BOSHLANG`ICH SINFLARDA VAQT O`LCHOV BIRLIKLARINI O'RGATISH METODIKASI
Abstract
Metodik qo`llanmadagi topshiriqlar 1-4-sinflar kesimida tayyorlangan va o‘quvchi yoshi, qiziqishlari, imkoniyatlarini hisobga olgan holda yozilgan. Маqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida massa, sig‘im, vaqt o‘lchov birliklari to‘g‘risidagi tasavvurlarni tarkib toptirishning metodlari haqida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: massa, vaqt, sig‘im, o‘lchov birliklari, gramm, kilogram, sentner, tonna, sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr, oddiy va kabisa yili
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 54 BOSHLANG`ICH SINFLARDA VAQT O`LCHOV BIRLIKLARINI O‘RGATISH METODIKASI Teshaboyeva Sanobar Inagamovna 10-ixtisoslashtirilgan davlat umumta lim maktabining Boshlang`ich sinf o`qituvchisi ANNOTATSIYA Metodik qo`llanmadagi topshiriqlar 1-4-sinflar kesimida tayyorlangan va o‘quvchi yoshi, qiziqishlari, imkoniyatlarini hisobga olgan holda yozilgan. Маqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida massa, sig‘im, vaqt o‘lchov birliklari to‘g‘risidagi tasavvurlarni tarkib toptirishning metodlari haqida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: massa, vaqt, sig‘im, o‘lchov birliklari, gramm, kilogram, sentner, tonna, sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr, oddiy va kabisa yili. 1. KIRISH 2. Maktabda o`qitish metodikasi o`zgarmasa, ta`lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o`zgarmaydi. Sh.M.Mirziyoyev Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev o`z nutqida ta`kidlaganidek, avvalo maktablarda o`quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko`rib chiqish, o`quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarur. Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirdi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo`yicha dunyoda eng ilg`orlardan biri hisoblanib boshlang`ich ta`limga alohida urg`u qaratadi. Shuningdek, boshlang`ich sinf o`quvchilarida matematik savodxonlikni oshirib borish, mantiqiy masalalar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 55 yechish va matiqiy fikrlashga o`rgatish asosiy vazifa sanaladi. ASOSIY QISM Mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo‘yicha aniqlashga o‘rgatishdir. Ularga minut, sekund, soat, kun, hafta, oy, yil kabi vaqt o‘lchovlarini uy sharoitida o‘rganib kelish topshiriladi. Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq ―oldin, ―keyin‖ tushunchalari kiritiladi. Masalan, to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib, qaysi fal oldin keladi, qaysisi keyin keladi, degan savollarni tushuntirish mumkin. 1-sinfdan boshlab, tong, kunduz, kechqurun, tun, bugun, kecha, ertaga tushunchalari bilan tanihib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim) foydalanish, shu asosda hafta, oy, yil kabi ularning orasidagi bog‘lanishni o‘rganish mumkin. Matematika o’qitish jarayonida izchillik printsipining amalga oshirilishida mavjud didaktik sharoit asosan, quyidagilardan iborat ekanligiga tajribamizda ishonch hosil qildik: -ayrim didaktik jarayonlarni soddadan murakkabga borishga moslash natijasida: -o’quv materialini bayon qilishda zaruriy metodlarni qo’llash. -o’quv materialini bayon qilishda, o’rganishda nazariya bilan amaliyotni birligini muhim va kamroq muhim bo’lgan komponentlari bilan bog’lash jarayonida: - o’quv materialini puxta o’zlashtirishni ta’minlashni va kelgusidagi o’quv materialiga bog’lanishini oldindan ovoza qilish asosida: - shu sharoitlarda izchillik printsipidan o’z ishlarimizda foydalanishga harakat qilindi. Vaqt o’lchovi tarixini ko’rsataylik. O’quvchilar o’rganishi lozim bo’lgan o’lchovga oid eng qiyin o’lchov - bu vaqt o’lchovidir. Bolalar bu sohada yetarli tajribaga ega emaslar, avvalo buning ustiga bu o’lchov tizimi o’nlik tizimidan farq qiladi. Ikkinchidan, soat yordamida o’rganiladi.