scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DINIY MATNLAR KORPUSI UCHUN IZOHTALAB SO'ZLARNI SEMANTIK TAVSIFLASH USULLARI

Manzura Abjalova Abdurashetovna; Fayiza Tursunboyeva Abdurahmat qizi

Abstract

Diniy matnlar korpusi qayta ishlangan diniy matnlardan iborat tizim hisoblanib, uning yaratilishi diniy matn mazmunini tushunish, avtomatik semantik tahlil, mashina tarjimasini amalga oshirish kabi masalalar ishini takomillashtirishga omil boʻladi. Shuningdek, qidiruv tizimlari va tarjimon tizimlarida diniy matnlar bilan bogʻliq soʻrov va tarjima sifatining oshirilishi, katta ma’lumotlar bazasining takomillashuviga erishiladi. Leksikografiya, ontologiya kabi tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga obyekt bo‘la oladi. Maqolada diniy matnlar korpusi uchun islomshunos olim Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sahihul Buxoriy” 1-juz (2019) nashri asosida o‘rganilgan 428 ta lug’aviy birlik tadqiqining orasidan semantik maydon, semantik guruhlar ko‘rsatilib, mazkur lug’aviy birliklarning semantik teglanishi ochib berilgan. Shuningdek, maqolada diniy matnlarda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan “Kitob” va “Hadis” lug’aviy birliklari korpus lingvistikasining mavzuiy guurhlashtirish, semantik teglash, kalit so‘zlar va so‘z birikmlari asosida tahlil qilish metodlariga tayangan holda tadqiq qilindi. Tadqiqot natijasida jami jami 17 ta mavzuiy guruhlar shakllantirildi. Ushbu tadqiqotda tahlil qilingan semantik muammolar va semantik tavsiflash metodlari korpus linvistikasiga doir tahlill va metodlogiyalarda muhim omil hisoblanadi.

Full text

721 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 DINIY MATNLAR KORPUSI UCHUN IZOHTALAB SO‘ZLARNI SEMANTIK TAVSIFLASH USULLARI Manzura Abjalova Abdurashetovna Filologiya fanlari doktori (DSc), professor v/b. [email protected] +99891-333-86-55 ORCID: 0000-0002-1927-2669 Fayiza Tursunboyeva Abdurahmat qizi Tadqiqotchi [email protected] +99890-303-13-99 ORCID: 0009-0003-4266-0541 https://doi.org/10.5281/zenodo.17497264 Annotatsiya. Diniy matnlar korpusi qayta ishlangan diniy matnlardan iborat tizim hisoblanib, uning yaratilishi diniy matn mazmunini tushunish, avtomatik semantik tahlil, mashina tarjimasini amalga oshirish kabi masalalar ishini takomillashtirishga omil boʻladi. Shuningdek, qidiruv tizimlari va tarjimon tizimlarida diniy matnlar bilan bogʻliq soʻrov va tarjima sifatining oshirilishi, katta ma’lumotlar bazasining takomillashuviga erishiladi. Leksikografiya, ontologiya kabi tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga obyekt bo‘la oladi. Maqolada diniy matnlar korpusi uchun islomshunos olim Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sahihul Buxoriy” 1-juz (2019) nashri asosida o‘rganilgan 428 ta lug’aviy birlik tadqiqining orasidan semantik maydon, semantik guruhlar ko‘rsatilib, mazkur lug’aviy birliklarning semantik teglanishi ochib berilgan. Shuningdek, maqolada diniy matnlarda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan “Kitob” va “Hadis” lug’aviy birliklari korpus lingvistikasining mavzuiy guurhlashtirish, semantik teglash, kalit so‘zlar va so‘z birikmlari asosida tahlil qilish metodlariga tayangan holda tadqiq qilindi. Tadqiqot natijasida jami jami 17 ta mavzuiy guruhlar shakllantirildi. Ushbu tadqiqotda tahlil qilingan semantik muammolar va semantik tavsiflash metodlari korpus linvistikasiga doir tahlill va metodlogiyalarda muhim omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Korpus