ISLOMIY BANK XIZMATLARINING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Full text
27 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ISLOMIY BANK XIZMATLARINING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Melikov Otabek Maxmadaminovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi mudiri iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) E-mail: [email protected] Xurramova Fotima Bahodir qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Bank ishi va audit” yo’nalishi 3-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17509908 Annotatsiya: Mazkur maqolada islom banklarining xizmatlari, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Islom moliya tizimi an’anaviy bank tizimidan farqli ravishda foiz asosida emas, balki sheriklik va savdo asosida faoliyat yuritadi. Maqolada islom banklari tomonidan taqdim etiladigan asosiy xizmatlar – mudaraba, musharaka, murabaha, ijara, istisna va sukuk kabi moliyaviy instrumentlar tahlil qilinadi. Shuningdek, olimlar va iqtisodchilar fikrlari asosida islom banklari xizmatlarining ijtimoiy adolat, moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishga ta’siri muhokama qilinadi. Аннотация: В данной статье подробно рассматриваются услуги исламских банков, их роль и значение в экономике. В отличие от традиционной банковской системы, исламская финансовая система функционирует на основе партнерства и торговли, а не на основе процентов. В статье анализируются основные услуги исламских банков, такие как мудариба, мушарака, мурабаха, иджара, истисна и сукук. Кроме того, на основе мнений ученых и экономистов обсуждается влияние услуг исламских банков на социальную справедливость, финансовую стабильность и экономическое развитие. Abstract: This article provides an in-depth analysis of the services offered by Islamic banks and their importance in the economy. Unlike the conventional banking system, the Islamic financial system operates on the basis of partnership and trade rather than interest. The study examines the main services of Islamic banks, including mudarabah, musharakah, murabaha, ijara, istisna, and sukuk. Furthermore, based on the opinions of scholars and economists, the article discusses the impact of Islamic banking services on social justice, financial stability, and economic development. Kalit so‘zlar: Islom banklari, Islom moliya tizimi, mudaraba, musharaka, murabaha, ijara, istisna, sukuk, foizsiz bank tizimi, moliyaviy barqarorlik Ключевые слова: Исламские банки, Система исламских финансов, Мудараба, Мушарака, Мурабаха, Иджара, Истисна, Сукук, Беспроцентная банковская система, Финансовая стабильность. Keywords: Islamic Banks, Islamic Finance System, Mudarabah, Musharakah, Murabaha, Ijarah, Istisna, Sukuk, Interest-free Banking System, Financial Stability. Kirish. So‘nggi o‘n yilliklarda jahon moliya tizimida islomiy moliya va bank xizmatlariga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshib bormoqda. Islom banklari o‘z faoliyatini Qur’on va Shariat qoidalariga asoslangan holda olib borib, an’anaviy banklardan tubdan farq qiladi. Eng asosiy farqi shundaki, islom banklari foiz (ribo) asosida emas, balki sheriklik, savdo va ijara munosabatlariga tayangan holda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi[1]. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 80 dan ortiq davlatda islomiy moliya institutlari faoliyat yuritmoqda. Xalqaro Islom Moliyasi Forumi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil holatiga ko‘ra islomiy banklar aktivlari hajmi 3 trillion AQSH dollaridan oshgan[2]. Shu jihatdan, islom banklari xizmatlari nafaqat musulmon aholisi uchun, balki global miqyosda ham barqaror moliyaviy alternativ sifatida qaralmoqda[3]. O‘zbekiston Respublikasida ham islom moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yilda imzolangan