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 56 Bolalarga vaqt o’lchovi haqida borasida soat (daqiqa) ga bo’lgan ehtiyoj haqida tushuncha beriladi. Bu juda oddiy o’quvchi maktabga o’z vaqtida kelmasligini eslatib o’tishning o’zi kifoya. Inson ko’p zamonlardan beri vaqt hisobini soat asosida olib boradi, qaysiki u ko’p vaqtlar davomida katta evolyutsiyani boshdan kechirdi. Dastabki soatlar quyosh soatlari edi. Ular birinchi marta Vaviloniyada o’rtasi teshilgan yarim shar shaklidagi tosh yoki g’isht kosaga o’rnatilgan tayoqchadan iborat bo’lgan. Keyin u Gretsiya va Rimga o’tgan. Kun tayoqcha soyasining kosa chetidagi o’yiq chiziqlar bo’ylab xarakati bo’yicha bo’laklarga bo’lib chiqilgan. Lekin bu soatlar faqat quyoshli kunlardagina ish berardi. Havo bulut bo’lganda nima qilish kerak? Yuli topildi. Misr va Vaviloniyada suv va quyosh soati kashf etildi. Kompasli birinchi mexanik soat XVI asrda Galileyning mayatnik to’g’risidagi ishi asosida 1612 yilda yaratildi. Pragada mayatnikli soat kashf etildi, sal keyinroq X. Gyuygens ko’rinib turadigan prujinali soat yaratdi. Vaqt o’tishi bilan aniqligi bir minutgacha bo’lgan birinchi cho’ntak soatlari paydo bo’ldi, uning minutni ko’rsatadigan mili bor edi. Amaliy jihatdan taklif etilgan tsiferbaletni 24 soatga bo’lish inkor etildi. XVI asrning oxirida Rudolf tomonidan soat tsiferbaleti 12 soatga bo’lindi. Greklar kun kabi tunni ham 3 davrga bo’ladilar, biroq Aristotelь (eramizgacha IV asr) davridanyoq bir kecha-kunduz 24 soat deb qabul qilingan edi. Astronomiyada Ptolomey davridanoq sutkaning boshlanishi tush vaqti deb qabul qilingandi. Bir soat 60 daqiqa, bir daqiqa esa 60 soniya qilib olindi. Doira aylanasi gradus va daqiqalarga bo’lib chiqildi. «Daqiqa» va «soniya» atamalari lotin tilidan olingan. Boshlang’ich sinfda bolalar qo’lga aloqador ikki nomlanish (oltinpul), metrik o’lchov (metrlar-santimetrlar), shuningdek og’irliklari
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 57 (kilogrammlardekagrammlar) va litrni anglatuvchi kattalik bilan tanishishlari kerak. Bolalar uchun masofani «ko’z bilan» chamalash kabi og’irlikni «qo’l bilan» tortish ham ahamiyatli. CHunki tarozida tortish bolaga og’irlik xaqida yetarli tushuncha bermaydi. Katta yoshdagi kishilar biron-bir narsani qo’lda salmoqlab turib, uning og’irligini tahminan ayta olganlaridek bolalar ham muayyan bir narsaning og’irligini oldin qo’lda chamalab aytib, so’ngra chog’ishtirish uchun tarozida tortib ko’rsalar, og’irlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari yanada boyiydi Vaqt falsafiy kategoriya, vaqt materiyaning yashash shaklidir, shu sababli unga ta’rif berishning iloji yo’q. Vaqt tushunchasi odamning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi. Mavzuni o’rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo’yicha aniqlashga o’rgatishdir. Vaqt bu hodisalarning davomiy ekanligi haqida dastlabki tasavvurlarni bolalar kun, hafta kabi birliklar bilan tanishib hosil qiladilar. Har kuni maktabga borish kerak. Biror