OTA-ONA VA O'QUV MUASSASA HAMKORLIGIDA BOLALARNING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI QO'LLAB-QUVVATLASH
Abstract
Ushbu maqolada ota-ona va maktab o‘rtasidagi hamkorlikning o‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy muhit, o‘qituvchi yondashuvi va maktabdagi ijodiy muhit o‘quvchi shaxsining estetik rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Natijalar ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi muntazam muloqot, qo‘shma loyihalar va madaniy tadbirlarning ijodiy qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 205 OTA-ONA VA O‘QUV MUASSASA HAMKORLIGIDA BOLALARNING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH Pozilov Hamidjon Ikromjon oʻgʻli1, Turg‘unova Gulnoza Muhammadjonovna2, Shomurotova Zilola Yo‘lchiyevna3 1University of Business and Science magistranti; 2University of Business and Science dotsenti, PhD; 3Qo‘qon DU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17499263 “Farzandlarimiz qalbida ijodkorlik va yuksak ma’naviyatni uyg‘otish – bu bizning eng muhim vazifamizdir” . Shavkat Mirziyoyev [1] Annotatsiya. Ushbu maqolada ota-ona va maktab o‘rtasidagi hamkorlikning o‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy muhit, o‘qituvchi yondashuvi va maktabdagi ijodiy muhit o‘quvchi shaxsining estetik rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Natijalar ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi muntazam muloqot, qo‘shma loyihalar va madaniy tadbirlarning ijodiy qobiliyatlarni qo‘llabquvvatlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: ota-ona, maktab, hamkorlik, badiiy-ijodiy qobiliyat, o‘quvchi shaxsi, tarbiya, ta’lim samaradorligi. Kirish. Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning badiiy-estetik tafakkurini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir [2]. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlarda ham ta’lim jarayonida oila va maktab hamkorligini mustahkamlash, o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi [3]. Qorako‘l tumanidagi maktab-internat, Navoiy shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan maktabinternat va Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablarining soʻnggi yillarda erishayotgan natijalari bu – davlat tomonidan qo‘yilgan inqilobiy ta’lim islohotlarining yuksak natijasidir. Shunday qilib, ijod maktablari (san’at, musiqa, adabiyot yo‘nalishlari) davlat siyosatida alohida e’tiborga loyiq deb tan olinmoqda. Xususan, 2019-yil 29-apreldagi PQ–4312-son qaror – “O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi hujjatda oila, mahalla va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan [4]. Shuningdek, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi [5], “Barkamol avlod yili” dasturi [6] hamda “Oila va maktab hamkorligi to‘g‘risida”gi nizom [7] ijodiy tarbiya va estetik rivojlanish yo‘lida muhim bosqichni tashkil etadi. UNESCO va UNICEF tomonidan ilgari surilgan
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 206 “Inclusive and Creative Education” dasturlari ham ijodkorlikni rivojlantirishda oila va maktab o‘rtasidagi uzviy aloqaning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi [8]. Prezidentimizning 2023-yil «Oila va ta’lim tizimi islohotlari» mavzusiga bagʻishlangan yig‘ilishida “Ta’limda eng muhim omil – oila, maktab va mahalla hamkorligidir. Shu uchlik uyg‘un bo‘lsa, bola har jihatdan komil inson bo‘lib voyaga yetadi. Zero, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash – bu ota-ona, maktab va jamiyatning eng muqaddas burchidir”, deya ta’kidlaganlari ta’lim-tarbiya borasidagi ezgu ishlarning bosh gʻoyasi desak, yanglishmaymiz, albatta. Adabiyotlar tahlili. Koʻplab ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarda ota-ona va maktab hamkorligi o‘quvchilarning badiiy-ijodiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi ta’lim jarayonida o‘qituvchi, oila va jamiyatning uzviy hamkorligini talab etadigan ko‘p omilli jarayondir. Ilmiy adabiyotlarda bu jarayonning nazariy asoslari, psixologik shart-sharoitlari hamda pedagogik mexanizmlari keng yoritilgan. Pedagogik adabiyotlarda ota-ona va maktab hamkorligi bolaning har tomonlama kamoloti uchun ijtimoiy-pedagogik muhit yaratishda asosiy omil sifatida talqin etiladi. A. V. Mudrik (1984) oila va maktab o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni “ijtimoiy tarbiya tizimining ajralmas bo‘g‘ini” sifatida belgilaydi. Unga ko‘ra, oila farzandda axloqiy qadriyatlarni shakllantirsa, maktab ushbu qadriyatlarni tizimlashtiradi va ijtimoiy me’yorga aylantiradi. O‘zbekiston olimlari – A. Avloniy [13], A. Sa’diev [14], N. G‘aniev [15], M. Jo‘rayev [16], R. G‘anieva, D. Jo‘rayev, S. Qodirova va boshqalarning tadqiqotlarida ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga faol jalb etish bolaning ijodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashadi. Pedagogik-ilmiy ishlarida va asarlarida o‘quvchi shaxsini ijodiy yo‘nalishda shakllantirishda oilaning, ayniqsa ota-onaning faol ishtiroki zarurligi qayd etilgan. Shuningdek, G‘. Jalolov [17] va S. Ismoilovaning [18] pedagogik tadqiqotlarida maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlik tizimini takomillashtirish o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi hamda ijodiy salohiyatini oshiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish bo‘yicha J. Guilford, R. Sternberglarning nazariyalari hamda L. S. Vygotskiy [9], A. N. Leontyev [10], E. Torrance [11], H. Gardner [12] singari olimlarning tadqiqotlarida ijodkorlik inson shaxsining tabiiy qobiliyatlaridan biri sifatida izohlanadi va uni rivojlantirish uchun ijtimoiy muhitning ahamiyati ta’kidlanadi. L. Vygotskiy (1934) bolaning ijodiy faoliyati “tasavvur va emotsional tajriba o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi” degan fikrni ilgari suradi. E. Torrance (1966) esa ijodiy fikrlashni rivojlantirishda o‘quv muhitining ochiqligi va erkin ifoda imkoniyatlarining hal qiluvchi ahamiyatini ta’kidlaydi. Bu jihatlar oila va maktab hamkorligida san’at, musiqa, teatr, tasviriy faoliyat kabi yo‘nalishlarda bolalarga erkin ijodiy maydon yaratish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida badiiy-ijodiy ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 2019-yil 29-apreldagi PF–5712-son Farmon bilan “Ta’lim-tarbiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilinib, unda ijodiy salohiyatni aniqlash va rivojlantirish uchun ota-ona hamda maktab hamkorligini kuchaytirish belgilangan.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 207 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son Qaror esa madaniyat va san’at ta’limini modernizatsiya qilish, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ota-onalarning bu jarayondagi rolini oshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi (2021) ham o‘quvchilarning iqtidor va qobiliyatlarini erta aniqlash, ota-onalar bilan hamkorlikda ularni rivojlantirishni maqsad qiladi. UNESCO, UNICEF, OECD kabi xalqaro tashkilotlarning ta’lim bo‘yicha hisobotlarida (xususan, “Arts Education Policy Review”, 2020 va “Creative Schools Framework”, 2022) otaona va maktab hamkorligi bolalarda estetik fikrlashni shakllantirishda muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Masalan, UNESCO’ning “Arts in Education” dasturi ota-onalarni maktabdagi badiiy faoliyatlarga faol jalb qilish, oilaviy san’at loyihalarini tashkil etish orqali bolalarning ijodiy ishtirokini kuchaytirishni tavsiya etadi. Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida ota-ona va maktab hamkorligi uzviy, tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mavjud ilmiy tadqiqotlar bu hamkorlikni o‘quvchi shaxsining ijodiy o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim pedagogik omil sifatida asoslaydi. Shuningdek, xalqaro va milliy tajribalar ota-onalar bilan maktab o‘rtasida ijodiy muhitni shakllantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan innovatsion dasturlarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, suhbat, eksperiment, tahlil va taqqoslash metodlaridan foydalanildi [19]. Tajriba Namangan shahridagi uchta umumta’lim maktabining 3–4-sinflarida o‘tkazildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ota-ona va maktab hamkorligining o‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlariga ta’sirini empirik asosda aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tajriba jarayonida ota-onalar uchun “Ijodiy tarbiya” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi. Maktab o‘qituvchilari esa oilaviy ijodiy loyihalarni rejalashtirishda metodik yordam ko‘rsatdi [20]. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini (rasm, nasr, nazm, raqs, musiqa, ashula, sahnalashtirilgan teatr tamoshalari, ixtirochilik qobiliyatlarini) baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda tajriba oldi va tajriba so‘nggi natijalar taqqoslandi. Natijalar va muhokama Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ota-ona va maktab hamkorligi asosida tashkil etilgan badiiy-ijodiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ijodiy faolligini sezilarli darajada oshirgan [21]. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra: • tajriba guruhida 72% ota-onalar o‘z farzandining ijodiy rivojida faol ishtirok etish zarurligini anglab yetgan; • 40% dan ortiq o‘quvchilar ijodiy faoliyatda ishtirok etish orqali o‘zini ifoda etish ko‘nikmalarini oshirgan [22]; • bunday mashg‘ulotlarda qatnashgan bolalarda tasavvur kengligi, estetik histuyg‘ular va mustaqil fikrlash rivojlangan. Tadqiqot davomida ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi orqali badiiy-ijodiy qobiliyatlarning rivojlanish darajasi o‘rganildi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 208 1. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari rivojlanish dinamikasi Guruhlar Dastlabki bosqich (%) Yakuniy bosqich (%) O‘sish darajasi (%) Past darajadagi o‘quvchilar 42 18 -24 O‘rta darajadagi o‘quvchilar 38 44 +6 Yuqori darajadagi o‘quvchilar 20 38 +18 Tahlil: Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-ona va maktab o‘rtasidagi hamkorlik natijasida o‘quvchilarning yuqori darajadagi badiiy-ijodiy qobiliyatlari 20% dan 38% gacha oshgan. Past darajadagi o‘quvchilar sonining kamayishi esa ijobiy o‘zgarishlar borligini bildiradi. 2. Ota-onalarning ishtirok faolligi Rasm 1. Ota-onalarning ijodiy faoliyatdagi ishtirok shakllari (% hisobda) 41% — sinf tadbirlarida ishtirok 29% — o‘quvchilarning ijodiy ishlarini baholashda qatnashish 17% — badiiy to‘garaklar bilan hamkorlik 13% — mustaqil tashabbuslar (ko‘rgazma, ijodiy kecha, va boshqalar) Izoh: Ko‘rsatkichlar ota-onalarning o‘quv jarayonidagi faolligi oshganini bildiradi. Ayniqsa, sinf tadbirlarida hamkorlik qilish eng samarali shakl sifatida namoyon bo‘lgan. 3. O‘qituvchilarning metodik yondashuv samaradorligi Metodik yondashuv Qo‘llash darajasi (%) O‘quvchilarga ta’sir darajasi (%) Loyihaviy o‘qitish 68 75 Interfaol mashg‘ulotlar 82 88 Ota-ona bilan qo‘shma ijodiy ishlar 57 84 Tahlil: Eng samarali usul — interfaol mashg‘ulotlar bo‘lib, ular o‘quvchilarning badiiy-ijodiy faolligini 88% gacha oshirgan. Ota-ona bilan hamkorlikdagi ijodiy faoliyat esa yuqori motivatsiya va emotsional qo‘llab-quvvatlashni ta’minlagan. Bu natijalar Vygotskiy va Torrance nazariyalarida bayon etilgan “ijtimoiy muhit ijodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi” degan g‘oyani tasdiqlaydi [23]. Ota-onalar bilan o‘tkazilgan “Ijod haftaligi”, “Ota-onam bilan chizaman”, “Oilaviy ertak kechasi”, “Oilaviy teatr kuni”, “Bolam yozgan asar”, “Tasavvur va tasvir”, “Raqs hamjonli ijod” kabi loyihalar o‘quvchilarda san’atga mehr uyg‘otgan. Amaliy tavsiyalar: 1. Har bir maktabda “Ijodiy hamkorlik haftaliklari”ni joriy etish. 2. “Maktabimiz iftixorlari” doskasida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari suratini navbatma-navbat har oy qoʻyib borish. 3. Ota-onalar uchun “Ijodiy tarbiya asoslari” mavzusida treninglar tashkil etish.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 209 4. O‘quvchilarning ijodiy yutuqlarini ota-onalar ishtirokidagi tanlovlar orqali rag‘batlantirish. 5. Oila va maktab o‘rtasida muntazam axborot almashuv tizimini yo‘lga qo‘yish. 6. Oʻquv yili davomida har sohada mashhur kishilar ishtirokida ijodiy kechalar tashkil etib borish (kamida har oy bittadan). Xulosa. Tadqiqot yakunlari ota-ona va maktab hamkorligi o‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Hamkorlik asosida tashkil etilgan ijodiy faoliyat o‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptiradi, ularning estetik tafakkurini, ijobiy hissiyotlarini va madaniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini kuchaytiradi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “San’at va madaniyat – bu yoshlarning qalbini poklaydigan, ularni ezgulik va go‘zallikka yetaklaydigan kuchdir. Bunday kuchni tarbiyadan ajratib bo‘lmaydi. Ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyat bir maqsad yo‘lida birlashsa – yosh avlodning har bir iqtidor uchquni buyuk yutuqqa aylanadi. Farzandlarimizning iste’dodini erta aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlikka yo‘naltirish – ertangi kunimizni yanada porloq, nurafshon va farovon qiladi”. Shu bois har bir ta’lim muassasasida ota-onalar bilan uzviy aloqada bo‘lgan ijodiy muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash zamonaviy ta’limning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim tizimi sari. Toshkent, 2020. 2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iy davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent, 2021. 3. PQ–4312-son qaror, 2019-yil 29-aprel. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Oila va maktab hamkorligi to‘g‘risida” nizom, 2022. 5. UNESCO. Inclusive and Creative Education Programme. Paris, 2021. 6. Torrance E.P. The Nature of Creativity. Cambridge Univ. Press, 1990. 7. Gardner H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. Basic Books, 1983. 8. Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud Axloq. Toshkent, 1913. 9. Jo‘rayev M. Badiiy tafakkur va ta’lim. Toshkent, 2020. 10. Jalolov G‘. Hamkorlik pedagogikasi. Toshkent, 2017. 11. Ismoilova S. Oila va maktab aloqalari pedagogik asoslari. Toshkent, 2016. 12. G‘ulomov A. Pedagogik tadqiqot metodlari. Toshkent, 2020. 13. Nurmatova M. Oila va ijodiy tarbiya. Toshkent, 2021. 14. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 15. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168