MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH DARAJASINI ANIQLASH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 213 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH DARAJASINI ANIQLASH METODIKASI Sanginova Gulnoza Baxodirovna Qo‘qon universiteti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17499293 Annotatsiya. Ushbu maqolada bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar. diqqatining xususiyat, rolli va syujetli o‘yinlar, rasm chizish va qurishyasash ta’limiy faoliyatlar, loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlash, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunish, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzish. Аннотация. В данной статье приводится информация о том, что для того, чтобы ребенок мог учиться в школе, он должен иметь широкое представление об окружающих его предметах и событиях и достичь определенного уровня интеллектуального развития. Ключевые слова. Концентрация внимания, ролевые и сюжетные игры, развивающие занятия по рисованию и конструированию, лепка игрушек из глины и пластилина, восприятие и понимание речи других, решение математических задач, слушание и сочинение рассказов. Annotation. This article provides information on the fact that in order for a child to study at school, he must have a wide range of ideas about the surrounding objects and phenomena and be mentally developed to a certain extent. Keywords. Attention characteristics, role-playing and plot games, drawing and construction-making educational activities, making toys from clay and plasticine, perceiving and understanding the speech of others, solving mathematical operations, listening to and composing stories. Bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan. Biroq u hayotda shunday voqealar uchraydiki, anchagina tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va hattoki yozish hamda o‘qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayyor bo‘lmaydilar. Ular maktab va o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar. Aksincha, ayrim bolalar yetarli tasavvur boyligiga ega bo‘lmasalar ham, maktabda o‘qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o‘qish jarayoni uchun ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lish maktabda dastlab o‘qib ketish uchun eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashdagi hal qiluvchi omil emas, chunki bu yerda yosh masalasi ham bor. Boshqa bir olimlar, bolaning o‘qishga tayyor ekanini aniqlashdagi asosiy narsa iroda sifatlarining yetilganligidir, deydilar. Bu fikr bir yoqlamalikka yo‘l qo‘yishdan boshqa narsa emas.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 214 Bolaning yetti yoshga to‘lishi bilan shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning yetti yoshga to‘lgan davridan boshlab sistemali suratda o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga chiqmaydi. Aksincha, biror maqsad harakat davomida belgilanadi. Ularning maqsadlari ham juda tez o‘zgarib turadi. Shuning uchun ular ko‘pincha boshlagan ishlarini oxiriga yetkazmay, bir ishdan ikkinchi bir tamomila boshqa ishga o‘tib ketaveradilar. Buning asosiy sababi shundaki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining ixtiyorsiz harakatlarida hissiyot juda katta o‘rin egallaydi. Bu yoshdagi bolalar o‘zlarida tug‘ilgan bir talay hissiyotlar ta’siri bilan bir maqsadni belgilaydilar. Agar bolalarning oldilariga qo‘yilgan maqsad ularga qattiq ta’sir qilib, hissiyotlarini uyg‘otsa, bunday paytda bolalar o‘zlariga xos ravishda iroda kuchi va qat’iylik ko‘rsatishlari mumkin. Tashxislash suhbati savоllari: 1) Familiyangni, ismingni, оtangni ismini ayt? 2) Оta - оnangning familiyasi, ismi, оtasining ismini ayt? 3) Sen qizmi yoki o‘gil? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xоlami, tоg‘ami? 4) Sening akang (оpang) bоrmi, kim katta? 5) Yoshing nechada? Bir yildan keyin nechaga kirasan, ikki yildan keyin-chi? 6) Xоzir ertalabmi yoki kechqurun (kunduzimi yoki ertalabmi)? 7) Sen qachоn nоnushta qilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni ertalab qilasanmi, kunduzimi? Tushlik оldin bo‘ladimi yoki kechki оvqat? 8) Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt (qanday mamlakatda? Prezident kim? Vatanimizning bayrоg‘ini, gerbini ko‘rsat? va bоshq.) 9) Оtang (оnang) kim bo‘lib ishlaydi? 10) Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi? Bu qalamning (lentaning, ro‘mоlning rangi qanaqa? 11) Xоzir yilning qaysi fasli-qishmi, bahоrmi, yozmi, kuzmi? Nega sen shundan deb hisоblaysan? 12) Nega qоr qishda bo‘ladi, yozda emas? 13) Xaydоvchi (shifоkоr, o‘qituvchi) nima ish qiladi? 14) Maktabda qo‘ng‘irоq, parta nima uchun kerak? 15) O‘zingning o‘ng ko‘zingni, chap qulоg‘ingni (o‘ng yoki chap qo‘l bilan) ko‘rsat? Ko‘z va qulоq nima uchun kerak? 16) Qanday hayvоnlarni bilasan? 17) Sen qanday qushlarni bilasan? 18) Nima katta: sigirmi, echkimi? Qushmi yoki asalari? Nimani panjasi katta kuchuknikimi, xo‘rоznikimi? 19) Nima katta: 8mi, 5mi, 7mi? 1dan 6 gacha, 9 dan 2 gacha sana. 20) Bilmasdan birоvning narsasini sindirib qo‘ysang nima qilish kerak? 21) Uy telefоnlaringning, оnangning, оtangning, buvingning ish jоylaridan telefоnlarning raqamini eslab ko‘r... 22) Aga оta-оnang (kechqurun va dam оlish kunlari) uyda yo‘q bo‘lsa - qayerda bo‘lishi mumkin? 23) Sen (katta do‘kоnda, bоzоrda, hayvоnоt bоg‘ida, seni majburan оlib ketganda, nоtanish ko‘chada ko‘p kishilik avtоbusda, metrоda va bоshq.) adashib qоlsang,