vaqtdan so’ng hodisa takrorlanadi. Kun o’tdi, tugadi. Bir necha kundan so’ng mashg’ulotlardan ozod bo’linadigan kun keladi — bir hafta o’tdi. Birinchi sinfda tayyorgarlik davrida «oldin», «keyin» (ilgari) tushunchalari kiritiladi. Bu tushunchalarni mus-tahkamlash uchun o’qituvchi darslikdagi rasmlarga o’xshash vaqt haqidagi tasavvurlarni ochib beradigan bir necha rasmlar tizimiga ega bo’lishi kerak. Masalan, 6 ta rasmdan iborat dalada qish; traktorlar dalaga chiqqan — shudgor qilinmoqda; dalada g’o’zalar unib chiqqan; ochilgan paxtazor dalasi; paxta maydonida kombaynlar; paxta xirmonlari.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 58 O’qituvchi avval paxtaning respublikamiz uchun ahamiyati haqida qisqa suhbat o’tkazadi, bolalar bilan paxtaning qanday yetishtirilishini aniqlaydi, keyin esa rasmlar bo’yicha «oldin», «keyin» tushunchalari mustahkamlanadi. Buning uchun bolalar rasmlarni tomosha qiladilar. O’qituvchi savollar beradi: «Oldin nima ish qilishadi: maydonni shudgor qilishadimi yoki chigit ekishadimi?» va hokazo. «Rasmlarni qilinadigan yumushlar bo’yicha joylashtiring». Bu ish uchun o’qituvchi tuzadigan syujetlar unchalik murakkab bo’lmasligi lozim. 3—4 ta ishdan iborat bo’lishi lozim. Masalan, «ko’chani qanday kesib o’tish kerak», «darslarga qanday tayyorlanish kerak» va hokazo. Birinchi sinfda sutkaning qismlari: tong, kunduz, kechqurun, tun tushunchalari, «bugun», «kecha», «Yertaga» tushunchalari shakllantiriladi. O’quv yili davomida bolalar hafta kunlari nomlarini, oylar tartibini bilib oladilar. Shu sababli ko’rsatma-qo’llanma sifatida sinfda yirtma taqvimga ega bo’lish yoki namoyish etiladigan taqvim yasab olish foydalidir. Navbatdagi o’quvchi har bir o’tgan kunni belgilab boradi. Vaqt bu miqdor ekanligi haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Masalan, qaysi biri ko’p vaqtni oladi: maktabga kelishmi yoki maktabdagi mashg’ulotlarni, darsni yoki tanaffusni, o’quv choragini yoki ta’tilni; qaysi biri kam vaqtni oladi: o’quvchining maktabdagi mashg’ulotini yoki otaonasining ish kunini. Vaqt bo’yicha «uzoqroq», «qisqaroq» so’zlari kiritiladi. Odamlarni yoshi bo’yicha taqqoslab, bolalar yoshi katta, yoshi kichik, yoshlari teng tushunchalarini egallaydilar. Birinchi sinfdayoq bolalar vaqtni soat aniqligida aniqlashni o’rganib oladilar. Ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlaridan: sutka, soat, minut, oy, yil o’rganiladi. «Vaqt o’lchovlari» mavzusi bo’yicha darslarda o’quvchilarga odamlar turmushida vaqtning ahamiyatini tushuntirib berish, vaqt o’lchovlarining
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 59 paydo bo’lishini bolalar o’zlashtira oladigan darajada tushuntirish o’quvchilarning vaqt o’lchovlari orasidagi munosa-batlarni qanchalik bilishlarini aniqlash lozim. Suhbatdan parcha keltiramiz: «Odamning butun hayoti vaqt ichida o’tadi. Inson uchun vaqtni o’lchash, taqsimlash va qadrlash muhimdir. Vaqt uzluksiz o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Har bir ish o’z davomiyligiga ega. Mana bizning darsimiz: u boshi va oxiriga ega. Bugungi kun-chi? Uning ham boshi va oxiri bor. Hodisalarning davomiyligi haqida so’zlaganda, biz vaqtni nazarda tutamiz. Taqqoslash mumkin bo’lgan hamma narsa miqdor bilan tavsiflanadi. Vaqt bu miqdordir. Har bir odam uchun o’z hayot vaqti o’lchab berilgan. Hayotda esa ko’l narsa qilishga ulgurish kerak. Shuning uchun biz vaqtni o’lchashni bilishimiz lozim. Vaqtni qanday o’lchash