XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR BILAN HAMKORLIKNING SAMARADORLIGI
Full text
11 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR BILAN HAMKORLIKNING SAMARADORLIGI Qosimov Bobur Sobirovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, “Moliya pul muomalasi va kredit” kafedrasining tayanch doktoranti Boburkosimov0 @gmail. com https://orcid.org/0009-0006-8238-1098 telefon nomeri 884559900telefon nomeri 884559900 https://doi.org/10.5281/zenodo.17509840 Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish jarayonlari, ularning milliy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda ushbu hamkorlikning samaradorligini baholash boʼyicha xulosa, takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: xalqaro moliyaviy institutlar, moliyaviy hamkorlik, tashqi moliyalashtirish, kredit liniyalari, grantlar, texnik yordam, iqtisodiy islohotlar. Аннотация: В статье изложены выводы и предложения относительно процессов сотрудничества Узбекистана с международными финансовыми институтами, их влияния на развитие национальной экономики, а также дана оценка эффективности этого сотрудничества. Ключевые слова: международные финансовые институты, финансовое сотрудничество, внешнее финансирование, кредитные линии, гранты, техническая помощь, экономические реформы. Annotation: The article provides conclusions and proposals on the processes of Uzbekistan’s cooperation with international financial institutions, their impact on national economic development, and an assessment of the effectiveness of this cooperation. Keywords: international financial institutions, financial cooperation, external financing, credit lines, grants, technical assistance, economic reforms. Kirish Globallashuv va iqtisodiy integratsiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan sharoitda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu institutlar tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar, grantlar, texnik ko‘mak va maslahat xizmatlari iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga, infratuzilmani modernizatsiya qilishga, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga hamda islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy institutlar bilan sheriklik aloqalarining kengayishi O‘zbekiston uchun ham rivojlanishning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar, investitsion muhitni yaxshilash, biznes jarayonlarni soddalashtirish, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bilan birga, tashqi moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish jarayonida ayrim cheklov va xatarlar – davlat qarzi hajmining oshishi, kredit shartlarining qat’iyligi, tashqi iqtisodiy omillarga yuqori darajada bog‘liqlik kabi jihatlarni ham hisobga olish talab etiladi. Shu sababli xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikning iqtisodiy samaradorligini chuqur ilmiy tahlil qilish, uning afzallik va kamchilik tomonlarini baholash, mavjud muammo va xavflarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish dolzarb vazifa sanaladi. Mazkur tadqiqotda xalqaro moliyaviy hamkorlikning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari o‘rganilib, hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. (1jadval). O‘zbekiston kreditlar va investitsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi 1 1-jadval 1 World Bank, Uzbekistan’s Bold Push for Unlocking Jobs and Prosperity, 2025 ma’lumotlari
12 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Yil Gross investment, % YaIM FDI, % YaIM YaIM o‘sishi, % Ishsizlik, % Milliy qashshoqlik, % Samaradorlik proksisi¹ 2019 36.8 3.4 6.8 4.8 … 0.18 2020 34.5 2.6 1.6 5.4 … 0.05 2021 32.2 3.3 8.0 5.7 17.0 0.25 2022 29.2 3.2 6.0 5.0 14.1 0.21 2023 34.5 2.4 6.3 5.1 11.0 0.18 2024 39.6 2.4 6.6 5.5 … 0.17 1-jadvalda 2019 yilda investitsiyalarning YaIMdagi ulushi juda yuqori - 36,8 %, shu bilan birga FDI 3,4 %ni tashkil etgan. YaIM 6,8 % o‘sgan, ishsizlik 4,8 % darajada bo‘lgan. Samaradorlik proksisi 0,18 bo‘lib, investitsion faollikning iqtisodiy o‘sishni qo‘zg‘atuvchi omil bo‘lgani kuzatiladi. Milliy qashshoqlik bo‘yicha ma’lumot mavjud emas, ammo umumiy indikatorlar ijobiy bo‘lgan. Pandemiya ta’siri sezilarli: investitsiyalar 34,5 %, FDI 2,6 %, YaIM o‘sishi 1,6 % gacha keskin pasaygan. Ishsizlik 5,4 % ga oshgan. Samaradorlik proksisi 0,05 darajaga tushib ketgan - bu kapital qo‘yilmalar qaytimi juda pastlashganini anglatadi. Ijtimoiy bosim oshgan, qashshoqlik bo‘yicha