Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 7 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ABU ABBOS MAROKESHIY: MATEMATIKA, ASTRONOMIYA VA TILSHUNOSLIK SOHALARIDAGI ILMIY MEROSINING TADQIQI Azizov Mirzabobur Obbos oʻgʻli Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi pochta: azizovmb[email protected] Tel.: 97 462-99-11 Annotatsiya: Ushbu maqolada XIII–XIV asrlarda yashab ijod qilgan mashhur mag‘riblik olim — Abu Abbos Marokeshiy ning ko‘p qirrali ilmiy merosi tahlil qilinadi. U matematika, astronomiya, balog‘at, til va falsafa sohalarida ellikdan ortiq asarlar yaratgan. Maqolada uning matematikaga oid asarlarining ahamiyati va ular orqali Mag‘rib mintaqasida algebra hamda geometriya rivojiga qo‘shgan hissasi bayon etiladi. Shuningdek, “Kitab al-anva”, “Al-Yasar fi ta‘dil al-kavakib” singari astronomiyaga oid asarlari o‘rganilib, ularning o‘sha davr taqvimshunoslik va yulduzlar harakatini hisoblash amaliyotidagi o‘rni yoritiladi. Muallifning bayon va balog‘at ilmlariga bag‘ishlangan “Ar-Ravdu-l-mari‘ fī ṣina‘ati-l-bad” kabi asarlari esa uning tilshunoslikdagi ilmiy merosini namoyish etadi. Maqolada shuningdek, Abu Abbosning ustozlari va shogirdlari haqida ma’lumot berilib, uning ilmiy maktabi orqali Ibn Xaldun, Al-Obuliy kabi yirik allomalar shakllanganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari Abu Abbos Marokashiyning islom ilm-fani tarixida alohida o‘rin tutganini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Abu Abbos Marokashiy, matematika tarixi, astronomiya, algebra, Mag‘rib ilmiy maktabi, balog‘at, ilmiy meros. Abu Abbosning matematika ilmlarga doir quyidagi asarlari ham mavjud: Al-Maqolot fiy ilmil-hisaab, KitaAbu-usul val-muqaddamot fil-jabri val-muqobala, Muxtasar fiy ashkaalilmisaahiyya, KitaAbu-jabr val-muqobala, Kitaab fiy zavaatil-asmaa val-munfasilaat, KitaAbu-fusuul fil-faroiz, Muqaddima ala Oklidis, Al-Qavaaniyn fil-adad, Al-Iqtidob filamal bir-rumiy fil-hisaab, Tanbihul-albaab ala masaailil-hisaab, At-Tamhid vat-taysir fiy qavaaidit-taksir 1 . Uning astronomiya ilmiga oid asarlari: - Kitaabul-anva’, muallif bu asarda Andalusiyaning an’anaviy ziroat taqvimi bilan atrofmuhitning shartlarini tadqiq qilib bu narsalarga ta’sir qiladigan sabablarni astronomik jihatdan tahlil qilgan. Bu asar H.P.J. Renaud tarafidan «Le calendrier d’ibn Banna de Marrakech» nomi bilan 1948-yilda Parijda nashr qilingan 2 . 1 Miknasiy. Jazvatul-iqtibos. – Bayrut: Noshir nabil, 1999. – B. 67-68. 2 O‘sha asar.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 8 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us - KitaAbu-manox, taqvimga taalluqli bo‘lgan bu asarning eng muhim xususiyati «manox» (iqlim) kalimasining ilk marta taqvim ma’nosida qo‘llanilganidir. Abu Abbos Marokashiy bu sohada quyidagi asarlarda ham qalam tebratgan: Minhaajut-tolib li-ta’dilil-kavaakib, Al-Yasaaro fiy ta’dilil-kavaakibis-sayyaro yoki Al-Yasaaro fiy taqvimilkavaakibis-sayyaro, Qonun fiy ma’rifatil-avqot bil-hisaab, Risala ala safihatiz-zarqaliyyatiljaami’a, Al-Munasibut-taysiriyya fiy va’dil-avtaaril-kulliyya, Al-Qismur-robi’ minalmunasibit-taysiriyya fiy Sharhiz-zaairjas-sabtiyya, Risala fin-nujum, Zayirjas-sabti, Sharhu zayirjal-ma’olim fiy manaafi’il-avaalim, Al-Jasaarotu fiy ta’dilil-kavaakibis-sayyaro 3 . Uning til, adabiyot va falsafaga oid asarlari: - Ar-Rovdul-mari’ fiy sinaa’til-badi’, bu asar bayon va balog‘at ilmlariga oid san’atlar, va ular o‘rtasidagi ilmiy