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 215 bunday hоlatlarda nima qilgan bo‘larding? 24) Senga ko‘chada bezоrilar duch keldi va tegajоnlik qildi... Bolalarda 5-6 yoshdan boshlab shaxsiy ong tarkib topa boshlaydi. Bu shunday hollarda ko‘rinadiki, bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitdan o‘z o‘yinlarini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq yanada to‘laroq munosabatlar sistemasini o‘rgatishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga borishdan ancha ilgariyoq maktab haqida orzu qila boshlaydilar. Maktabning qanday ekanini kattalardan tez-tez,surishtirib turadilar. Maktabga borish vaqtlarini aniq bilishga harakat qiladilar. Agar biror o‘rtoqlari maktabga o‘tib ketsa, juda xavaslari kelib, o‘zlari bog‘chada qolganlaridan o‘ksinib ketadilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining maktabga intilishlari ijtimoiy munosabatlar tizimidan yangini egallashga bo‘lgan intilishlarining konkret ifodasidir. Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyorligi shaxsining ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy taraqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘zo‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yoshga to‘lganda jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlatirishga harakat qiladi. U o‘zini eplay boshlaydi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, masalan, bolalar bog‘chasida navbatchilik vazifasini bemalol uddalaydi. Jamoada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bolaning turmush tajribasi tobora ortadi, Ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Bolaning nutqi ma’lum darajada o‘sgan bo‘ladi, u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suxbat qila oladi. Yetti yoshli bolalarning his-tuyg‘ulari ancha o‘sadi. Xayrixohlik, rahmdillik, o‘rtoqlik kabi his-tuyg‘ular mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolada turli harakatlar mustahkamlanadi, u qaychi, igna, qalam kabi qurollardan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada hali beixtiyor faollik ancha ustun turadi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigai narsalar uning diqqatini jalb qiladi. Bu yoshda ham o‘yin juda katta rol o‘ynaydi. O‘yin jarayonida bola o‘zini idora qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikka, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odatlanadi. Bu xislatlar keyinchalik o‘tish mehnatiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan xislatlardir. O‘yin jarayonida bolaning aql-idroki, zexn va boshqa psixik xususiyatlari o‘sadi. Bular o‘z navbatida, bolaning maktabda o‘tishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yetti yoshga to‘lib, maktabga chiqqan bolalarning psixik jihatdan bundan keyingi o‘sishi maktabda hamda oilada olib boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limga psixologik tayyorlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqati nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o‘yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash ta’limiy faoliyatlarida, loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 216 va tuzishda ko‘rinadi. Bola o‘z diqqatini muayyan obyektga tuplashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib g‘aroyib, kishini taajjubga soladigan ma’lumot va hodisalarni puxta esda olib kolish, esda saklash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar tuplashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. U she’r, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko‘p takrorlashi, yod olishning eng qo‘lay yo‘l va usullaridan foydalanishi ta’lim jarayonida unga juda qo‘l keladi. Birinchi sinf o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha, ta’lim so‘z-mantiqiy xotirasini taqozo etadi. So‘z-mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi.Tajribadan ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra ma’nodor tushunchalarni bir muncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini o‘qib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida, nutqning tuzilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va ko‘lam jihatdan fikr almashishga yetarli bo‘ladi. U eshitgan va ko‘rganlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushuna oladi, o‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi (ularni taqqoslaydi, oydinlashtiradi, umumlashtiradi, hukm va xulosa chiqarishga harakat qiladi). Olti yoshli bolaning psixik tayyorligi haqida gapirilganda, ko‘pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi psixik o‘sish darajasini nazarda tutamiz. Shuningdek, ta’lim uchun psixik o‘sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o‘ziga xosligi, uning sihat-salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani kabi omillarni hisobga olish maqsadra muvofiqdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorgarligining obyektiv tomonlarini ifodalaydi. Bola maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishning subyektiv tomoni ham mavjuddir. Uning maktabda o‘qish xohishi, intilishi, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog‘liqdir. Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o‘zining dasturi bo‘yicha o‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali subyektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o‘z dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur bo‘yicha” o‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta-sekin amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi: - bolani maktab dasturiga yaqinlashtirilishi, uning bilim doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayyorlashi; - bolaning o‘z dasturi bo‘lishi hamda uning qiziqishi va ehtiyojlariga javob berishi lozim.