Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 317 ARAB YOZUVINING MANBALARI: HIMYARIY, NABATIY VA BOSHQA YOZUVLARNING TA’SIRI Azizov Mirzabobur Obbos oʻgʻli Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi pochta: azizovmb[email protected] Tel.: 97 462-99-11 Annotatsiya: Ushbu maqolada arab yozuvining kelib chiqishi va shakllanish jarayoni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Arab yozuvining manbasi borasida ilgari surilgan uch asosiy yondashuv — yozuvning bir kishi tomonidan yaratilganligi, bir guruh tomonidan ixtiro qilinganligi yoki boshqa yozuvlardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlar ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Hijoz, Yaman, Shom va Iroq o‘lkalaridagi madaniy-tijoriy aloqalar natijasida Himyariy (Musnad), Hiyra/Anbar va Nabatiy yozuvlarining arab yozuviga bo‘lgan ta’siri tarixiy dalillar orqali yoritiladi. Tadqiqotda Nabatiy yozuvining arab yozuviga aylanishi jarayonining bosqichlari, qo‘lyozmalarda uchraydigan o‘xshashliklar va lingvistik belgilarning uzviyligi ilmiy dalillar bilan asoslanadi. Shuningdek, arab yozuvining imlo tizimi shakllanishida ilohiy manba sifatida qaralishi yoki bashariy jarayon natijasi sifatida talqin qilinishi o‘rtasidagi yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, arab yozuvi uzoq tarixiy evolyutsiya jarayonida turli yozuv tizimlari bilan o‘zaro ta’sirlashgan holda shakllangan bo‘lib, uning imlo tizimidagi ayrim o‘ziga xosliklar turli yozuv madaniyatlarining davomiyligini aks ettiradi. Kalit so‘zlar: Arab yozuvi, Himyariy yozuvi, Nabatiy yozuvi, Anbar/Hiyra yozuvi, yozuv tarixi, imlo taraqqiyoti, lingvistika tarixi, yozuvning kelib chiqishi. Arab yozuvining manbalari va paydo bo‘lishi: Mus’hafga aloqador yondashuvlarni, xususan mus’haf imlosining ilohiy tarafdan bo‘lganini ifoda qilishdan avval tilning manbasi qayerda ekani haqidagi savolga javob topish muhim deb hisoblaymiz. Hijriy ikkinchi asrdan keyin rivojlana boshlagan tilshunoslikka oid faoliyatlarning natijasida qiyosiy imloning yuzaga chiqishi, turdosh asosga ega bo‘lmagan mus’haf imlosiga taalluqli tortishmalarni ham yuzaga keltirgan. Zero, bunday qarashlardan biri bu – Rasmul Mus’hafda ko‘rilgan imlo shaklining uning o‘ziga xos xususiyat bo‘lmasdan, balki o‘sha davr arab yozuvidagi yoki undan ham avvalgi davrlarning yozuvlarida paydo bo‘lgan xususiyat ekanidir. Arab yozuvining kelib chiqish borasida uch xil bir-biridan farqli qarashni aytadilar. Bu qarashlar quyidagicha: yozuvning bir kishi tarafidan ijod qilinganligi, arab yozuvining ko‘pchilik tarafidan ijod qilinganligi 1 va uning boshqa yozuvlardan kelib chiqqanligi 1 An-Nadim, Abul Faraj Muhammad ibn Abu Ya’qub Is’hoq. Kitāb al-Fihrist. – Bayrut: Dorul Ma’rifat nashriyoti, 1997. – B. 6– 8.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 318 haqidagi qarashlardir. Yozuvning bir kishi yoki kichik guruhlar tarafidan ijod qilingani haqidagi qarashlarga unchalik e’tibor qaratilmagan. 