aloqa borasida yozilgan bo‘lib, Aristotelning ta’sirida shakllangan Mag‘rib balog‘at ilmi mohiyatini ifodalaydi. Bu asarning Rizvon ibn Shaqrun tarafidan tahliliy nashri 1985-yilda Dorul Bayzo shahrida amalga oshirilgan 4 . - Marosimut-tariqa fiy fahmil-haqiqa min hallil-xaliqa, muallif tarafidan «Sharhu marosimittariqa» nomi bilan sharh qilingan bu asar islom falsafasi bo‘yicha nafs va bilim nazariyasi qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘z boradi. Uning ustozlari: Abu Abdulloh Yusr Al-Mubashshir, Ali As-Solih Al-Ahdab, Imron Muso Az-Zannatiy, AlQoziy Al-Katib Abu Husayn Muhammad ibn Abdurrahmon Al-Mag‘iliy, Abu Valid Ali ibn Abu Bakr Muhammad ibn Hajjoj, Abu Abdulloh Ali ibn Muhammad ibn Abdulmalik ibn Said Al-Avsiy Al-Ansoriy, Abu Is’hoq ibn Abdussalom As-Sanhojiy Al-Attor, Abu Muso AlJazuliy, Ibn Hajala Ar-Riyoziylardan tahsil olgan. Abu Abbos Marokashiy arab tilidan Qozi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Yahyo AshSharifdan ham ta’lim olgan. U «Kitaabu fiqhil-hisaab» asarining muallifi Ibnul Mun’imning (vafoti 626/1228) talabasi bo‘lib, matematik ilmlarda ko‘zga ko‘ringan olimlardan bo‘lgan. Abu Abbos Marokashiy bu ustozidan geometriyani ham o‘rganib, xususan Oklidisning «Usulhandasa» kitobidan tahsil qilgan. Muallif keyinchalik ustozining ushbu asarini o‘zining «KitaAbu-usul li-Oklidis» asarida sharh qilgan va «tanosub»ga (sonlarda mutanosiblik) taalluqli masalalarda ustozi Ash-Sharifni tanqid qilgan. Bu narsa ham uning matematikaga oid fikrlarining shakllanishida Ash-Sharifning o‘rnini bildiradi. Abu Abbos Marokashiy bir muddat ustozi Ash-Sharifning yonida qolib undan Sibavayhning «Al-Kitaab» asaridagi ba’zi bo‘limlarni ham ta’lim olgan 5 . Bundan tashqari, Abu Abbos Marokashiy Fa’s shahrida Qozi Al-Jamaa’a Abu-Hajjoj Yusuf ibn Ahmad ibn Hakam At-Tajibiy Al-Miknasiy, Abu Yusuf Ya’qub ibn Abdurrahmon AlJazuliy Al-Miknasiy, Abu Muhammad Al-Fishtoliy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Usmon 3 Miknasiy. Jazvatul-iqtibos. – Bayrut: Noshir nabil, 1999. – B. 69-70. 4 O‘sha asar. – B. 70-71. 5 Tinbuktiy. Jazvatul-iqtibos. – Bayrut: Noshir nabil, 1999. – B. 90-93.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 9 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ibn Said kabi zamonasining eng zabardas ulamolaridan dars olgan. Xususan, Ibn Hajala va Abu Abdulloh ibn Maxluf As-Sijilmaasiy kabi olimlar Abu Abbos Marokashiyning shu darajaga ko‘tarilishiga hissa qo‘shgan ulamolardan sanaladi. Shu bilan birga, uning Mirrix nomli bir hakimdan tibbiyotni o‘rgangani ham naql qilinadi 6 . Uning shogirdlari: Manbalarda keltirilishicha, Abu Abbos Marokashiy ilk tahsilini Marokashda boshlab Fa’s shahrida tamomlagan. Keyinchalik yana tug‘ilgan shahri Marokashga qaytib, hayotining oxirigacha bu yerda talabalarni ilm bergan va bir qancha asarlarni ta’lif qilgan. Ibn Hajar Asqaloniy uning Marokashdagi bir masjidda har kuni bomdod namozidan zavol paytigacha dars berganini ta’kidlaydi. Keyinchalik o‘sha shogirdlari XIV-asrning muhim mag‘riblik matematik olimlari yetishib chiqishiga sabab bo‘lgan. Uning talabalaridan eng mashhuri faylasuf Muhammad ibn Ibrohim Obuliy (vafoti 757/1356) bo‘lib, u asli tilimsonlik bo‘lgan. U hijriy 710-yilda Marokashga boradi va o‘sha yerda Abu Abbos Marokashiydan ilm tahsil oladi. Al-Obuliyni ham keljakda ikki mashhur shogirdlari yetishib chiqadi. Bular shayx Al-Maqarriy va Ibn Xaldunlar bo‘lib, Al-Obuliy ularga matematika