MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK VA TASHKILIY MUAMMOLARNI TADQIQ ETISH
Abstract
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik va tashkiliy muammolari keng yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, gigiyena ko‘nikmalari, jismoniy faolligi va tarbiyaviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy pedagogik qarashlar va xalqaro tajribalar ahamiyati ko‘rsatilib, maktabgacha ta’lim tizimida samarali yechimlar taklif etilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 201 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK VA TASHKILIY MUAMMOLARNI TADQIQ ETISH Nazirova Go‘zal Malikovna1, Bozarova Maqsuda Salimjon qizi2 1Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, professor; 2Qo‘qon davlat universiteti 1bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17499243 Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik va tashkiliy muammolari keng yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, gigiyena ko‘nikmalari, jismoniy faolligi va tarbiyaviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy pedagogik qarashlar va xalqaro tajribalar ahamiyati ko‘rsatilib, maktabgacha ta’lim tizimida samarali yechimlar taklif etilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim tizimi, sog‘lom turmush tarzi madaniyati, pedagogik va tashkiliy muammolar, sog‘lom ovqatlantirish tizimi, jismoniy faollik, gigiyena ko‘nikmalari, tarbiyaviy jarayon, xalqaro pedagogik tajriba, bolalar salomatligi. Kirish. Bugungi globallashuv davrida insoniyat salomatligi va farovonligini ta’minlash masalasi nafaqat milliy, balki umumbashariy miqyosda dolzarb masalaga aylangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ta’kidlashicha, sog‘lom turmush tarzini erta yoshdan shakllantirish jamiyatning barqaror taraqqiyoti va kelajak avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishning asosiy garovidir. Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga qaratilgan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish alohida e’tiborni talab qiladi. Dunyo miqyosida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar salomatligini mustahkamlash, gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va ruhiy barqarorlikni ta’minlashga oid turli strategiyalar ishlab chiqilgan. Masalan, Skandinaviya davlatlarida ochiq havoda faoliyat yuritishga asoslangan pedagogik yondashuv samarali natijalar bermoqda, Yaponiyada esa bolalarning jismoniy chiniqishi va intizomiy odatlarini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida moddiy-texnik baza, kadrlar salohiyati va metodik ta’minot yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 1 , shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 202 “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” 2 ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam huquqiy asosini belgilab berdi. Davlat siyosatida sog‘lom avlodni tarbiyalash, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda bir qator pedagogik va tashkiliy muammolar mavjudligi kuzatilmoqda. Jumladan, pedagoglarning zamonaviy metodlardan foydalanish ko‘nikmalari yetarli darajada shakllanmaganligi, ota-onalar bilan hamkorlik mexanizmlarining sustligi, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga oid dasturlarni amaliyotga tatbiq etishda ayrim tizimli muammolarning mavjudligi bu jarayon samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mazkur tadqiqot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida yuzaga kelayotgan pedagogik va tashkiliy muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini ilmiy asoslashdan iboratdir. Bu masala milliy ta’lim tizimi rivojiga xizmat qilishi bilan birga, xalqaro tajribadan samarali foydalanish va uni mahalliy sharoitga moslashtirish zaruratini ham taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish nafaqat pedagogik jarayon, balki ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy asoslar bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, sog‘lom turmush tarziga oid bilim, ko‘nikma va malakalar aynan ilk yoshdan boshlab singdirilgandagina keyingi ta’lim bosqichlarida ijobiy natija beradi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda qabul qilingan bir qator huquqiy hujjatlar mazkur yo‘nalishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-sonli qarori “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qabul qilingan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sifatli, xavfsiz va balanslashtirilgan ovqatlanish bilan ta’minlash, oshxona infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda ovqatlanishni autsorsing asosida samarali tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan. Ushbu qaror bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning fiziologik rivojlanishida zarur bo‘lgan ovqatlanish normalariga qat’iy amal qilish orqali sog‘lom turmush tarziga asos yaratishga qaratilgan. 