O'ZBEKISTONDA DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLAR BOSHQARUV ORGANLARINING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlar siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutgan yoshlar boshqaruv organlari - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va hozirgi kunda uning o‘rnida tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu tashkilotlarning davlat siyosatidagi roli, erishgan yutuqlari va mavjud muammolar ochib berildi.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 78 O‘ZBEKISTONDA DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLAR BOSHQARUV ORGANLARINING O‘RNI Olimova Shaxruza Olim qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2-bosqich magistranti [email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlar siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutgan yoshlar boshqaruv organlari - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va hozirgi kunda uning o‘rnida tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu tashkilotlarning davlat siyosatidagi roli, erishgan yutuqlari va mavjud muammolar ochib berildi. Annotation This article analyzes the characteristics of youth governance bodies that play a significant role in implementing youth policy in Uzbekistan - the "Kamolot" Youth Social Movement, the Youth Union, which replaced it, and the Youth Affairs Agency. The study examines their role in state policy, achievements, and existing challenges Аннотация В данной статье анализируются особенности деятельности молодежных управленческих органов, играющих важную роль в реализации молодежной политики в Узбекистане - Молодежного социального движения «Камолот», сменившего его Союза молодежи и Агентства по делам молодежи. В ходе исследования раскрыты их роль в государственной политике, достижения и существующие проблемы.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 79 Kalit so‘zlar: yoshlar, yoshlarga oid davlat siyosati, “Kamolot”, “Kamalak”, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi. Keywords: youth, state youth policy, "Kamolot", "Kamalak", Youth Union, Youth Affairs Agency. Ключевые слова: молодежь, государственная молодежная политика, «Камолот», «Камалак», Союз молодежи, Агентство по делам молодежи. O‘zbekistonda yoshlar siyosati davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida turli yoshlar tashkilotlari shakllantirildi. Dastlab, 2001-yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil etilgan bo‘lsa, 2017-yilda u Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. 2020yildan boshlab esa Yoshlar ishlari agentligi faoliyat yurita boshladi. Ushbu maqolada yoshlar tashkilotlarining rivojlanish bosqichlari, ularning faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi: Yoshlar siyosatini amalga oshirishda yoshlar boshqaruv organlarining rolini, ularning evolyutsiyasi va samaradorligini tahlil qilish. Maqolada quyidagi tadqiqot usullari qo‘llanildi: Tarixiy tahlil – yoshlar tashkilotlarining rivojlanish bosqichlari va o‘zgarishlarini o‘rganish. Hujjatli tahlil – yoshlar siyosati bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, qarorlar va dasturlarni tahlil qilish. Taqqoslash usuli – “Kamolot”, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining farqli jihatlarini aniqlash. Ekspert bahosi – yoshlar tashkilotlari faoliyati bo‘yicha mutaxassislarning fikrlari asosida baho berish. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlar tashkilotlarining faoliyati quyidagicha baholandi:
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 80 “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (2001–2017) – Yoshlarning siyosiyhuquqiy bilimlarini oshirish, ularni faollikka jalb etish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirdi. Biroq, tashkilot faoliyatida byurokratiya va tashabbuskorlikning sustligi kuzatildi. Yoshlar ittifoqi (2017–2020) – Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirdi, ayniqsa, talabalar va ishchi yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar yaratishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirdi. Yoshlar ishlari agentligi (2020-yildan hozirgacha) – Yoshlar muammolariga yanada tizimli yondashish maqsadida tashkil etildi. Uning faoliyati yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Yoshlar tashkilotlarining rivojlanish jarayoni muhokamasi shuni ko‘rsatadiki, har bir bosqichda ularning vazifalari takomillashib borgan. “Kamolot” asosan yoshlarning siyosiy ongini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, Yoshlar ittifoqi yoshlarning real muammolarini hal qilishga intildi. Yoshlar ishlari agentligi esa bevosita hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mustaqil tashkilot sifatida, yoshlarning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarni olib bormoqda. Shuningdek, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yoshlar tashkilotlarining faoliyatida muayyan muammolar ham mavjud bo‘lgan: 1. Byurokratik to‘siqlar – yoshlarning barcha taklif va tashabbuslari tezkor qabul qilinavermaydi. 