IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AGRAR SEKTOR SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Maqolada agrar sektorning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni, sohani rivojlantirish borasidagi muammolar va yechimlar, agrar sohani rivojlantirish yo’llari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1072 IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AGRAR SEKTOR SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH Sayfutdinova Soxiba Abdugafurovna Annotatsiya: Maqolada agrar sektorning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni, sohani rivojlantirish borasidagi muammolar va yechimlar, agrar sohani rivojlantirish yo’llari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Yalpi ichki mahsulot (YAIM), agrar sektor, resurs, innovatsion rivojlanish, infratuzilma, klaster. Annotation: The article presents the role of the agrarian sector in the development of the economy, the problems and solutions of the development of the sector, the ways of development of the agrarian sector. Key words: Gross domestic product (GDP), agrarian sector, resource, innovative development, infrastructure, cluster. Аннотация: В статье представлена роль аграрного сектора в развитии экономики, проблемы и пути решения развития сектора. Ключевые слова: Валовой внутренний продукт (ВВП), аграрный сектор, ресурс, инновационное развитие, инфраструктура, кластер. Bugungi globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ko’plab omillarga bog’liq. Ularning orasida agrar sektor, ya’ni qishloq xo’jaligi alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi uchun qishloq xo’jaligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligi va aholi bandligini ta’minlash vositasi, balki eksport salohiyatini kengaytirish, hududlar rivojlanishini jadallashtirish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim omil sifatida maydonga chiqmoqda. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yilda qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti 390 trln so’mga teng bo’lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 24,7 foizini tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 2019 yildagi 28,1 foiz bilan solishtirilganda pasaygan bo’lsa-da, yalpi mahsulot hajmi barqaror o’sib bormoqda. O’zbekiston geografik joylashuvi, iqlim sharoitlari va yer-suv resurslari jihatidan qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Respublikada 20 mln gektardan ortiq qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar mavjud bo’lib, shundan qariyb 4,3 mln gektari sug’oriladigan yerlardir. Bu resurslar mamlaktni g’alla, paxta, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va chorvachilik sohalarida yuqori salohiyatli ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Biroq mavjud resurslardan samarali foydalanish darajasi hali yetarli emas. Sug’oriladigan yerlarning ma’lum qismining meliorativ ahvoli yomonlashib bormoqda, suv resurslaridan foydalanishda samaradorlik yuqori emas. Bundan tashqari, hosildorlik ko’plab rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha past darajada qolmoqda. Shu sababli resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash agrar sohada muhim vazifalardan biridir. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha 2017 yildan boshlab keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi to‘g‘risida"gi Prezident farmoni alohida o‘rin tutadi. Mazkur strategiya agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ekin maydonlarini ilmiy asosda optimallashtirish hamda mahsulotlar sifatini xalqaro standartlarga yetkazishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilab bergan [1]. Shu bilan birga, Prezidentning "Qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni agrar sohada innovatsiyalarni keng joriy etishni tezlashtirishga yo‘naltirilgan strategik yo‘l xaritasini shakllantirdi [2]. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda agrar sektor
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1073 mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 25 foizini tashkil etadi hamda mehnat bilan band bo‘lgan aholi sonining 27 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi [3]. “Qishloq xo’jaligini rivojlantirish strategiyasi – 2030”da, sektorni modernizatsiya qilish, klaster tizimini rivojlantirish, xususiy mulkchilikni kengaytirish va davlat boshqaruvini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Klaster tizimi, xususan, paxta-to’qimachilik klasterlari misolida samarali natija bermoqda. Bu tizim orqali fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksportgacha bo’lgan jarayonlarda yagona tizimga ulanmoqda. Natijada mahsulot tannarxi pasaymoqda, qo’shimcha qiymat yaratilmoqda, eksport hajmi esa yil sayin oshib bormoqda. Agrar sektor samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri – innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishdir. Zamonaviy tomchilatib sug’orish tizimlari, dronlar yordamida hosilni nazorat qilish, agrotexnik tadbirlarni raqamlashtirish, elektron agroxizmatlar ko’rsatish jarayonlari tobora kengaymoqda. Masalan, tomchilatib sug’orish texnologiyasidan foydalanish suv sarfini 40-50 foizgacha qisqartirishi, hosildorlikni esa 20-30 foizga oshirishi mumkin. Bundan tashqari raqamli platformalar orqali fermerlarga bozor narxlari, metereologik prognozlar va kredit resurslari haqida tezkor ma’lumot berilishi ularning qaror qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki, agrar sohada yuqori samaradorlikka erishish uchun davlatning qo’llab-quvvatlashi bilan birga, xususiy sektorning faol ishtiroki ham muhimdir. Masalan, Niderlandiya kichik hududga ega bo’lsada, zamonaviy texnologiyalarni qo’llash hisobiga dunyoning yetakchi qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportchisi bo’lib qolmoqda. O’zbekiston uchun ham ushbu tajribalar ahamiyatli bo’lib, resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksportni diversifikatsiya qilish bo’yicha muhim saboqlar beradi. O’zbekiston agrar sektorida quyidagi asosiy muammolar mavjud: Suv resurslaridan foydalanishda past samaradorlik va suv tanqisligi; Yerlarning meliorativ ahvolining yomonlashuvi; Texnologik darajaning pastligi va innovatsiyalarning yetarli darajada joriy etilmaganligi; Qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligi sababli mahsulotlar ko’pincha xomashyo sifatida eksport qilinishi; Qishloq infratuzilmasining ayrim hududlarda sust rivojlanganligi. Ushbu muammolarni hal etish uchun quyidagi choralarni ko’rish maqsadga muvofiqdir: Suv resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish; Yer resurslarini melioratsiya qilishga davlat va xususiy sektor mablag’larini jalb etish; Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishda ilmiy tadqiqot institutlari va xususiy kompaniyalar hamkorligini kuchaytirish. Qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlariga qo’shimcha qiymat qo’shish; Qishloq infratuzilmasini (yo’llar, elektr ta’minoti, saqlash omborlari, logistika markazlari) kengaytirish. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston agrar sektori iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Soha katta salohiyatga ega bo’lsada, undan samarali foydalanish uchun resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish va eksportni diversifikatsiya qilish zarur. Takliflar: Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan texnika vositalarini yangilash va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish; Suv va yer resurslarini tejashga qaratilgan dasturlarni kengaytirish; Fermer xo’jaliklari va klasterlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash;
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1074 Qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali mahsulotlarning qo’shimcha qiymatini oshirish; Xalqaro tajribani o’rganish va zamonaviy agroinnovatsiyalarni jalb qilish. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-oktabrdagi PF-5853-sonli Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-fevraldagi PF-60-sonli Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Agrar sektor ko‘rsatkichlari, Toshkent, 2023. 4. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish strategiyasi – 2030. Toshkent – 2019