scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Kompensatsiya instituti va uning intellektual mulk huquqlarini himoya qilishdagi o'rni

Mamadiyev Abror Abduraxmon o'g'li,

Abstract

Ushbu maqolada intellektual mulk huquqining buzilishidan himoyalanishning kompensatsiyaviy usullari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif intellektual mulk obyektlariga yetkazilgan moddiy hamda nomoddiy zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini, reparatsiya (restorativ adolat) tamoyilining mazmunini ochib beradi. Shuningdek, kompensatsiya institutining zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida tutgan o‘rni, statutory damages (qonuniy kompensatsiya) tizimining joriy etilishi zarurati hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari intellektual mulk sohasida adolatni tiklash, huquqni hurmat qilish madaniyatini shakllantirish va huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish uchun huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash zarurligini asoslaydi.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 306 Kompensatsiya instituti va uning intellektual mulk huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni Mamadiyev Abror Abduraxmon o‘g‘li, abrormamad[email protected]om Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya Ushbu maqolada intellektual mulk huquqining buzilishidan himoyalanishning kompensatsiyaviy usullari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif intellektual mulk obyektlariga yetkazilgan moddiy hamda nomoddiy zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini, reparatsiya (restorativ adolat) tamoyilining mazmunini ochib beradi. Shuningdek, kompensatsiya institutining zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida tutgan o‘rni, statutory damages (qonuniy kompensatsiya) tizimining joriy etilishi zarurati hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari intellektual mulk sohasida adolatni tiklash, huquqni hurmat qilish madaniyatini shakllantirish va huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish uchun huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash zarurligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Intellektual mulk, huquqni himoya qilish, kompensatsiya, tovon, reparatsiya, restorativ adolat, statutory damages, raqamli iqtisodiyot, huquqiy javobgarlik, adolatni tiklash, mualliflik huquqi, innovatsion faoliyat. Аннотация В данной статье рассматриваются теоретические и практические аспекты компенсационных способов защиты прав интеллектуальной собственности. Автор раскрывает правовые основы возмещения материального и нематериального ущерба, причиненного объектам интеллектуальной собственности, а также содержание принципа репарации (ресторативного правосудия). Особое внимание уделено роли института компенсации в условиях современной цифровой экономики, необходимости внедрения системы statutory damages (законной компенсации) и направлениям совершенствования национального законодательства. Результаты исследования обосновывают необходимость укрепления правовых механизмов для восстановления справедливости, формирования культуры уважения права и эффективной борьбы с нарушениями в сфере интеллектуальной собственности. Ключевые слова: интеллектуальная собственность, защита права, компенсация, возмещение ущерба, репарация, ресторативное правосудие, statutory damages, цифровая экономика, юридическая ответственность, восстановление справедливости, авторское право, инновационная деятельность. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 307 Abstract This article analyzes the theoretical and practical aspects of compensatory mechanisms for the protection of intellectual property rights. The author explores the legal foundations for compensating material and moral damages caused to intellectual property objects, as well as the essence of the principle of reparation (restorative justice). Special attention is given to the role of compensation mechanisms in the context of the modern digital economy, the necessity of introducing the statutory damages system, and the directions for improving national legislation. The findings emphasize the