2. Moliyaviy ta’minot muammolari – ba’zi loyihalar yetarlicha mablag‘ bilan ta’minlanmagan. 3. Hududiy farqlar – qishloq va chekka hududlardagi yoshlar ba’zan ushbu tashkilotlarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmaydi. Bugungi globallashuv va zamonaviylashuv davrida jahon mamlakatlarida hayot darajasining turli sohalaridagi ijobiy jadallashuv natijasini butun jamiyat
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 81 faoliyatida, ayniqsa, yoshlar qatlami doirasida yaqqol kuzatish mumkin. Ushbu jarayonda yoshlarda o’ziga hos yangicha dunyoqarash shakllanib boryotgani hamda ular jamiyat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib boryotgani bunga dalil bo’la oladi. Shu bilan birga, bugungi diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “Ommaviy madaniyat” kabi xavflar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelayotgan e’tiqodlar, milliy va oilaviy qadriyatlarga putur yetkazayotgan bir davrda umumjahon standartlari va milliylik xususiyatalarni uyg’unlashtirgan, innovatsion yondoshuvlarga asoslangan yoshlarga oid davlat siyosati modelini ishlab chiqish va uni amalga tadbiq etishni hayotiy zaruratga aylantiradi 1 . Mustaqil O’zbekistonda ilk bora Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari haqida qonun 1991-yil 20-noyabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov rahbarligida qabul qilingan. Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. Qonun umumiy 21 moddan iborat va o’z ichiga yoshlarga oid siyosat ko’zlagan asosiy masalalarni qamrab olgan. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi: - millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; - yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; - milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi; 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi. 2018yil 25-dekabr
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 82 - yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlay olishlariga kafolat berish; - jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; - huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi 2 . Ushbu qonunga ko’ra yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va boshqa davlat idoralari, joylarda esa xalq deputatlari Kengashlari ijroiya idoralari zimmasiga yuklatilgan. Ushbu qonun 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan O’RQ406-sonli “|Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonunga asosan o’z kuchini yo’qotgan bo’lib, ushbu qonun 33 moddadan iborat. Ushbu yangi tahrirdagi qonun soha doirasidagi barcha masala va muammolarga yangi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib, batafsil yechim berdi. Davlat organlari (Vazirlar mahkamasi, mahalliy davlat hokimyati organlari, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo’yicha organlar 3 )ning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari va majburiyatlarini ham aniq tushuntirib, qonun buzilgan holatda javobgarlik ham belgilab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki davrlaridan to hozigi vaqtga qadar izchil va tizimli tarzda amalga oshirilib kelinayotgan yoshlar sohasiga oid tub islohotlardan ko’zlangan maqsad ham davlatimizning kelajagi va taraqqiyoti, O’zbekistonning jahon miqyosidagi o’rni va nufuzini belgilab beruvchi yosh avlodning manfaatlari va istiqbolli kelajagining kafolatlarini qamrab olishdir. Ushbu islohotlaarning amaldagi ifodasi siatida tuzilgan “|Kamolot” yoshlar 2 www.Lex.uz O’zbekiston respublikasining 20.11.1991-yildagi 429-XII sonli Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risidagi qonuni. 3 www.Lex.uz O’zbekiston Respublikasining 14.09.2016-yildagi 406-sonli Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonuni.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 83 ijtimoiy harakati ham sohada bir qancha ishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuch sifatida maydonga chiqqan. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bir guruh tahabbuskorlar tomonidan 2001-yil 25-aprelda tashkil etilgan. Ushbu harakat 1996-yil O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kamolot” yoshlar fondi o’rnida o’z faoliyatini boshlagan. Ushbu harakat o’z davrida O’zbekistondagi eng kata yoshlar tashkiloti bo’lib, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan a’zolarni o’zida jamlagan. Uning tarkibiga 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan “Kamalak” bolalar tashkloti ham kirgan 4 . Aholining 60% dan ko’prog’ini yoshlar tashkil etgan O’zbekistonda “Kamolot”ning asosiy bu mamlakat yoshlarini birlashtirish va ularning turli tashabbuslarini malga oshirishda yordam berish edi. Ammo tashkilotning faoliyatiga doir qator faktik sabablarga asosan, “Komolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati haqida O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida quyidagicha fikr bildirgan: “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida jiddiy kamchilik va nuqsonlar ko’zga tashlanmoqda, avvalo ushbu harakat O’zbekiston yoshlarini birlashtirgan, tom ma’nodagi ommaviy harakatga aylana olmadi.Yoshlarning keng qatlamlariga taalluqli bo’lgan dolzarb masalalarni hal qilish borasida o’zini haqiqiy yoshlar tashkiloti sifatida ko’rsata olmadi” 5 Ushbu yoshlar harakati faoliyatiga nisbatan yuqoridagi fikrlarning bayon etilishiga yetarli asoslar mavjud edi va bu fikrlarni o’z vaqtida tanqid va qoralash emas, balki mavjud kamchilik va hal qilinishi lozim bo’lgan muammolarni vaqtida ilg’ash va hal etishga ko’rsatma sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Tashkilotning faoliyati tarixini tahlil etar ekanmiz, “Kamolot” butun O‘zbekiston yoshlarini birlashtirgan, tom ma’nodagi ommaviy harakatga aylana 4 www.Gazeta.uz 5 O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqidan.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 84 olmagani, u asosan o‘z atrofida Harakat faoliyatiga xayrixoh bo‘lgan yoshlarni uyushtirib, faqat ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidangina ish olib borgan 6 . Yoshlarning keng qatlamlariga taalluqli bo‘lgan dolzarb masalalar, avvalo, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni katta maqsadlar sari safarbar etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, qisqacha aytganda, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘zini haqiqiy yoshlar tashkiloti sifatida ko‘rsata olmagan. Xolisona aytganda, tashkilotga a’zolik ham ko‘p hollarda faqat qog‘ozda mavjud, amalda esa aksariyat a’zolar “Kamolot” to‘g‘risida aniq tasavvurga ega emas, uning maqsad va vazifalarini bilmas, o‘z yetakchilarini tanimas, Harakat faoliyatida ishtirok etmas edi. Natijada yurtimizdagi minglab yoshlar, ayniqsa, qishloq joylarda nafaqat “Kamolot”ning, ayni vaqtda davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmoqda edi. Ular bilan hech kim deyarli shug‘ullanmay, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, desak, asosli haqiqatni tan olgan bo‘lamiz. Buning oqibatida uyushmagan, ya’ni, ishlamaydigan, o‘qimaydigan, aniq bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, salbiy ta’sirlarga beriluvchi yoshlar soni ortib borgan. Yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish, diniy ekstremistik oqimlarga, terrorchi guruhlarga qo‘shilib qolish holatlari ko‘payib borganligi, birgina 2016yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar o‘rtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati 7 qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak. Albatta, bu borada hamma aybni faqat “Kamolot”ga yuklab qo‘yish adolatdan emas. Dunyo bo’ylab jinoyatga moyil va xulqida ba’zi muammolari mavjud bolalar harakteri shakllanishida oila, bog’cha va maktablardan tashqari davlat tuzilmalari, jumladan yoshlarni birlashtiruvchi tashkilotlardan ham talab qilinadian zaruriy tashabbuslar mavjud va bu tashkilotlarning yoshlar orasidagi turli huquqbuzarliklarni kamaytirishda o’rni beqiyos 8 . 6 Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси // Халқ сўзи. 2018 йил 29 декабрь. 7 www.Gazeta.uz 8 Hall, G.Stanley. Youth:Its Education, Regimen and Hygiene. – N.Y.- Chicago: D.Appleton and company, 1906.