Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1216 ABDULLA AVLONIYNING TA’LIM TARBIYAGA OID G‘OYALARI VA ULARNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI Xomidova Guljahon Hasanovna ANNOTATSIYA Ushbu monografiyada shoir, dramaturg, ma’naviyat va ma’rifat homiysi, taraqqiyparvar pedagog, jurnalist, tarjimon va adib Abdulla Avloniy ijodining g‘oyaviy-tematik jihatlari yoritilgan. Shuningdek, asarlarining mavzu ko‘lami va janr xususiyati, poetik obraz tasvirida shakliy-uslubiy izlanishlar, badiiy ko‘chim ifodasida uslubiy o‘ziga xoslik va individual tasvir mahorati kabi masalalar tahlil etilgan. Abdulla Avloniy ijodida mumtoz adabiyot an’analari va yangi davr adabiyotiga xos tamoyillar, ya’ni poetik obrazlarning yangilanishi, she’rlarning sarlavhalanishi, poetik vositalar takomillashuvi, davr ruhiyatini aks ettirish kabi xususiyatlar tahlil doirasiga tortilgan. KALIT SO‘ZLAR Ijtimoiy hayot, jadid, maorif, an’anaviy uslub, uslubi ta’lim, oktyabr manifesti, tarbiya, milliy ta’lim. Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Adabiyotshunoslik ilmida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlariga doir adabiy manbalar, adabiyot va jamiyat hodisalarining o‘zaro ta’siri, obrazlar tabiati va badiiy talqin uyg‘unligi masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu boradagi ilmiy-nazariy qarashlarni umumlashtirish, shoirlar ijodining g‘oyaviy-tematik jihatlari, shuningdek, asarlarning mavzu ko‘lami va janr xususiyati, poetik obraz tasvirida shakliy-uslubiy izlanishlar, badiiy ko‘chim ifodasida uslubiy o‘ziga xoslik va individual tasvir mahorati kabi masalalarni maxsus tadqiq etish imkonini yaratdi. Dunyo adabiyotshunosligida badiiy estetik ideal shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillari, takomil bosqichlarini o‘rganish, shoirlar ijodining mavzu qamrovi va talqini, janr xususiyatlari va badiiyat masalalaridagi an’ana va yangilanish tamoyillarini tadqiq etish kun tartibida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Turkistonning ma’lum hududlarida milliy uyg‘onish davrida adabiyot va adabiy harakatchilik qay asosda shakllanib, qanday taraqqiy etgani, shoirlarning adabiy estetik qarashlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar aynan nimalarda aks etishi singari masalalar hanuz o‘z yechimini kutayotgan ilmiy muammolardandir. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixi va boy madaniyati bilan jahon adabiyoti xazinasiga o‘zining munosib ulushini qo‘shib kelgan 1 . Bugungi kunda XIX asr oxiri va XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti tarixini xolis va haqqoniy o‘rganish imkoniyati har qachongidan ham kuchaydi. 2023-yil 11-12-dekabr kunlari Toshkentda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada jadidlarning ilmiy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashildi. 2024-yilning 1-yanvarida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi negizida ta’sis etilgan “Jadid” gazetasining 1-soni “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori ostida chop etildi. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti vakillari asarlarini tadqiq etish borasidagi yutuqlar ana shu imkoniyatlar samarasidir. Ammo bu davr ijodkorlarining hali o‘rganilmagan, mutaxassislar 1 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. – B. 73.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1217 nazaridan chetda qolib kelayotgan jihatlari ko‘p. Xususan, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayot, adabiy jarayon talqini, Abdulla Avloniy ijodi shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillari, ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ijodkor adabiy merosi, an’ana va adabiy ta’sir masalasi, Abdulla Avloniy asarlarning mavzu ko‘lami va janr xususiyati, poetik obraz tasvirida ijodkor individual uslubi, poetik obraz tasvirida shakliy-uslubiy izlanishlar, badiiy ko‘chim ifodasida uslubiy o‘ziga xoslik singari masalalar yaxlit ilmiy muammo sifatida o‘rganilmagan. Istiqlol davri adabiyotshunosligida bu ijodkor adabiy merosi yuzasidan ba’zi tadqiqotlar amalga oshirilgan, ammo XX asr boshlarida yashab ijod etgan Abdulla Avloniy ijodidagi mumtoz adabiy an’analar tadriji va yangilanishi