need to strengthen legal instruments aimed at restoring justice, promoting respect for intellectual property rights, and ensuring effective enforcement against infringements. Keywords: intellectual property, legal protection, compensation, damages, reparation, restorative justice, statutory damages, digital economy, legal liability, restoration of justice, copyright, innovation activity. Intellektual mulk – zamonaviy globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida har qanday davlat iqtisodiyoti va ijtimoiy taraqqiyotining asosiy drayveri hisoblanadi. Intellektual mulk obyektlariga (ixtirolar, mualliflik huquqi, tovar belgilari va boshqalar) boʻlgan mutlaq huquqlarning buzilishi esa huquq egasiga nafaqat moddiy, balki maʼnaviy zarar yetkazadi. Shu sababli, intellektual mulk huquqini himoya qilishning kompensatsiyaviy usullari huquqiy tartibga solishning markaziy elementlaridan biri boʻlib, ularning samaradorligi butun tizimning barqarorligini belgilaydi. Ushbu maqolada intellektual mulk huquqini buzganlik uchun qoʻllaniladigan kompensatsiyaviy choralar, xususan, zarar va tovon (kompensatsiya) undirish mexanizmlarining nazariy asoslari, huquqiy tahlili va amaliy ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Innovatsion g‘oyalar, ilmiy kashfiyotlar, dasturiy ta’minot, badiiy asarlar va tijorat belgilarining qiymati tobora ortib borayotgan bugungi kunda ularni huquqiy himoya qilish masalasi davlatlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Intellektual mulk huquqlarining buzilishi nafaqat muallif yoki ixtirochining manfaatlariga zarar yetkazadi, balki jamiyatdagi ijodkorlik va raqobatbardoshlik muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, intellektual mulkni himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun zarur shart hisoblanadi. Intellektual mulk huquqlarini buzilishidan himoyalanish faqatgina mualliflik yoki patent huquqini tiklash emas, balki huquqbuzarlik oqibatida buzilgan adolatni tiklash, zararlarni qoplash va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan murakkab huquqiy jarayondir. Intellektual mulk huquqining buzilishidan himoyalanishda kompensatsiyaviy usullar Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 308 reparatsiya nazariyasi 1 (yoki restorativ adolat) tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyilga koʻra, huquqbuzarlik natijasida jabrlanuvchining huquqiy holati buzilishdan oldingi holatga qaytarilishi yoki yetkazilgan zararning qoplanishi lozim. Zararni qoplash intellektual mulk huquqini himoya qilishning klassik usuli boʻlib, u buzilish natijasida huquq egasiga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani undirishni nazarda tutadi 2 . Biroq, mazkur zararni qoplash tizimi bugungi kun uchun mualliflik huquqlarini yetarlicha himoya qila olmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki, raqamli muhitda yetkazilgan nomoddiy zararni aniq hisoblash deyarli imkonsizdir, shuningdek, huquqbuzar o‘z noqonuniy foydasini yashirishga moyil bo‘ladi, bu esa ko‘pincha arzon va keng tarqalgan buzilishlarga qarshi samarali kurashishga to‘sqinlik qiladi va mualliflar yuridik xarajatlardan qochib, o‘z huquqlarini himoya qilishdan voz kechishiga sabab bo‘ladi, natijada qonun tomonidan belgilangan kompensatsiya (tovon) usullari zararni isbotlash qiyinchiligini chetlab o‘tish va huquq buzuvchilar uchun yetarli to‘xtatuvchi ta’sirni ta’minlash maqsadida muhim ahamiyat kasb etadi. Kompensatsiyaning huquqiy tabiatini aniqlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Ba’zi huquqshunoslar 3 uni ma’naviy zararni qoplash shakli sifatida ko‘rsa, boshqalar 4 uni alohida, mustaqil majburiyat turi sifatida e’tirof etadi. Masalan, ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiya haqiqiy iqtisodiy zarar bilan bevosita bog‘liq emas, balki shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va boshqa nomoddiy boyliklari buzilganligi uchun beriladi. Shu sababli uni klassik “zararni qoplash” institutiga kiritish to‘liq to‘g‘ri bo‘lmaydi 5 . Bundan tashqari, kompensatsiyaviy usullar huquqni himoya qilish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va soddalashtiradi. Qonun tomonidan