28 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 qarorlarda islom moliyasi bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro tajribani joriy etish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari alohida qayd etilgan[4]. Mavzuning dolzarbligi shundaki, islom banklari tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, balki ijtimoiy adolat, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining farovonligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi[5]. Chunki ushbu xizmatlarda risklarni adolatli taqsimlash, sheriklik asosida foyda olish va kapitalni real iqtisodiyotga yo‘naltirish ustuvor hisoblanadi. Metodologiya Mazkur tadqiqot islom banklari xizmatlarini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda qiyosiy tahlil, tarixiy yondashuv va nazariy umumlashtirish usullaridan keng foydalanildi. Avvalo, islom moliya tizimining nazariy asoslari Qur’oni karim va hadislar, shuningdek, fiqh olimlarining qarashlari asosida o‘rganildi[6]. Abu Yusufning “Kitob al-xaraj” asarida davlat moliyasi va adolatli soliq tizimi asoslari yoritilgan bo‘lsa, Ibn Xaldun “Muqaddima” asarida iqtisodiy faoliyatning ijtimoiy barqarorlikka ta’siri haqida yozib, adolatli moliyaviy tizim jamiyat taraqqiyoti uchun zarur ekanini ta’kidlaydi[7]. Shuningdek, zamonaviy iqtisodchi olimlarning qarashlari ham o‘rganildi. Masalan, M. Chapra islomiy moliya tizimini “ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikni uyg‘unlashtiruvchi alternativ” deb ta’riflaydi[8]. Z. Iqbal va A. Mirakhorlar esa islom banklarining xizmatlari haqida: “Ular riskni sheriklar o‘rtasida teng taqsimlash orqali moliya tizimini barqaror qiladi” deya ta’kidlashadi[9]. F. Khanning fikricha, “Islomiy moliya xizmatlari moliyaviy vositachilikni real iqtisodiyot bilan bog‘lab, spekulyatsiya xavfini kamaytiradi[10]. Tadqiqot jarayonida xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlar va hisobotlardan keng foydalanildi. Jumladan, Islomiy moliya xizmatlari kengashining (IFSB), Islom taraqqiyot banki (IDB) hamda Jahon bankining ma’lumotlari asosida islom banklarining xizmatlari va ularning global miqyosdagi rivojlanishi tahlil qilindi[11]. Metodologiyada, shuningdek, qiyosiy tahlil usuli asosida an’anaviy banklar va islom banklari xizmatlari o‘rtasidagi asosiy farqlar ham o‘rganildi. Masalan, M.N. Siddiqiy “foiz asosidagi kreditlash tizimi moliya sektorini spekulyatsiyaga olib boradi, islomiy moliya esa sheriklik orqali investitsiyani rag‘batlantiradi” deya qayd etadi[12]. Tahlil va natijalar. Tadqiqot davomida olingan natijalar islom banklarining xizmatlari iqtisodiy tizimda alohida o‘rin tutishini yaqqol ko‘rsatdi. Avvalo, islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi banklar foizsiz kreditlash, sheriklik asosidagi moliyalashtirish, tijorat va investitsion loyihalarda birgalikda ishtirok etish kabi xizmatlar bilan an’anaviy banklardan farq qiladi. 1-Jadval Islom moliyasi va an’anaviy banklar farqi. Ko’rsatkich Islom moliyasi(Islom banklari) An’anaviy banklar Asosiy tamoyil Foiz(ribo) taqiqlangan, foyda va riskni bo’lishishga asoslanadi. Foiz(prosent) asosida kredit va depozitlar ishlaydi. Riskni taqsimlash Investor va bank riskni birgalikda ko’taradi. Risk asosan qarz oluvchiga yuklanadi. Moliyaviy operatsiyalar Real aktivlarga(tovar, xizmat, loyiha) bog’liq bo’lishi shart Pul asosidagi bitilar keng qo’llaniladi. Ijtimoiy ma’suliyat Adolat,halollik va jamiyat manfaatiga xizmat qilishi shart. Asosan bank foydasi va kapitalni ko’paytirishga yo’naltiriladi. Moliyaviy vositalar Murabaha,musharaka,mudaraba,ijara,sukuk va boshqalar. Kredit,obligatsiya, foizli depozit va boshqalar. Bu jadvaldan ma’lumki, Islom banklari o‘zining shariyga muvofiq faoliyati orqali real iqtisodiy sektorga tayanadi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, anʼanaviy banklarning
