IQTISODIYOTDA MEHNAT RESURSLARINING O'RNI VA AHMIYATI
Full text
18 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 IQTISODIYOTDA MEHNAT RESURSLARINING O’RNI VA AHMIYATI Eshqobilova Nargiza Mengnarovna DTPI Raqamli iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Bozorova Nilufar Abdumurod qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-kurs Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17509881 Annotatsiya: Ushbu maqolada mehnat resusrlari, ularni ishlab chiqishdagi o’rni, oqilona tashkil etishning ahamiyati, O’zbekiston va jahon tajribasida resurslardan foydalanish tahlil qilinadi. Maqola nazariy asoslar bilan yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Mehnat resurslari, iqtisodiyot, jamiyat, shaxsiy mulk bandlik, ishsizlik, demografik omil, inofatsiya. Abstract: This article discusses labor resources, their role in production, the importance of rational organization, and the use of resources in Uzbekistan and in world experience. Keywords: labor resources, economy, society, private property, employment, unemployment, demographic factor, innovation Kirish: Qadimgi davrlardan to hozirgi davrimizgacha mehnat resurslari jamiyatning asosiy qismi bo’lib, iqtisodiyot va hayotning barcha sohalarida mihim rol o‘ynagan. Mehnat resurslari turli davrlarda turlicha rivojlangan. Quyida biz mehnat resurslarining rivojlanishini davrlar bo‘yicha keltirib o‘tamiz: Quldorlik davrida mehnat resurslari mehnat resurslarining asosiy qismini qullar tashkil etgan, qullar ishlab chiqarishda majburiy mehnat asosida ishlagan, mehnatning ijtimoiy qadri yo‘q edi, mehnat unumdorligi juda past bo‘lgan, chunki rag‘bat tizimi mavjud emas edi., quldorlik tizimi mehnatni samarali tashkil etishga emas, balki kuch ishlatishga asoslangan edi. Feodalizm davrida mehnat resurslar, mehnat resurslarining asosiy qismini dehqonlar va hunarmandlar tashkil etdi, dehqonlar feodal yer egalari uchun majburiy mehnat (barshchina) bajarishgan,hHunarmandchilik va shahar mehnat tarmoqlari rivojlanib, mehnat taqsimoti shakllandi, mehnat faoliyati asta-sekin kasbiy ixtisoslashuv bosqichiga o‘ta boshladi. Kapitalistik jamiyatda mehnat resurslari, ыanoat inqilobi (XVIII–XIX asrlar) mehnat resurslarining sifat jihatdan yangi bosqichini boshlab berdi, mashinasozlik, fabrika va zavodlarning paydo bo‘lishi natijasida ishchi sinfi (proletariat) shakllandi, mehnat bozori vujudga keldi: ish kuchi tovar sifatida erkin sotila va sotib olinadigan bo‘ldi, ishchilar mehnatga haq to‘lanadigan shartnomalar asosida jalb qilina boshlandi, shu davrda mehnat huquqlari, kasaba uyushmalari va ijtimoiy himoya tizimlari paydo bo‘ldi. Sotsialistik davrda mehnat resurslari, mehnat davlat tomonidan markazlashgan tarzda boshqarilgan, ish joylari, kasb tayyorlash va ish haqi tizimi rejalashtirilgan iqtisodiyot asosida belgilanardi, ishsizlik deyarli mavjud emas edi, lekin mehnat samaradorligi past bo‘lgan, mehnat resurslarining asosiy vazifasi ishlab chiqarish rejasini bajarishga qaratilgan edi, O‘zbekistonda bu davrda sanoat korxonalari, paxta sanoati, qurilish va transport tarmoqlari uchun ko‘p sonli ishchi kuchi tayyorlangan. Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat resurslari, mustaqillikdan so‘ng (1991 yildan boshlab) O‘zbekiston va boshqa davlatlarda mehnat munosabatlari bozor mexanizmlari asosida shakllana boshladi, mehnat erkinligi, kasb tanlash huquqi, shartnomaviy mehnat tizimi joriy etildi. Xususiy sektor, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi keng rivojlandi. Mehnat bozorida raqobat shakllandi, ish haqi mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘ldi. malakali kadrlar tayyorlash, kasb-hunar o‘qitish va bandlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Hozirgi davrda mehnat resurslarining rivojlanish xususiyatlariga quyidagilar kiradi: ✓ Raqamli iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar natijasida yangi kasblar paydo bo‘ldi (IT, dizayn, marketing, logistika va boshqalar). ✓ Masofaviy ish va erkin bandlik (freelance) shakllari kengaydi. ✓ Xalqaro mehnat migratsiyasi kuchaydi.
