scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQARO MOLIYA BOZORI DOLZARBLIGI

Ergashev Mansurbek Murod o'g'li

Full text

15 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XALQARO MOLIYA BOZORI DOLZARBLIGI Ergashev Mansurbek Murod o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talabasi tel:+998 (93) 914-02-32 https://doi.org/10.5281/zenodo.17509872 Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqaro moliya bozorining rivojlanish bosqichlari bugungi kundagi xato va kamchiliklari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so’zlar: Moliya bozori, Islom taraqqiyot banki, Qimmmatli qog’ozlar bozori, Valyuta va kredit siyosati, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliyaviy institutlar, Xalqaro moliya tashkilotlari. Аннотация: В этой статье будет представлена информация об этапах развития международного финансового рынка, его ошибках и недостатках на сегодняшний день. Ключевые слова: финансовый рынок, Исламский банк развития, фондовый рынок, валютная и кредитная политика, Азиатский банк развития, международные финансовые институты, международные финансовые организации. Annotation: this article will tell you about the mistakes and disadvantages of the stages of development of the international financial market today. Keywords: financial market, Islamic Development Bank, Securities Market, Currency and credit policy, Asian Development Bank, International Financial Institutions, international financial organizations. Kirish: Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi. Moliyaviy bitimlar xarakteriga qarab, MBni turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarish tamoyili boʻyicha moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni koʻndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olgan holda kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldi-sotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon MB paydo boʻldi.Jahon moliya bozori -xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi. Moliya bozori va iqtisodiy o'sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan tushuntirishga urunib ko'ramiz. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni "moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik" tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi. Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi. 16 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Asosiy qism: Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan. Quyida dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi keltirilgan. Bugungi kunga kelib, nisbatan kam sonli mamlakatlar o'rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o'rin olgan. 1 Ko'rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli. Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog'ozlar (kapital) bozori hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, 2018 yilda jahon fond bozori kapitalizatsiyasi 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. Kapitalizatsiyaning asosiy qismi Amerika Qo'shma Shtatlari hissasiga to'g'ri kelgan. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, AQSh kapitalazitsiyasi dunyoning boshqa jami mamlakatlari fond bozorining kapitaliztsiyasiga qariyb teng bo'lib qolgan. Shu sababli o'rganishlarimiz jarayonida ko'proq urg'u AQShga beriladi. AQSh kapital bozori dunyodagi eng katta va to'lovlilik va samaradorlik qobiliyati eng yuqori bo'lgan mamlakat hisoblanadi. AQSh kapital bozori qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotidan qariyib 2 barobar katta - fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi, YaIMni doimiy daromad bozori (Fixed income market) bo'yicha hisoblaganda AQSh kapitali 207 foizni tashkil etgan. Islom taraqqiyot banki -(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili OlmaOta(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.Osiyo taraqqiyot banki — xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy maqsadi: Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moliyaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank xususiy sektorni rivojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng. Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot fondi va Texnika yordami maxsus fondi. 2 Bankka rivojlangan davlatlarning taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi 3 . Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir. Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi: • davlat; • nodavlat tashkilotlar. Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1 xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) — World Economic Outlook, yillik hisobotlarida dunyo moliya bozorining hajmi haqida ma’lumotlar 2 Naimov, s. O. O. G. L., & shernayev, a. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va o’zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari. Science and education. 3 marasulov A., Xodiev B. va boshqalar — “Xalqaro moliya”, TDIU (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) nashri 17 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 • jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlili; • jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar; • investision faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar); • davlat loyihalarini kreditlash; • xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish; • ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish; • xayriya faoliyati. Xulosa: Bugungi kunda jahon moliya bozori juda katta va murakkab tizim bo‘lib, uning umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan ortiqdir. Ushbu bozorda moliya bozorining asosiy qismi kam sonli rivojlangan mamlakatlarga to‘plangan. Eng yirik ulushga ega mamlakatlar orasida AQSh yetakchilik qiladi — uning ulushi 40 foizni tashkil etadi, undan keyin Yaponiya, Xitoy, Gongkong, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi davlatlar keladi. Bu esa dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismining rivojlangan mamlakatlarga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Fond birjasi — jahon moliya bozorining eng muhim segmentlaridan biri bo‘lib, 2018 yilda uning kapitalizatsiyasi 85 trillion AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkichning katta qismi aynan AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSh kapital bozori qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotidan ikki barobar kattaroq bo‘lib, fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi. Bu esa AQSh moliya bozorining dunyodagi eng yirik va samarali bozor ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari, xususan, Islom Taraqqiyot Banki (ITB) va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi tashkilotlar moliyaviy yordam, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu banklar ko‘plab mamlakatlarda loyihalarni moliyalashtirib, barqaror iqtisodiy o‘sishga yordam bermoqda. Masalan, OTB Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlar uchun moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatadi, xususan, O‘zbekiston ham bu bank faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular mamlakatlarga kreditlar berish, investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdoni rivojlantirish va iqtisodiy siyosatni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tashkilotlar nafaqat moliyaviy yordam ko‘rsatadi, balki ilmiy tadqiqotlar va xayriya faoliyati bilan ham jahon miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi. Umuman olganda, jahon moliya bozori va xalqaro moliya institutlari iqtisodiyotning global barqarorligini ta’minlashda, mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishida beqiyos ahamiyatga ega. Ularning samarali faoliyati natijasida dunyo iqtisodiyoti yanada integratsiyalashgan va hamkorlikka asoslangan tizimga aylangan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Naimov, s. O. O. G. L., & shernayev, a. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va o’zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari. Science and education, 3(1), 1099-1103 2. Xamdamova, r. R. Q., & shernayev, a. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and education, 3(1), 1111-1116. 3. Jumanazarova, z. J., & shernayev, a. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg ‘armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish Yo ‘nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 8789. 4. Тemirov a.a. Improvement of corporate governance in the banking sector of the republic of uzbekistan // modern school of russia. Issues of modernization. No. 1 (38, v2), 2022, pp. 28-30.