lingvistikasi, semantika, semantik tavsif, semantik tavsiflash metodlari, chastota, teglash, diniy matnlar, semantik munosabat, funksionimiya, hadis, kitob Abstract. A corpus of religious texts is a system of processed religious texts, and its creation will be a factor in improving the work on issues such as understanding the content of religious texts, automatic semantic analysis, and machine translation. It will also improve the quality of queries and translations related to religious texts in search engines and translation systems and improve the large database. It can be an object for effective research such as lexicography and ontology. The article shows the semantic field and semantic groups among the 428 lexical units studied for the corpus of religious texts based on the publication of the Islamic scholar Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf's "Sakhihul Bukhari" 1-juz (2019) and reveals the semantic labeling of these lexical units. Also, the article studies the lexical units “Book” and “Hadith”, which are the most frequently occurring words in religious texts, based on thematic grouping, semantic tagging, and analysis based on keywords and word combinations. As a result of the study, a total of 17 thematic groups were formed. The semantic problems and semantic description methods analyzed in this study are the most important factor in corpus linguistics analysis and methodologies. Key words: Corpus linguistics, semantics, semantic description, semantic description methods, frequency, tagging, religious texts, semantic relation, functoriality I. Kirish 722 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Tilning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatning o‘rni beqiyos, xususan, insoniyat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan dinning ta’sirini alohida e’tirof etmasdan iloj yo‘q. Tabiiy tillarning aksarining negizida bu ta’sirni topish mumkin. Jumladan, o‘zbek tili ham bundan mustasno emas. Yurtimizda yetishib chiqqan islom dinining eng yirik olimlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy [1] kabi islomiy bilimlar ulamolarining asarlari tilimiz rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Til korpuslari semantik tahlillar uchun boy ma’lumotlar manbai sanalib, shu sababdan ham bugungi kunda semantik nazariyaning chuqur va keng tadqiq qilinishi boshlandi [2]. Semantik tavsiflash ayni to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida [3] juda muhim elementlardan hisoblanadi. Bu orqali qidiruv tizimlari, web xizmatlardan foydalanishni avtomatik tahlil qilgan holda integratsiyani osonlashtirish mumkin [4]. Shuningdek, til korpuslari mashina tarjimasi, til muhandisligi, axborot qidirish, leksik tahlil, leksikografiya kabi lingvistik tadqiqotlarga ham boy manba bo‘lib xizmat qiladi [5]. Aynan semantik tadqiqotlar jamlangan maqsadli til korpuslari esa raqamli lingvistika rivojida alohida qiymatga ega (masalan: SemOntoCor, Alisher Navoiy g‘azallarining semantik bazasi). Har bir tilning leksik-semantik tizimida u yoki bu denotat (voqelikdagi aynan bir narsa) nomining alohida-alohida lug‘aviy birliklar yordamida ifodalanishi mazkur so‘zlar ifodalab kelgan denotatlarning shu xalqning hayoti, turmush tarzi, xo‘jaligi, ijtimoiy ishlab chiqarishda qanday ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi [6]. Xuddi shuningdek, diniy matnlarda uchraydigan o‘ziga xos denotatlar ham lug‘aviy ma’nosidan tashqari turli kontekstlarda turli mazmunga ega bo‘ladi. Va bu mazmunlarda nafaqat xalqning, balki shu mazmunga asos bo‘lgan dinning ta’sirini ham chuqur ifodalaydi. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, O‘zbekistonda islom dini qariyb 15 asrlik tarixga ega bo‘lib, arab tilining o‘troq aholi leksikasidagi o‘rni juda katta. Yer yuzida islom dini keng tarqalganligiga qaramasdan, arab tili dunyosida korpus lingvistikasi ingliz tili korpus lingvistikasi darajasida taraqqiy etmayapti. Buning sabablari sifatida lingvist olim O. Ismoil arab tilining o‘ziga xos tomonlari – flektivligi, bosh harflarning mavjud emasligi, unlilarning harf bilan ifoda etilmasligi, tilning morfologik xususiyatlari kabilarni qayd etadi [7]. Shuningdek, diniy matnlarda uchraydigan izohtalab lug‘aviy birliklarni semantik tavsiflash ehtiyoji ushbu so‘zlarning asrlar davomida iste’moldan chiqishi, xos doiralarda o‘rganilishi, shuningdek, manbalar bilan birgalikda lingvistik tadqiqotlar yetishmasligi ham rivojlanishni ortga surmoqda. Mazkur bo‘shliqni to‘ldirish uchun bugungi kunda diniy matnlardagi izohtalab so‘zlarning kontekstual-semantik izohini hech bir lug‘atsiz joriy vaqtda, tezkor (interaktiv tarzda) bilish va shunday so‘zning diniy matndagi ma’nosini anglashi uchun diniy matnlar korpusi va uning semantik tavsiflar bazasi muhim sanaladi. Diniy matnlarda, xususan, hadislarda shunday so‘zlar borki, ularni bugungi kun o‘quvchisi maxsus lug‘atlarsiz tushunishga qiynaladi. Ular tadqiqotimizda izohtalab so‘z birikmali termini bilan ifodalandi. Ushbu maqola diniy matnlardagi izohtalab lug‘aviy birliklarga semantik tavsif berish metodlarini ochib berishga qaratilgan. Maqola mohiyatini ochishda islomiy bilimlar olimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sahihul Buxoriy”, 1-juz asari asos qilib olindi. Shuningdek maqolada kalit so‘zlar va so‘z birikmalar tahlili, mavzuiy modellashtirish, semantik teglash kabi metodlardan foydalangan holda natijalar taqdim qilindi. 723 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 II. Adabiyotlar tahlili Korpus lingvistikasida semantik tadqiqotlar endi rivojlanayotganligi bois bu doirada manbalar kamyob hisoblanadi. Ammo bu yo‘q degani emas. Jumladan kognitiv lingvistika nazariyasini o‘rgangan professor Glynn D. semantik tadqiqotlarda til korpuslardan foydalanishning ahamiyati va texnikalarini tahlil qilgan bo‘lib, korpusga asoslangan holda semantik tadqiqotlar uchun metodologik yonashuv va texnikalar ishlab chiqdi. Glyann D korpusda semantik metodologik yondashuvning 2 xil turini taqdim etadi. Shuningdek, bu borada tilshunos olimlar Stefanowitsch and Griesning har ikki turning alohida xususiyatlarini saqlab qolgan holda umumlashtirish mumkinligi nazariyasini qo`shimcha qilib o‘tish lozim. Korpus lingvistikasida teologik matnlardagi izohtalab so‘zlarni semantik tavsiflash uchun kontekstning zamoni va makoniga, matnga singib ketgan qadriyatlarga asoslanish o‘rinlidir. Bu borada tilshunos olimlardan Muhammad Alqarni aynan diniy matnlarda kalit so‘zlar yoki so‘z birikmalari asosida semantik izoh berishni amaliy tadqiq qilgan bo‘lib, u o‘z maqolasida ushbu metodni Qur’oni karim matnlarida qo‘llash borasidagi qiyinchiliklariga to‘xtalib o‘tgan. Olimning ta’kidlachicha, Qur’oni karimning 6236 oyatida kelgan so‘zlar va so‘z birikmalari har biri alohida semantik tavsiflashni talab qiladi. Ayniqsa, bu jarayon kompyuter lingvistikasida alohida qiymatga ega [8]. Shuningdek, Altmeyer, S., Klein, C kabi olimlar diniy so‘zlar orasidagi nozik