masalasi ilmiy jihatdan o‘rganilishi hamda diniy-ma’rifiy, axloqiyta’limiy asarlari qiyosiy tadqiq etilishi darkor. Ijodining mavzu va g‘oyalar olami, shoirning adabiy estetik qarashlari, ijodidagi individual tasvir va obraz yaratish mahorati kabi masalalarni o‘rganish zarurati o‘zbek adabiyotshunosligi kun tartibida turgan ilmiy muammolardandir. Ushbu tadqiqot ana shu muammolarni hal etishga qaratilgani bilan dolzarblik kasb etadi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi ijtimoiy, adabiy hayot tarixiga nazar tashlasak, jahon sivilizasiyasi beshigi sanalgan ko‘hna Turkiston osmonini qora bulutlar qoplagan yillar bo‘lganini his etamiz. Bu yillarda, ya’ni mustamlakachilik siyosatini o‘rnatgan chor Rossiyasi hukmronligi davri Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi, onaVatanimizda til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlar poymol etildi. Gʻoyat murakkab kechgan bu jarayon mazkur davr adabiyoti va ma’naviyatining asosini belgilaydi. Shuningdek, Chor Rossiyasi bosqini va mustamlakachilik siyosati Turkiston xalqining milliy adabiy-tarixiy taraqqiyotiga to‘siq bo‘lolmadi, aksincha, vaziyat ma’naviy ijod sohiblari tomonidan milliy uyg‘onish, millatning o‘zligini anglash va anglatish jarayonini shakllantirdi. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining dastlabki bosqichida ma’rifatparvarlik yetakchilik qildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati kuchayib bordi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi xalqni ma’rifatga chorlash, savodsizlikka qarshi kurashish va yangi ta’lim tizimini shakllantirish edi. Abdulla Avloniy ham shu maqsadlarni o‘z ijodida aks ettirgan. Jadidchilik shoir ijodiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, uning pedagogik asarlari va ma’rifiy yo‘nalishdagi she’rlarining shakllanishiga sabab bo‘lgan. Milliy uyg‘onish davri Vatanimizda jadidchilik harakati shaklida namoyon bo‘ldi. U 1865-yildan boshlanib 1929-yilda harakat namoyandalarini jismoniy tugatishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu harakatning yuzaga kelishi bevosita istilo va uning oqibatlari bilan bog‘langan bo‘lib, uning shakllanish davri 1865-1905-yillar bilan belgilanadi. Adabiy harakat dastlab Qo‘qon, Xiva, Buxoro, Samarqandda so‘ng Toshkentda rivojlandi. 1916-yilga kelib mazkur harakat namoyandalari “qora xalqni oqartirmoq va ko‘zini ochmoq chorasiga” (Avloniy) kirishdilar. “1904-yilda rus-yapon urushi chiqib, bizning ham ko‘zimiz ochildi. 1905-yildagi Rusiyada boshlangan inqilob to‘lqini bizga ham zo‘r ta’sir qildi. Bizning tashkilotimiz siyosiy maslaklarga tushunib, birinchi navbatda qora xalqni oqartmoq va ko‘zin ochmoq chorasiga kirishdi. Bu maqsadga erishmoq uchun gazet chiqarmoqni munosib ko‘rib, uyushmaning harakati bilan o‘zbek tilida gazetalar chiqarildi 2 ”, deya ma’lumot beradi Avloniy o‘z tarjimayi holida. 1905-yil voqealari, xususan, 1905-yil 17-oktabr Manifestidan keyin jadidchilik harakati rivojlanish bosqichiga kirdi. 1905-yilgi inqilobiy ko‘tarilishlar behuda ketmadi. Podsho hukumati yon berishga 2 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. – B. 7.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1218 majbur bo‘ldi. 17-oktabr Manifesti e’lon qilindi. Shaxsning daxlsizligi, vijdon, so‘z, yig‘ilishlar erkinligi ta’minlanishi haqida va’da berildi. Manifest matbuot ishlarining yurishib ketishiga yo‘l ochdi. Rusiyaning barcha yirik shaharlarida bo‘lgani kabi Turkiston shaharlarida ham gazeta va jurnallar chop etila boshlandi. 1906-yilda Ismoil Obidiyning “Taraqqiy” gazetasi, ko‘p o‘tmay esa Abdulla Avloniy tashabbusi bilan “Xurshid”, “Tujjor”, “Osiyo” gazetalari chiqa boshladi. Bu gazetalar o‘zbek milliy matbuotining dastlabki namunalari bo‘lishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa, milliy uyg‘onish (jadidchilik) nihoyatda tez rivojlandi. Milliy uyg‘onish (jadid adabiyoti) mazkur harakatlarning adabiy-badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi. U yangi o‘zbek adabiyotini boshlab berdi. Uning avj taraqqiysi 1915-1925-yillarga to‘g‘ri keldi. Shulardan kelib chiqqan holda o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotini ikki bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 1. Ilk mustamlakachilik davri: manbalari, yuzaga kelishi (1865-1905). 