scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TOMCHILATIB SUG'ORISH SHAROITIDA TARVUZNING "SHIRIN" NAVI SUV SARFI VA URUG' UNUVCHANLIGI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK

Begimqulova, Dilnoza Meyliyevna; Rahmatullayev, Jasurbek Negmatullayevich; Karimov, Abror Ahmatovich

Abstract

Ushbu maqolada Kitob tumani iqlim sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimi ostida tarvuzning “Shirin” navi bo‘yicha olib borilgan seleksiya va urug‘chilik tadqiqotlari natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida navning o‘sish dinamikasi, meva hosil bo‘lishi, urug‘ shakllanishi hamda suvdan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Biometrik o‘lchovlar asosida o‘rtacha meva massasi 6,8 kg, urug‘ soni 540 dona, dala unuvchanligi 93,5 % ni tashkil etdi. Tomchilatib sug‘orish sharoitida hosildorlik 51,6 t/ga bo‘lib, suvdan foydalanish samaradorligi 2,19 kg/m³ ni tashkil etdi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 80 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17500711 UDK: 635.615:631.674.6:631.531.027(575.1) TOMCHILATIB SUG‘ORISH SHAROITIDA TARVUZNING “SHIRIN” NAVI SUV SARFI VA URUG‘ UNUVCHANLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK Begimqulova Dilnoza Meyliyevna Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasining "Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari selliksiyasi va urugʻchilik" laboratoriyasi mudiri https://orcid.org/0009-0007-6218-7906 Rahmatullayev Jasurbek Negmatullayevich q.x.f.f.d Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori E-mail: jasurbekrahmatulla[email protected]om Karimov Abror Ahmatovich laborant ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Kitob tumani iqlim sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimi ostida tarvuzning “Shirin” navi bo‘yicha olib borilgan seleksiya va urug‘chilik tadqiqotlari natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida navning o‘sish dinamikasi, meva hosil bo‘lishi, urug‘ shakllanishi hamda suvdan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Biometrik o‘lchovlar asosida o‘rtacha meva massasi 6,8 kg, urug‘ soni 540 dona, dala unuvchanligi 93,5 % ni tashkil etdi. Tomchilatib sug‘orish sharoitida hosildorlik 51,6 t/ga bo‘lib, suvdan foydalanish samaradorligi 2,19 kg/m³ ni tashkil etdi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 81 Kalit so‘zlar: tarvuz, “Shirin” navi, seleksiya, urug‘chilik, tomchilatib sug‘orish, suv samaradorligi, biometrik ko‘rsatkichlar. ABSTRACT This article presents the results of selection and seed production studies of the "Shirin" watermelon variety conducted under drip irrigation system in the climate conditions of Kitob district. During the study, the growth dynamics of the variety, fruit formation, seed development, and water use efficiency were investigated. Based on biometric measurements, the average fruit weight was 6.8 kg, the number of seeds was 540, and field germination rate reached 93.5%. Under drip irrigation conditions, the yield was 51.6 t/ha, and water use efficiency was 2.19 kg/m³. Keywords: watermelon, "Shirin" variety, selection, seed production, drip irrigation, water efficiency, biometric indicators. Kirish. O‘zbekistonning janubiy hududlarida suv resurslarining cheklanganligi sababli suv tejovchi texnologiyalar asosida poliz ekinlarini yеtishtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda tomchilatib sug‘orish tizimi butun dunyoda 6,769 million gektardan ortiq yеr maydonida foydalanilmoqda. Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘simlikning suv va oziqa elementlariga bo‘lgan ehtiyojini muvozanatli ta’minlaydi, hosildorlikni oshiradi hamda urug‘ shakllanish jarayonini barqarorlashtiradi. Tarvuzning “Shirin” navi seleksion jihatdan mahalliy agroiqlim sharoitiga moslashtirilgan, yirik mevali, yuqori shakarli va transportga chidamli nav sifatida tanlangan. Tarvuzning vatani Janubiy Afrika hisoblanadi, hozirda ham u yerda yovvoyi tarvuz (Citrullus colocynthis) uchraydi. Biroq, ushbu tarvuz mevasining hajmi kichik (katta olma kabi) va ta’mi biroz achchiq. Tarvuz insonlar tomonidan shifobaxsh o‘simlik sifatida 4000 yil oldin ham ishlatilgan. Bugungi kunda dunyoning 97 ta ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 82 davlatida turli miqdorlarda yetishtiriladigan 1200 dan ortiq tarvuz navlari mavjud [4]. Tarvuz tashqi iqlim sharoitlariga oson moslashadigan o‘simlik bo‘lib, u Yer yuzining turli ekologik-geografik zonalarida o‘sib, hosil beradi. Biroq, tarvuzning barcha navlari va gibridlarining tashqi muhit omillariga munosabati har xil bo‘lib, shuning uchun tarvuzni yеtishtirishda eng muhim omillardan biri yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan navlar va gibridlarni to‘g‘ri tanlashdir. Tarvuz — issiqxaroratni yaxshi ko‘ruvchi o‘simlik bo‘lib, uning urug‘lari unib chiqishi uchun optimal harorat 14–16 °C ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining shimoliy hududlarida tarvuz ochiq yеrga may o‘rtalarida ekiladi. Hosilning pishishi respublikaning janubiy hududlariga nisbatan 20–25 kun kechroq sodir bo‘ladi [3]. Tadqiqot materiali va uslubi. Tajriba 2025-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani “Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi” dala maydonida o‘tkazildi. Sug‘orish tizimi — tomchilatib sug‘orish (bir chiziqli lenta, suv sarfi 1,5 l/soat, tomchilar oralig‘i 30 sm). Sug‘orish 5–7 kunda bir marta, 250–300 m³/ga suv me’yori bilan amalga oshirildi. Seleksiya ishlari “individual tanlash” usuli asosida olib borildi. Urug‘ sifati dala unuvchanligi va 1000 urug‘ massasi bo‘yicha baholandi. Tahlil va natijalar.“Shirin” navi tomchilatib sug‘orish sharoitida yuqori biometrik va urug‘chilik ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi. O‘simliklarning o‘rtacha meva uzunligi 29,4 sm, diametri esa 25,7 sm ni tashkil etib, bu ko‘rsatkichlar navning yirik mevaliligini ko‘rsatadi. Mevalarning o‘rtacha massasi 6,8 kg bo‘lib, meva ichidagi urug‘lar soni 540 donani tashkil etdi. Urug‘larning dala unuvchanligi 93,5 % gacha yеtdi, bu esa “Shirin” navi urug‘larining yuqori biologik faolligini va fiziologik yеtukligini bildiradi. 1000 urug‘ massasi 86,4 g bo‘lib, bu urug‘larning to‘liq shakllangan va oziqa moddalarga boy ekanligidan dalolat beradi. Hosildorlik 51,6 t/ga ni tashkil etib, bu an’anaviy sug‘orish tizimiga nisbatan 10–15 % yuqori natija hisoblanadi. Tomchilatib sug‘orish orqali suv sarfi 2350 m³/ga bo‘lib, suvdan ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 83 foydalanish samaradorligi (WUE) 2,19 kg/m³ gacha oshdi. Bu esa suv resurslarini tejagan holda yuqori hosil olish imkonini beradi. Umuman olganda, jadvaldagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish tizimi ostida “Shirin” navi fiziologik jihatdan barqaror o‘sib, yuqori sifatli urug‘ hosilini shakllantirdi. Ushbu natijalar navni seleksiya va urug‘chilik tizimlarida keng joriy etish uchun asos yaratadi. Tomchilatib sug‘orish natijasida o‘simliklar stresssiz o‘sdi, meva bog‘lanish davrida suv tanqisligi kuzatilmadi. Urug‘lar yirik, to‘liq shakllangan, yuqori unuvchanlik ko‘rsatdi. Hosildorlik an’anaviy sug‘orishga nisbatan 12–14% ga yuqori bo‘ldi. Suvdan foydalanish samaradorligi 2,19 kg/m³ bo‘lib, bu suv resurslarini tejash bilan birga yuqori hosil olish imkonini berdi. Tarvuzning Shirin navining asosiy biometrik va xo‘jalik-ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich nomi O‘rtacha qiymat O‘lchov birligi Meva uzunligi 29.4 sm Meva diametri 25.7 sm Meva massasi 6.8 kg Urug‘ soni 540 dona Urug‘ dala unuvchanligi 93.5 % 1000 urug‘ massasi 86.4 g Hosildorlik 51.6 t/ga Suv sarfi 2350 m³/ga Suvdan foydalanish samaradorligi 2.19 kg/m³ Suv sarfi va urug‘ unuvchanligi o‘rtasidagi bog‘liqlik, grafik ma’lumotlariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish tizimi ostida suv sarfi oshgani sari urug‘ unuvchanligi biroz pasayish tendensiyasini ko‘rsatdi. Eng yuqori unuvchanlik 2000–2200 m³/ga suv sarfi oralig‘ida 94,0–93,8 % ni tashkil etgan bo‘lsa, suv sarfi 2700 m³/ga еtganda urug‘ unuvchanligi 92,6 % gacha kamaydi. Bu holat ortiqcha namlik urug‘larning havo ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 84 almashinuvini cheklashi va tuproqdagi mikrobiologik faoliyatni susaytirishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, optimal sug‘orish me’yori 2350 m³/ga da urug‘ unuvchanligi 93,5 % atrofida barqaror saqlanib, “Shirin” navi uchun eng maqbul suv sarfi sifatida qayd etildi. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, suv sarfi me’yorida ushlab turilgan hollarda o‘simliklar fiziologik jihatdan muvozanatli rivojlanadi, bu esa yuqori sifatli urug‘ hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Xulosa. Tomchilatib sug‘orish tizimi ostida tarvuzning “Shirin” navi seleksiyasi va urug‘chilik ko‘rsatkichlari o‘rganilib, quyidagi natijalarga erishildi: hosildorlik – 51,6 t/ga; urug‘ unuvchanligi – 93,5%; suvdan foydalanish samaradorligi – 2,19 kg/m³; 1000 urug‘ massasi – 86,4 g. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish sharoitida tarvuzning “Shirin” navi seleksiya va urug‘chilik uchun istiqbolli hisoblanadi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 85 ADABIYOTLAR 1. Xalimova M. U., Jurayev S. M. (n.d.). Tarvuz yеtishtirish texnologiyasi. Agro Processing jurnali. 2. Kuchkarov S., Karimov Y., Akhmedov A. (1984). O‘zbekistonda sabzavot va barcha ekinlari urug‘chilik. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti. 3. Amanova M. E., Rustamov A. S., Saidullayev A. S. (n.d.). Xorazm sharoitida tarvuz navlarini tanlash. 4. Sarimsakov M. M. (2023). Intensive apple orchards and seasonal water consumption under drip irrigation. Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 2(6), 8–14. 5. Buriyev X. Ch. Бахчеводство. — Tashkent, 2020 g.