish imkoniyati yaratilgan. [10] Xalqlarni bir biriga yaqinlashtiradigan, do’stlik rishtalarini mustahkamlaydigan madaniy almashinuvlar va festivallar ham ikki davlatning aloqalari iliqligiga dalolatdir. Xususan, 2022-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Abay. Qardosh xalqlar merosi” nomli qozoq yozuvchisi va mutafakkiri Abay Kunanbayevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Qozog‘istonda esa, Dilorom Mamedovaning “Olmaota–o‘zbek rassomi ko‘zlari bilan” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bundan tashqari, Qozog‘iston tomoshabinlariga “Choy” qisqa metrajli filmi taqdim etildi, KalibekKuanishboyev nomidagi Qozog‘iston musiqadrama teatrida esa O‘zbekistonning ijodiy jamoalari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. [11] Xulosa qilib aytganda, ikki qo’shni va qardosh mamlakatlar o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilishi nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy foyda ham keltiradi. Ushbu aloqalar qozoq va o’zbek xalqlari taraqqiyoti yo’lida muhim bir mayoq sifatida xizmat qiladi. O’zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari. O’zbekistonning tashqi siyosatida Ozarbayjon bilan, shuningdek, Ozarbayjonning tashqi siyosatida O’zbekiston bilan aloqasi juda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu ikki davlat uzoq yillardan buyon hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda. Til, madaniyat, tarix va din bu mamlakatlar xalqlarini bir-biri bilan bog’lab turadi. Tarixdan ma’lumki, bu ikki davlat xalqlari o’zaro do’st bo’lib kelishgan. Jumladan, har turli talofatlar davrida xalqlar bir biriga yordam qo’llarini cho’zgan va talofatdan zarar ko’rgan aholiga o’z yurtidan boshpana bergan va zararlangan hududlarni qayta tiklash bo’yicha ham jonbozlik ko’rsatgan. Bu do’stlik aloqalari XX asr oxirlari, aniqrog’i 1970-yillardagi o’sha davrdagi mamlakat rahbarlari Haydar Aliyev (Ozarbayjon) va Sharof Rashidov (O’zbekiston) ning o’zaro do’stlik va hamkorlik rishtalari o’rnatishi bilan yanada mustahkamlanadi. Bu do’stlik rishtasi hozirgacha ikki mamlakat vakillari tomonidan yodga olinadi va hurmat ko’rsatiladi. Bugungi kunda, ikki davlat o’rtasidagi ittifoqchilik yuqori cho’qqisiga chiqdi deb ayta olamiz. 701 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Bunga sabab, davlat rahbarlarining o’zaro uchrashuvlari va davlat tashriflari muntazam olib borilishi va strategik aloqalari keyingi pog’onaga ko’tarilganidir. Ushbu davlatlar o’rnatgan aloqalar o’zbek va ozarbayjon xalqlarining o’zaro jipslashuvi, ikki davlatning ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi. O’zaro ijtimoiy aloqalar O’zbekiston Ozarbayjonga Qorabog’ hududini qayta tikashda bergan ijtimoiy va gumanitar yordamlari orqali yanada mustahkamlandi. Ozarbayjon davlati rahbari Ilhom Aliyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu harakatlarga birinchi bo’lib o’z yordam qo’lini cho’zganligini doimo yuqori baholaydi. Bundan tashqari, Qorabog’ hududida Prezidentimizning tashabbuslari bilan birinchi o’zbek maktabini qurish loyihasi ilgari surildi, va 2023-yil 23-avgustda loyiha amalga oshirilib, maktab foydalanishga topshirildi. Mirzo Ulug’bek nomidagi ushbu maktab ikki mamlakat xalqlari orasida do’stona ruhiyatni yanada mustahkamladi. O’zbekiston va Ozarbayjon o’zaro savdo aloqalarida ham faol. Tovar ayirboshlash hajmi so’nggi yillarda bir necha barobarga oshdi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi besh yil ichida tovar ayirboshlash hajmi uch barobar o’sib, 255 million dollarga yetdi. Bundan tashqari, avtomobil sanoatida ham katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2019-yildan beri “Oʻzavtosanoat” bilan hamkorlikda qariyb 9 mingta avtomobil ishlab chiqarildi va hozir ikkinchi avtomobil