oldindan belgilangan kompensatsiya miqdori huquq egasini zararni aniq hisoblash va isbotlash yukidan xalos. Bu, ayniqsa, kontrafakt (soxta) mahsulotlarga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunday usullar huquqni himoya qilish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, kompensatsiyaning yetarlicha yuqori miqdori belgilanishi potentsial huquq buzuvchilar uchun kuchli to‘xtatuvchi (deterrent) ta’sir yaratadi. Bu, buzilish natijasida erishilishi mumkin bo‘lgan noqonuniy foydani foydasiz qilish orqali, ularni noqonuniy faoliyatdan qaytaradi. Shuningdek, kompensatsiya usullari huquq buzuvchi tomonidan olingan asossiz boylikni undirishga ham xizmat qiladi, bu esa adolatni ta’minlashda muhim 1 Buti, A. (2008). The notion of reparations as a restorative justice measure. In One Country, Two Systems, Three Legal Orders: Perspectives of Evolution (pp. 191-206). Springer. https://doi.org/10.1007/978-3-540-68572-2_10 2 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi. https://lex.uz/docs/-111189 3 Afanasyev I.V., Morozov N.A. Compensation for Moral Damage: Theory, Problems of Law Enforcement Practice and Ways of Overcoming them // Economic Problems and Legal Practice. - 2023. - Vol. 19. - N. 3. - P. 75-81. 4 Шмаков А. В., Булгакова Е. А. Использование механизма компенсации в гражданском праве: экономический подход // Пространство экономики. 2011. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-mehanizma-kompensatsii-vgrazhdanskom-prave-ekonomicheskiy-podhod (дата обращения: 02.10.2025). Kozhevnikov, V. V. (2022). The concept, features and forms of civil legal liability. Baltic Journal of Legal and Social Sciences, 1(13), 88–93. Retrieved from https://biarjournal.com/index.php/polit/article/download/950/913 5 Мамадиев, А. (2025). Проблемы определения правовой природы понятия компенсации в гражданском праве. Общество и инновации, 6(9/S), 179–185. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss9/S-pp179-185 Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 309 o‘rin tutadi. Koʻplab huquqshunoslar, jumladan, rus olimi V.A. Dozortsev oʻz ishlarida intellektual mulkning nomoddiy xususiyati tufayli unga yetkazilgan zararning aniq miqdorini hisoblab chiqish va sudga isbotlash juda murakkab ekanligini taʼkidlaydi 6 . Huquq egasi kontrafakt mahsulotlar savdosi natijasida oʻzi yoʻqotgan sotuv hajmini va boy berilgan foydani dalillar bilan asoslashda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Bu esa amaliyotda talabni rad etish yoki undirilgan summaning yetkazilgan zararga nomutanosib boʻlishiga olib keladi. Shu sababli, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda, kompensatsiya – bu yetkazilgan zararning aniq miqdorini isbotlash talab etilmagan holda, qonunda belgilangan minimal va maksimal chegaralar doirasida pul summasini undirish mexanizmi sanaladi. Bu mexanizm Gʻarb mamlakatlarida (statutory damages – qonuniy zarar) samaradorligi isbotlangan. Statutory damages – mualliflik huquqi buzilganda sudga haqiqiy zarar yoki muallifning yo‘qotgan foydasini aniq isbotlash oson bo‘lmagan hollarda qonun tomonidan oldindan belgilangan (yoki belgilanishi mumkin bo‘lgan) miqdorda tovon undirish imkonini beruvchi institutdir. Bu institutning maqsadi: jabrlanuvchiga ramziy emas, haqiqiy kompensatsiya berish, zararni hisoblash mushkul bo‘lgan holatlarda huquq egasiga adolatni ta’minlash, huquqbuzarlarga qarshi kuchli ogohlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish 7 . Intellektual mulk huquqini buzilishidan himoya qilishning samaradorligi ko‘p jihatdan kompensatsiyaviy mexanizmlarning mukammalligi va ularning amaliy qo‘llanish darajasiga bog‘liqdir. Amaldagi qonunchilikda intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lsa-da, raqamli iqtisodiyot sharoitida bu mexanizmlarni yangicha yondashuvlar asosida takomillashtirish zarur. Ayniqsa, nomoddiy zararlarni aniqlash va isbotlashdagi murakkabliklar, hamda sud amaliyotining bir xilligi yetarli emasligi muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq: Birinchidan, kompensatsiyani hisoblashning aniq metodikasini ishlab chiqish. Intellektual mulk obyektlariga yetkazilgan moddiy