scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YОSH AVLODNI TARBILASHDA DUTOR IJROCHILIGI AN'ANALARI

V.Uspenskiy nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʻqituvchisi Karimova Dilnoza Baxtiyorovna

Abstract

Maqolada barkamol va har tomonlama yetuk yosh avlodni voyaga yetkazishda musiqa ijrochiligining oʻrni va ahamiyati belgilanib, milliy cholgʻularning birida chalishni oʻrgatish, oʻquvchi yoshlar ongida axloqiy — etik va estetik qarashlarni shakllantirish, oʻz xalqiga, milliy san'ati va qadriyatlariga, an'analariga boʻlgan hurmat — e'tiborni oʻstirishda muhim vosita ekani belgilanadi. Milliy cholgʻularidan biri boʻlmish –dutor cholgʻusining ijrochilikdagi ahamiyati va ayrim ijroviy masalalariga e'tibor qaratilgan. Kalitli soʻzlar: yosh avlod, axloq- tarbiya, ustoz, dutor, ijrochilik san'ati, shtrixlar.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 72 YОSH AVLODNI TARBILASHDA DUTOR IJROCHILIGI ANʼANALARI V.Uspenskiy nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʻqituvchisi Karimova Dilnoza Baxtiyorovna Annotatsiya Maqolada barkamol va har tomonlama yetuk yosh avlodni voyaga yetkazishda musiqa ijrochiligining oʻrni va ahamiyati belgilanib, milliy cholgʻularning birida chalishni oʻrgatish, oʻquvchi yoshlar ongida axloqiy — etik va estetik qarashlarni shakllantirish, oʻz xalqiga, milliy sanʼati va qadriyatlariga, anʼanalariga boʻlgan hurmat — eʼtiborni oʻstirishda muhim vosita ekani belgilanadi. Milliy cholgʻularidan biri boʻlmish –dutor cholgʻusining ijrochilikdagi ahamiyati va ayrim ijroviy masalalariga eʼtibor qaratilgan. Kalitli soʻzlar: yosh avlod, axloqtarbiya, ustoz, dutor, ijrochilik sanʼati, shtrixlar. Аннотация В статье определяется роль и значение музыкального исполнительства в воспитании гармоничного и всесторонне развитого молодого поколения. В этой связи отмечано что обучение игре на одном из национальных инструментов формирует духовно–этические и эстетические взгляды учащихся, являясь важным средством внимания к народной культуре и музыкальному искусству народа, его ценностям и традициям. Среди музыкальных инструментов дутар занимает особое место, и в данном контексте расмотрены некоторым вопросы исполнительства и обучения игры на дутаре. Ключевые слова: молодое поколение, нравственное воспитание, учитель, дутар, исполнительское искусство, штрихи. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 73 Annotation The article defines the role and importance of musical performance in the upbringing of a harmonious and comprehensively developed young generation. In this regard, it is noted that learning to play one of the national instruments forms the spiritual, ethical and aesthetic views of students, being an important means of attention to folk culture and the musical art of the people, its values and traditions. Among musical instruments, the dutar occupies a special place, and in this context, some issues of performing and learning to play the dutar are examined. Key words: young generation, moral education, teacher, dutar, performing arts, strokes. Mamlakatimizda oxirgi yillarda milliy sanʼatimiznining boy ijrochilik anʼanalariga boʻlgan katta eʼtibor, davlatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator farmon va qarorlar , taʼlim sohasida amalga oshirilgan jarayonlar misolida gavdalanmoqda. Darhaqiqat, barkamol va har tomonlama yetuk yosh avlodni voyaga yetkazishda, musiqaning ahamiyati va oʻrnini alohida belgilagan davlatimiz rahbariyati , oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun imkoniyatlar eshigi yanada keng ochib, taʼlim olish uchun, oʻz isteʼdodini namoyish qilishi borasida barcha shart –sharoitlar yaratib bermoqda.