zavodi qurilishi boshlandi. Qolaversa, o’zbek xalqining paxta ishlab chiqarish bo’yicha uzoq yillik tajribasi Ozarbayjon davlati uchun ushbu sanoat rivoji yo’lida asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari, ikki davat o’rtasida ta’lim sohasida ham bir qancha hamkorliklar olib borilmoqda. Yaqinda Andijonda bo’lib o’tgan Oʻzbekiston — Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalari rektorlari I forumi bunga yaqqol asos bo’la oladi. Forum davomida mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari o’rtasida 50 dan ortiq shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Unga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish, malaka va tajriba almashish va shunga o’xshash bir qancha masalalar ko’rib chiqildi. Bu hamkorliklar ikki mamlakatning ilmfan sohasida yuksalishi yo’lida xizmat qiladi. [12] Bir so’z bilan aytganda, O’zbekiston va Ozarbayjon turli sohalarda o’zaro aloqalar o’rnatmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar ikki davlat rivoji yo’lida ulkan hissa qo’shibgina qolmay, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinroq bo’lishiga sabab bo’ladi. O’zbekiston Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va Ozarbayjon davlatlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatibgina qolmay, o’zaro madaniyatlar almashinuviga ham yo’l ochib berdi. O’zbek xalqining turk, qirg’iz, qozoq va ozarbayjon xalqlari bilan do’stlik rishtalari bardavom bo’lishi mamlakatlar, ayniqsa, O’zbekiston rivoji yo’lida juda muhim ro’l o’ynaydi. Shu boisdan, Turkiy davlatlarning o’zaro hamkorliklari davomiy bo’lishini tilab qolamiz. Foydalanilgan manbaalar ro’yxati: 1. Mamatov Behruz, O’zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik ittifoqidagi o’rni. Academic Research in Modern Science, 2024. 2. president.uz, O‘zbekistonning Turkiy kengashga a’zo bo‘lishi – tabiiy va tarixiy jarayon 2019. 3. Yuldoshev Shahzod, O'zbekiston va Turkiya munosabatlarining mintaqaviy gesosiyosiy jihatlari va istiqbollari. CENTRAL ASIA IN MODERN INTERNATIONAL 702 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 RELATIONS: PROSPECTS FOR SUSTAINABILITY AND DEVELOPMENT. 2025. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkiya-tarix-va-islohotlar-mushtarakligi 4. yuz.uz, O’zbekiston - Turkiya: Tarix va islohotlar mushtarakligi. 2022. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkiya-tarix-va-islohotlar-mushtarakligi 5. Nick Megoran, Nationalism in Central Asia. p. 1967. 6. Adhamov Ramonbek Rovshanbek o’g’li, O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi iqtisodiy hamkorliklar. 2024. 7. Sputnik O’zbekiston, Olti yilda 8 barobar o’sdi: o’zbek-qirg’iz munosabatlari haqida. 2023. O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlari 8. Abdurazzakov Diyorbek, O’zbekiston va Qirg’iziston iqtisodiy aloqalari: muammolar, istiqbollar va hamkorlik yo’nalishlari https://journalss.org/index.php/luch/article/download/2536/2393/4793 9. Choriyev Asadbek, Yangi davrda Qozog’iston va O’zbekiston munosabatlari, 2024. https://universalconference.us/universalconference/index.php/icms/article/view/69/134 10. Nurgizarova Zakira Beketovna, O‘zbekiston va Qozog‘istonning umumiy tarixi va madaniyati barqaror taraqqiyotning muhim zaminidir, 2025. https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0076/76_i_20250416_222146_5.19.pdf 11. Furqat Najimov, Madaniy diplomatiya va mintaqaviy integratsiya: markaziy osiyoda millatlararo hamjihatlikni shakllantirishda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi, 2025. 12. yuz.uz, O’zbekiston - Ozarbayjon: azaliy do’stlik va strategik ittifoqchilikning yangi qirralari. 2025. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--ozarbayjon-azaliy-dostlik-va-strategikittifoqchilikning-yangi-qirralari