semantik va grammatik farqlarni o‘rgangan holda so‘zlarni semantik maydon va shakl jihatidan tavsiflash metodini o‘z ilmiy nazariyalarida ifodalagan [9]. Lingvistik matnlarda, xususan, diniy manbalarda mavzulashtirish uslubi ko‘plab ilmiy muammolarga amaliy yechim bo‘la oladi. Bu borada Mahit Nandan A.D, Ishan Godbole, Pranav M Kapparad, and Shrutilipi Bhattacharjee kabi olimlar Qur’oni karim, Bibliya va Gita kabi ilohiy kitoblar doirasida qiyosiy tahlildan foydalangan holda mavzuiy modellashtirish uslubini muvaffaqiyatli isbotgan [10]. Bundan tashqari, diniy matnlar doirasida semantik tadqiqot olib borish jarayonida semantik annotatsiya va semantik teglash eng muhim usullardan biri sanaladi. Alohida ta’kidlash lozimki, bir dinning turli makonlardagi zohiriy o‘xshash so‘z yoki so‘z birikmalari turli hududlarda boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Xuddi shu nazariyani ilgari surgan olimlar Altmeyer, S., Klein, C. Amerika va Germaniya xalqlarining leksikasidagi bir so‘zning ikki hududga xos nozik semantik ma’nolarini tadqiq qilgan [11]. Ayni shu metodni islomiy matnlarda ham qo‘llash mumkin. Islomiy lug‘aviy birliklar zamon va makonda shu jamiyatga xos bo‘lgan o‘ziga xos urf-odatlar, qadriyatlar, zamonlar osha duch kelgan leksik va semantik o‘zgarishlar tufayli alohida semantik tavsifni talab qiladi. Shu o‘rinda, arab tilining tarixiy semantikasi uchun korpus lingvistik vositalar mavzusi doirasida ilmiy ishlar olib borgan olim Ismail. O. arab tilining ayrim so‘zlari semantikasi davrlar mobaynida semantik o‘zgarishga uchragani va ayni zamonda taqazo qilayotgan ma’nolarini korpus lingvistikasida ifodalash uslublarini tadqiq qilgan. [12]. Quyidagi 1-chizmada olimlar tadqiq qilgan semantik tavsiflash metodlari interaktiv tarzda taqim etildi. 724 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 1-chizma. Korpus lingvistikasida matnlarni semantik tavsiflash metodlari III. Metodlar Ushbu tadqiqotda semantik tavsiflash metodlaridan kalit so‘zlar va so‘z birikmalar tahlili, mavzuiy modellashtirish, semantik teglash usullariga tayangan holda korpus lingvistikasida diniy matnlarni semantik tavsiflashning usullari tadqiq qilindi. Tahlil qilingan lug’aviy birliklarning semantik maydoni, chastotasi aniqlandi. Izohtalab lug’aviy birliklarga konteksual semantik izoh taqdim qilindi. IV. Muhokama va natijalar Diniy matnlarni o‘qib tushunish, notanish lug’aviy birliklarni kontekstga ko‘ra mohiyatan to‘g‘ri tushunishda filologik korpuslarni yaratish muhimdir. Bu yo‘lda eng muhim diniy manbalardan biri “Sahihul Buxoriy” va undagi izohtalab so‘zlarni semantik teglash va tavsiflash muhim vazifalardan sanaladi. Tadqiqot davomida asarda aniqlangan 428 ta izohtalab lug’aviy birliklar semantik guruhga ajratilib, maxsus kodlar bilan teglandi. 725 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 1-jadval. Izohtalab so‘zlarning semantik teglanishi Teglash davomida “Sahihul Buxoriy” 1-juzida o‘rganilgan izohtalab lug’aviy birliklar orasidan 10 ta leksik-semantik guruh ajratilib, teglandi. 