ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 271 BADIIY ASARLAR MOHIYATINI FALSAFIY IDROK QILISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI Usmanov Muxriddin Abdimuratovich O‘zMU doktoranti e-mail:
[email protected] Annotatsiya. Ushbu tezis aksiologik omillarning badiiy obrazni anglashdagi ahamiyati falsafiy tahliliga qaratilgan. Tezisda Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari qiyosiy tarzda o‘rganilib, Sharqda san’at asarlari axloqiy-ma’naviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq holda talqin qilinganligi, G‘arbda esa ular estetik formalizm, universallik va shaxsiy tajriba mezonlari orqali tahlil qilinganligi ochib berilgan. Qolaversa, O‘zbekiston jamiyati sharoitidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, kitobxonlik musobaqalari estetik idrok va ijtimoiy ongni shakllantirishda muhim omil ekanligi ochib beriladi. Kalit so‘zlar: aksiologiya, qadriyat, estetik idrok, falsafiy tahlil, axloqiylik, ma’naviyat, estetik formalizm, katarzis, universallik, fenomenologiya, postmodernizm, kitobxonlik madaniyati, san’at falsafasi, ijtimoiy ong, ma’naviy barqarorlik, ruhiy kamolot. Jamiyatdagi ko‘p ijtimoiy masalalar ana shu jamiyat a’zolarining tafakkur tarziga aloqador bo‘lib, ko‘plab hukumatlar ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga alohida e’tibor berishmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan tasdiqlangan “2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash Milliy dasturi” asosida turli yosh qatlamlari orasida kitobxonlik musobaqalarini tashkil qilishdan ham ana shu maqsad ko‘zlangan deb ayta olamiz. Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni badiiy ijodga jalb etish va ularning estetik dunyoqarashini kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lmoqda. “Kitob –
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 272 ma’naviyat manbai” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar natijasida jamiyatda ba diiy obrazni idrok etish imkoniyatlari kengaymoqda 1 . Bu orqali yoshlarda nafaqat estetik did, balki axloqiy va fuqarolik mas’uliyati ham shakllanmoqda. Badiiy idrok inson tafakkurining eng murakkab va ko‘p qirrali mahsullaridan biri bo‘lib, u insonning ichki dunyosi, ma’naviy tajribasi va axloqiy qarashlari bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Shu sababdan falsafada badiiy obrazlarni idrok etish masalasi muhim ahamiyatga ega. Badiiylikdagi mohiyatni anglashda insonning qadriyatlari – aksiologik omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. “Qadriyatlar insonning dunyoni bilishi va baholashida asosiy mezon vazifasini bajaradi” 2 . Sharq tafakkurida estetik qadriyatlar doimo axloqiy va ma’naviy tushunchalar bilan birga talqin qilingan. Xususan, birgina Konfutsiy mafkurasida go‘zallik jamiyatdagi tartib va insonning burchini ado etishi bilan bog‘lanadi va “inson haqiqiy go‘zallikka axloqiy barkamollik orqali erishadi”, deya ta’kidlanadi 3 . Daoistik yondashuvda tabiiylik va uyg‘unlik tamoyili san’atdagi estetik idrokni belgilovchi eng muhim mezonlardan biri sifatida ko‘riladi. Islomiy tafakkurda estetik qadriyatlar Qur’on va hadis asosida rivojlangan. Hadisi Shariflarda: “Alloh go‘zal va u go‘zallikni sevadi” deyiladi. Forobiy “Kitab al-Musiqa al-Kabir” asarida san’atni ruhiy tarbiya jarayonida inson qalbini poklovchi va komillikka yetaklovchi muhim vosita sifatida baholab, “san’at insonni ezgulikka chorlaydi” deya ta’kidlaydi 4 . Ibn Sino “Kitab al-Najot” asarida san’atning, xususan musiqaning ruhiy kuch berishi haqida so‘z yuritib, “go‘zallikni idrok etish 1 Karimov A. Yoshlar va kitobxonlik madaniyati. Toshkent: Ma’naviyat, 2021. — 186 b. 2 Hartmann N. Ethik. Berlin: de Gruyter, 1926. — 412 p. 3 Confucius. The Great Learning & Doctrine of the Mean. New York: Dover Publications, 2005. — 212 p. 4 Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Ma’naviyat, 1993. — 280 b.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 273 inson ruhini poklaydi” deya ta’kidlaydi 5 . Bu fikrlar bugungi kunda tibbiyotning ko‘plab sohalarida samara berayotganini guvohi bo‘lib turibmiz. Abu Homid alG‘azzoliy esa san’atni “ruhiy ma’naviyatga eltuvchi vosita” sifatida izohlaydi. Shuningdek, Sufiy adabiyotida badiiy obraz ramz sifatida talqin qilinadi. Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”da badiiy obraz orqali ilohiy haqiqatni anglash mumkinligini yozadi: “ramz va timsollar insonni botiniy haqiqatga olib boradi” 6 . Bu esa estetik qadriyatlarning ruhiy-mistik tajriba bilan uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Demak, Sharq mutafakkirlarida badiiy obrazni idrok etish qadriyatlar bilan bevosita bog‘langan. G‘arb falsafasi ham qadimdan san’at va estetik qadriyatlarni o‘rganib kelgan. Aflotun go‘zallikni “ilohiy g‘oyalarning dunyodagi aks-sadosi” 7 sifatida talqin qilgan bo‘lsa, Aristotel san’atni tabiatni badiiy taqlid qilish, lekin shu taqlid orqali inson qalbida ruhiy tozalanish hosil qilish jarayoni sifatida tushuntirgan 8 . Immanuel Kant go‘zallikni “manfaatsiz zavq” sifatida izohlaydi 9 . Uning fikricha, estetik hukmlar sub’ektiv bo‘lsa-da, universallikka intiladi. Shopengauer esa san’atni “irodaning to‘xtashi” deb talqin qilib, insonni hayotiy iztiroblardan ruhiy ozodlikka eltishini ta’kidlaydi 10 . XX asrda fenomenologiya oqimi estetik idrokni yangi bosqichga olib chiqdi. Bu yondashuv badiiy obrazni nafaqat ong, balki tana va sezgilarning hamkor tajribasi sifatida talqin qiladi. Gusserl idrokni “tajribani ong orqali tuzilmaga solish jarayoni” sifatida tushuntirgan. Shu bilan birga, G‘arbda “san’at san’at uchun” g‘oyasi ham shakllanib, qadriyatlarni jamiyatdan ajratishga urinildi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, Sharq falsafasida badiiy obraz doimo axloqiy va ma’naviy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda talqin qilingan bo‘lsa, G‘arbda estetik 5 Ibn Sino. Kitob ush-shifo (Metafizika qismi). Tehron: Nashr-e Markaz, 2005. — 500 p. 6 Rumi, Jalaluddin. Masnavi-i Ma’navi. Tehran: Nashr-e Markaz, 2007. — 624 p 7 Schopenhauer A. The World as Will and Representation. Vol. 1. New York: Dover Publications, 1966. — 534 p. 8 Kant I. Critique of Judgment. Cambridge: Cambridge University Press, 2000. - 472 p. 9 Kant I. Critique of Judgment. Cambridge: Cambridge University Press, 2000. — 472 p. 10 Schopenhauer A. The World as Will and Representation. Vol. 1. New York: Dover Publications, 1966. — 534 p.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 274 qadriyatlar universallik, formalizm va individual ifoda bilan bog‘liq tarzda rivojlangan. Ammo har ikki maktab ham san’atning inson tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rnini tan oladi. Qiyosiy-falsafiy yondashuv Sharq va G‘arb qarashlarini solishtirish, ularning umumiy va farqli tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Fenomenologik yondashuv badiiy obrazni tanaviy tajriba sifatida tushunishga yordam beradi. Aksiologik tahlil qadriyatlarning estetik idrokdagi o‘rnini ochib beradi. Sotsio-madaniy yondashuv esa Yangi O‘zbekiston sharoitida kitobxonlik va badiiy ijodiy jarayonlarning jamiyatga ta’sirini tushuntirishga xizmat qiladi. Nihoyat, manbashunoslik tamoyili Sharq va G‘arb merosidan tortib, zamonaviy ilmiy maqolalar va internetda ochiq manbalargacha bo‘lgan adabiyotlarni tahlil etishga asoslanadi. O‘rganilgan tahlillarning muhim natijalaridan yana biri, qadriyatlar faqat individual idrokda emas, balki jamiyat ongida ham san’atni qabul qilish mezonlarini belgilaydi. Badiiy idrok mavjud qadriyatlarni mustahkamlashi yoki ularni yangilashi mumkin. Masalan, Navoiy asarlari o‘z davrida adolat, ma’rifat va insoniylik qadriyatlarini targ‘ib qilib, jamiyatning axloqiy barkamolligiga hissa qo‘shgan. Dantening “Ilohiy komediya”si esa o‘rta asr Yevropasida diniy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashda katta ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, Shekspir drammalarida obrazlar orqali insoniy hislar va axloqiy tanlovlar yoritilib, qadriyatlarning murakkab tabiatini ochib berilgan. Bugungi davrda qadriyatlarning san’atdagi o‘rni yangi sharoitda namoyon bo‘lmoqda. Fenomenologiya va postmodernizm qadriyatlarning ko‘p qatlamli, dinamik va nisbiy tabiatini ko‘rsatib berdi. Bu yondashuvlarga ko‘ra, badiiy obrazni idrok etish jarayoni