2 Zero, yozuv kabi madaniy ko‘rinish turining qisqa muddatda yuzaga kelib rivojlanishi va munosabatlarga kirishishi aslo mumkin emasligi, buning ma’lum bir muddatni egallashi ayon bo‘lgan narsadir. Shu sababli, yozuvni ilk ijod qilgan kishining kimligi topilishi amri mahol bo‘lganidek, bunday xabarlarning ham afsona turlaridan ekani ifoda qilingandir. 3 Boshqa bir qarashga ko‘ra esa, arab yozuvining boshqa yozuv turlaridan vujudga kelgani haqida bo‘lib, bunday fikrga ko‘ra arab yozuvi himyar, hiyra, anbar va nabatiy yozuvlarining joriy silsilasidir 4 . Arab yozuvining manbasi Himyar zamini ekanini da’vo qiluvchilar o‘zlarining bu da’volariga Qur’onda kelgan quraysh qabilasining qish faslidagi safarining 5 Yamanga bo‘lganini aytib dalil keltiradilar 6 . Xususan, Hijoz-Yaman o‘lkalari o‘rtasidagi qadimdan beri mavjud bo‘lgan tijoriy aloqalar madaniy ta’sirlarni ham o‘zlari bilan birga olib kelgan. Hatto Yamanning ba’zi bir shimoliy arab qabilalarini o‘z hukmi ostiga olgani 7 ham bu aloqalarni yanada kuchaytirgan va madaniy hokimiyat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, Yamanda qurilgan va zamonasining eng kuchli madaniyatlaridan hisoblangan va hatto Yaman o‘lkasining butun yerlariga hokim bo‘lgan himyariylar 8 mana shu tijorat guzargohining markazida joylashgani sababli arab madaniyatini ham o‘z ta’siri ostiga olgandir. Shu sababli, himyariylar tarafidan qo‘llangan va «Musnad» 9 deb nomlangan bu yozuv turining arab yozuviga manba bo‘lib xizmat qilgani qAbu qilingan 10 . Faqat bu ikki yozuv turining o‘rtasida ma’lum bir farqlarning mavjud ekani jihatidan bu fikr tanqidlarga ham duch kelgan 11 . Arab yozuvining manbasi Hiyra/Anbar yozuvi ekanini da’vo qilgan olimlardan biri Shahobiddin ibn Ahmad ibn Abdulvahhob An-Nuvayriy esa (vafoti 733/1333) bu da’voni ibn Abbosdan kelgan bir rivoyat bilan isbotlaydi. Bu rivoyatga ko‘ra, Anbardagi Tayy qabilasining Bavlon ulusidan bo‘lgan uch kishi bir yerga jamlanib bir yozuvni ijod qilganlar. Shundan keyin ulardan anbarlilar, anbarlilardan esa hiyraliklar bu yozuvni o‘rganadilar va alal-oqibat Dumatul Jandalning amiri Bishr ibn Abdulmalik ham buni eshitib Hiyra shahriga keladi va u yerda bir muddat qolib ushbu yozuvni o‘rganadi 12 . Faqat bunday yondashuv ham bir qancha tadqiqotchilar tarafidan tanqid qilingan va e’tibor qaratilmagan 13 . 2 Juma I. Qissatul-kitaabatil-‘arabiyya. – Misr: Dorul Maorif nashriyoti, s.a. – B. 13. 3 Mashali. Qur’onning matn tuzilishi. – T.: Sharq nashriyoti, 1999. – B. 28-36. 4 Ibnun Nadim. Al-Fihrist. – Bayrut: Dorul Ma’rifat nashriyoti, 1997. – B. 8–9. 5 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2013. – 30-juz, Quraysh surasi, 2-oyat. – B. 612. 6 Serin M., Zunnun Y. “Ko‘fiy”. Diyonat ishlari ensiklopediyasi. – Istanbul: Diyanet Vakfı, 2002. – J. 26. – B. 342. 7 O‘rtoqchi X. Himyariylar. – Islom tarixi tadqiqotlari jurnali, 2017. – B. 92–93. 8 Chig‘atoy N. Islomdan oldingi arab tarixi va johiliyat davri. – Anqara: Anqara universiteti ilohiyot fakulteti nashri, 1957. – B. 7–8. 9 Chetin N. M. Arab. – Istanbul: Diyonat ishlari ensiklopediyasi, 1991. – J. 3. – B. 276. 10 Kalkashandiy. Subhul-asha fiy sinaatil-insha. – J. 3. – B. 13. 11 Mashali. Qur’onning matn tuzilishi. – T.– B. 28-30. 