2. Milliy va ijtimoiy kurashlar davri: taraqqiyoti va tugatilishi (1905-1929) 3 . Bundagi har bir sana muayyan ma’no anglatadi. 1865-yil – Toshkent istilo qilingan sana. 1929-yil esa tarixda jadidchilik harakatining sho‘rolar siyosati tomonidan mahv etilishi sanasi sifatida muhrlangan. Jadid – arabcha so‘z bo‘lib, yangi degan ma’noni anglatadi va bu so‘z 1883-yilda birinchi yangi usul maktabi ochilishi bilan qo‘llanila boshlagan. Jadidchilik – XIX asr so‘nggi choragida Rossiya imperiyasi hududida istiqomat qiladigan turkiy xalqlar orasida paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy harakat nomi. Keng ma’noda ijtimoiy-ma’naviy hayotning barcha jabhalarini yangilashni ko‘zda tutadi. Jadidchilik Turkiston ijtimoiy fikri taraqqiyotida islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) va mahalliychilik (o‘zbekchilik) ko‘rinishlarida ham namoyon bo‘lgan. Milliy uyg‘onish davrining yirik namoyandasi Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidir” deb yozganidek, bu davrning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, birinchi navbatda, uning adabiyotida to‘la o‘z ifodasini topdi, badiiy adabiyotda tub sifat o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi: “Xomam to‘ki-yu xuni jigardin g‘azaliyot, Oyinayi har millat erur til-adabiyot 4 ”. Jadidchilikning ikkinchi davri yuzaga kelish omillari quyidagicha izohlanadi: 1) 1904-yilda rus-yapon urushi. Rusiya mag‘lubiyati; 2) 1905-yilda hukumatga qarshi g‘alayonlar. Nikolay II ning tobe millatlarga so‘z, matbuot, vijdon erkinligini va’da etuvchi 17-oktabr Manifesti; 3) Birinchi jahon urushi va Turkistondagi mardikorlik voqealari; 4) 1917-yil 27-noyabrda Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi va qonga botirilishi. XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan boshlangan demokratik oshkoralik va qayta qurish jadidchilik harakati haqida cheklangan holda bo‘lsa ham ba’zi haqiqatlarni aytish imkonini berdi. Shu nuqtayi nazardan, 1987-yilda O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida, 1989-yilda O‘zFA va Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda Turkistonda jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan 3 Қосимов Б. Миллий уйғониш.– Тошкент: Маънавият, 2002.– 23 б. 4 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar / Adabiyot yoxud milliy she’rlar, to‘rtinchi juz. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. – B. 165.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1219 sobiq ittifoq miqyosida ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishlarda jadidchilik harakatini hamma ijtimoiy-siyosiy va gumanitar fanlar hamkorligida o‘rganish kerakligi ta’kidlandi. Faqat Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyingina ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda ham tub sifat o‘zgarishlar amalga oshirildi: markazdan kelgan andozalar asosida emas, bor haqiqatni aytish, o‘z tariximizni o‘zimiz yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Jadidchilik harakati, uning tub mohiyati, buyuk rahnamolari va namoyandalari haqida keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu davr adabiyotining xos xususiyatlariga akademik N.Karimov mana bunday baho beradi: “XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug‘ asrlardan biri. Bu asrda qanchalik ko‘p qon to‘kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolasizliklar ro‘y bergan bo‘lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari katta qadam tashladi. Bu asrda sodir bo‘lgan barcha voqealar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi. Ularning bizlarga maqbul bo‘lmagan qismlarini yoddan chiqarishga, tarixdan o‘chirishga urinish bema’nilikdir. XX asr o‘zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o‘rnatdi. Bunday aloqa adabiyotimizning avvalgi bosqichlarida bo‘lmagan. XX asr o‘zbek adabiyoti xalq va jamiyatni o‘z ortidan yetaklab, ularni hurriyat va milliy taraqqiyot manzillariga olib borishga intildi va bu intilishda muayyan yutuqlarga erishdi 5 ”. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi adabiy jarayonlar hamda ijtimoiy voqealar o‘ziga xos murakkablik va yangilanishlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda adabiyot faqat badiiy ijod emas, balki jamiyatning turli muammolarini yorituvchi kuchli ijtimoiy omilga ham aylangan. XIX asr oxiri va XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida aytish joizki, bu davrda dunyo bo‘ylab ijtimoiy-siyosiy voqealar o‘ta keskin tus oldi. Xususan, Rossiyada 1905–1907-yillardagi inqilobiy harakatlar jamiyatdagi bosim va norozilikni oshirdi. O‘zbekiston va Turkiston o‘lkasida mustamlakachilik rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Milliy boyliklarning talon-taroj qilinishi, mahalliy xalqning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlardan mahrum etilishi yozuvchi va shoirlarning asarlarida keng aks etdi. Masalan, Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiston qayg‘usi” she’rida xalqning og‘ir ahvolini va millatni uyg‘otishga qaratilgan fikrlarini bayon etdi; Munavvarqori Abdurashidxonov o‘z maqola va she’rlari orqali ma’rifat va uyg‘onish g‘oyalarini keng targ‘ib qildi; Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarida milliy o‘zlik, tarixiy xotira va ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqdi; Fitratning “Sayyohning xotiralari” asari esa milliy ong va mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib etgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidchilik harakati – bu davrning eng muhim hodisalaridan biri bo‘lib, adabiyot va madaniyat sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. Demak, jadidchilik: 1) jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg‘onish mafkurasi bo‘lib xizmat qildi; 2) mustaqillik uchun kurash olib bordi. (Turkiston muxtoriyati); 3) maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Milliy uyg‘onish davrida Turkiston hududida jadidchilik harakati ijtimoiy hayotda muhim o‘zgarishlarni boshlab berdi. Jadid yozuvchilar ta’lim, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishni maqsad qilgan edilar. Matbuot va nashriyot faoliyati rivojlana boshladi. “Turkiston viloyati gazeti”, “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Sadoi Turkiston”, “Oyna” kabi gazeta-jurnallar ilmiy-ma’rifiy fikrlarni tarqatishda muhim o‘rin tutdi. Jadid asarlarida xalqni uyg‘otish va ma’rifatparvarlik bosh mavzu bo‘ldi. Masalan, bu davr adabiyotining o‘ziga xos muhim xususiyatlari: 5 Karimov N. XX asr mening taqdirimda / Jahon adabiyoti, 2001-yil, yanvar, 24-bet.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1220 1. Ayollar mavzusi va ijtimoiy tengsizlik. Bu davrda ayollar masalasi ijtimoiy hayot va adabiyotda muhim mavzulardan biriga aylandi. Xususan, ayollarning ta’lim olish huquqi, ularning jamiyatdagi o‘rni masalalari ko‘tarildi. Ayollar huquqlari uchun kurash jadid adabiyotida keng o‘rin oldi. Masalan, Hamzaning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Boy ila xizmatchi” va “Paranji sirlarining fosh etilishi” asarlarida ayollar huquqlari va ularni jamoatchilik hayotiga jalb qilish zaruriyati yoritilgan. Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi?” pyesasida ham ayollar mavzusi va ijtimoiy tengsizlik qalamga olingan. 2. O‘zbek adabiyotidagi modernizatsiya. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiy janrlar kengayib, yangi badiiy usullar paydo bo‘ldi. She’riyatda yangi ritm va qofiya shakllari rivojlandi. Nasr janri, ayniqsa roman va hikoya, jadal rivojlandi. Misol uchun Abdurauf Fitratning “Hind iqlimi” va “Chin sevish” asarlari o‘z davri uchun modernistik yo‘nalishdagi ijodiy tajribalar hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani o‘zbek nasrining boshlanishi sifatida qadrlanadi. 