kerak? Axir uni 1 m chizg’ich kabi yoki 1 kg lik tosh kabi qo’lda ushlab bo’lmaydi-ku. Biroq odam kuzatuvchan. Odamlar juda qadim-qadimda bir quyosh chiqishidan navbatdagi quyosh chiqishigacha bir xil vaqt o’tishini payqaganlar. Teng vaqt oraliqlarida takrorlanadigan hodisalar vaqt o’lchovlari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Siz endi Quyosh nega chiqishi va botishini bilasiz, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanadi. Yerning o’z o’qi atrofida to’liq aylanish vaqti sutka deb ataladi. Sutka — bu katta vaqt oralig’i. Bir sutka davomida odam ko’p narsa qilishga ulguradi. Mana, Siz bolalar uxlashga, maktabga kelishga, shug’ullanishga ulgurasiz. Biroq hamma ham darsning boshlanishiga kechikmasdan kelishi uchun nima qilish kerak? Yana ham kichik vaqt o’lchovi kerak. Mana u. Soat. Shesternyalar va prujinalardan iborat bu murakkab mexanizm millarni doira bo’ylab aylanishga majbur qiladi. Mana bu uzun mil bir sutkada doirani 24 marta aylanib o’tadi. Katta mil bir aylanishi uchun ketgan vaqt bir soat deb ataladi (kartochka qo’yiladi).
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 60 Soat. Katta mil sanoq bo’yicha nechanchi marta aylanayotganini bilish uchun, ya’ni soat nechaligini bilish uchun u bilan kichik mil begilangan va u soat mili deb ataladi. Sonlar yozilgan doira siferblat deb ataladi. Butun doira 12 ta teng bo’lakka bo’lingan va har bir bo’lak yoniga tartib bilan sonlar yozilgan. Har bir soatning boshlanishini katta mil 12 sonida turganida ko’rsatadi, sanoq bo’yicha soat nechaligini qisqa soat mili ko’rsatadi. Soatlar modeli bo’yicha vaqtni aytamiz. (O’qituvchi vaqtni aytishni o’rgatadi.) Bir soat — bu ko’pmi yoki kammi? Bizning darsimiz tanaffus bilan birga deyarli 1 soat davom etadi. Agar darsda topshiriqlarni bajarish vaqtiga qat’iy rioya qilinsa, juda ko’p bilim olish mumkin. Shu sababli soatni kichikroq o’lchovlarga bo’lish kerak. Buning uchun doirani 60 ta teng bo’limga bo’lishgan. Katta mil bu bitta bo’limni bosib o’tishi uchun ketgan vaqt minut deb ataladi. Bir aylanishda minut mili 60 bo’limni bosib o’tadi. Demak, 1 soat — 60 minut. Soat nima? (Vaqtni o’lchash uchun asbob.) Soat qanday qiSmlardan tashkil topgan? (Kichik mil soat mili, katta mil — minut mili, millarni harakatlantiradigan mexanizm siferblat.) Soat qanlay o’lchovlarni sanaydi? (Soatlar va minutlarni.) Sutka soat va minut millari birgalikda 12 da turganda boshlanadi. Bu tunda sodir bo’ladi, yarim tun kirdi deb aytishadi. Minut mili 12 marta aylanganida, ya’ni 12 soat o’tganda soat mili esa to’la aylanib chiqqanida millar yana ustma-ust tushadi, tush vaqti bo’ladi. 12 soatdan keyin yana yarim tun bo’ladi. Yarim tundan navbatdagi ,yarim tungacha 24 soat o’tadi. 1 sutka=24 soat, 1 soat=60 minut Soatlar barchada bir xil vaqtni ko’rsatyb ishlaydigan bo’lishi kerak. Shu sababli odamlar ma’lum vaqtlarda soatlarini to’g’rilab turadilar. Respublikamizda bosh soat bor. Bu Toshkent kurantidagi soatlardir. Ular 1947 yili fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alaba sharafiga hozirgi Amir Temur hiyobonida qurilgan. Shu sababli bu soatlarda