12 Balozuriy, Abul Abbos Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir. Futuhul-buldon. – Bayrut: Muassasatul Maorif, 1987. – B. 659–660. 13 Serin M., Zunnun Y. Ko‘fiy. – Istanbul: Diyonat ishlari ensiklopediyasi, 2002. – J. 26. – B. 343.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 319 Arab yozuvining manbasi Nabatiy yozuvi ekani da’vosini 14 asosiy deya qAbu qilinganini aytish mumkin. Avvalo shuni alohida qayd qilib o‘tish joizki, tarix bo‘yicha bir qancha ko‘chmanchi jamoalar o‘zlari joylashgan yerlarning madaniyatlaridan ta’sirlanganlar va hatto o‘sha madaniyatlarni o‘zlashtirib olganlari haqiqatdir. Bu borada shimoldagi bir qancha arab qabilalari bir zamonlar Shom va Iroq zaminlariga ko‘chib kelganlar va bu yerlarda kerak bo‘lsa, ziroat sohasida, kerak bo‘lsa tijorat sohasida bo‘lsin, faoliyatlar olib borganlar va o‘sha yerliklarning madaniyatlaridan ta’sirlanganlar. Masalan, Shom diyori sarhadlarining ichkarisiga ko‘chib kelgan «Nabat» deb ataladigan bir qabila zamonlar o‘tgani sari sharq va g‘arbdagi bir qancha tijoriy guzargohlarning markazidan joy egallagan va iqtisodiy jihatdan juda ham farovon darajalarga erishgan. Ular tijoriy faoliyatlarini yuritish davomida yozuvga ehtiyoj sezganlar va o‘zlaridan oldin bu zaminlarda yashab o‘tgan oromiylarning yozuvini bir muddat qo‘llaganlaridan so‘ng, o‘zlarining o‘sha nabatiy yozuvlarini rivojlantirib, undan foydalanganlar 15 . Xullas, arab yozuvining nabatiy yozuvidan tarqalganini aytuvchilar asos o‘laroq mana shu dalilni keltiradilar. Nabatiy yozuvi bilan arab yozuvining o‘rtasidagi bir qancha o‘xshashlik jihatlarning mavjud ekanidan arab yozuvining paydo bo‘lishida bu yozuv turining ta’siri katta bo‘lganini aytgan olimlar ham bor. Salohiddin Munajjid (vafoti 1431/2010) bu mavzuni ifodalab, nabatiy yozuvining Madina shahriga olib keltirilganidan so‘ng, uning arab yozuviga aylantirilganini aytadi. U mazkur yozuvning xususiyatlarining ham mus’hafning imlo shakliga, hamda keyingi kitobat va yozishmalarda inobatga olinganini ifodalab, o‘zining bu da’vosini asoslashga urinadi. Arab yozuvining manbasi va uning tabiatiga doir ilgari surilgan qarashlar xulosa qilinadigan bo‘lsa, bu borada turli yondashuvlarning yuzaga kelganini aytib o‘tish mumkin. Avvalo, arab tilining manbasining ilohiy yoki bashariy bir ko‘rinish ekani shaklidagi yondashuvlarning arab yozuvining manbalariga ko‘ra ham jarayon etganini ifodalash mumkin. Ba’zi islom olimlari yozuvning ilohiy tarafdan tushirilgan manba ekanini aytsalarda, ba’zilar uni bashariy ekani fikrini ilgari suradilar. Mana shunday qarashlarga ko‘ra, himyariy va nabatiy yozuvlari o‘zaro tijoriy munosabatlar orqali Hijoz o‘lkasiga yoyilgan, keyinchalik esa nabatiy yozuvining ta’sirida arab yozuvi vujudga kelgan 16 . Faqat qo‘lga kiritilgan natijalarga ko‘ra, arab yozuvining asl manbasining nima ekani haqida aniq bir dalilning mavjud emasligini ham aytib o‘tishimiz kerak. Shu bilan birga, Alloh taoloning ushbu «Tillaringizning va ranglaringizning turlicha bo‘lishi Allohning oyatlaridandir» va «Tanishasizlar deya sizlarni qavm va qabilalarga ayirdik» ma’nolarida ifodalangan dalillar har bir o‘tgan qabilaning o‘ziga xos farqli tili bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, butun tillar Odam (a.s)dan boshlanib, shakllanib to bugungi kunimizgacha yetib kelgandir. 