3. Ijtimoiy-siyosiy tazyiqlar va ularning adabiyotga ta’siri. Mustamlaka davridagi siyosiy tazyiqlar adabiyotga ham sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “Turon” gazetasida Abdulla Avloniy muharrirligi ostida chop etilgan “Tarixiy ikki voqea” nomli Mirmuhsin Shermuhamedovning maqolasida Buxorodagi jaholat va mutaassiblik fosh etiladi. Maqola atrofida katta janjal ko‘tariladi va “Ulamo” jamiyati maqoladan qattiq g‘azabga keladi. Ulamolar Avloniyni vazifasidan chetlatishadi. Matbaa egalarining uylariga vakillar yuborib, “Agarda siz Avloniy gazetasin matbaangizda bossangiz, o‘lsangiz sizga janoza o‘qutmasmiz” deb qo‘rqitib, Avloniyni ham gazetadan ketishga majbur qilishadi. Ba’zi yozuvchilar senzura va ta’qiblar tufayli asarlarida ramziy obrazlar orqali davr manzarasini tasvirlashdi. Ko‘pgina jadid yozuvchilari, jumladan, Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat va Hamza ijodida ijtimoiy hayot tasviri allegorik timsollar orqali yoritildi va masal janri yanada takomillashdi. Abdulla Avloniy ijodi gullab-yashnagan davrda she’riyatda yangi g‘oya va timsollar uchun yangi shakl va ifoda yaratildi. Eskilariga yangi mazmun singdirildi, ya’ni g‘azallar faqat ilohiy ishqni madh etibgina qolmadi, balki Vatan ishqi, yurt sog‘inchi, ilm-ma’rifat targ‘ibini kuylash bilan mavzular ko‘lami kengaydi. Davr adabiyotining xos xususiyatlari: 1. Adabiy janrlar va vaznlarning yangilanishi. Ma’lumki, ming yillik mumtoz she’riyatimiz aruz vaznida yozilgan. Asr boshidagi she’riyatda ham u yagona va asosiy vazn sanalgan. Barmoq vazni esa Navoiygacha bo‘lgan va undan keyin yaratilgan xalq og‘zaki ijodida uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda esa barmoq vaznida yozilgan she’rlar deyarli uchramaydi. Aruz murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarni keng ommaga yetkazishda uncha qulay emasligi bois XX asr boshlarida adabiyotda barmoq vazni ommalashgan. Xalqona ohang orqali barmoq vaznidagi she’rlarda ommaga tushunarli bo‘lgan muhim siyosiy vaziyatlar qalamga olingan. Abdulla Avloniy ham muhim ijtimoiy masalalardan bahs ochuvchi ko‘pgina she’rlarini barmoq vaznida yozadi. Shoir barmoq vaznini xalq og‘zaki ijodidan yozma adabiyotga olib o‘tdi. Avloniyning barmoqdagi ilk she’rlari xalq qo‘shiqlariga moslab yozilgan. Masalan, “To‘y haqida” she’ri “Reza” kuyidagi xalq ashulasi yo‘lida yaratildi: Otma mani toshlar bilan yor-yor, yor-o‘v, Uchib ketay qushlar bilan yor-yor, yor-o‘v 6 6 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. – B. 61.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1221 Bu qo‘shiqlar shoir tashkil qilgan “Turon” (Turkiston) truppasi ishtirokchilari ijrosida goh spektakllarga singdirib yuborilar, goh antraktlarda ijro etilar, goh milliy konsert dasturlariga kiritilar edi. 2. Yangicha yo‘nalishdagi hajvchilik, she’riy manzumalar, sayohatnomalar, maktubotlar turkumi yaratildi. Abdulla Avloniy she’rlari orasida yengil mutoyiba bilan yozilganlari uchraydi. Muqimiy davrida bu xil she’rlar yozish juda keng tus olgan edi. Abdulla Avloniy ushbu an’anani davom ettiradi. Shoirning “To‘y haqida latifago‘yga”, “Ko‘knori va qimorboz”, “Qimorbozning qimorbozga nasihati” kabi hajviyiy she’rlari mavjud. 3. Bosmaxonalarning vujudga kelishi, matbuotning yo‘lga qo‘yilishi, o‘qitish tizimidagi yangiliklar. Bu boradagi yutuqlarga Avloniyning qo‘lyozma asarlari 1909-1914-yillarda Toshkentdagi “Ilin”, “Orifjonov”, “Porsev” kabi litografiyalarda chop etilgani misol bo‘ladi. Matbuotning yo‘lga qo‘yilishida Avloniyning “Shuhrat” gazetasidagi faoliyati va boshqa gazetalar nashrida muharrir sifatidagi xizmati beqiyos ekani ma’lum. 4. Tarjimachilik rivoji, Sharq va G‘arb adabiyotidan tarjimalar. J. Sharipovning “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kitobida L. N. Tolstoy tarjimalari munosabati bilan qadim Sharq folkloridagi ma’lum va mashhur hikoyatlar tarjima etilgan. Jumladan, Abdulla Avloniy ham Krilovning “G‘ayrijins ittifoq”, “Tulki ila serka”, “Maymun ila ko‘zoynak”, “It ila yo‘lovchi” kabi masallarini she’riy usulda tarjima etgan. 5. Poetik obrazlarning yangilanishi. Masalan, mumtoz adabiyotimizda ming yillardan beri uchrab kelgan gul, bulbul, yor, ag‘yor, may, charx (dunyo) kabi obrazlar bu davr adabiyotida, jumladan, Avloniy ijodida boshqacha ohang, boshqacha mazmun kasb etdi. Shoirning “Sadoyi bulbul”, “Hijroni bulbul”, “Fig‘oni bulbul” kabi she’rlarida gul (ma’shuqa, Vatan timsoli), bulbul – mazlum Turkistonga qarata: “Uyg‘on!” deya bong urayotgan lirik qahramon – oshiq obrazini ifodalaydi. 6. She’rlarning sarlavhalanishi. Masalan, Avloniy har bir she’rga sarlavha qo‘yadi. Bu undagi kayfiyat va mazmunni ifodalashdan tashqari shoir lirikasining umumiy yo‘nalishini belgilaydi. Masalan, “Haqiqat o‘lsun bu xayol”, “Guftori g‘am”, “G‘alat” kabi she’rlari sarlavhalangan. 