scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MTT RIVOJLANISH MARKAZLARIDA BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISHIDA OTA-ONALARNING ROLI

Umarova Muqaddas Muxtarovna, Ne'matova Shaxnoza Shamsiddinjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) rivojlanish markazlarida bolalarning nutq rivojlanishida ota-onaning roli tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishning samarali kechishi uchun pedagogik jarayon va oilaviy muhitning uzviy hamkorligi zarurligi asoslanadi. Ota-onaning faol ishtiroki bolaning og‘zaki nutqini shakllantirish, lug‘at boyligini kengaytirish hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘riladi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 246 MTT RIVOJLANISH MARKAZLARIDA BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISHIDA OTA-ONALARNING ROLI Umarova Muqaddas Muxtarovna1, Ne’matova Shaxnoza Shamsiddinjon qizi2 1Qo‘qon DU dotsenti, psixologiya fanlar nomzodi, 2Qo‘qon davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17506470 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) rivojlanish markazlarida bolalarning nutq rivojlanishida ota-onaning roli tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishning samarali kechishi uchun pedagogik jarayon va oilaviy muhitning uzviy hamkorligi zarurligi asoslanadi. Ota-onaning faol ishtiroki bolaning og‘zaki nutqini shakllantirish, lug‘at boyligini kengaytirish hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Kalit so‘zlar: bola, nutq rivojlanishi, maktabgacha ta’lim (MTT), ota-onaning roli, rivojlanish markazi, pedagogik hamkorlik, kommunikativ ko‘nikmalar. Hozirgi davrda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bolalarning nutqini shakllantirish va rivojlantirish ularning kelajakdagi ijtimoiy faolligi, tafakkuri hamda ta’lim olish jarayonidagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Nutq — bu nafaqat fikrni ifoda etish vositasi, balki bolaning dunyoqarashi, shaxsiyati va ijtimoiy munosabatlarining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Mazkur jarayonda ta’lim muassasasi bilan bir qatorda, oila — ya’ni bolaning eng yaqin muhitidagi insonlar ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishida ota-onalar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, tarbiyachi va oila o‘rtasida uzviy aloqa yo‘lga qo‘yish bu jarayonning samaradorligini oshiradi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ishlarni oilaviy tarbiya bilan uyg‘unlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqining rivojlanishida ota-onaning o’rni beqiyosdir. Chunki bola eng avvalo, oilada so'zlashishni, tinglashni va muloqot qilishni o'rganadi. Oila — bu bola uchun ilk ta'lim va tarbiya manbaidir. Shusababli, oilaning maktabgacha ta'lim muassasasi bilan yaqindan hamkorlik qilishi bolaning nutqrivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Quyidagi nuqtalarda oila hamkorligining ahamiyatini ko'rish mumkin. Prezidentimizning 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 1 , shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” 2 ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam huquqiy asosini belgilab berdi. Bu qarorlar ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bolaning jismoniy, intellektual va ma’naviy kamolotini ta’minlash, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatlidir. 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 247 Oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetuklikning garovidir. Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham o‘g‘il uylantirish, kelin tanlash, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz emas. Davlatning qudrati sog‘lom fikrli, bilimli, axloq –odobli, xalq , millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qo‘lida. Bunday insonlar ilk bor oilada tarbiyalanadilar. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o‘zlarining burch va ma’suliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsiyatini tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabuskorlik sifatlarini qo‘llabquvvatlash ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Bu borada ota-onalarning oilada farzand tarbiyasi va ma’naviy -axloqiy, ruhiy hamda jismoniy kamoloti uchun zarur bo‘lgan ijobiy otaonalik ko‘nikmalarini o‘zlashtirib borilishi katta ahamiyatga ega. Har bir ota-ona o‘z farzandini dunyodagi eng toleyi baland, ma’rifatli va saodatli bo‘lishini istaydi hamda bunga erishish yo‘lida harakat qiladi. Shunday ekan, biz maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari, otaonalar mahalla bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasiga hech qachon befarq bo‘lmaylik. Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni o‘zligimiz va kelajakka bo‘lgan e’tibor deb bilib, yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri tarbiya hamda ta’lim olishini ta’minlash barchamizning burchimizdir. Ota-onalar farzandlarining yosh xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari va ehtiyojlarini chuqur anglagan taqdirdagina, ular bilan muvaffaqiyatli ruhiy aloqada bo‘lishlari mumkin. Shu boisdan, zamonaviy ota-onalarga psixologik bilim va ko‘nikmalarni egallash, bolalar psixologiyasi haqida ilmiy manbalardan foydalanish, kerak bo‘lsa, mutaxassislar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.Ota-onalik bu nafaqat biologik, balki chuqur psixologik va ijtimoiy mas’uliyatdir. Sog‘lom psixologik oila muhitida ulg‘aygan bola jamiyat uchun barqaror, faol va mas’uliyatli inson bo‘lib shakllanadi. Ota-onaning o‘z farzandiga bergan muhabbati, e’tibori va rahbarligi butun umrga ta’sir ko‘rsatadigan kuchli ijtimoiy poydevordir. Shu o’rinda, bolalarning nutqini rivojlantirishda eng avvalo muhitni,munosabatlarni va kundalik faoliyatlarni yaratish lozim. ular orqali bolalarning nutqi shakllanandi, rivojlanadi va ijtimoiylashadi. Misol qilib olsak: 1. Tilga boy muhit yaratish 2. Har kuni tinch, to‘laqonli suhbatlar uchun vaqt ajrating. 3. Uyda ovozli hikoyalar, maqol, qo‘shiq va turli so‘zlar bilan to‘la suvga o‘xshash muhiti yarating. 4. Bolani yolg‘iz qoldirmang, uning diqqatini ovozga jalb qiling. 5. Aktiv tinglash va javob berish 6. Bolaning gapiga diqqat bilan qizingiz; so‘zini tugatish uchun takrorlab yoki kengaytirib javob bering. 7. To‘g‘ri bo‘lmasa, muloyim tuzatish o‘rniga to‘ldiruvchi so‘zlar bering. 8. Har kuni yangi so‘zlar bilan ishlang: rasmiy obyektlar, his-tuyg‘ular, ranglar, harakatlar. 9. So‘zlarni kontekstda o‘rgating: “Bu nima?” “Nima uchun bu shunday?” kabi savollar. 10. O‘yinlar, rasmlar, kundalik ishlar (nonushta, kiyinish, o‘yinlar) davomida so‘zlarni kengaytiring. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 248 11. O‘qish, hikoya aytish, savol-javoblar uchun kundalik tartib tuzing (masalan, kechki o‘qish). 12. Agar bolaning nutqida kechikish yoki qiyinchilik sezsangiz, mutaxassisga murojaat qilish (rigt, logoped) foydali bo‘ladi. Xulosa o’rnida shuni aytishim joizki, MTT rivojlanish markazlarida bolalarning nutq rivojlanishini ta’minlashda ota-onaning roli muhim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola nutqining shakllanishi oilaviy muhitda boshlab, MTTdagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar bilan mustahkamlanadi. Ota-onaning bola bilan muloqoti, kitob o‘qib berish, savoljavoblar orqali fikrlashga undashi — bu jarayonni tezlashtiradi va sifatini oshiradi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi uzviy hamkorlik bola nutqidagi muammolarni erta aniqlash va korreksiya qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 3. Bronfenbrenner U. “The Ecology of Human Development: Experiments by Nature and Design”. – Cambridge: Harvard University Press, 1979 4. Jo‘rayev, M. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi. Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti. 5. Karimova, D. (2020). Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nashriyoti. 6. Norqulova, N. (2019). Ota-onalar va pedagoglar hamkorligining bolalar nutq rivojiga ta’siri. // Maktabgacha ta’lim muammolari ilmiy-amaliy jurnali, №3, 45–48-betlar. 7. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 8. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 9. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 10. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305