O'ZBEKISTONDA RAQAMLI BANK TIZIMINING O'RNI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH O'RNI
Full text
5 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI BANK TIZIMINING O‘RNI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH O‘RNI Abdurashidova Dilnoza Mulkamol qizi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Bank ishi 4-bosqich talabasi Telfon raqam: +998945028008 E’lektron manzil: di[email protected]om https://doi.org/10.5281/zenodo.17509702 Annotatsiya: Bugungi XXI asr texnika va texnologilar davrida axborot tizimi ko’zga ko’rinadigan darajada o’zgarganligi natejasida hukumat, jamiyat, iqtisodiyot, biznes, savdo va bank sohlarida tub o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. Ushbu tezisda O’zbekistondagi raqamli banklarning rivojlanish boshqichlari va ularni rivojlantirishda qo’llanilyotgan chora-tadbirlar haqida yoritib beriladi. Kalit so’zlar: Raqamli bank, an’anaviy bank, mobayl platforma, onlayn platforma, ijtimoiy tarmoqlar, ovozli yordamchilar, taqiladigan buyumlar, “Anorbank”, ‘TBC” bank, masofaviy bank xizmati. Kirish qism: Birinchi navbatda shuni aytib o’tishimiz kerakki, raqamli bank o’zi nima va bank jarayonlari takomillashtirilgan tizimi qanday tartibda tashkil etilganligi haqida. Raqamli bank tushunchasiga quyidagicha ta’rif keltirilib o’tilgan, “Raqamli bank”- bu innavatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarini masofaviy ko’rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda ham “raqamli bank” tizimini rivojlantirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bunga misol qilib quyidagi holatni aytish mumkin, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan “raqamli” banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda “Anorbank” va “TBC bank”lar raqamli bank sifatida ro‘yxatga olindi. Darhaqiqat, “raqamli bank” tushunchasi 2015-2020 yillar davomida Yevropa davlatlarida jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o‘z mijozlariga yana-da qulaylik va foydali xizmatlarni taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan keng foydalanadi. 1-rasm. Hozirgi vaqtda rivojlanib boryotgan raqamli banklarda xizmat ko'rsatish kanallari Quyidagi rasmda Capgemini Research Institute of Financial Services Analysisning 2022-yildagi so'rovnomasiga ko'ra mijoz va bank rahbarlari va xodimlari o’rtasida rivojlanib boryotgan raqamli banklarda xizmat ko'rsatish kanallariga bo’lgan talab tahlil qilinadi. Unga ko’ra, bank rahbarlari va xodimlarining qariyb 54 foiz ulushini ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga tog'ri kelgan bir vaqtda, mijozlarning ulushi bundan 2 foiz kam bo’lgan ulushni ko’rsatdi. Bu davrda ovozli yordamchilar kanalining mijozlarga nisbatan ulushi 50 foizga tog'ri kelgan bo'lsa, bank rahbarlari va xodimlarining ko'ratkichlari 36 foizni tashkil etdi. Yana bank rahbarlari va xodimlarining taqiladigan buyumlardagi ko'rsatkichlari atigi 0.7 foizni ko'rsatgan bo'lsa, bu nateja mijozlar ulushida 52 foizga tog'ri keldi. Bugungi kunda raqamli bank sanalmish “Anorbank” va “TBС bank”lar ham o‘z mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to‘liq raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu shuni anglatadiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Yaʼni, raqamli bank tizimida
6 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 mijozga mobil dasturi, mobil dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan taʼmirlangan bank operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi taqdim etiladi. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qiladigan bo’lsak, Mamadiyarov tadqiqotlariga ko'ra bank tizimida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi, birinchidan odamlar hayotidagi o'zgarishlar, yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishi, bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgani bilan bog'liq. Uning fikricha mohiyatan bank va mijoz o'rtasidagi aloqaning an'anaviy va masofadan tashkil etilishi o'rtasida keskin farq mavjud emas. Bank mijozlariga xizmat ko'rsatish kerakligi saqlanib qolingan, faqatgina bank va mijozlarini o'zaro bog'laydigan aloqa kanali o'zgardi. Ya'ni faqat bank mijozlari bankka berib bajaradigan operatsiyalarini endilikda masofadan ham amalga oshirish imkoni mavjud bo'ldi. 1 M. Kovaley G. Golovenchiklaming fikricha, raqamli bank bumobayl va onlayn platformadan foydalangan holda moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish, bu bankning mijoz bilan ishlash sifatini yaxshilaydi, vaqt va xarajatlarni tejaydi, shaxsiy ma'lumotlani xavfsizligi hamda xizmatlar sifati va tezligini oshiradi. 