sohasida ustozlik qiladi 7 . Ikkinchisi, Ibnul Imom nomi bilan tanilgan Abu Zayd Abdurrahmon ibn Muhammad Lajoiy Tilmisoniy (vafoti 773/1371) bo‘lib, u mujtahid faqihlardan hisoblanadi. Bu olim Abu Abbos Marokashiyning darslarini tinglash uchun Fa’sdan Marokashga keladi. Uning Abu Abbos Marokashiy haqida bergan ma’lumotlari ilk davr manbalarining asosini tashkil qildi. Masalan, Tilimsoniyning Attoriyn madrasasida bergan darslarini tinglagan ibn Haydur va Ibn Kunfuz kabi olimlar Abu Abbos Marokashiy haqidagi bir qancha ma’lumotlarni undan olganlar 8 . Abu Zayd Abdurahmon ibn Muhammad Al-Lajoiy At-Tilimsoniyning ukasi bo‘lgan. Zamonasining mujtahid faqihlaridan sanalgan Abu Muso Iso ibn Muhammad ham Abu Abbos Marokashiyning talabalaridan bo‘lgan. Shuningdek, Ibnun Najjor deb tanilgan Muhammad ibn Ali At-Tilimsoniy (vafoti 749/1348) Ibnul Haaj Al-Billifikiy 9 va Abu Zayd Abdurrahmon ibn Sulaymon Al-Lajoiy 10 ham uning talabalaridan hisoblanadi 11 . Abu Abbos Marokashiy yashagan davrning siyosiy, madaniy va ilmiy holatini bilish, avvalo uning yashagan mintaqalarni yaxshi tanish bilan bog‘liqdir. Abu Abbos Marokashiyning yashagan tarixiy davrning (654-721-yillar) Mariniylar davlatining bu mintaqada hukmronlik qilgan yillariga to‘g‘ri kelganiga ko‘ra, ham mazkur davlat haqida, ham ushbu olimning 6 O‘sha asar. 7 Miknasiy. Jazvatul-iqtibos. – Bayrut: Noshir nabil, 1999. – B. 305. 8 Fazlio‘g‘li. Abu Abbos Marokashiy. –– Bayrut: Daru insho, 1978. – B.. Abu Abbos Marokashiy Abu Abbos Marokashiy. –– Bayrut: Daru insho, 1978. – B. 530. 9 Miknasiy. Jazvatul-iqtibos. – Bayrut: Noshir nabil, 1999. – B. 87-88. 10 O‘sha asar. – B. 302. 11 Fazlio‘g‘li. Abu Abbos Marokashiy. –– Bayrut: Daru insho, 1978. – B. 56-57.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 10 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us yashagan tarixlarda hukm surgan sultonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishning foydali ekani ko‘zda tutiladi. Abu Abbos Marokashiy hayotining ko‘p qismini bu yerda o‘tkazgani va mana shu shaharga nisbatan unga Abu Abbos Marokashiy deb nomlangani avval aytib o‘tilgan edi. Lug‘at kitoblarida Marokash yoki Marrakush so‘zlarining ma’nosi haqida aniq bir ma’lumot bo‘lmasada, bu so‘zning barbar tilidagi «Allohning tuprog‘i» ma’nosida keladigan «mirrakush» kalimasidan kelib chiqqani aytiladi. Bundan tashqari, bu yerdagi devorlar va uylar qizil tuproqdan qurilgani sababli, u «qizil shahar» ma’nosida ham keladi. Hozirgi kunda ham u yerdagi binolar qizil rangga bo‘yaladi 12 . FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abu Abbos Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir Balozuriy. Futuhul-buldon. – Bayrut: Muassasatul Maorif, 1987. – B. 258. 2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Is’hoq ibn Yasor ibn Xiyar Al-Muttalibiy Al-Qurashiy Al-Madaniy. Kitaabus-siyar val-mag‘oziy. – 1-nashr. Dorul Fikr, 1978. – B. 523. 3. Abu Dovud Sulaymon ibn Ash’as ibn Is’hoq Sijistoniy Azdiy. Kitaabu-l-Masohif. – Qohira, 2002. – B. 452. 4. Abu Faraj Muhammad ibn Abu Ya’qub Is’hoq An-Nadim. Kitabu-l-Fihrist. – Bayrut: Dorul Ma’rifat, 1997. – B. 6-8. 5. Abu Husayn Ahmad ibn Foris ibn Zakariyo Ar-Roziy. As-Sohibi fiy fiqhil-lug‘atilarabiyyati va sunanil-arabi fiy kalaamiha. Tahqiq: Dr. Umar Foruq Daabba. – 1-nashr. Bayrut: Maktabatul Maorif, 1993. – B. 587. 12 Toha Qilich. “Mag‘ribning saltanat poytaxtlari-Ahvoli dunyo”. –– Istanbul: Diyonat oylik jurnali, 2019. – B. 338.