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 85 Bu muammolarning oldini olish hamda yechimini topishda mahalliy hokimliklar, ichki ishlar bo‘limlari, prokuratura, sud, mahalla idoralarining ham o’rni bo’lganligini Prezident Shavkat Mirziyoyev ham o’z nutqida 9 ta’kidlab o’tgan. Ayni vaqtda bu masalada yoshlar bilan doimo hamnafas, hamfikr bo‘lib yashashi, ishlashi kerak bo‘lgan “Kamolot” va uning joylardagi bo‘linmalarining mas’uliyati ko‘proq, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. “Kamolot” faoliyatidagi bunday kamchiliklar haqida so’z borar ekan, uning albatta obyektiv va subyektiv sabablari ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq: obyektiv sabablar shundan iboratki, o‘z vaqtida “Kamolot”ni jamoat tashkiloti sifatida tuzib, lekin undan katta bir vazirlik vazifasi talab qilindi. Unga juda keng, ulkan vazifalarni topshirdig-u, ammo ularni bajarish uchun zarur huquqiy va amaliy vakolatlar, tegishli imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish haqida yetarli qonuniy asoslar ishlab chiqilmagan 10 . Oqibatda “Kamolot” yoshlar hayoti bilan bog‘liq hamma narsaga javob berishi kerak bo’lgan va ayni paytda hech narsaga javob berolmaydigan, mo‘rt va zaif bir tuzilmaga aylanib qolganini bugun e’tirof etishimiz kerak. “Kamolot” faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan subyektiv sabablar haqida gapirganda, uning aksariyat rahbarlari va xodimlari tomonidan ishga rasmiyatchilik bilan, yuzaki va loqayd munosabatda bo‘lish, kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilganini ham qayd etish lozim. Nafaqat joylarda, balki Harakatning markaziy idorasida ham mehnat va hayot tajribasiga ega bo‘lgan malakali kadrlarning yetishmasligi jiddiy muammolardan biri bo‘lgan. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, tizimda ishlayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yetarlicha e’tibor berilmaganligidadir. Buning ustiga, ko‘pgina viloyat va tumanlarda “Kamolot” tashkilotlari uchun binolar yetishmasligi, ularning moddiytexnik bazasi nochorligi, zarur mebel va inventarlar, aloqa va tashkiliy texnika 9 O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqidan. 10 Azizov A.X. Yoshlar tashkilotlari va ularning xalqaro aloqalari: Tashkilotlarni boshqarish masalalari. — Toshkent, 2019. — 111-bet
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 86 vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmagani, xizmat mashinalari yo‘qligi ham ishga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida quyidagicha statistikani keltirib o’tadi: “Misol uchun, hududiy bo‘linmalarning 81 tasi mahalliy hokimliklar binosida, 96 tasi turli korxona va muassasalar binosida joylashgan. Bu o‘z-o‘zidan yoshlarning o‘z tashkilotiga erkin kirib-chiqishini qiyinlashtiradi” 11 Yuqoridagi kabi obektiv va subektiv sabablar nodavlat “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining o’z oldiga qo’ygan maqsad va rejalarini amalga oshirishga to’siq bo’lib kelgan. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2017-yilga qadar yoshlarni birlashtrigan eng yirik tashkilit sifatida faoliyat yuritsada, u qo’l urgan katta tashabbuslarni amalga oshirish uchun yetarli darajada huquqiy va amaliy vakolatlar, tegishli imkoniyatva imtiyozlarga ega emas edi 12 . Bu kabi tanqidiy fikrlarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Ammo asosiy maqsad tilga olingan har bir muammoli masaladan xulosa chiqarish, ularga amaliy yechim topishdan iborat. Sanab o’tilgan kamchilik va muammolardan holi, bugungi kun talab darajasidagi yangi bir yoshlar tashkilotiga ehtiyoj sezilar ekan, avvalo, bu tashkilot qanday bo’lishi kerak degan dolzarb masala tegishli rahbarlar, olimlar va ekspertlar, mutaxassislar hamda yoshlar vakillari bilan ko’p bora muhokama qilinib, bu borada jahon tajribasini, uzoq-yaqindagi turli davlatlar tutgan yo’li o’rganib chiqildi. Dunyoning rivojlandan davlatlaridagi yoshlar tashkilotlari dabdabali va balandparvoz chiqishlar, tadbirlar o’tkazish emas, balki shu mamlakatdagi yoshlar bilan bevosita ishlash, amaliy muloqot qilish, ulardagi muammoli vaziyatlarga yechim topishda ko’mak berish yo’lidan boradi. Shu davrda O’zbekiston yoshlari bilan o’tkazilgan turli suhbatlar va muloqotlar davomida ham yoshlar rasmiyatchilik va buyrokratiyadan holi, yosh avlod 11 O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqidan. 12 Sh.A.Raximov . O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi(1991-2018yillar)