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 61 yodgorlik taxtasi o’rnatilib, ularda urush qahramonlari respublikamizning jasur o’g’lonlari familiyalari zikr etilgan. Toshkent kurantlari juda aniq yuradi. Ular faqat bir marta, 1966 yil 26 aprelda, dahshatli yer qimirlashi vaqtida to’xtashgan. Bu qachon bo’lganligini odamlar shundan bilib olishdi. Siz bilan biz esa mana bu asbob bo’yicha yashaymiz va uni budilnik deb ataymiz. Bu soatni nima uchun shunday atashadi? Ularni esa har kun televizorda ko’radigan elektron soatlar bo’yicha to’g’rilaymiz. «Minut» tushunchasini bolalar amaliy mashg’ulotlarda anglab yetadilar. «Bolalar, 1 minut — bu ko’pmi yoki kammi? Siz to’g’ri o’tiring, qimirlamang, men vaqtni belgilayman va siz shunday 1 minut o’tirasiz. (O’quvchilar 1 minut tugagandan yengil tortadilar, tinch o’tirish juda qiyinda.) Demak, 1 minut — bu juda uzoq vaqt. Endi Siz doskada misollarni ko’rib turibsiz, ular oson, qani kim 1 minutda ko’p misol yecharkin? 9+8, 7+6, 8+7, 4+9, 8+4, 7+5. Demak, 1 minut kichik vaqtmi? Minutlar qanchalik tez o’tayotganiga qarang. Ularni behuda sarf etmang, ularni bilimlar va xayrli ishlar bilan boyiting. Vaqtni soat bo’yicha aniqlash an’anaviy bo’lib, ushbu reja bo’yicha amalga oshiriladi. 1. Butun soatlarda mos vaqtni o’qish va siferblat bo’yicha vaqtni belgilash. 2. Takrorlash. Qaysi mil minutlarni sanaydi? Siferblatning qaysi bo’limi minutga mos keladi? (60 bo’lakka bo’linmasi). 3. Minut mili 12 dan 1 ga, 1 dan 2 ga, 5 dan 6 ga ko’chganda necha minut o’tadi? (5 min.) Xulosa: har bir katta bo’lim—siferblatning sonlari orasidagi bo’lim 5 minutga teng.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 62 Siferblat yordamida suhbat o’tkaziladi: «bolalar, agar minut mili 12 ni, ya’ni 00 minutni ko’rsatsa, u holda soat mili ko’rsatadigan sonni aytamiz: hozir soat ikki, hozir soat sakkiz. Soat necha (O’qituvchi soat milini 4, 6» 8, 9 ga ko’chiradi)? Agar minut mili 6 sonini (30 minutni) ko’rsatsa, u holda «yarim» so’zini ishlatamiz: hozir soat besh yarim, hozir soat o’n ikki yarim. Soat necha? (O’qituvchi ko’rsatadi, bolalar esa vaqtni o’qiydilar 730, 1130, 1030 va hokazo). Agar katta mil siferblatning chap yarmida bo’lsa, u holda «srat» so’zidan so’ng to’la soatgacha yetmaydigan minutlar sonini ko’rsatadigan son aytiladi va «kam» so’zi shundan keyin qaysi to’la soa.zta yaqinlashayotganini ko’rsatadigan son aytiladi: hozir soat o’n minuti kam sakkiz, hozir soat yigirma minuti kam to’rt. 15 sonini «chorak» so’zi bilay almshptirish mumkin. Hozir soat o’n besh minuti (chorak) kam yetti. Agar katta mil siferblatning o’ng yarmida bo’lsa u holda «soat» so’zidan keyin son, keyin esa minutlar miqdorini ko’rsatadigan son aytiladi: Hozir soat uchdan o’n ikki minut o’tdi, hozir soat beshdan chorak o’tdi. Keyin bolalar vaqtni turlicha o’qiydilar: soat 4u 30 minut, soat 4u 15 minut, soat 4u 45 minut, soat 4u 20 minut, soat 4u 25 minut, soat 4u 55 minut. Navbatdagi darslarda bolalarga «vaqtni his qilishga», unda yo’nalish olishga yordam beradigan topshiriqlarni berib borish lozim. Buning uchun bolalarga uylarida bunday hisob-kitob qilishlarini taklif etish mumkin: ular kiyinish, yuvinish; o’rinlarini sarishtalash uchun qancha vaqt sarf etadilar, maktabga kelishlari, do’konga borishlari uchun qancha vaqt kerak, uy vazifalarni bajarish uchun qancha vaqt sarf qiladilar. Bolalar o’z yozganlarini maktabga olib keladilar. Bu narsa kun tartibi haqida bolatar bilan qiziqarli suhbat uchun asos bo’la oladi. Bolalar o’qituvchi bilan