yagona mezon bilan cheklanmaydi, balki turli qadriyat tizimlari, madaniy tajribalar va tarixiy sharoitlar uyg‘unligida amalga oshadi. Demak, qadriyatlarning san’atdagi roli faqat nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 275 Mamlakatimizda so‘nggi yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan islohotlar natijasida yoshlarning estetik tafakkuri kengayib, badiiy obrazni idrok etish qobiliyati kuchaymoqda. Kitobxonlik orqali yoshlar nafaqat estetik didini, balki axloqiy qarashlarini ham rivojlantirmoqda. “Kitobxonlik yoshlarning estetik didini rivojlantirib, ularni ijodiy tafakkurga undaydi” degan xulosalar zamonaviy tadqiqotlarda qayd etilgan 11 . Bu esa qadriyatlarning san’at orqali jamiyat ongiga singdirilishida davlat siyosatining o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi. Umumiy natijalar shuni ko‘rsatadiki: - qadriyatlar badiiylikni idrok etishning barcha bosqichlarida faol ishtirok etadi va san’atni anglash jarayoniga ma’no baxsh etadi; - Sharq an’analarida qadriyatlar asosan axloqiy-ma’naviy, G‘arb an’analarida esa estetik-formal va universal mezonlar asosida talqin qilingan; - zamonaviy yondashuvlar qadriyatlarning ko‘p qatlamli va nisbiyligini ta’kidlab, badiiy obrazni turli kontekstlarda qayta talqin qilish imkonini yaratmoqda; - Yangi O‘zbekiston sharoitida kitobxonlik va madaniy islohotlar qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni estetik tafakkurga jalb etish va jamiyatni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Sharq mutafakkirlari qadriyatlarni san’atning ma’naviy-axloqiy vazifalari bilan bog‘lab talqin qilgan. Ularning qarashlarida san’atning tarbiyaviy kuchi ustuvor bo‘lib, u shaxsni ham, jamiyatni ham ezgulikka yetaklovchi qadriyat manbai sifatida qaralgan. G‘arb falsafasida esa qadriyatlarning san’atdagi o‘rni ko‘proq universallik va formalizm bilan bog‘langan. San’atni mustaqil estetik tajriba sifatida qadrlansada, biroq bu ba’zida uning ijtimoiy vazifasini cheklab qo‘yilishiga olib keladi. 11 Karimov A. Yoshlar va kitobxonlik madaniyati. Toshkent: Ma’naviyat, 2021. – 186 b.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 276 Yangi O‘zbekiston sharoitida qadriyatlarning san’at orqali jamiyat ongiga singdirilishi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali namoyon bo‘lmoqda. Kitobxonlik yoshlarning badiiy-axloqiy, estetik didini rivojlantirib, ularning ijodiy tafakkuri kengayishiga xizmat qiladi. Natijada yoshlarning ijtimoiy ongida empatiya, bag‘rikenglik va fuqarolik qadriyatlari mustahkamlanadi. Bu omillar qadriyatlarning nazariy emas, balki amaliy ahamiyatini ham tasdiqlaydi. Shuning uchun ham badiiy obrazni idrok etishda aksiologik omillarni o‘rganish nafaqat ilmiy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham dolzarb masala hisoblanadi. Qadriyatlar shaxsning ruhiy kamolotini ta’minlaydi, jamiyatning ma’naviy barqarorligini mustahkamlaydi va madaniy taraqqiyotga yo‘l ochadi. Yangi O‘zbekiston islohotlari esa qadriyatlarning san’at orqali jamiyat tafakkurini boyitishdagi rolini yanada kuchaytirib, kelajakda estetik va ijtimoiy yuksalishning kafolatiga aylanmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hartmann N. Ethik. Berlin: de Gruyter, 1926. — 412 p. 2. Confucius. The Great Learning & Doctrine of the Mean. New York: Dover Publications, 2005. — 212 p. 3. Rumi, Jalaluddin. Masnavi-i Ma’navi. Tehran: Nashr-e Markaz, 2007. — 624 p. 4. Aristotle. Poetics. Cambridge: Harvard University Press, 1995. — 256 p. 5. Kant I. Critique of Judgment. Cambridge: Cambridge University Press, 2000. — 472 p. 6. Navoi A. Xamsa. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983. — 5 jild. 7. Dante A. Divina Commedia. Milano: Mondadori, 1995. — 624 p. 8. Schopenhauer A. The World as Will and Representation. Vol. 1. New York: Dover Publications, 1966. — 534 p. 9. Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Ma’naviyat, 1993. — 280 b.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 277 10. Ibn Sino. Kitob ush-shifo (Metafizika qismi). Tehron: Nashr-e Markaz, 2005. — 500 p. 11. Karimov A. Yoshlar va kitobxonlik madaniyati. Toshkent: Ma’naviyat, 2021. — 186 b.