1-jadvalda ilova qilinganidek, t:namesofAllah tegida 428 ta lug’aviy birlik orasidan aniqlangan Alloh so‘zining 7 ta ma’nodoshlari o‘z ifodasini topdi. Islom dinining muqaddas kitobi – Qur’onning turli nomlari esa t:namesofHolyQuran tegiga joylandi. Shuningdek, asarning o‘rganilgan qismida Qur’oni karimning 5 ta suralari nomlari ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu nomlar: Nahl, Niso, Hashr, Najm, Nur kabi sura nomlari t:surahs tegiga birlashtirildi. Nabiy, Rasul, Rasulloh kabi Islom dinining so’nggi payg’ambarini ifodalagan lug’aviy birliklar t:namesofprophecy tegiga belgilandi. Shuningdek, islom dinida so’nggi payg’ambarga salavot aytish ibodat darajasida bo’lib, salavotning turli 3 nomi ham bir guruhga jamlanib t:salavah tegiga jamlandi. Diniy matnlarda uchraydigan o’ziga xosliklardan biri dinning yirik ulamolari va obro’li shaxslarining ismlariga duo qo’shilishidir. Roziyallohu anhu (m), rohimahulloh kabi ismga qo’shiluvchi duolar t:duo tarzida teglandi. Izohtalab so‘zlar o‘rganilishi davomida arabiy lug’aviy birliklar bilan ifoda etilgan asar nomlariga ham duch kelindi. Bu kabi lug’aviy birliklar 10 tani tashkil qilib t:booknames tegi ostida shakllantirildi. Qo’shimcha tarzda shuni aytish lozimki, dinning bir qancha sohalarida va ko’nikmalarda mutaxassis va bilim va tajribasi yuqori insonlar ham alohida nomlar bilan atalgan. Bu kabi nomlar ba’zi o‘rinlarda Daraja, ba’zi kontekstlarda mutaxassislikni ham bildirishi mumkin. Imom, muftiy, muhaddis, hofiz kabi lug’aviy birliklar ham t:proficents tegiga birlashtirildi. O’rganilgan izohtalab lug’aviy birliklar orasidan harom, vojib kabi amal turlari t:typesofamal tegiga joylandi. Islom dining muqaddas kitobi – Qur’oni karimning bo’limlari, qismlarini ifodalashda ishlatilgan Basmala, oyat, sura kabi lug’aviy birliklar t:partsofQuran tegi ostida birlashtirildi. Glynn D. fikricha, korpus lingvsistikasida kalit so‘zlar, so‘z birikmalarini aniqlash metodi lug’aviy birikmalarning kontekstual ma’nosini tadqiq qilishni osonlashtiradi. Kalit so‘z sifatida quyidagi 1-jadvalda ko‘rsatilganidek, “Kitob” denotati tanlab olindi. “Sahihul Buxoriy”, 1-juzida ushbu “kitob” so‘zi bilan aloqador 52 ta lug‘aviy birikmalar kelib chiqdi. Tahlilga ko‘ra, “Kitob” lug‘aviy birligi 7 xil o‘rinda turli kontekstual semantik ma’no ifoda kasb etishi aniqlandi. “Sahihul Buxoriy” 1-juzida tartib bilan mavzulashtirilgan bo‘limlar nomi “kitob” deya ifodalangan. Masalan, quyidagi 2-chizmada “Kitob” so‘ning kontekstual ma‘nosi va ushbu so‘znong semantik tavsiflanishi interaktiv ko‘rsatildi. 2-chizma. “Kitob” lug‘aviy birligining kontekstga ko‘ra interaktiv tarzda semantik tavsiflanishi Quyidagi jadvalda esa “Kitob” so‘zining aynan hadis matni va izohlaridagi ma’nolarining 6 o‘rinda kelishi kontekstual tahlil qilinib, semantik tavsif berildi. Shuningdek, “Kitob” so‘zining chastotasi ham tadqiq qilindi. 726 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 2-jadval. “Sahihul Buxoriy” asari asosida “Kitob” lug‘aviy birligining turli kontekstual ma’nolari va metodlar tahlili natijasi . Endi asarda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan biri “hadis” so‘zini olib tahlil qilib ko‘rsak. 1-juzda “Hadis” denotati 761 o‘rinda ishlatilgan bo‘lib, ushbu lug’aviy birlikni kontekstga ko‘ra semantik maydonlarini aniqlab, mavzuyimizning asl maqsadi bo‘lgan semantik tavsiflashning ahamiyatini tahlil qilanadi. Quyida esa ayni shu birlikni mavzuiy modellashtirish metodi ostida tadqiq qilib, ilmiy muammo yechimi ifodalanadi. Asarda “hadis” so‘zining ma’nodoshlari (xabar, rivoyat, sunnat, asar) ham o‘rin olgan. Bu so‘zlar zohiran izohtalab so‘zdek tuyulmasa-da, ammo arab tilining nozik jihatlari sabab mazkur ma’nodoshlikni kontekstual ochib berishning ahamiyati muhim. Quyidagi chizma orqali bu ma’nodoshlik interaktiv tarzda ochib berilgan. 