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 69 - Yilda ikkinchi, to‟rttinchi, sakkizinchi bo‘lib keluvchi oyning nomi nima? - Kalendarda bilingchi bahorgi kanikul necha kun davom etarkan? (bahorgi kanikul 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.) Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga yaqin bo‘lgan qismlari - ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki ertalabdan kechgacha bo‘lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibi haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun, indingi, o‘tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o‘tgan vaqt oralig‘i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabelkalendardagi sanalar sutkalarni ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat va minut tushunchasi o‘rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. 3. Xulosa Shundan keyin o‘qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan boshlanishini aytadi. Bolalar vaqtni soatga qarab aniqlashni o‘rganishlari uchun siferblatli soat modellaridan foydalanadilar. So‘ngra soat modellaridan foydalanishga doir mashqlar tavsiya qilinadi: masalan belgilangan vaqtini aytish va o‘qituvchi aytgan vaqtni belgilash taklif qilinadi. So‘ngra vaqtni soat va minutlar bilan aniqlashning turli ifodalanishi o‘rgatiladi: masalan: ―9-u 30 minut, soat 9 dan 30 minut o‘tdi, 9 yarim‖, ―soat 4-u 45 minut, 15 ta kam 5, chorakam 5‖. Shu bilan birga bolalarga kunduz yoki kechani birdan o‘n ikkigacha bo‘lgan soatlarning aytilishi ham o‘rgatiladi. Ya‘ni soat modelida birdan o‘n ikkigacha bo‘lgan sonlar bor. Shuning uchun vaqtni aytishdan oldin hozir ertalab yoki kechqurun, kunduzi yoki kechasi ekanligini aniqlab olish lozim. Masalan kunduz soat 4 yoki kechasi soat 4. Sutka tungi soat 0 dan boshlanadi. Soat 0 dan kunduz soat 12 gacha
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 70 sutkaning birinchi yarmi o‘tadi. Bir soatdan keyin soat 13 (yoki kunduz soat 1) bo‘ladi. Sutka boshidan 24 soat o‘tgandan keyin soat yana soat 0 ni ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinflarda vaqt o‘lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmunda bo‘ladi: I. Hodisaning boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‘tgan vaqtga ko‘ra uning oxirini topishga oid masalalar. II. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‘tgan vaqtga ko‘ra topishga doir masalalar. III. Berilgan hodisalar orasida o‘tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o‘zaro teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va yechishga o‘rgatiladi. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarida vaqt o’lchovlarni o’rgatish puxta o’rgatish yuqori sinfga chiqqanda algebra, geometriya, fizika fanlarini o’qitishga tayanch bilim bo’ladi. Boshlang’ich sinfda asosiy katalliklarni o’rgatish biz boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifamizdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev SH.M. 2019-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Xalq ta’limi tizimi rivojlantirish masalalari” mavzusidagi nutqidan. 2. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi T.: 2005 yil 3. Toshmurodov B. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish T.: O’qituvchi, 2000 yil 4. Mardanova F. I. Matematikadan test topshiriqlari 3-sinf. O`qituvchi, T.: 2016 yil.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 71 5. Bozorova.M.Q, Norpo‘latova. X.A, Olimov.Q.T Ta’limni faollashtiruvchi metodlar. O‘quv qo‘llanma. Termiz: 2011yil. 6. Bikbayeva N. U. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. T.: O’qituvchi, 1996 yil 7. Toshmurodov B. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish T.: O’qituvchi, 2000 yil