[1] Buning zamirida yangi-yangi isteʼdodlar oʻzlarini ijodiy yutuqlari bilan jahon sahnalarida mamlakatimiz shaʼni himoya qilayotgani eʼtiborga sazovor. Zero, har bir millat oʻzini boy va koʻz qorachigʻidek asrab, asrlar davomida saqlab kelgan musiqiy qadriyatlari misolida oʻzining betakror koʻrinishi va Jahon sahnasida oʻziga xos oʻrnini topishga intiladi. Ayni shu pallada yoshlar manaviyati va dunyoqarashini shakllanishida milliy ijrochilik qadriyatlarni ustuvor ahamiyati birlamchi vazifani bajaradi. Oʻrta taʼlim tizimida ham milliy musiqiy asboblar bilan yaqindan tanishish, milliy cholgʻularning birida chalishni oʻrgatish oʻquvchi yoshlar ongida axloqiy va ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 74 etik qarashlarni shakllantirish pirovardida oʻz xalqiga, milliy sanʼati va qadriyatlariga boʻlgan hurmat eʼtibor oʻsishi nazarda tutilgan. Oʻzbekistonda keng tarqalgan va ommaviylashgan cholgʻulardan biri — dutor sozi hisoblanadi. Bu borada dutor ijrochilik anʼanalari oʻzbek xalqining boy tarixi, turmush tarzi, badiiy tafakkuri va ijodiy inʼikosiga aylandi desak ham mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzbek xalqining har bir xonadonida dutor, doira kabi cholgʻulari azaliy boʻlgan. Shu bois, dutor cholgʻusida chalish sanʼati milliy musiqa madaniyatning muhim elementlaridan biri desak boʻladi. Dutorda chalish uslubiyoti nisbatan uzoq anʼanalariga ega boʻlishiga qaramay, uning pedagogika taʼlim tizimida oʻqitish anʼanalari yetarli darajada tadqiq etilmagan. Qolaversa, zamonaviy oʻqitish jarayonining omillari va mazkur cholgʻuda chalish boʻyicha pedagogik uslubiy aspektlarini koʻplab qirralari yetarli darajada ochib berilmagan. Ayni damda konsert ijrochilik va pedagogikaning metodik yoʻnalishlarning maqsad va vazifalarini toʻla-tekis amalga oshirib berishda dutor cholgʻusi musiqiy konsert repertuari shakllantirish muammosi ham dolzarb boʻlib qolmoqda. Bugunda dutor cholgʻusida chalishni oʻqitish tizimi , oʻzbek milliy ijrochilik anʼanalariga tayangan holda , anʼanaviy usullar va yoʻllar bilan birga boshqa musiqiy cholgʻular sinfida qoʻlga kiritilgan izlanishlar va yutuqlar asosida oʻqitilishi lozim . Bu borada musiqiynazariy va psixologikpedagogik yoʻnalishdagi fanlarni ham majmuaviy oʻzlashtirish, uquvchilarning musiqiy — intellektual salohiyatini, badiiy didi va tafakkurini atroflicha shakllantirishda muhim omilga aylanadi. Bu borada oʻquvchilarni musiqiy tafakkurini rivojlantirish murakkab va uzoq muddatli jarayon sifatida ustozlardan oʻz shogirdlarida qunt va matonat, eʼtiborni charxlash va mustaqil fikrlash koʻnikmasini orttirishga qaratiladi. Bugunda zamonaviy taʼlim tizimi pedagoglarning koʻp yillik tajribasidan kelib chiqib, nazariy va amaliy bilimlarni qoʻllash asosida yangi ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 75 oʻquv tizimlarini yaratish, ijodiy yondashishga boʻlgan talab katta. Barcha toʻplangan va bugungi kunda yaratilgan metodik yondashuvlar yuqori sifatli natijalarni qoʻlga kiritish uchun moʻljallangan. Oʻquvchi musiqiy cholgʻuni qoʻlga olganda , u yangi “yaratuvchining hayoti” ni boshlaydi. Bu borada bolalarda musiqiy tovushni chiqarish zarurati tabiiy ravishda paydo boʻlishi kerak. Cholgʻuni chalishni maqsad qilgan kichik yoshdagi bolalarni shoshiltirmaslik lozim, u oʻz his-tuygʻularini tartibga solib , ijro qilishga qiziqishi borligini anglashi kerak. Musiqiy cholgʻuni qoʻlga olishdan avval oʻquvchi chalishni oʻrganish uchun koʻp narsalarni oʻzlashtirishi kerakligini bilib olishi muhim. Faqat shu jihatlarni oldindan anglash asnosida, uning taʼlim jarayonidagi ijroviy samaradorlik, maqsadlik, qatʼiyatlilik, ishonch va onglilik kabi axloqiy fazilatlar oʻsadi,rivoj topadi. Mashgʻulotning boshida qoʻyilgan fundament, musiqachining maʼnaviy va axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda muvaffaqiyat kalitiga aylandi . Boshlangʻich bosqichida pedagog uquvchining musiqiy qobiliyatlarining majmuaviy qirralarini – ritm hissi, musiqiy xotira va tinglab eshitish salohiyatini rivojlantirishi lozim. Milliy folklorga asoslangan namunalarni oʻzlashtirish asosida oʻquvchi xalqning maʼnaviy dunyosi, hissiyotlar olami, boy va rang – barang janrlari va shakllariga