va nomoddiy zararlarni baholash uchun yagona huquqiy va iqtisodiy mezonlar tizimi joriy etilishi lozim. Bu, ayniqsa, mualliflik huquqining raqamli platformalarda buzilishi holatlarida zararni isbotlashni yengillashtiradi. Ikkinchidan, Statutory damages (qonuniy kompensatsiya) tizimini milliy qonunchilikka kiritish. Bu mexanizm O‘zbekiston sharoitida ham samarali bo‘lishi mumkin, chunki u huquq egasiga haqiqiy zarar miqdorini isbotlamasdan, qonun tomonidan belgilangan diapazonda tovon undirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, huquqbuzarlarga nisbatan kuchli ogohlantiruvchi (deterrent) ta’sirni kuchaytiradi. Uchinchidan, sud amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish. Intellektual mulk sohasidagi nizolar bo‘yicha qarorlar izchilligini ta’minlash, sudlarning huquqiy pozitsiyasini 6 Dozortsev V. A. Intellektual huquq. Moskva: Statut, 2003 7 U.S. Copyright Office. (1961). Study 22: The damage provisions of the copyright law. Washington, D.C.: U.S. Government Printing Office. https://www.copyright.gov/history/studies/study22.pdf, Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 310 umumlashtirish va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish zarur. To‘rtinchidan, huquqni buzgan shaxslarning iqtisodiy javobgarligini kuchaytirish. Noqonuniy daromad olishni foydasiz qiladigan tizim joriy etilishi, ya’ni huquqbuzar nafaqat zarar miqdorini, balki o‘z noqonuniy foydasini ham qaytarishga majbur etilishi kerak. Beshinchidan, raqamli muhitda intellektual mulkni himoya qilishning texnologik vositalarini kengaytirish. Masalan, sun’iy intellekt yordamida plagiatni aniqlovchi va ruxsatsiz tarqatish holatlarini avtomatik kuzatuvchi tizimlarni joriy etish. Yuqoridagi takliflar amalga oshirilsa, O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish tizimi xalqaro standartlarga yaqinlashadi va ijodkorlar, tadbirkorlar hamda innovatorlar uchun yanada ishonchli huquqiy kafolat yaratiladi. Xulosa qilib aytganda, intellektual mulk huquqining buzilishidan himoyalanish faqat huquqiy majburlov choralari bilan emas, balki adolatni tiklash, iqtisodiy manfaatlarni muvozanatlash va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Reparatsiya (restorativ adolat) tamoyili asosidagi kompensatsiyaviy mexanizmlar aynan shu maqsadga xizmat qiladi: ular huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etibgina qolmay, huquqni hurmat qilish madaniyatini shakllantiradi. Shu bois, kompensatsiya institutining yanada takomillashuvi intellektual mulkni samarali himoya qilishning eng muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/docs/-111189 2. O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son 3. Buti, A. (2008). The notion of reparations as a restorative justice measure. In One Country, Two Systems, Three Legal Orders: Perspectives of Evolution (pp. 191-206). Springer. https://doi.org/10.1007/978-3-540-68572-2_10 4. Afanasyev I.V., Morozov N.A. Compensation for Moral Damage: Theory, Problems of Law Enforcement Practice and Ways of Overcoming them // Economic Problems and Legal Practice. - 2023. - Vol. 19. - N. 3. - P. 75-81. 5. Шмаков А. В., Булгакова Е. А. Использование механизма компенсации в гражданском праве: экономический подход // Пространство экономики. 2011. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-mehanizma-kompensatsii-vgrazhdanskom-prave-ekonomicheskiy-podhod (дата обращения: 02.10.2025). 6. Kozhevnikov, V. V. (2022). The concept, features and forms of civil legal liability. Baltic Journal of Legal and Social Sciences, 1(13), 88–93. Retrieved from https://biarjournal.com/index.php/polit/article/download/950/913 7. Мамадиев, А. (2025). Проблемы определения правовой природы понятия компенсации в гражданском праве. Общество и инновации, 6(9/S), 179–185. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 311 https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss9/S-pp179-185 8. Dozortsev V. A. Intellektual huquq. Moskva: Statut, 2003 9. U.S. Copyright Office. (1961). Study 22: The damage provisions of the copyright law. Washington, D.C.: U.S. Government Printing Office. https://www.copyright.gov/history/studies/study22.pdf,