scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASBIY TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR

Usmonova Odinaxon Xabibjonovna

Abstract

Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan, raqobatbardosh, yetarli bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash kasbiy ta'lim tizimini rivojlantirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, mahalliy va xalqaro mehnat bozoriga integratsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 450 KASBIY TAʼLIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR Usmonova Odinaxon Xabibjonovna Farg‘ona yuridik texnikumi “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17497448 Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan, raqobatbardosh, yetarli bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, mahalliy va xalqaro mehnat bozoriga integratsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy taʼlim, raqobatbardosh kadrlar, xalqaro standartlar, xalqaro mehnat bozori, dual taʼlim, qisqa muddatli kurslar, xalqaro taʼlim dasturi, elektron platforma, ish beruvchilar. Аннотация. В данной статье автор рассказывает о реформах, проводимых сегодня в нашей стране в области совершенствования системы профессионального образования, подготовки конкурентоспособных специалистов, обладающих достаточными знаниями и навыками, отвечающих современным требованиям, развития системы профессионального образования, ее адаптации к международным стандартам, интеграции в местный и международный рынок труда. Ключевые слова: профессиональное образование, конкурентоспособные кадры, международные стандарты, международный рынок труда, дуальное образование, краткосрочные курсы, международная образовательная программа, электронная платформа, работодатели. Abstract. In this article, the author discusses the reforms currently being implemented in our country to improve the professional education system, train competitive specialists with sufficient knowledge and skills to meet modern requirements, develop the professional education system, adapt it to international standards, and integrate it into the local and international labor markets. Key concepts: vocational education, competitive personnel, international standards, international labor market, dual education, short-term courses, international educational program, electronic platform, and employers. “Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki boʻladi”. Sh.Mirziyoyev. Bugungi kunda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, ayniqsa, kasbiy taʼlimni takomillashtirish va real mehnat bozori talablariga moslashtirish – mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan zamonaviy talablarga javob bera oladigan, raqobatbardosh, yetarli bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, malakali Oktabr, 2025-Yil 451 kadrlar tayyorlashda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, mahalliy va xalqaro mehnat bozoriga integratsiya qilish masalalari bugungi davr kun tartibida asosiy oʻrinni egallaydi. Kasbiy taʼlimda institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik oʻzgarishlar va yangilanishlar bilan oʻrinlashgan mos ravishda katta eʼtibor qaratish, ayniqsa, ish beruvchilarning kasbiy taʼlim tizimidagi ishtirokini kengaytirish oʻta muhim ahamiyat kasb etdi. 1 Yuqorda aytib oʻtilganidik, mamalakatimizda kasbiy taʼlim tizimi faoliyatini takomillashtirish, bugungi kun talablaridan kelib chiqib malakali oʻrta boʻgʻin professional kadrlar tayyorlash jarayonlarini rivojlantirish, kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy qilish, ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish, oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, oʻqitish yakuni boʻyicha beriladigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda ham tan olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni 2 qabul qilindi. Mazkur farmon kasbiy taʼlimni takomillashtirishga qaratilgan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Xususan, kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platformani joriy qilish, kasbiy taʼlim tashkilotlarini zarur oʻquv adabiyotlari, uslubiy qoʻllanmalar va raqamli kontentlar bilan taʼminlash, ularning laboratoriya va ustaxonalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻnikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillarining faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq masalalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari farmonda texnikumlarda kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etilishi, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilishi, oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etilishi, zarur metodik va pedagogik taʼminot, oʻquv va laboratoriya xonalari, ustaxona jihozlari, amaliyot bazalari hamda ish beruvchilarning buyurtmalari mavjud boʻlgan taqdirda, oldin oʻqitish yoʻlga qoʻyilmagan taʼlim 1 Kasbiy taʼlimni rivojlantirishdagi muammo va takliflar muhokama qilindi. https://uzlidep.uz/uz/leads/kasbiytalimni-rivojlant. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588. Oktabr, 2025-Yil 452 darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga ruxsat berilishini joriy etish bilan bogʻliq masalalarga alohida urgʻu berilganligini ham eʼtirof etish maqsadga muvofiqdir. Dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish, xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olishni joriy etish hamda imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga tasdiqlangan namunadagi diplom va sertifikatlar berish mexanizmining takomillashtirilganligi farmonning oʻziga xos jihatlaridan biri boʻldi, - deyish mumkin. Ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʻlgan Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etilmoqda. Bu haqida joriy yilning 8sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda kerakli koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi. Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi. Mazkur agentlik oʻquvchilarning hayoti davomida taʼlim olish hamda natijaga asoslangan yaxlit uzluksiz kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Agentlik kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish tizimini boshqarish hamda metodik jihatdan muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, mazkur sohada yagona davlat siyosatini yuritadi. 3 Kasbiy taʼlimni rivojlantirish sohada yagona davlat siyosatini yuritish barobarida kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish muassasalarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning nomlanishini, ular boʻyicha beriladigan malaka darajalarini, oʻqitishning minimal muddatlarini, bitiruvchilar bilimini baholash tartibini va ushbu muassasalarning oʻquv-uslubiy bazasiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mazkur sohada amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, qabul qilinayotgan meyoriy hujjatlar mamlakatimizda yoshlarning farovon kelajagini taʼminlashga, ularning bugungi kun talablariga javob bera oladigan, mahalliy va xalqaro bozorda oʻz oʻriniga ega boʻla oladigan raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin professional kadrlar boʻlib yetishishlariga, kelgusida nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlarda ham qonuniy faoliyat yurita oladigan shaxslar boʻlishlariga zamin yaratishga qaratilgandir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5013007. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588. 3 Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi. https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/ Oktabr, 2025-Yil 453 4. Kasbiy taʼlimni rivojlantirishdagi muammo va takliflar muhokama qilindi. https://uzlidep.uz/uz/leads/kasbiy-talimni-rivojlant. 5. Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi. https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/.