CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 3 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us “JOME’UL XUTUT” MATNINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Azizova Feruza Ravhsan qizi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi “Xadichai kubro” ayol qizlar madrasasi o‘qituvchisi pochta:
[email protected] Tel.: 97 462-99-11 Annotatsiya: Ushbu maqolada To‘raqo‘rg‘onlik xattot va olim Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Jome’ul xutut” asari matnshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Asarning yaratilish sababi, tarkibiy tuzilishi, matnning lingvistik xususiyatlari — leksik, uslubiy va sintaktik qatlamlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida asarning kirish qismi (hamdu sano va sababi ta’lif), boblari, qo‘llangan terminlar tizimi hamda arabiy, forsiy va turkiy til unsurlarining o‘zaro uyg‘unligi aniqlanadi. Shuningdek, muallif tomonidan turli yozuvlar — Islomiy (kufiy, suls, riqo’, rayhoniy va boshqalar), shuningdek, yevropa va sharq yozuvlari (yunon, xitoy, hindiy, yapon va boshqalar) haqida berilgan ma’lumotlar zamonaviy matnshunoslik tamoyillari asosida izohlanadi. Asardagi jadval, taqriz va e’tizor qismlarining mavjudligi uning ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Natijada “Jome’ul xutut” yozuv san’ati tarixi va grafika madaniyatini o‘rganishda muhim manba ekanligi isbotlandi. Kalit so‘zlar: Is’hoqxon To‘ra Ibrat, Jome’ul xutut, matnshunoslik, husnixat, lingvistik tahlil, yozuv tarixi, arab grafikasida yozuvlar, leksik qatlam, til-uslub, xattotlik san’ati. Har bir ijokorning o‘ziga xos til uslubi u yashagan davr adabiy muhit, hudud va dunyoqarashi bilan shakllanadi. Biz o‘rganayotgan ushbu ishimizda ham asar tili ham o‘ziga xosdir. Shu o‘rinda matn masalasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. E’tibor qilinsa, mat so‘zining luhaviy ma’nolari qaysidir darajada o‘zak tushunchada qarorlashgan: “narsaning ustki, yuza qismi”, “aks ettirilgan nutq”... Matnshunoslik ilmida o‘rganiladigan matn tilshunoslikdagi matn tushunchasidan farqlanadi. Tilshunoslikda matnning kzrinishi emas, tuzilishi ko‘proq e’tiborga olinadi... Matnshunoslikda esa har qanday yozuv matn sanaladi. Albatta, bu matnni tashkil etuvchi mauyyan ma’no qatorlarining lisoniy qolipidan tashqaridagi, faqat yozuv va belgi ko‘rinishidagi beixtiyor sodir etilgan xatolarning qo‘lyozma matniga aloqasi yo‘q 1 . Demak matnshunoslikdagi matn biz o‘rganayotgan matn, ya’ni ijodkorning ijodxonasidaningan xoh ilmiy, xoh badiiy asar bo‘lsin - hisoblanadi. Biz quyida 1 Rashid Z. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik asoslari. O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yashil yaproq nashr matbaa uyi”, 2023. B-94.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 4 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us asarning matniy o‘ziga xosliklari: leksikasi, uslubi, sintaktik qurilishi haqida so‘z yuritamiz. Matn arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, “narsaning ustki, yuza qismi” ma’nosini anglatadi. Masalan, “Matnul arzi” – yerning ustki qattiq qismi. Shuningdek, uning “mustahkam, pishiq” kabi ma’nolari ham borki, tilimizga o‘zlashgan matonat, metin so‘zlari shu o‘zakdan paydo bo‘lgan. Bu uning lug‘aviy izohi. Ayni vaqtda o‘zbek tili izohli va imlo lug‘atlarida mavjud hamda “matn” bilan teng ma’noda qo‘llanuvchi “tekst” so‘zi “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da “avtorning asl so‘zi, asarning qo‘lyozmasi yoki nashr etilgan nusxasi” 2 , “Словарьсправочник лингвистических терминов” kitobida “yozuv yoki nashrda aks ettirilgan nutqiy asar (bayon qilish)” 3 , “Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati”da “matn – mazmunan va mantiqan o‘zaro aloqador bo‘lgan gaplar yoki alohida olingan gap” 4 , “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da “matn – yonma-yon harflar, yozuv orqali aks ettirilgan nutq, umuman, nutq parchasi, tekst” 5 singari turli ko‘rinishlarda izohlanadi. Yuqorida ko‘p takrorlaganimiz tekst so‘zi, asli lotincha textus so‘zidan olingan bo‘lib, unga quyidagicha ta’rif beriladi: 1. tekst – yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq; 2. nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki og‘zaki (tovushlar) belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy (ko‘rish yoki eshitish) qabul qilinadigan tomoni; 3. nutqiy kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb etgan va nisbiy avtonomlik, alohidalik xususiyatiga ega eng kichik birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar” 6 . Bunda birinchi ta’rif bilan tekst og‘aki nutqqa qarshi qo‘yiladi. Ikkinchi ma’noda uning har ikki (og‘zaki va yozma) shakli aks ettirilib, yozish-o‘qish-eshitish kesimida izohlanadi. Uchinchi ta’rifda esa tekt yaxlit bir asar mazmunini ham berishi ayon bo‘ladi. Filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovning “O‘zbek matnshunosligi qirralari” 7 nomli monografiyasida “Matnshunoslikda matn tushunchasi keng qamrovli tushunchadir”, - deyiladi va uning ikki ta’rifi keltiriladi: - matn deganda, muallif ifoda etmoqchi bo‘lgan fikr va g‘oyaning yozuvdagi in’ikosi tushuniladi. Bu ko‘rinishdagi matn tadqiqida adabiyotshunoslar tilshunoslar bilan birgalikda ishtirok etishadi; - matn deganda, yaxlit bir asar, soha doirasida qaralganda qo‘lyozma nusxa ham anglashiladi. Ushbu holdagi matn tadqiqi bilan esa, asosan, matnshunoslar 2 Homidiy H., Abdullayeva Sh., Ibohimova S. Adabiyotshunoslik teminlari lug‘ati. –T.: O‘qituvchi, 1970. B-222. 3 Rozental D.E., Telenkova M.A. –M.: Prosveshenie, 1976. B-483. 4 Hojiyev A., Omonov A. va boshqalar. –T.: Sharq, 2001. B-130. 5 Hojiyev A. –T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. B-61. 6 Quronov D. va boshqalar. – T.: Akademnashr, 2010-yil. B-329. 7 Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T.: Akademnashr, 2015. B-6.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 5 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us shug‘ullanishadi va ular matnni o‘rganish jarayonida adabiyotshunoslar, tilshunoslar, tarixchilarning manbashunoslik sohasi bilan bog‘liq tadqiq usullaridan foydalanadilar. Ko‘rishimiz mumkinki, matn matnshunoslik sohasi bilan bir qatorda tilshunoslik, manbashunoslik va butun adabiyotning asosidir. Matnning paydo bo‘lishidan to oxirgi holatigacha bo‘lgan o‘zgarishlar, ya’ni muallifning qoralamasi, kotibning ko‘chirgan nusxasi, shu asosda qilingan nashr shakllari, butun afzalliklari, yutuq va kamchiliklari bilan matn tarixini tashkil qiladi. Matnshunosning vazifasi ana shu jarayondagi ishtirokchi subyektlarning (muallif, kotib, noshir, muharrir) hamda turli ijtimoiy tashqi omillarning (ya’ni, uzoq vaqt davomida manba qog‘oziga putur yetishi, yirtilishi, yozuvning o‘chib ketishi, hasharotlar zarari, suv tegishi kabi) matnga ta’sir