7. An’anaviy “Hamd” va “Na’t”lar mazmuni va shaklining o‘zgarishi. Masalan, Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plami juzlari ham odatda, 33 baytli g‘azal Alloh madhi (Hamd) va payg‘ambarimiz sifatlari vasfi (Na’t) esa 8 bandli musamman janri bilan boshlanadi. XX asr boshlaridagi adabiy jarayonning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha, ya’ni bu davr adabiyoti quyidagi o‘ziga xos g‘oyaviy-estetik yo‘nalishlar bilan ajralib turadi: Birinchidan, jadid adabiyoti milliy uyg‘onish, ta’lim-tarbiya va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan boyidi. Ikkinchidan, realizm jamiyat hayotini haqqoniy aks ettirishga e’tibor qaratildi. Uchinchidan, romantizm idealistik maqsadlar va milliy o‘zlikni anglash istagi bilan bog‘liq edi. Masalan, Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z asarlarida xalqning savodsizligi va ma’naviy qoloqligini keskin tanqid qildi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” dramasida ayollarning huquqlari masalasi yoritildi. Cho‘lpon o‘zining she’rlari va hikoyalari orqali erkinlik va inson huquqlari masalalariga murojaat qildi. Shuningdek, uning “Kecha va kunduz” romani ijtimoiy tengsizlikni aks ettiradi. Boy madaniy-adabiy merosimizni birlamchi manbalar asosida o‘rganish va tadqiq etish, ulardan hozirgi mustaqillik sharoitida ma’naviyatimizni, milliy tarbiyashunosligimizni rivojlantirishda foydalanish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Zero, biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Mustaqillik davrida ijtimoiy-siyosiy,
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1222 madaniy-adabiy qadriyatlarni chuqur idrok etish va xalqqa yetkazish, yoshlarni Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyalashda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Abdulla Avloniy ijodi shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillari Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti takomilida Abdulla Avloniy ijodining muhim o‘rin tutishi, xalqimizning ko‘p mingyillik og‘zaki ijodi an’analari, mumtoz adabiyotimiz va jahon badiiy tafakkuri tajribalariga tayanishi bilan bog‘liq adabiy-estetik tamoyillar tadqiqini amalga oshirish zarurati o‘zbek adabiyotshunosligi kun tartibida turgan dolzarb masalalardir. Milliy uyg‘onish – fransuzcha “Renessans” ma’nosiga to‘g‘ri keladi. Renessans – Gʻarbda insoniyat tarixining mumtoz davri hisoblanib keladigan qadim yunon, rim madaniyatiga – antik madaniyatga nisbatan aytilgan bo‘lib, uning bosh xususiyati shahar madaniyatining gurkirab o‘sishi, ilm va ijod egalariga xos qomusiylik, gumanizmning ijtimoiy-ma’naviy turmushning barcha jabhalariga kirib borishidir. XX asr boshlarida Turkistonda sodir bo‘lgan “milliy uyg‘onish” Vatan taraqqiyotining bosh omili – millatning o‘z-o‘zini anglashi sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi Birirnchi Prezidenti I.A.Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonida milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining Muqimiy, Furqat kabi namoyandalari ijodida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yorqin namoyon bo‘lgani, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvarlar mustamlaka tuzumining tazyiqlariga qaramasdan, o‘z hayotini xalqimizning ma’naviy kamolotiga, ona tilimizning ravnaq topishiga bag‘ishlagani alohida ta’kidlangan. Avloniyning badiiy-estetik qarashlari turli manbalardan oziqlangan. Avvalo, Sharq mumtoz adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy kabi mutafakkirlarning asarlari uning ijodiy shakllanishida katta maktab vazifasini o‘tagan. Mumtoz adabiyot an’analari Avloniy she’riyatida lirizm, hikmat va o‘git ruhi sifatida aks etdi. Boshqa tomondan, jadid adabiyoti – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi zamondosh ziyolilar bilan yaqin hamkorlik ham Avloniyning ijodiy yo‘nalishini belgilab berdi. Ular singari Avloniy ham adabiyotni xalqni tarbiyalash, ma’rifat berish, milliy uyg‘onishga xizmat qildirish vositasi sifatida ko‘rdi. Shuningdek, rus va Yevropa ma’rifatparvarlari asarlari ham Avloniyning badiiy-estetik qarashlariga ta’sir ko‘rsatdi. Jadid ziyolilari orqali u demokratik adabiyot, realizm va satiraning