UMUMTA'LIM MAKTABLARI O'QUVCHILARIDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Abstract
Ushbu maqolada musiqiy qobiliyat turlari hamda ularni qanday qilib to’g’ri shakllantirish mumkinligi xususida kerakli ma’lumotlar keltiriladi. O’quvchida musiqiy qobiliyatlarni aniqlash hamda ularni shakllantirishga doir pedagogik yondashuvlar o’z aksini topgan
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1143 UMUMTA'LIM MAKTABLARI O'QUVCHILARIDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Yuldashaliyeva Azizaxon Sherali qizi Westminster xalqaro maktabi musiqa madaniyati o’qituvchisi Annotatsiya:Ushbu maqolada musiqiy qobiliyat turlari hamda ularni qanday qilib to’g’ri shakllantirish mumkinligi xususida kerakli ma’lumotlar keltiriladi. O’quvchida musiqiy qobiliyatlarni aniqlash hamda ularni shakllantirishga doir pedagogik yondashuvlar o’z aksini topgan. Аннотация:В этой статье представлена информация о типах музыкальных способностей и о том, как их правильно развивать. Отражены педагогические подходы к определению и формированию музыкальных способностей у школьника. Annotation:This article provides information on the types of musical abilities and how to develop them correctly. Pedagogical approaches to determining and forming musical abilities in the student are reflected. Qobiliyat – ma’lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sub’ektiv sharti bo‘lib hisoblanuvchi shaxsiyatning individual xususiyatidir. Qobiliyat – bilim, malaka va ko‘nikmalar emas, balki ularga erishish dinamikasidir. Qobiliyat faoliyat usullari va yo‘llarini egallash tezligi, chuqurligi va puxtaligida aniqlanadi. Qobiliyat – faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi imkoniyatdir. Masalan, agar inson musiqiy faoliyat uchun zarur ko‘nikmalarni egallamagan bo‘lsa, uning musiqiy qobiliyati haqida gapirish mumkin emas. Amaliyotdan misol keltiramiz: o‘qituvchi bir sinfning ikki o‘quvchisiga bir asarni topshiradi. Bir o‘quvchi bir haftadayoq bu asarni tez va bexato idrok etadi, boshqasi esa bir oydan so‘ng ham ijroda xatoga yo‘l qo‘yadi. Bunday hollarda har qanday pedagog Yutuqlardagi farqni qobiliyatlardagi tafovut hisobiga kiritadi. Demak, qobiliyat deganda insonning lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni egallashida va ularni amaliyotda samarali qo‘llashida yordam beruvchi psixologik xususiyatlar tushuniladi. Yuqorida keltirilgan nazariy holat va amaliy misollarga qaramay qobiliyat va uning rivojlanish muammosi psixologiya va pedagogikaning eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Qobiliyat sezgi analizatorlari, kuch, harakat hamda asabiy, jismoniy va aqliy jarayonlar muvofiqlashishi kabi nerv sistemasi xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan tabiiy iqtidor, iste’dod, shuningdek, tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida rivojlanadi. Musiqiy ta’limni boshlash, musiqiy qobiliyatni rivojlantirish haqida G.G.Neygauz shunday degan: «Qaysidir musiqa cholg‘usida chalishni o‘rganishdan avval – u bola bo‘ladimi, katta yoshli odam bo‘ladimi – qandaydir musiqani allaqachon egallagan bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, musiqani ongida saqlashi, ko‘ngliga jo qilishi va idroki bilan eshitishi lozim. Talant va buYuklikning siri shundaki, kishi ongida musiqa u birinchi bor barmoqlarini klavishaga tegizishi yoki torni chertishidan ancha avval mavjud bo‘ladi»1. 1Nеygauz G.G. O iskusstvе fortopiannoy igri, M., 1987, s.11.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1144 Qobiliyatning eng Yuqori darajasi «talant» deb ataladi. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida «Xudo bergan» degan gap bor. O‘z navbatida, tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy, kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi «talant» deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik – bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi Shopengauer bu haqda shunday deydi: «²ech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan – talantdir, hech kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan – buyukdir».2Qobiliyat masalasidagi markaziy muammo uning irsiyligi, tug‘maligidir. Platon inson qobiliyatlari tug‘ma ekanligini aytgan va inson bilgan barcha narsa uning ideal bilimlar dunyosida bo‘lgan paytidan xotiralar bo‘lib hisoblanadi, deb taxmin qilgan. Mashhur tabiatshunos Charlz Darvinning amakivachchasi Frensis Gal’ton o‘zining birinchi kitobi «Talantning tug‘maligi, uning qonuniyatlari va oqibatlari» (1869), shuningdek, boshqa kitoblarida ta’kidlashicha, buYuklik va iste’dod avloddan avlodga beriladi, tashqi muhit omili esa bunda sezilarli rol’ o‘ynamaydi. Mashhur polyak pianinochisi Ignasiy Paderevskiy, aksincha, o‘zining ajoyib pianinochilik Yutuqlarining siri nimada ekanligi haqidagi savolga javob bera turib aytadi: «Bir foiz talant, to‘qqiz foiz omad va 90 foiz mehnat». Taniqli amerikalik kashfiyotchi Tomas Edisonning buyuklik – bu 99 foiz mehnat va bir foiz ilhom degan so‘zlari mashhurdir. Amerikalik psixolog Artur Djensen ta’kidlashicha, har bir kishi qattiq mehnat jarayonida o‘z qobiliyatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishi mumkin. Lekin qobiliyatlarni faqat ma’lum bir chegaragacha, tabiat imkon berguncha rivojlantirish imkoniyati bor. Kishi qattiq va fidokorona mehnat natijasida buyuk bo‘lib qomaydi, buyuklik unga berilgan tabiat in’omi bo‘lib hisoblanadi. Mashhur ingliz psixologi Gans Ayzenk o‘zining ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelgan, talant muvaffaqiyati tizimida genetik omillar 80 foizni tashkil etadi. Nutqiy qobiliyatlar, xotira, tasavvur, hisobga olish qobiliyatlari genetik asosga ega. 20 foizi ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq, ularga oiladagi, maktabdagi sharoit, omad va baxtli tasodiflar kiradi. Genetik va ijtimoiy omillarning bu munosabatini tajribaviy yo‘l bilan tekshirib ko‘rish mushkul. Gal’ton Yuqorida eslatilgan kitobida ijodning bir yoki boshqa turi bo‘yicha qobiliyatlar avloddan-avlodga o‘tgan ba’zi oilalarni misol keltiradi. Xususan, Bax avlodlarida musiqiy iqtidor ilk bor 1550 yilda kuzatilgan va besh avloddan so‘nggina I.S.Bax dahosida bir muncha kuchliroq namoyon bo‘ldi. Baxlar oilasida 60 ga yaqin musiqachi bo‘lgan; ularning 20 ga yaqini mashhur deb tan olingan. Mosart ajdodlari orasida 5 nafar, Gaydnda esa ikkita musiqachi bo‘lgan.3Musiqiy-pedagogik amaliyotda asosiy musiqiy qobiliyatlar deganda odatda uch narsa tushuniladi: musiqiy eshitish qobiliyati, ritm hissi va musiqiy xotira. Musiqiy eshitish qobiliyati iborasiga odatda juda keng va etarlicha aniqlanmagan mazmun kiritiladi. Avvalo, musiqiy eshitish qobiliyati tushunchasini tovushlarning pastbalandligini eshitish va tembrni his qilish tushunchasiga ajratish zarur. Negaki, musiqada tovushlar past-balandligi va ritmik harakatlar asosiy ma’no tashuvchi bo‘lib hisoblanadi. Tembrli unsur juda muhim, biroq yordamchi ahamiyatga ega. Biz musiqa negizini 2Kogan G. Rabota pianista.M.,1963,s.137. 16 List F. SHopеn. M., 1956, s.266. 3Teplov B.M. «Musiqiy qobiliyatlar psixologiyasi» (VIII bo‘lim. Asosiy musiqiy qobiliyatlar)
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1145 tashkil etgan asosiy musiqiy qobiliyatlar sifatida tovushlar past-balandligini va ritmik harakatlarni idrok etish va yaratishni tushunishimiz kerak. Musiqiy idrokning asosiy shakllarini tahlil eta turib kuy va garmoniya idrokini ajratib ko‘rsatish mumkin.