14 Mazlum Chetin N. Arab. – Istanbul: Diyonat ishlari ensiklopediyasi, 1991. – 3-jild. – B. 276. 15 Munajjid S. Dirosatun fiy tarixil-xattil-arabiy munzu bidaayatiha ila nihaayatil-ashril-umaviy. 3-nashr. – Bayrut: Dorulkitaabil-jadid, 1972. – B. 13–19. 16 Mazlum Chetin N. Arab. – Istanbul: Diyonat ishlari ensiklopediyasi, 1991. – 3-jild. – B. 276.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 320 Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni ifodalash mumkinki, arab yozuvi turli yozuvlarning davomli silsilasi bo‘lgani sifati ila o‘sha yozuvlardagi ba’zi bir xususiyatlarni ham o‘zida mujassam qilgan. Shu sababli, yozuvda bir butunlik saqlanib qolmagan. Ayni vaqtda rivojlanish bosqichida yangi-yangi imlo xususiyatlarini o‘z ichiga olishi nuqtai nazaridan ham, uning bir jinsda bo‘lmagan uslubga kirib qolgani uning butun emaslik sabablaridan yana biri hisoblanadi. Aynan mana shu jihatdan ba’zi bir olimlar mus’haf imlosidagi farqlar ning arab yozuvining mana shu holatidan yuzaga kelganini va mus’haf imlosining bashariy bir ko‘rinish ekanini aytganlar. Arab yozuvining shakllanishi va qo‘llanishi: Arab yozuvining manbalari haqida ilgari surilgan ba’zi bir da’volarni keltirib o‘tganimizdan so‘ng, endi arab yozuvining qo‘llanishi va uning yoyilishlik darajasi mavzusini yoritib, uning mus’haf imlosi bilan bo‘lgan bog‘liqligini bayon qilishga urinib ko‘ramiz. Avvalo, ushbu xususni keltirib o‘tish lozimki, nabatiy yozuvining arab yozuviga aylanishi bosqichining oltinchi asrdan oldingi davrlarda bo‘lgani aytiladi. Arab yozuvining o‘zaro munosabatlarda qo‘llanilib rivojlanishini ko‘rsatuvchi eng qadimgi qo‘lyozmalarning miloddan keyingi 512-yilda 17 yozilgani bu da’voni tasdiqlaydi. Mana shu naqllarga asosan, arab yozuvining beshinchi asrlarda shakllanib oltinchi asrdan e’tiboran muomalaga kirganligini aytish mumkin 18 . FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abu Abbos Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir Balozuriy. Futuhul-buldon. – Bayrut: Muassasatul Maorif, 1987. – B. 258. 2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Is’hoq ibn Yasor ibn Xiyar Al-Muttalibiy Al-Qurashiy Al-Madaniy. Kitaabus-siyar val-mag‘oziy. – 1-nashr. Dorul Fikr, 1978. – B. 523. 3. Abu Dovud Sulaymon ibn Ash’as ibn Is’hoq Sijistoniy Azdiy. Kitaabu-l-Masohif. – Qohira, 2002. – B. 452. 4. Abu Faraj Muhammad ibn Abu Ya’qub Is’hoq An-Nadim. Kitabu-l-Fihrist. – Bayrut: Dorul Ma’rifat, 1997. – B. 6-8. 5. Abu Husayn Ahmad ibn Foris ibn Zakariyo Ar-Roziy. As-Sohibi fiy fiqhil-lug‘atilarabiyyati va sunanil-arabi fiy kalaamiha. Tahqiq: Dr. Umar Foruq Daabba. – 1-nashr. Bayrut: Maktabatul Maorif, 1993. – B. 587. 17 Munajjid S. Dirosatun fiy tarixil-xattil-arabiy munzu bidaayatiha ila nihaayatil-ashril-umaviy. – Bayrut: Dorul-kitaabil-jadid, 1972. – B. 21. 18 Serin M., Zunnun Yu. Ko‘fiy. – Istanbul: Diyonat ishlari ensiklopediyasi, 2002. – 26-jild. – B. 343.