scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARI DAROMADLARINING DARAJASIGA BAHO BERISHDA QOʻLLANILADIGAN ASOSIY KOʻRSATKICHLAR

Sheraliyev Abbos Xolmuminovich

Full text

8 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TIJORAT BANKLARI DAROMADLARINING DARAJASIGA BAHO BERISHDA QOʻLLANILADIGAN ASOSIY KOʻRSATKICHLAR Sheraliyev Abbos Xolmuminovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va bank ishi” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17509757 Annotatsiya: ushbu tezisda tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar, jumladan bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi haqida, aktivlarining rentabelligini oshirish, sof foydaning oʻsish surʼati bilan brutto aktivlarning oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash yuzasidan, Respublikamizning yirik banklaridan biri bo‘lgan, Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi va Turonbankda aktivlar va sof foyda miqdorining oʻzgarishi 2020-2024 yillarda 4 yillik hisobot ma’lumotlari asosida o‘rganilgan hamda tegishli xulosalar qilingan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, tijorat banklari daromadlari, bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi, sof foyda, brutto aktivlar. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda ikki koʻrsatkichdan, yaʼni aktivlarning rentabelligi va oʻz kapitalining rentabelligi koʻrsatkichlaridan keng foydalaniladi. Shunisi xarakterliki, aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichining xalqaro bank amaliyotida umumeʼtirof etilgan meʼyoriy darajasi yoʻq, ammo, oʻz kapitalining rentabelligi koʻrsatkichining xalqaro bank amaliyotida umumeʼtirof etilgan meʼyoriy darajasi mavjud boʻlib, 15 foizni tashkil etadi. Tijorat banklari aktivlarining rentabelligini aniqlash uchun joriy yilning sof foydasi brutto aktivlar summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi. Ushbu koʻrsatkichning meʼyoriy darajasi boʻlmaganligi sababli, uni darajasiga baho berish uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlil usulidan foydalaniladi: *bankning aktivlarning rentabellik koʻrsatkichini joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi; *tijorat bankining aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi boshqa tijorat banklarining shu koʻrsatkichi bilan taqqoslanadi. Tijorat banklari oʻz kapitalining rentabelligini aniqlash uchun joriy yilning sof foydasi regulyativ kapital summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi. V.Fatuyev va V.Alxasov yozadi: “aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi aktivlarga joylashtirilgan resurslarning sof foyda koʻrinishida qaytib keladigan qismini koʻrsatadi va bankning samaradorligini tavsiflovchi ajoyib indikator hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkichning meʼyoriy darajasi 0,35 foizdan 1,15 foizgachani tashkil etadi” 1 . Haqiqatdan ham, aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi bir birlik aktivga toʻgʻri keladigan sof foydaning darajasini koʻrsatadi va resurslarning aktivlarga joylashtirish samaradorligi toʻgʻrisida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 1 Фатуев В.А., Алхасов В.Л. Анализ прибыли и рентабельности банка//Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки. – 2012. – №1. 9 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1-rasm. Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi, foizda 2 1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibtiki, Turonbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2022yillarda oshish tendensiyasiga ega boʻlgan. Buning ustiga, bank aktivlarining rentabelligi 2024-yilda 2020yilga nisbatan yuqori surʼatda oshgan. Keltirilgam ma’lumotlardan ko‘rinadiki tahlil qilingan davr mobaynida Turonbank aktivlarining rentabellik darajasi sezilarli darajada past bo‘lgan.Bu esa,sof foydaning brutto aktivlarga nisbatan kichchik miqdorga ega ekanligi bilan izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. 1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibtiki, Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2024-yillarda nisbatan yuqori boʻlgan. Buning ustiga, ushbu koʻrsatkichning darajasi 2024-yilda 2020yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan O‘zsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasini 2024-yilda-2020 yilga nisbatan sezilarli drajada oshganligi sof foydaning osish suratini brutto aktivlarning o‘sish suratidan yuqori bo‘lgnaligi bilan izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtainazaridan ijobiy haolat hisoblanadi. Tijorat banklari aktivlarining rentabelligini oshirish sof foydaning oʻsish surʼati bilan brutto aktivlarning oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. 1-jadval Turonbankda aktivlar va sof foyda miqdorining oʻzgarishi, mlrd. soʻm 3 Koʻrsatkichlar 2020y. 2021y. 2022y. 2023y. 2024y. Brutto aktivlar 8714 11009 12878 15938 17585 Sof foyda 115 101 52 57 23 1-jadval maʼlumotlaridan aniq koʻrish mumkinki, Turonbankda brutto aktivlarning miqdori 2020-2024yillarda oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Biroq, mazkur davrda bank sof foydasining miqdori beqaror boʻlgan. Buning ustiga, sof foydaning miqdori 2024-yilda 2020-yilga nisbatan keskin kamaygan. Ushbu holatlar Turonbank brutto aktivlarining oʻsish surʼati bilan sof foydasining oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlanmaganligini koʻrsatadi. Turonbankda tahlil qilingan davr mobaynida sof foydaning miqdori keskin kamayganligi yalpi xarajatlarning yalpi daromadlarga nisbatan darajasini oshganligi bilna izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi.Buning sabai shundaki, sof foydaning miqdori va drajasi tijorat banklarining rentabelligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatgich hisoblanadi.Bu esa, sof foydaga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini o‘rganish va unga baho berish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Xulosa va takliflar 2 Rasm muallif tomonidan Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlari asosida tuzilgan. 3 Rasm muallif tomonidan Turonbankning moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlari asosida tuzilgan. 0,3 0,8 1,1 0,8 0,9 2,4 2,5 3,1 2,2 4,5 0 0,5 1 1,5 2 2,5 3 3,5 4 4,5 5 2020.y 2021.y 2022.y 2023.y 2024.y Turonbank O'zsanoatqurilishbank 10 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ✓ sof foydaning bank aktivlarining riskka tortilgan summasiga nisbatan optimal darajasini taʼminlash yoʻli bilan aktivlarning rentabelligini taʼminlash; ✓ Turonbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2022-yillarda oshish tendensiyasiga ega boʻlgani holda, 2024-yilda 2020-yilga nisbatan yuqori surʼatda oshgan; ✓ Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2024-yillarda nisbatan yuqori boʻlgan; Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Фатуев В.А., Алхасов В.Л. Анализ прибыли и рентабельности банка//Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки. – 2012. 2. Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlari https:// www.sqb.uz, https:// https://turonbank.uz/