19 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ✓ Mehnat resurslarining sifati — ya’ni bilim, malaka va kompetensiya — asosiy iqtisodiy ustunlik omiliga aylandi. Shuningdek, mehnat resurslarining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: • Mehnatga layoqatli aholi: Bu jismonan va ruhan sog’lom mehnat qilish uchun yoshi yetgan (odatda,16 yoshdan pensiya yoshigacha ) shaxsdir. • Bandlik: Mehnat faoliyati bilan Shug’ullanayotgan aholi qismi (ishchilar, xizmatchilar tadbirkor va h.k ) • Ishsizlik: Ishlashga tayyor, lekin ish topa olmayaotagn aholi qismi. • Malaka: Mehnat resurslarining sifati ularning bilim darajasi, ko’nikmalari va tajribasi. Mehnat resurslari har qanday ishlab chiqarish jarayoning eng muhim omillaridan biridir. Ularning roli quyidaqilardan iborat. ✓ Ishlab chiqarishni taminlash: Mehnat resurslarini korxonalarni ishchi kuchi bilan ta’minlaydi, ular ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. ✓ Texnologiyalarni qo’llash: Mehnat resurslari yangi texnologiyalar o’zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish orqali unumdorlikni oshiradi. ✓ Mehnat sifatini yaxshilash: Malakali mehnat resurslari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga hissa qo’shadi. ✓ Inovatsiyalarni yaratish: Mehnat resurslari ilmiy tadqiqotlar v aishlanmalar orqali yangi mahsulot texnologiyalar va usullarni yaratadi. ✓ Iqtisodiy o’sishni ta’minlash: Mehnat resurslarini samarali ishlatish iqtisodiy o’zishni rag’batlantiradi va jamiyatning faravonligini oshiradi. Mehnat resurslarining samarali ishlatilishi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan va jamiyatning faravonligini oshiradi. Mehnat resurslariga ta’sir etuvchi omillar: Demografik omillar aholining soni, jinsi, yoshi va milliy tarkibi. Aholining ta’lim darajasi va malakasi, aholining salomatligi holati va umr ko;rish davomiyligi aholini ko’chib yurishi (ichki va tashqi) mehnat bozori, ta’lim himoya sohalaridagi davlat siyosati. 2024-yil yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston mehnat resurslari soni jami 20 mln kishini tashkil etgan. Davlat sitatistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, bu raqam o’tgan yili mos davriga nisbatan taqqoslangan 0,8 % ga oshgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respubikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish choratadbirlari to’g’risida“ 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tamonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat barqarorligi ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar aholi bandligini ta’minlash dasturi samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilinadi : O’zbekiston Respublikasi 2017-yil 1-sentyabrgacha bo’lgan muddadga Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning keyingi kalendar yil uchun prognoz balanisining ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar mahkamasidagi kiritilishini ta’minlaydi. 1-jadval O‘zbekiston mehnat bozori ko‘rsatkichlari (2020–2024) Yil Mehnat resurslari (mln kishi) Band aholi (%) Ishsizlik darajasi (%) 2020 19.3 89.5 10.5 2021 19.7 90.4 9.6 2022 20.0 90.8 9.2 2023 20.4 91.2 8.8 2024 20.8 91.6 8.4 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mehnat resurslari va aholi bandligi o‘sish tendensiyasiga ega, ishsizlik darajasi esa kamaygan. 2-jadval