727 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 3-chizma. Izohtalab soʻzlarning interaktiv tarzda semantik tavsiflanishi Ma’lumki, denotatlarning faoliyatidagi bir xillik yoki o‘zaro o‘xshashlik ularning nomlarini ifodalovchi so‘zlar orasidagi leksik-semantik aloqadorlikka asos bo‘ladi [13]. Mazkur aloqadorlikni diniy manbalarda, xususan, islomiy manbalarda ifodalash nihoyatda diqqatli ish bo‘lib, birgina no‘to‘gri yondashuv mazmunning o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayni lug‘aviy birlik “hadis”ni semantik maydon va munosabatini o‘rgangan holda mavzuiy guruhlashtirish metodidan olingan natijalar quyidagi 2-jadvalda ifodasini topdi. “Sahihul Buxoriy” 1-juz, 2019-yilgi nashrida [14] qo‘llanilgan “hadis” denotatini 761 o‘rinda kontekstga ko‘ra foydalanishi tadqiq qilinib, “hadis” so‘zi doirasida olib borilgan mavzuiy guruhlashtirish 7 xil semantik maydon teglari asosida kiritildi, leksemalararo munosabat o‘rganildi. 3-jadval. Semantik tavsiflashning mavzuiy guruhlashtirish, semantik teglash metodi va leksim-semantik guruh idodalangan interaktiv jadval Semantik teg bir xil semantik guruhga mansub so‘z va so‘z birikmalarini birlashtiradi. Foydalanuvchi yoki tadqiqotchining qidiruvda samaradorlikka erishishi uchun ham qidirish filtrida semantik maydon ko‘rsatiladi, jarayon esa semantik teglar asosida amalga oshiriladi. Ushbu tadqiqotda “Hadis” lug’aviy birligi doirasida kelgan so‘zlar 7 ta semantik maydonga ajratildi: t:education – “Hadis” so‘zi doirasidagi ta’limga aloqador so‘zlar (3 ta so‘z), t:places – ushbu lug’aviy birlik doirasidagi joy nomlari (2 ta so‘z), t:grades – hadis darajalari (7 ta so‘z), t:components – hadisning qismlari, t:booknames – hadisga doir kitoblar nomlari, miqdorlari, t:practice – hadis ilmiga doir amaliy faoliyatlar, t:experts – hadis ilmi mutaxasisslari. Diniy matnlarni raqamli texnologiyalar vositasida o‘qishli tarzda taqdim etish uchun grammatik va semantik teglashni o‘rganish va undan amaliyotda foydalamish muhim. V. Xulosa Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada diniy matnlarni semantik tavsiflash metodlari aniqlanib, matnni tushunishni osonlashtiruvchi semantik tavsiflar kontekstual tarzda tadqiq qilinganligi, semantik munosabatlar tahlili va semantik teglash metodi natijalari tadqiq qilindi. Ushbu tadqiqot natijalari orqali qidiruv tizimlari va tarjimon tizimlarida diniy matnlar bilan bogʻliq soʻrov va tarjima sifatining oshirilishi, katta ma’lumotlar bazasining takomillashuviga erishiladi. Leksikografiya, ontologiya doirasidagi tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. 728 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 “Sahihul Buxoriy” 1-juz asarida 428 ta izohtalab so‘z o‘rganildi. Shu lug’aviy birliklar orasidan 10 ta semantik maydon ajratilib, teglandi. 52 o‘rinda kelgan “Kitob” va 761 o‘rinda kelgan “Hadis” lug`aviy birliklari doirasida izohtalab so‘zlar tahlil qilinib, konteksual tarzda qisqa semantik tavsiflar berildi. Natijada bu tavsiflar orqali korpusda diniy matnlarni tushunish osonlashdi. Semantik tavsiflashning ahamiyati ochib berildi. “Hadis” lug‘aviy birligini tadqiq qilish davomida obyektda kelgan ma’nodoshlari - “xabar”. “rivoyat” denotatlari ham semantik tadqiq qilindi. Denotatlar orasida vujudga kelgan semantik munosabatlar o‘rganildi. Ushbu tadqiqot lingvistik va semantik tadqiqotlar uchun ahamiyatli bo‘lib, diniy matnlarda uchrashi mumkin bo‘lgan funksionimiya, graduonimiya, partonomiya, iyerarxik munosabat, komponent kabi semantik munosabatlar tahlilli interaktiv tarzda taqdim qilindi. Xulosada bu