ham salbiy trend kutiladi. Post-pandemiya tiklanish davri: investitsiya ulushi biroz kamaygan - 32,2 %, ammo FDI 3,3 % gacha tiklangan. YaIM 8,0 % bilan yuqori sur’atda o‘sgan. Ishsizlik 5,7 %, qashshoqlik darajasi 17,0 % atrofida bo‘lgan. Samaradorlik proksisi 0,25 - bu davrda investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga qaytimi maksimal darajada ko‘ringan. Investitsiya ulushi yanada qisqarib, 29,2 % bo‘lgan, FDI esa 3,2 % darajada barqaror. YaIM o‘sishi 6,0 %, ishsizlik 5,0 %, qashshoqlik 14,1 % gacha qisqargan. Samaradorlik proksisi 0,21 - kapital samaradorligi yuqori, ijtimoiy ko‘rsatkichlarda ijobiy dinamika kuzatilgan. Investitsion faollik qayta ko‘tarilgan - 34,5 %, biroq FDI 2,4 % gacha pasaygan. YaIM o‘sishi 6,3 %, ishsizlik 5,1 %. Qashshoqlik 11,0 % gacha kamaygan. Samaradorlik proksisi 0,18investitsiyalar natijadorligi o‘rtacha darajaga qaytgan. Ijtimoiy barqarorlik kuchaygani ko‘rinadi. Investitsiyalar yana yuqori - 39,6 %, biroq FDI 2,4 % bilan past darajada qolmoqda. YaIM o‘sishi 6,6 %, ishsizlik 5,5 % biroz oshgan. Qashshoqlik bo‘yicha ma’lumot berilmagan. Samaradorlik proksisi 0,17 - investitsiyalar hajmi ortgani bilan ularning samaradorligi nisbatan past (2-jadval). Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikning iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari 2-jadval № Baholash mezoni Mezonga izoh Baholash ko‘rsatkichi (indikator) 1 Moliyaviy natijadorlik Ajratilgan mablag‘ning iqtisodiy qaytimi YaIMga qo‘shgan hissasi, investitsiya qaytimi 2 Infratuzilmaga ta’siri Loyihalarning iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash darajasi Transport, energetika, raqamli infratuzilma ko‘rsatkichlari 3 Bandlikka ta’siri Yangi ish o‘rinlari yaratishdagi roli Yaratilgan ish o‘rinlari soni 4 Innovatsion rivojga ta’siri Ilg‘or texnologiya va boshqaruv amaliyotlarining joriy etilishi Innovatsion loyihalar ulushi, texnologiyalar transferi 5 Xavf va qarzdorlik darajasi Tashqi qarz barqarorligini ta’minlash holati Qarzdorlik/YaIM, kredit shartlari 6 Ijtimoiy ta’sir Aholi farovonligi va yashash sifati yaxshilanishi Sog‘liq, ta’lim, kommunal xizmatlar ko‘rsatkichlari
13 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 7 Institutsional rivojlanishga ta’siri Davlat boshqaruvi va moliyaviy tizim samaradorligini oshirish BMT, Jahon banki indikatorlari 8 Shaffoflik va monitoring Loyihalar ijrosining ochiqligi darajasi Sharhlash, hisobotlar taqdimoti 9 Ekologik ta’sir Barqaror rivojlanish talablariga mosligi Atrof-muhitga ta’sir bahosi 10 Mintaqaviy rivojga ta’siri Hududlar kesimida teng rivojlanishga hissa Hududiy investitsiya ulushi 2-jadvalda xalqaro moliyaviy institutlardan jalb etilgan mablag‘larning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi ushbu mezon orqali baholanadi. YaIMga qo‘shilgan real hissa, investitsiya qaytimi (ROI) va iqtisodiy rentabellik darajasi hamkorlikning moliyaviy samaradorligini belgilaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar mablag‘lar o‘zini qanchalik oqlaganini namoyon etadi. Loyihalarning transport, energetika va raqamli infratuzilma rivojiga qo‘shgan hissasi asosiy baholash yo‘nalishidir. Yirik infratuzilmaviy loyihalar iqtisodiy sikllarni jonlantirishga, logistika samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur indikatorlar rivojlanish intensivligini ko‘rsatadi. Hamkorlik natijasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning muhim o‘lchovi hisoblanadi. Xususan, loyihalar bevosita va bilvosita bandlikni oshirishi orqali aholining daromadlari va mehnat bozoridagi faollikni rag‘batlantiradi. XMI mablag‘lari hisobidan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va boshqaruvni modernizatsiyalash imkoniyati yaratiladi. Innovatsion loyihalar ulushi va texnologiyalar transferi jarayonlari iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omildir. Tashqi moliyalashtirish bilan bog‘liq qarz barqarorligi masalalari ham e’tibordan chetda qolmaydi. Qarzdorlikning YaIMga nisbati hamda kredit shartlarining yumshoqligi mamlakatning fiskal barqarorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan baholanadi. Aholi farovonligi, yashash sifati va ijtimoiy xizmatlarga kirish imkoniyatining kengayishi hamkorlikning eng muhim natijalaridan biri sanaladi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va kommunal xizmatlar ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi ijtimoiy samaradorlikni ifodalaydi. Davlat boshqaruvi, tartibga solish