29 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ham samaradorlik va tezkorlik jihatidan kuchli tomonlari mavjud bo‘lib, ular global moliya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston misolida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oxirgi yillarda islomiy moliya xizmatlariga talab ortib bormoqda. Jumladan, 2022-yilda Toshkent shahrida ilk islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ko‘rilgan va hozirda “Ta’minot banki” bazasida islomiy bank xizmatlari bo‘linmalari joriy etilmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib islomiy moliya xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 20 mingdan oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich yil davomida 1,7 barobarga ortgan[13]. Xalqaro tajribaga murojaat qilinganda, Malayziya, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari islom banklari xizmatlari bo‘yicha yetakchi davlatlar hisoblanadi. Masalan, Malayziyada islom moliyasi sektori mamlakatning umumiy moliya bozorida 30 foizdan ortiq ulushni tashkil etadi[14]. BAAda esa islom banklari aktivlari 2021-yilda 700 mlrd AQSH dollaridan oshgan[15]. Bu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, islomiy bank xizmatlari nafaqat diniy ehtiyojlarni qondiradi, balki iqtisodiy barqarorlik va investitsion muhitni kengaytirishga ham xizmat qiladi. O‘zbekistonda olib borilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, mijozlarning 65 foizi islom banklari xizmatlarini “adolatli va shaffof moliyaviy mexanizm” sifatida baholagan, 20 foizi esa “an’anaviy banklarga nisbatan xavfsizroq” deb hisoblagan. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham qayd etilgan: xizmatlar turlari cheklanganligi, qonunchilik bazasining yetarli darajada rivojlanmaganligi va kadrlar malakasining sustligi. Mutaxassislarning fikrlari ham tadqiqot natijalarini tasdiqlaydi. Masalan, iqtisodchi olim A. Siddiqiy “islomiy bank xizmatlari kapital bozorida muvozanatni saqlashga yordam beradi va uzoq muddatli investitsiyalarni rag‘batlantiradi” deya ta’kidlaydi[16]. Yana bir olim, O‘zbekistonlik mutaxassis S. Jo‘rayevning fikricha, “islom banklari xizmatlari aholining moliyaviy inklyuziyasi uchun muhim omil bo‘lib, ularning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish respublika moliya tizimini barqarorlashtiradi”[17]. Umuman olganda, natijalar shuni ko‘rsatadiki, islom banklarining xizmatlari O‘zbekistonda asta-sekin rivojlanib bormoqda. Ammo ularning samaradorligini oshirish uchun xalqaro tajriba, ilg‘or texnologiyalar va yetuk mutaxassislar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Islom va moliyaning bog’lanishi. Islom huquqida qonun qoidalarni o’rganuvchi yo’nalish-Fiqh deb ataladi. Moliyaviy masalalarga javob beruvchi fiqh esa fiqh al-Muamalat deb ataladi. Fiqh al-muamalat — bu islom huquqining insonlar o‘rtasidagi iqtisodiy, moliyaviy va tijorat munosabatlarini tartibga soluvchi bo‘limi.“Muamalat” arabchada bitimlar va munosabatlar degan ma’noni bildiradi.Shu bo‘lim moliya va savdo bilan bog‘liq masalalarni shariatga muvofiq tartibga soladi. 2-rasm. Islomda moliyaviy qoiadalar asosi. Tijorat muomala – insonlar o‘rtasidagi foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan moliyaviy va iqtisodiy bitimlar. Ularga quyidagilar kiradi: Murabaha-tovarni xarajat narxi va kelishilgan foyda ustamasini qo‘shib mijozga sotish shariyga mos bitimi. Ijara-uskuna yoki mulkni ijaraga berish, oxirida sotib olish imkoniyati bilan amalga oshiriladi; foyda real aktivdan olinadi. Istisna-maxsus buyurtma asosida tovar ishlab chiqarish yoki yetkazib berish sharti, to‘lov va yetkazib berish kelishiladi.