tahlillar diniy matnlarni semantik o‘rganishning ahamiyati misollar bilan aniqlandi. Tanlab olingan kalit so‘zlar asosida “Kitob” lug’aviy birligining kontekstga ko‘ra 7 xil ma’nosi o‘rganildi. Birliklarning chastotasi aniqlandi, semantik izoh kiritildi. “Sahihul Buxoriy” 1-juzida kelgan “Hadis” so‘zi doirasida kelgan birikmalar 7 xil semantik guruhlarga ajratildi. Teglandi. Semantik munosabat aniqlandi. Natijada foydalanuvchi yoki tadqiqotchining qidiruvda samaradorlikka erishishi uchun ham qidirish filtrida semantik maydon ko‘rsatildi. Ushbu tadqiqot tahlillari ontologiya, leksikografiya va semantika doirasidagi ilmiy muammolar yechimiga muhim lingvistik asos bo‘lishi aniqlandi. Diniy matnlarda uchraydigan so‘zlarni sharxlash yoki xulosa chiqarib olishdan avval uning ma‘nolarini yaxshilab o‘rganish zarurati va diniy matnlar tarjimasi jarayonida bularga ahamiyat berish zaruriyati ochiqlab berildi. To‘rtinchi sanoat inqilobi davri korpus lingvistikasini yanada taraqqiy etishini talab qilmoqda. Ushbu maqolada amaliy tadqiq qilingan korpus lingvistikasida diniy matnlardagi izohtalab so‘zlarni semantik tavsiflashning tahlil qilingan 3 xil metodlari kelgusi semantik, lingvistik, ontologik tadqiqotlar uchun qiymatli manba bo‘la oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. THE ROLE OF CENTRAL ASIAN SCHOLARS IN ISLAMIC CIVILIZATION, Thе Light of Islam, 2022, GANIYEV AVAZBEK OYBEKOVICH 2. Techniques and tools. Corpus methods and statistics for semantics Publisher: John Benjamins Editors: Dylan Glynn, Justyna Robinson 3. The Fourth Industrial Revolution: A Historical and Conceptual Review July 2024 Journal of Economics and Administrative Sciences 30 (141):154-172 4. SDWS: Semantic Description of Web Services. Maricela Claudia Bravo, José Rodríguez, Jorge Pascual International Journal of Web Services Research 2014 5. Al-Sulaiti, Latifa, and Eric Atwell. (2006). ‘The design of a corpus of contemporary Arabic’. International Journal of Corpus Linguistics, 11(2), 135-171. 6. R. Safarova. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent “O‘qituvchi” 1996. 10-b 7. Corpus Linguistic Tools for Historical Semantics in Arabic Ismail O. International Journal of Arabic-English Studies (2014) 8. Embedding Search for Quranic Texts based on Large Language Models Mohammed Alqarni, 2024 9. Altmeyer, S., Klein, C. (2016). “Spirituality” and “Religion”—Corpus Analysis of Subjective Definitions in the Questionnaire. In: Streib, H., Hood, Jr., R. (eds) Semantics 729 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 and Psychology of Spirituality. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-31921245-6_8 10. Mahit Nandan A D, Ishan Godbole, Pranav M Kapparad, and Shrutilipi Bhattacharjee. 2025. Comparative Analysis of Religious Texts: NLP Approaches to the Bible, Quran, and Bhagavad Gita. In Proceedings of the New Horizons in Computational Linguistics for Religious Texts, pages 1–10, Abu Dhabi, UAE. Association for Computational Linguistics. 11. Comparative Analysis of Religious Texts: NLP Approaches to the Bible, Quran, and Bhagavad Gita ADMahitNandan, Ishan Godbole, Pranav Kapparad, Dr. Shrutilipi Bhattacharje 12. Corpus Linguistic Tools for Historical Semantics in Arabic, Omaima Ismail, Sane Yagi and Bassam Hammo, 2014 13. R. Safarova. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent “O‘qituvchi” 1996. 10-b 14. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Sahihul Buxoriy, 1-juz, – Toshkent: Hilolnashr, 2019