darajasini aniqlash, o‘zgarishlar bo‘lsa qayd etish, ilmiy asoslar keltirgan holda asl matnni tiklash va ilmiy muomalaga kiritishdir. Matn tarixi bu, muayyan matn haqida hamma narsa, ya’ni u haqidagi barcha ma’lumotlar jamlanmasi sanaladi. Undan asarning shakli va mazmuniga oid bo‘lgan aniq xulosalar, bevosita asarga aloqador hamda ikkilamchi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Ushbu vazifa matnshunos tomonidan amalga oshirilar ekan, obyekt sifatida olingan matnning boshqa mavjud nusxalarini ham qiyosiy tahlilga jalb qilinadi. To‘liq matn, nuqsonli matn, tuzatishga uchragan va tugatilmagan matn sifatida qo‘lyozma va toshbosma nusxalar saralaniladi. Asarning leksik tarkibi haqida so’zlar ekanmiz, Ibrat yashagan muhitda 3 til: turkiy, arabiy, forsiy tillarning o‘zaro keng va teng miqyosda adabiy va ilmiy asarlarda qo‘llanilishi odatiy hol edi. Shundan kelib chiqib asarda shu uch qatlamga oid so‘zlar o‘rinli ravishda qo‘llangan. Asarning nomlanishi ham an’anaviy arabiy izofa. Asarning kirish va boshlanishi ko‘proq arabiy va forsiy leksik qatlamdan foydalangan. Asosiy qism, ya’ni yozuvlar haqida ma’lumot berilayotganda turkiy - o‘zbekcha leksikadan foydalangan. Asarning so‘z va so‘z shakllarining ifodalanishiga kelsak, odatda hozirgi o‘zbek tili va eski o‘zbek tilida so‘z shakllari bo‘lmish grammatik suffikslarda farqlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, -gan o‘tgan zamon sifatdoshi o‘rnida - g‘an shaklida (5-ilovaga qaralsin). Asarda o‘zlashma qatlamga oid ya’ni rus va boshqa tillar orqali kirib kelgan so‘zlar ham uchraydi. Lamfa, gugurd, choy, choynek, samavar, ayruflon, gramafun, fotograf, litograf, tifugraf, abtomobil, valisifid, tilsiztelegrom, angliz, Yovruboniylar, Yunoniylar, ieroglif, Yunoniya, Angliya, Fransuya, Girmoniya, Rusiya, Assiri, Demotika, Kichik Oziya, Kanstantin Griyl, axbornoma, raput, Yapuniya, Mang‘uliya kabi. Asarning qurilish uslubidagi ahamiyatli tarafi - saj uslubida yozilganligidadir. Hindiston, Buxoro, Turkiston, Farg‘ona, Qoshg‘ar ahli Islom diyorlarida joriydur.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 6 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Bunga sabab bu mulklarga Eron podshohlarining ixtiloti bo‘lib, Buxoro-yu bo‘laklarni olub, ul vaqtlarda joriy qilgan ekan. Eroniylarni, turoniylarni olgani tarix kitoblarida mazkur va mashhurdur. Xo‘ja Mir Ali vaz’ xat kitobi husni xatdagi mahorati va martabasi ayon va bayondur. Chunonchi, soilga bir alif tartib e’hson qilsalar, xazinai podshohinda ming tanga qiymat ila xazinaga olur ekanlar. Ul zotni shoir tabida masalligi mashhurdur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. - Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2000. - 172b. 2. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. - Toshkent: Fan, 2007. - 295 b. 3. Isʼhoqov Y. Klassik adabiyot poetikasidan maʼlumotlar. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970. 4. Isʼhoqov Y. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983. 5. Hojiahmedov A. Sheʼriy sanʼatlar va mumtoz qofiya. – Toshkent: Sharq, 1998. 6. Mallayev N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1965. 7. Nosirov O., Jamolov S., Ziyovuddinov M. Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1979. 8. Qurʼonov D., Mamajonova Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2010. 9. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati . – Toshkent, 1979.