3 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni maktabgacha ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur qonunda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, ular uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish, pedagogik jarayonning sifatini oshirish hamda davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini uyg‘unlashtirish masalalari yoritilgan. Xususan, qonunda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish davlatning bevosita kafolati sifatida qayd etilib, bolalarning jismoniy, aqliy va psixologik rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish mas’uliyati belgilab qo‘yilgan. 4 Mazkur masalaga tarixiy-pedagogik nuqtai nazardan yondashsak, mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning qarashlari alohida ahamiyat kasb etadi. Uning “Didaktika Magna” 2 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 3 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-sonli qarori “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2019. 4 O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni (2019-yil 16-dekabr, O‘RQ– 595-son). – Toshkent, 2019.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 203 (“Buyuk didaktika”) asarida ta’kidlanishicha, bolalarning ta’lim-tarbiyasi tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga mos olib borilishi, bunda ularning jismoniy sog‘lomligi ta’limning ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaralishi lozim. Komenskiy yosh bolalarni chiniqtirish, gigiyenaga rioya qilish va jismoniy faollikni ta’minlashni sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning muhim sharti sifatida ilgari suradi. 5 Bugungi kunda ushbu g‘oyalar global miqyosda ham keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, BMTning Bolalar jamg‘armasi – UNICEF maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha bir qator dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, bolalar ovqatlanishi, psixologik salomatligi, gigiyena va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar orqali millionlab bolalarning sog‘lom rivojlanishi ta’minlanmoqda. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, erta yoshdagi sog‘lom turmush tarziga oid tarbiya bolalarning keyingi yillardagi aqliy va ijtimoiy salohiyatini belgilab beradi. 6 Demak, mazkur huquqiy hujjatlar, tarixiy pedagogik qarashlar va xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda pedagogik metodlar, tashkiliy chora-tadbirlar, davlat siyosati va xalqaro tashkilotlar tajribasi uyg‘unlashgandagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. Shu bois, ushbu jarayonni yanada takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan pedagogik yondashuv, samarali tashkiliy mexanizmlar hamda global tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Yuqorida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasi nafaqat pedagogik jarayon, balki ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy jihatdan ham yondashuvni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarori maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlantirish, gigiyena va tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish bilan birga, bolalarning sog‘lig‘i va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lidagi tashkiliy muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Yan Amos Komenskiyning “Didaktika Magna” asaridagi ta’limni tabiatga uyg‘un holda tashkil etish tamoyillari va Jan-Jak Russodagi “Emil yoki tarbiya haqida” asarida ilgari surilgan sog‘lom, tabiiy turmush tarzini ta’limning markaziga qo‘yish g‘oyalari bugungi kun maktabgacha ta’lim amaliyotida o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ularning qarashlari, zamonaviy pedagogika bilan uyg‘unlashtirilganda, bolalarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishda boy nazariy-metodik asos yaratadi. Bundan tashqari, UNICEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar tomonidan ilgari surilayotgan dasturlar — bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, jismoniy faolligi va erta yoshdan sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan sa’yharakatlar — O‘zbekistondagi islohotlarga hamohangdir. Bu esa milliy va xalqaro tajribaning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida bolalar tarbiyasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yanada samarali yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratadi. Pedagogik yondashuv, tashkiliy choralar va xalqaro tajriba uyg‘unligi orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayoni maktabgacha yoshdagi 5 Yan Amos Komenskiy, “Didaktika Magna”, 1657 6 UNICEF, Early Childhood Development Programs, 2020
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 204 bolalar hayotida nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, balki kelgusida ijtimoiy faol, barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun ham poydevor vazifasini o‘taydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-sonli qarori “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2019. 4. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni (2019yil 16-dekabr, O‘RQ–595-son). – Toshkent, 2019. 5. Xoliqova N. Maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda pedagogik yondashuvlar. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 6. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 7. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 8. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 9. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305