yangi uslublaridan bahramand bo‘ldi. Ayniqsa, Avloniy dramaturgiya sohasida katta xizmat qildi. U “Advokatlik osonmi?”, “Pinak” kabi pyesalari bilan o‘zbek teatr san’atiga asos soldi. Teatrni “millat oynasi” deb atagan Avloniy uni xalqni uyg‘otuvchi, milliy ongni shakllantiruvchi vosita sifatida ko‘rdi. Murakkab tarixiy sharoit Avloniyni adabiyot va teatrni jamoat tarbiyasining kuchli vositasiga aylantirishga majbur qildi. Oilaviy muhit uning til sezgisi, axloqiy mezoni va mehnatsevarlik odatini shakllantirdi. Ozodlik yo‘lidagi ma’rifiy kurash ijodini mazmunan jamiyatga xizmat qiladigan, shaklan esa ommaviy idrokka mos janrlarga yo‘naltirdi. Rus va turk adabiyotlari bilan tanishuv janr, kompozitsiya va uslubni yevropacha tartib bilan boyitdi, mahalliy bayonning yangi ritmini yaratdi. Ruhiy bosimga qarshi tura olish esa Avloniyga maqsadni saqlagan holda, usullarni doimiy yangilab borish, shaxsiy barqarorlik va ijtimoiy foydalilikni birlashtirish imkonini berdi. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyandasi, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, jadid adabiyotining yirik vakili va ilk darsliklar muallifi pedagog Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1223 Toshkentda Mergancha mahallasida tug‘ilgan. Bobosi Mirne’matboy asli qo‘qonlik o‘qyoychilardan, otasi Miravlon aka mayda hunarmandlik-to‘quvchilik bilan shug‘ullanar, Piyonbozorda, Yarmarka bozorida bo‘z va chit bilan savdo qilardi. “Onamning oti Fotimadir”, deb yozadi adib o‘z tarjimayi holida. Abdulla yetti yoshida O‘qchidagi va eski usuldagi maktabda Akromxon domlada tahsil olgan. O‘z tarjimayi holida bu haqda shunday yozgan: “12 yoshimdan O‘qchi mahallasidagi madrasada dars o‘qiy boshladim. 1891-yildan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o‘qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o‘sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda “Tarjimon” gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim” 7 . Ko‘p o‘tmay u butunlay ishga sho‘ng‘ib ketadi. O‘zi aytganidek, “binokor”likni o‘rgandi, “g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik ishlari” bilan mashg‘ul bo‘ladi. Avloniy madrasani bitirib, maktabdorlik bilan, bugungi kun tili bilan aytganda pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullandi. Ta’lim olish va ta’lim berish usuliga o‘zgartirish kiritib, yangi usuldagi maktab tashkil etdi va yosh pedagog o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi. Abdulla Avloniy ijodining shakllanishiga ta’sir qilgan ijtimoiy omillaridan biri jadidchilik harakatidir. Ma’lumki, jadid ma’rifatchiligi alohida, xos shaxslarnigina emas, keng xalq ommasini ma’rifatli qilish, jaholat va nodonlikdan ozod bo‘lish shiori bilan chiqdi. Natijada, adabiyot xalq ommasining so‘nggi qatlamigacha kirib bordi. Endi adabiyot ayrim shaxslarning ko‘ngil xushi emas, xalq dardalamlarining, orzu-armonlarining ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi. Bu hol uning ifoda uslubida, xalq tiliga yaqinlashuvida, ayniqsa, uning keng xalq ommasi hayot tarzini ifodalashida namoyon bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot xalq hayotining hamma jabhalariga kirib bordi, uni o‘z ahvolidan, jaholatga, nodonlikka burkangan ahvolidan ogoh qildi, uni uyg‘otdi. Adabiyotda she’riyat (poeziya) asosiy o‘rin egalladi. Aruz asosiy vazn bo‘ldi. Gʻazal, ruboiy, tuyuq, ta’rix, muammo, muxammas, musaddas, musamman va ayniqsa, masnaviydan keng foydalanildi. Keng ma’noni qamrab oluvchi ishq mavzusi bu davrda ham she’riyatning markaziy mavzusi bo‘lib qoldi. Lekin ilohiy ishq, tasavvuf g‘oyalari kuchaydi. Badiiy adabiyotda hajviyot rivoj topdi. Realistik tasvir keng o‘rin ola boshladi. Kundalik matbuot va bosmaxonalarning maydonga kelishi bilan she’riyat va o‘quvchi orasi yaqinlashdi. Yangi janrlar, masalan, publisistika, ocherklar paydo bo‘ldi. Ikki tillilik an’anasi davom etdi. Yangicha ma’rifatparvarlik va jadidchilikning namoyon bo‘lishi haqida quyidagi omillarni sanab o‘tish mumkin: 1. “Usuli jadid” maktablari. Avloniy o‘z faoliyatining boshidayoq xalqni ilmga chorlashning yagona yo‘li sifatida maktab ta’limini ko‘rdi. An’anaviy eski maktab va madrasalardagi o‘qitish usullari unga qoniqarli emas edi. U yangicha – jadid maktablarini tashkil etishga kirishdi. 