tizimi va moliya institutlarining funksional imkoniyatlari oshish darajasi baholanadi. BMT, Jahon banki kabi xalqaro indekslardagi o‘sish mamlakatning institutsional salohiyati kuchayayotganidan dalolat beradi. XMI bilan hamkorlik jarayonlarida loyihalarning ochiqligi, hisobotlarning muntazam taqdim etilishi va manfaatdor tomonlar ishtirokini ta’minlash muhim talab sifatida qaraladi. Bu mezon korrupsiya va samarasiz boshqaruv xavflarini kamaytiradi. Moliyalashtirilayotgan loyihalarning ekologik barqarorligi, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning minimallashtirilishi va “yashil” me’yorlarga mosligi baholashning ajralmas qismidir. Barqaror rivojlanish tamoyillari asosiy mezon sifatida qo‘yiladi. Hamkorlik natijasida hududlar kesimida teng iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash darajasi tahlil qilinadi. Investitsiya oqimlarining hududiy taqsimoti milliy iqtisodiyotning muvozanatli o‘sishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar) bilan hamkorligi milliy iqtisodiyotning modernizatsiyasi va barqaror rivojlanishida sezilarli o‘rin egallaydi. Ushbu hamkorlik natijasida yirik infratuzilmaviy loyihalar moliyalashtirilib, bandlikni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida muayyan ijobiy natijalarga erishildi. Lekin xalqaro moliyaviy institutlar bilan hal etilishi zarur bo‘lgan quyidagi muammolarni bartaraf etish maqsadga muvofiq:
14 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 - tashqi qarzdorlikning YaIMga nisbatan maqbul chegarasini belgilagan holda, strategik qarz boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish zarur; - faqat yuqori iqtisodiy qaytimga ega investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ustuvorlik berish; - XMI mablag‘laridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish lozim; - raqamli iqtisodiyot, ekologik “yashil” texnologiyalar va yuqori qo‘shimcha qiymatli ishlab chiqarish loyihalariga investitsiya oqimini yo‘naltirish; - loyiha ijrosi bo‘yicha ochiq ma’lumotlar platformalarini joriy etish lozim; - har bir loyiha doirasida ekologik xavflarni baholash va kompensatsiya strategiyalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Umuman olganda, xalqaro moliya oqimlari bilan ishlash jarayoni shuni ko‘rsatadiki, samaradorlikning eng muhim sharti – bu jalb etilgan resurslarni yuqori qo‘shimcha qiymat yaratishga, innovatsion salohiyatni oshirishga, institutsional islohotlarni jadallashtirishga va iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirishga yo‘naltirishdan iborat. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik-iqtisodiy o‘sishga tezkor ta’sir etuvchi mexanizm emas, balki institutsional islohotlar, innovatsion modernizatsiya va uzoq muddatli milliy taraqqiyotning strategik poydevoridir. Samaradorlikka erishish esa tashqi resurslarni o‘z vaqtida, maqsadli, shaffof va yuqori iqtisodiy qaytim bilan boshqarishga bog‘liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Calderon, C.; Serven, L. The Effects of Infrastructure Development on Growth and Income Distribution // Policy Research Working Paper. – Washington, DC: World Bank, 2004. – № 3400. – 54 p. 2. Calderon, C.; Serven, L. Infrastructure and Economic Development in Sub-Saharan Africa // Journal of African Economies.- 2010. 19, suppl1. P. 13-87. 3. Dreher, A. IMF Conditionality: Theory and Evidence // KOF Working Papers. – 2006. April. 45 p. (preprint). 4. Минин И.И. Международные финансовые институты и их роль в развитии экономик СНГ // Вестник финансового университета. 2020. №3. С. 17-24. 5. Нурманов А.К. Эффективное использование международных финансовых ресурсов: казахстанский опыт // Экономика и статистика. 2021. №4. С. 29-36. 6. Дашкевич В.П., Ракович М.И. Финансовая устойчивость инвестиционных проектов с участием международных институтов // Экономическая наука. 2019. №12. С. 41-49. 7. Jabborov I.M. Хаlqaro moliyaviy instutlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi // Iqtisodiyot va ta’lim. 2022. №2. Б. 55-62. 8. Таdjiev А.B. Хаlqaro kredit resurslarini tarmoq va hududlar kesimida samarali taqsimlash masalalari // O’zbekiston iqtisodiyoti. 2023. №1. Б. 38-45. 9. S.M. Karimov. Хаlqaro moliyaviy instutlar loyihalarida monitoring va baholash tizimi: O’zbekiston amaliyoti // Моliya va bozor. 2023. №5. Б. 22-28. 10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbеkiston taraqqiyot stratеgiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni. Toshkеnt, 2022.y