30 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Salaam-tovar oldindan sotib olinadi, to‘lov oldindan amalga oshiriladi, yetkazib berish kelajakda bo‘ladi. Musharaka-sheriklar kapital qo‘shib, foyda va zarar kelishilgan nisbatda taqsimlanadi, barcha sheriklar faoliyatga qo‘shiladi. Mudaraba-bir tomon kapital beradi, boshqa tomon ish qiladi; foyda kelishilgan nisbatda taqsimlanadi, zarar esa faqat kapital egasiga taalluqlidir. Sukuk-shariyga mos qimmatli qog‘ozlar, foyda real aktiv yoki loyihaga asoslanadi, foiz olinmaydi. Notijorat moliya — bu ijtimoiy yordam, xayriya va jamiyat farovonligini ta’minlashga qaratilgan, foydasiz moliyaviy faoliyat.Foyda olish emas, balki jamiyat manfaatiga xizmat qiladi.Operatsiyalar shariatga mos va halol bo‘ladi. 3-rasm. Notijorat moliyaning turlari. Qolaversa biz Islom Taraqqiyot bankida davlatlarning ulushini 4-rasmda ko’rishimiz mumkin. Unga ko’ra,Saudiya Arabistoni – eng katta ulushga ega bo‘lib, bankning deyarli chorakdan ko‘prog‘iga egalik qiladi (27.3%). Bu Saudiya Arabistonining mintaqaviy va diniy yetakchi sifatidagi mavqeini ko‘rsatadi.Liviya, Eron, Misr, Turkiya – har biri 8% dan 11% gacha ulushga ega, bu esa ularning ham bankdagi ta’sir kuchi yuqoriligini bildiradi.BAA va Quvayt – boy arab davlatlari sifatida o‘rtacha ulushga ega.Pokiston va Malayziya – islomiy dunyoda ahamiyatli bo‘lishiga qaramay, nisbatan kichik ulushga ega.Boshqalar(13.5%) – bu toifaga bankga a’zo bo‘lgan boshqa ko‘plab kichik mamlakatlar kiradi. 4-rasm. Islom Taraqqiyot bankida katta ulushga ega mamlakatlar. Zakot-shariatga muvofiq belgilangan moliyaviy boylikdan muayyan ulushni kambag‘allarga berish amali, ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Sadaqa-xohlagan miqdorda xayriya yoki yordam mablag‘ini berish, foyda olish maqsad qilinmaydi. Qarz al-hasana-foizsiz, halol qarz berish, jamiyatdagi ijtimoiy yordamni ta’minlashga xizmat qiladi. Xayriya loyihalari-shariatga mos ijtimoiy va xayriya faoliyati, jamiyat farovonligini oshiradi.
31 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Islom Taraqqiyot Banki (ITB) – xalqaro rivojlanish banki bo'lib, 1975-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda 57 ta davlat a’zo bo’lgan.Bankning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. Bugungi kunda bankka 57 ta davlat a'zo bo'lib, ularning ko'pi Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) a'zo mamlakatlardir. Bankning ustav jamg'armasi 150 milliard AQSh dollariga teng. O'zbekiston Islom Taraqqiyot Banki bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Bank O'zbekistonda turli sohalarda 100 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirgan. Masalan, 2025-yilda bank O'zbekiston ta'lim tizimiga 40 million dollar ajratish bo'yicha UNICEF bilan hamkorlikni boshladi . 5-rasm. Sukuk (Islomiy obligatsiyalar) bozori: 2017–2022 yillar tahlili. Islomiy moliya bozori tarkibida muhim o‘rin tutuvchi sukuk (shariatga mos obligatsiyalar) bozori so‘nggi yillarda jadal o‘sish sur’atini namoyon qilmoqda. Quyidagi yillik ma’lumotlar bu jarayonni yaqqol aks ettiradi. 2017-yil: Sukuk chiqarilishi hajmi nisbatan past bo‘lib, bu davrda global bozor endigina shakllanish bosqichida edi.2018-yil: Sukuk hajmi taxminan uch baravarga o‘sdi. Bu o‘sishga sabab sifatida islomiy moliyaviy instrumentlarga bo‘lgan ishonchning ortishi va yangi ishtirokchilarning kirib kelishini ko‘rsatish mumkin.2019-yil: Bozor sezilarli darajada kengaydi. Bu yilda chiqarilgan sukuk hajmi 2018-yildagiga nisbatan ikki baravarga yaqin oshdi.2020-yil: COVID-19 pandemiyasi davrida ko‘pgina mamlakatlar budjet taqchilligini qoplash va iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun sukukdan foydalandi. Bu yil sukuk hajmi rekord darajaga yaqinlashdi.2021-yil: Bozor tarixidagi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Global investorlar tomonidan barqaror va etik investitsiyalarga bo‘lgan talab ortdi. ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga mos investitsiyalarni tanlov qilish tendensiyasi sukuk bozori o‘sishiga turtki bo‘ldi.2022-yil (1-chorakgacha): Bu davrda chiqarilgan sukuk miqdori hali to‘liq yil bo‘lmaganiga qaramay, oldingi yillardagi hajmga yaqinlashmoqda. Bu esa yil yakunida yana yuqori natijalar kutilayotganini anglatadi.Sukuk bozori so‘nggi besh yilda 10 baravar o‘sgan. Bu o‘sish shariatga mos investitsiya vositalariga bo‘lgan ehtiyojning kuchayganini bildiradi.Bozor nafaqat musulmon davlatlarda, balki xalqaro moliyaviy markazlarda ham rivojlanmoqda. Sukuk ko‘p hollarda infratuzilma, yashil energiya, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun chiqariladi. Sukuk bozori global moliyaviy tizimda tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Bu moliyaviy instrument nafaqat shariatga mos, balki iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va investitsiya xavfsizligini ta’minlaydi. Yil sayin o‘sib borayotgan sukuk bozori — islomiy moliyaning global moliyaviy tizimga integratsiyalashayotganining yorqin isbotidir. Xulosa va Takliflar. Islom banklari xizmatlari an’anaviy bank xizmatlaridan tubdan farq qilib, foizsiz moliyalashtirish, sheriklik asosida investitsiya va adolat tamoyillariga asoslangan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi.O‘zbekistonda islom banklari xizmatlari endigina shakllanayotgan bo‘lsada, aholining ushbu xizmatlarga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Mijozlar so‘rovlarida islomiy bank xizmatlari shaffoflik va adolat tamoyillari bilan ijobiy baholangan.Shu bilan birga, normativ-huquqiy baza to‘liq shakllanmaganligi, kadrlar
32 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 salohiyatining yetarli emasligi, texnologik imkoniyatlarning cheklanganligi ushbu xizmatlarning keng rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Huquqiy bazani mustahkamlash: Islomiy moliya xizmatlarini tartibga soluvchi alohida qonun qabul qilish va xalqaro standartlarga muvofiq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish zarur. Kadrlar tayyorlash: Oliy ta’lim muassasalarida islom moliyasi bo‘yicha maxsus kurslar ochish, amaliyotchi mutaxassislarni xalqaro tajribaga o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish: Islom banklari xizmatlarining mohiyati, afzalliklari va ularning iqtisodiyotdagi o‘rni haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish orqali mijozlar bazasini kengaytirish mumkin.Umuman olganda, islom banklarining xizmatlari O‘zbekistonda moliya bozorini diversifikatsiya qilish, aholining moliyaviy inklyuziyasini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro tajribadan samarali foydalanish va milliy sharoitga mos strategiyalarni ishlab chiqish ushbu sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Chapra, M.U. Islamic Economics: What It Is and How It Developed. Islamic Research and Training Institute, 2000. 2. Islamic Financial Services Board (IFSB). Islamic Financial Services Industry Stability Report. Kuala Lumpur, 2024. 3. Iqbal, Z., & Mirakhor, A. An Introduction to Islamic Finance: Theory and Practice. John Wiley & Sons, 2011. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy bozorlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil. 5. Khan, F. “Islamic Banking: Issues and Challenges.” Journal of Islamic Economics, Banking and Finance, 2010. 6. Qur’oni karim, “Baqara” surasi, 275-oyat. 7. Ibn Xaldun. Muqaddima. Beirut: Dar al-Fikr, 2005. 8. Chapra, M.U. Islam and the Economic Challenge. Islamic Foundation, 1992. 9. Iqbal, Z., & Mirakhor, A. An Introduction to Islamic Finance: Theory and Practice. John Wiley & Sons, 2011. 10. Khan, F. “Islamic Banking: Issues and Challenges.” Journal of Islamic Economics, Banking and Finance, 2010. 11. Islamic Financial Services Board (IFSB). Stability Report. Kuala Lumpur, 2023. 12. Siddiqi, M.N. Banking Without Interest. Islamic Publications Ltd., 1983. 13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari, 2023-yilgi hisobot. 14. Bank Negara Malaysia. Islamic Finance Development Report, 2022. 15. Islamic Financial Services Board (IFSB). Stability Report on the Islamic Financial Services Industry, 2021. 16. Siddiqi, M. N. (2014). Issues in Islamic Banking: Selected Papers. Leicester: The Islamic Foundation. 17. Jo‘rayev, S. (2021). Islomiy bank xizmatlarining O‘zbekistondagi rivojlanish istiqbollari. Moliya va bank ishi jurnali, №2.