1904-yilda Toshkentda Avloniy “Maktab” nomli yangi usul maktabini ochdi. Bu maktab o‘sha davrda o‘zbek xalqining ma’naviy hayotida yangicha qarashlarni yoyish, bolalarni savodli, dunyoqarashi keng, milliy g‘ururli qilib tarbiyalash uchun katta maktab bo‘ldi. Avloniy nafaqat tashkilotchi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchi sifatida ham faol qatnashdi. Avloniy jadid maktablari orqali xalqning bolalarini savodli qilishga, ilm-fanga qiziqtirishga intildi. U matematika, tarix, tabiatshunoslik, geografiya kabi dunyoviy fanlarni o‘quv dasturiga kiritdi. Bu, o‘z navbatida, o‘zbek yoshlari uchun yangi dunyoqarash eshigini ochdi. 7 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. – B. 5
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1224 Avloniy o‘zining mashhur asari – “Turkiy guliston yoxud axloq”ni ham aynan jadid maktablari uchun yozgan. Bu kitob bolalarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odob-axloq, birlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi. Demak, jadid maktablari uning pedagogik qarashlarini amaliyotda qo‘llash maydoniga aylandi. Avloniy uchun jadid maktablari – millat uyg‘onishining o‘chog‘i edi. U bu maktablarda o‘qigan yoshlarning kelgusida xalqni ozodlikka, taraqqiyotga boshlashiga ishondi. Shuning uchun maktabni u nafaqat ta’lim muassasasi, balki milliy mafkura tarqatuvchi maskan deb bildi. Avloniy jadid maktablari qoshida teatr to‘garaklari ham tashkil etdi. Uning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak” kabi pyesalari jadid maktablari o‘quvchilari ishtirokida sahnalashtirilgan. Shu yo‘l bilan u maktabni faqat bilim olish joyi emas, balki keng qamrovli madaniyat markaziga aylantirdi. Avloniy o‘qituvchi sifatida o‘z faoliyatida darsliklar, qo‘llanmalar yaratishga ham majbur bo‘ldi. Chunki yangi usul maktablari uchun o‘zbek tilida darsliklar yetishmas edi. Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” kabi kitoblari jadid maktablari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Avloniy faoliyatida jadid maktablari – xalqni ilmli, ongli va mustaqil fikrlovchi qilib tarbiyalashda asosiy vosita bo‘ldi. U maktabni “millatni tiriltiruvchi qudrat” deb bildi. Avloniy ta’kidlaganidek, xalqning yuksalishi va ozodligi maktabdan boshlanadi. Shu bois u hayotining eng katta qismini maktablar ochish, ularga darsliklar yaratish va bolalarni tarbiyalashga bag‘ishladi. Abdulla Avloniy faoliyatida jadid maktablari millatni uyg‘otuvchi, yosh avlodni ma’rifatli, axloqli va vatanparvar qilib tarbiyalovchi markaz sifatida katta ahamiyat kasb etdi. Avloniy o‘z faoliyatida bu maktablarni tashkil etish, rivojlantirish, ularning ta’lim dasturlarini boyitish orqali o‘zbek xalqining ma’naviy yuksalishiga ulkan hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham Avloniy nomi nafaqat adabiyot va teatr, balki milliy maktab tarixida ham o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ ma’rifatchi sifatida qadrlanadi. Uning maktab haqidagi qarashlari quyidagi g‘azalida ham aks etgan: Maktabdur oftobi jahon saodating, Maktabdur osmoni zamon sabovating. Maktabdur eng ziyoli puranvor jilvagar, Maktabdur oshyoni hama fayz qudrating... Maktab – xulosa bog‘i adab, koni ma’rifat, Maktab hariq vulqoni, Hijron, jaholating 8 . Shu yillarda shoir o‘z she’rlarini “Hijron” taxallusi bilan e’lon qiladi. Maqolalarini esa “Mulla Abdulla”, “Avloniy”, “Abdulla Avloniy” nomlari bilan chop etadi. Ko‘p ishlatgan laqablaridan biri esa “Indamas” bo‘lgan. 1915-yil Abdulla Avloniyning Mirobod mahallasidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ochilgan maktabi hukumat tomonidan yopiladi. Yangi maktabni ham, “usuli jadid”, “usuli savtiya” nomi bilan tarixga kirgan bu maktablar aslida chinakam fidoyilik namunalari edi. 2. Siyosiy va jamoat tashkilotlari. Abdulla Avloniy Turkiston yoshlarini siyosiy jihatdan birlashtirish maqsadida shirkatlar tuzishda bosh-qosh bo‘ladi. Uning 1914-yillarda “Nashriyor” va “Maktab” kabi shirkatlar tuzishda bosh-qosh bo‘lgani ma’lum. “Nashriyot” shirkati 1914-yil 19-sentabrda tuzilgan. Uning maqsadi: “Turkiston 8 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. – B. 122.