2 Fikrimizcha raqamli iqtisodiyot sharoitida bank xizmatlarini ko'rsatishda ayrim banklar ochilishidan raqamli bank sifatida tashkil etilib, barcha bank xizmatlarini to'laligicha raqamli shaklda masofaviy ko'rinishda taqdim etadi yoki faoliyat yuritib kelayotgan banklar o'z filiallarini qisqartirgan holda zamonaviy raqamli transformatsiyani amalga oshirib, o'z strukturasini raqamli bank shakliga o'zgartiradi. Albatta savol tug’ilishi mumkin: “Tijorat banklari va bugungi kunda rivojlanib kelyotgan raqamli banklar o’rtasida farq bormi”- degan. Bu savolga quyidagi jadval asosida javob berib o’tiladi: An’anaviy va raqamli banklar o’rtasidagi asosiy farqlar 3 1-jadval An’anaviy banklar: Raqamli banklar Bank filiallar tarmoqlarining har bir tuman, shahar va viloyat kesimida faoliyat yuritishi, sifat darajasiga e'tiborning sustligi Bank filiallari tarmog'ining kengaytirilmasligi Bank-mijoz o'rtasida onlayn aloqa o'rnatish holatining pastligi: Bank-mijoz o'rtasida onlayn aloqa tizimining 100 foiz o'rnatilganligi Mobil ilovalari ishlab chiqarilgan ammo mobil ilovalarda oddiy kartadan-kartaga pul o'tkazish yoki kommunal to'lovlar to'lash jarayonlarida doimiy muammolar mavjud bo'lib, ko'p holatlarda tizimda uzilishlar kuzatiladi Sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay bo'lgan mobil ilova Bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar chiqariladi, ammo ko'p holatlarda tanishbilishchilik katta rol o'ynaydi (agar tanish bo'lmasa, o'sha mijoz 3 oy va undan ko'p muddatga sarson-sargardonlikda yuradi) Bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar uchun eng qulay sharoitlar (ya'ni, mijoz talabidan kelib chiquvchi) va tez fursatlarda xizmat ko'rsatish 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlari nomigagina faoliyat yuritadi, mijoz bir savoliga javob olish uchun bankning barcha bo'limlari mutaxassislari bilan so'zlashishiga to'g'ri keladi. Mijoz vaqti, telefon aloqa xizmati uchun mijoz tomonidan to'lanadigan summa hisobga olinmaydi Tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimda javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi 1 Mamadiyorov Z. T Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlari rivojlantirish: Avtoteferat. -2019-y. -13-bet. 2 Ковалев М. Головенчик Г Цефровая трансформация банков // Банковский вестник. No11 (664). 2018. 50-60-bet. 3 Mirzobek Komiljonivich Avezovning “Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari” nomli maqolasi 4-bet
7 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Asosan ish haqi ma'lumotnomasi va boshqa qo'shimcha hujjatlar so'raladi Ortiqcha hujjatlarning talab etilmasligi Boshqaruvning markazlashganligi va inson omili katta ro'l o'ynashi Dastur tomonidan xizmat ko’rsatilishi va inson omilining hissasi nisbatan kamayishi Bank xarajatlarining ko'pligi natijasida xizmatlar tannarxining yuqoriligi Xizmatlar tannarxining arzon bo’lishi (yirik bino va ofislarga zaruriyatning yo’qligi) Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turganidek raqamli banklar asosan mijozlarning qulayligiga xizmat ko'rsatadi. Garchi an'anaviy banklar ham o'z mobil ilovalarini yaratayotgan va 24/7 rejimdagi aloqa markazlarini faoliyatini yo'lga qo'yayotgan bo'lsa ham ularning faoliyati va boshqaruvi markazlashgan holda amalga oshiriladi. Bu esa mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasiga salbiy ta'sir o'tkazadi. Xulosa: Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston bank tizimida bank xizmatlarini masofadan boshqaradigan raqamli banklar kam bo’lsada, yuqorida keltirilib o’tilgan ishlarning hammasini uni takomillashib borishiga juda katta yordam berib kelmoqda. Hamda yuqoridagi keltirilib o’tilgan fikrmulohazalar shundan darak beradiki, bank jadal rivojlanish va mijozga yo’naltirilganlik tamoyili asosida taklif etayotgan sifatli xizmatlari mijozlar tomonidan keng qabul qilinmoqda. Bu esa mamlakatimiz bank-moliya tizimida yangi raqamli bank tendensiyasi boshlanganligidan xabar beradi. Shu sababli hozirda an’anaviy faoiliyat yurityotgan banklarbham raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratishlari zamon talabiga aylanib bormoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi // Murojaatnoma 2020-yil 25-yanvar 2. Mamadiyorov Z. T Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlari rivojlantirish: Avtoteferat. -2019-y. - 13-bet. 3. Capgemini Research Institute of Financial Services Analysis 2022-yildagi rivojlanyotgan raqamli bank bo'yicha o'tkazgan so'rovnamasi. 4. Ковалев М. Головенчик Г Цефровая трансформация банков // Банковский вестник. No11 (664). 2018. 50-60-bet. 5. deposit.uz / news / o'zbekistondagi-raqamli-banklar-va-ularning-istiqbollari 6. Mirzobek Komiljonivich Avezovning “Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari” nomli maqolasi 4-bet.