20 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari (2020–2024) Yil YaIM o‘sishi (%) Bandlik o‘sishi (%) Mehnat unumdorligi indeksi 2020 1.6 -0.5 100 2021 7.4 0.9 104 2022 5.7 1.2 107 2023 6.0 1.3 110 2024 6.2 1.4 113 3-jadval O’zbekiston Respublikasining 2017-yildan 2024-yilgacha bo’lgan mehnat resurslar sonini viloyatlar bo’yicha taqsimoti Klassifikator 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 O’zbekiston Respullikasi 18666.3 18829.6 18949.0 19158.2 19334.9 19517.5 19739.6 20085.2 Andijon viloyati 1722.2 1733.3 1741.7 1754.8 1745.3 1780.8 1799.6 1807.4 Buxoro viloyati 1073.1 10777.88 1081.0 1067.1 1072.3 1074.2 1089.2 1085.3 Jizzax viloyati 756.2 765.6 764.1 773.8 782.6 791.0 799.4 802.0 Qashqadaryo viloyati 1784.6 1806.8 1813.8 1809.8 1811.0 1813.4 1826.7 1888.5 Navoiy viloyati 547.2 552.0 555.8 555.2 564.5 570.6 584.5 597.4 Namangan viloyati 1549.5 1564.2 1573.9 1580.4 1586.1 1588.3 1603.99 1632.4 Samarqand viloyati 2079.6 2103.4 2117.1 2125.2 2122.0 2164.8 2167.6 2190.9 Surxondaryo viloyati 1423.9 1442.7 1456.9 1452.2 1464.6 1465.4 1486.0 1515.8 Sirdaryo viloyati 475.2 480.5 484.5 485.0 489.4 487.4 492.2 503.2 Toshkent viloyati 1623.9 1627.2 1607.3 1615.4 1622.5 1619.2 1640.7 1671.6 Farg’on aviloyati 2031.1 2043.1 2052.1 2069.3 2083.9 2097.8 2121.7 2143.3 Xorazm viloyati 1000.6 1013.4 1029.6 1044.8 1047.1 1050.9 1063.3 1080.3 2017-yil O’zbekistonda mehnat resurslarining umumiy soni 18666,3 kishini tashkil etgan bo’lsa 7 yildan keyin ya’ni 2024-yil bu ko’rsatgich 20085,2 kishini tashkil etmoqda. Viloyatlar bo’yicha eng kam mehnat resurslari Sirdaryo 475,2 ming kishi va eng ko’p mehnat resurslari Samarqandda 2079,6 ming kishini tashkil etmoqda 2017-yil holatiga ko’ra. Biroq bu ko’rsatgich kamaygani yo’q aksincha o’sib bormoqda 2024-yilga kelib sirdaryoda 503,2 kishini, Samarqandda esa 2190,9 kishini tashkil etmoqda. Xulos aqilib aytganda O’zbekistonda yildan – yilgacha mehnat resurslari soni ortib bormoqda. Buning natijasida ish o’rinlariga talab ham keskin ko’tarilmoqda. Su sababli ishsizlikni oldini olish maqsadida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev turli xil qarorlar joriy etdi. Xulosa
21 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Demografik o’sish sharoitida mehnat resurslaring ortishi va ish o’rinlariga bo’lgan talabning oshishi ijtimoiy – iqtisodiy barqarorlik jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi muhim muammolardan biridir. Ushbu muammoni samarali hal etish davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlash aholi faravonligini oshirish va ijtimoiy adolatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadga erishish uchun bir qator strategiyalar yo’nalishlarda kompleks chora tadbirlarni oshirish lozim. Sanoatni diversifikatsiya qilish va modernizatsiya qilish. Yangi texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiyotning real sektorida yangi ish o’rinlarini yaratish lozim. Yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish. Kasb – hunar ta’lim tizimini mehnat bozorining talablariga moslashtirish, talabalaring o’z istedodlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratish, startap loyihalarini qo‘llab – quvvatlash va volontyorlik faoliyatini rag‘bandlantirish orqali yoshlarning bandligini ta’minlashga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasining rasmiy qonunchilik bazasi, Lex.uz. 2. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining rasmiy veb-sayti parliament.gov.uz. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo’mitasining veb-sayti stat.uz. 3. O’zbekiston iqtisodiyoti resurslardan foydalanish va barqaror rivojlanish masalalari bo’yicha ilmiy maqolalar, tahliliy hisobotlar va ekspert xulosalari 4. Q.Abdurahmonov, N. Zokirova Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasio‘quv qo‘llanma Toshkent-2013 5. Artikov Zokir Sayfiddinovich Mehnat iqtisodiyotining mohiyati va uning tarkibiy yo‘nalishlari nomli maqolasi Journal of marketing, business and management.