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 217 Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning yetakchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta’lim rivojlanishidan oldinda boradi va o‘zining orqasidan uni ergashtirib boradi. O‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqish hissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bilishga intilishga inson faoliyatining ahamiyatli motivlaridan bo‘lib, shaxs yo‘nalganligining anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jarayon va funksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, qobiliyatni faollashtiradi, qiziqish mavjud holatida barcha insoniy kuchlar qo‘zg‘aladi. Buni ayniqsa, bog‘cha bolasining o‘quv faoliyatini tashkil etishda inobatga olish kerak. Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi. O‘quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va “topishi”ga undalishi lozim. O‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo‘yadi. Bola berilayotgan materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini tushunishi kerak. Yangi berilayotgan material ilgari o‘zlashtirilgan material bilan yaxshi bog‘langan bo‘lishi kerak. Juda yengil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv topshiriqlari bog‘cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni rag‘batlantiradi. O‘quv materiallari yorqin va emotsional bo‘lishi kerak. A.P.Usovaning ta’kidlashicha, o‘qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik hodisasi harakatning usul va vositalarida o‘ta osonlik usuliga asoslangan, ilgari ko‘rsatilgan noto‘g‘ri tarbiyaviy ta’sirning asorati natijasidir. Ayni vaqtda ko‘pincha ta’lim olishga tayyorlikning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi: - Tafakkur qila olish kabi faoliyatning umumlashganligi. - Amaliy va so‘z mantiqiy tomonlarining o‘zaro muvofiqligini belgilovchi tafakkurning anglanilganligi. - Tafakkur faoliyatining elastikligi. - Tafakkur faoliyatining barqarorligi. - Tafakkurning mustaqilligi hamda uning yordamga moyilligi. ASOSIY ADABIYOTLAR 1. Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “О‘zbekistоn”, 2017. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son 3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. – 464 bet
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 218 4. Madina Xasanovna, R. (2024). MILLIY QADRIYATLARNI TA’LIM JARAYONIGA INTEGRATSIYA QILISH. The Latest Pedagogical and Psychological Innovations in Education , 1(2), 129–135 5. Jalilov Mirsaid Bektosh Ogli, Qalandarov Ravshan Bektosh Ogli, & Mahammatova Sharofat Qudrat Qizi (2021). O`ZBEKISTONDA MILLIY QADRIYATLAR VA MILLATLARARO TOTUVLIK. Scientific progress, 1 (3), 208-212. 6. Sanginova, G. (2024). BOLALARDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH. University Research Base, 116-119. 7. Gulnoza, S. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA MEHNAT TARBIYASI: ZAMONAVIY TALABLAR VA ISTIQBOLLAR. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 13, 215-219. 8. Sanginova, G. B. (2024). Improving organization in the first environmental education of preschool children. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(4), 440-447. 9. Sanginova, G. B. (2024). STEAM TA’LIMINI JORIY QILISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. Inter education & global study, (10 (1)), 103-108. 10. A.Z Baxodirovna”Ta’limiga tayyorlashga ta’sir etuvchi omillar”, Science and innovation 3 (special issue 31), 187-193 11. 11.AZ Baxodirovna, RF Muxammadjonovna, KSH Baxtiyarovna, ...International Journal of Early Childhood Special Education 14 PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PRESCHOOL EDUCATION IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND SOLUTIONS. 2022 12. 12.G.N.Malikovna,M.G.Baxodirovna Education of children in the spirt of patriotism and Friendship of peoples in the family.International Journal of Earty Childhood Special Education 14 2022 13. G.N.Malikovna Content and pedagogical conditions for the development of professional competence of teachers and educators of preschool educational organizations. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE& INTERDISCIPLINARIY REZEARCH ISSN …2022 14. AZ Baxodirovna FORMATION OF A SPIRITUAL WORLDVIEW OF PRESCHOOL CHILDREN THROUGH THE MEANS OF GENRES OF FOLK ORAL CREATIVITY INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN 2023 15. A Ziroat CONCEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECTION Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1 (5), 404-410 2022 16. AZ Bahodirovna, SCQ Qizi, ADD Qizi BОLALARNING MAKTABGA PSIXОLОGIK TAYYORGARLIGI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 194-196 2024 17. AZ Bahodirovna BО’LАJАK РЕDАGОGLАRNING KАSBIY-РЕDАGОGIK KОMРЕTЕNTLIK АSОSLАRI Tafakkur manzili 4, 59-67 2023 18. GM Nazirova, KM Ilxomovna TARBIYA VA UNING SHAXS KAMOLOTIGA TA’SIRI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 531-534 19. NG Malikovna MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING HORIJ TAJRIBALARNI OO ‘RGANISH (BUYUK BRITANIYA MISOLIDA) Science and innovation 3 (Special Issue 31), 118-121
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 219 20. NG Malikovna, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA OYINNING AHAMIYATIScience and innovation 3 (Special Issue 31), 254-258 21. GM Nazirova, NS Nuraddinovna MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 520-525