yaqinlashadi. Gamma, mashq va etyudlar ustida ishlagan jarayonda, boshlangʻich bosqichda oʻquvchi uchun oʻziga yarasha ijroviy muammolar paydo boʻladi. Tovush chiqarish masalasi ham bu borada alohida masala boʻlib turadi . Dutorchilarni mashqlar, gamma va etyudlar ustida ishlashi , musiqiy – badiiy asarlarni oʻrganishdan ancha farq qiladi. Instruktiv materiallarni ijro jarayonida bolalar ongli ravishda doimiy nazorat va eshitishni kuzatishi kerak boʻladi. Musiqiy cholgʻuning ijro mahoratida orttirilgan bilim va koʻnikmalar, soʻngra dutor asarlarini badiiy va musiqiy jihatdan boyi etishga , oʻquvchida esa mustaqil fikri va ijodiy munosabatini bildirishga yoʻl ochib beradi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 76 Dutor cholgʻusida texnik mahoratni rivojlantirish , musiqiy ijrochilikning murakkab masalalaridan biri. Umuman olganda dutorda texnik chalish muammosi nafaqat pedagogikada balki azaldan mavjuddir. Xar bir yangi davr sozandalari mazkur masalani oʻrganishga oʻz hissasini qoʻshib kelganlar va bu borada dutor ijrochilikk maktablari asosida boy pedagogik tajriba toʻplandi.[3]. Birgina shtrixlar ustida ishlash jarayoni alohida diqqatni tortadi. Albatta ularni qoʻllanilishi asarning musiqiy – ifodaviy ahamiyatidan kelib chiqadi. Dutordagi shtrixlarni oʻzlashtirish texnik va badiiy vazifalarni amalga oshirar ekan, biroq badiiylik birinchi oʻrinda turishi lozimligini unutmaslik darkor.[2] Pedagog tomonidan shtrixlarni oʻquvchiga koʻrsatishda nafaqat oʻzi tomonidan koʻrgazmali namoyishi, balki, maqsadga erishish yoʻlida maʼlum shtrixlarni qanday chiqarish usuli, tana, qoʻl , barmoq va mushaklarni holati tahlil qilinib koʻrsatilishi darkor. Ular uquvimlar tomonidan nazoratga olinishi lozim va uy vazifalarni bajarib mustahkamlash jarayonida aynan shu nazorat yordamida yangi shtrixlarni toʻgʻri oʻzlashtirib olishi garoviga aylanadi. Dutorda ijro qilish sanʼatida koʻp vaqt aynan texnik mahoratni qoʻyishga ajratilgan. Dutor cholgʻusining yumshoq “kamer” tembri , boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun, tovushni jarangdor va aniq chiqarishda maʼlum qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun dutorda aniq , nisbatan jarangdor tovush chiqarish yoʻli katta vaqtni talab etuvchi jarayonni tashkil etadi va toʻgʻri ijro postanovkasi , qoʻllar va shtrixlarni aniq va yengil oʻzlashtirib olishga imkon yaratib beradi. Erkin qoʻllar shtrixlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishda asosiy poydevor . Shtrixlar yordamida musiqiy asarning chuqur mazmuniy qirralari yoritilib , musiqiy matoning jumlalari, avji, dinamikasi, rangi, ritmik sokinligi taʼminlab beriladi. Bu borada dutor va boshqa cholgʻu ijrochiligi kabi shtrixlar rang –barang qisqa, alohida, bogʻlovchi va yengil parvozi boʻladi. Oʻquvchilar tomonidan turli shtrixlarni oʻzlashtirish va oʻzaro biriktirish sanʼati –dutorda ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 77 ifodaviy chalishning asosidir. Dutorda tovush chiqarish usullarini oʻrgatgan vaqtida dutorni chertim tabiatini esda tutish lozim, yaʼni tovushlar barmoqlar va butun qoʻl harakatini yuqori yoki pastga harakatlanishi bilan amalga oshiriladi . Asosiy shtrixlarni koʻrinishi barcha xalq cholgʻulari kabi umumiy koʻrinishga ega. Shtrixlar boʻyicha texnik mahoratni oʻstirish, yengillardan murakkab sari, asta –sekinlik bilan toʻplanib borishi lozim. Shtrix artikulyatsiyasi – dutor musiqasining muhim vositalaridan boʻlib cholgʻu tabiatini aniqlashda muhim oʻrin tutadi va yakkaxon, ansambl orkestr ijrochiligida muvaffaqiyatli qoʻllaniladi. Dutor cholgʻusida chalishni oʻrganish asnosida yoshlarni axloqiy,maʼnaviy, jismoniy va shaxsiy fazilatlariga oid koʻplab ijobiy qirralar shakl topishi eʼtiborga molik. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022-yildagi PQ112-son 2. Rasultoyev J. Oʻzbek dutor ijrochiligi. –T., “Oʻqituvchi”, 1997. 3. Ziyayeva M. Dutor (Faxriddin Sodiqov ijro uslubi) –T., 2008