scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"OʻZBEKİSTON SHAROİTİDA CHİQİNDİLARNİ QAYTA İSHLASH KORXONALARİNİ MOLİYALASHTİRİSHNİNG AFZALLİKLARİ VA KAMCHİLİKLARİ"

Xudoyberdiyev Muhammad Norqobil o`g`li

Full text

37 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 “OʻZBEKİSTON SHAROİTİDA CHİQİNDİLARNİ QAYTA İSHLASH KORXONALARİNİ MOLİYALASHTİRİSHNİNG AFZALLİKLARİ VA KAMCHİLİKLARİ” Xudoyberdiyev Muhammad Norqobil o`g`li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, o‘qituvchi tel: +998 (90) 418-97-01 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17510131 Annotatsiya: Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash sohasini moliyalashtirishning mavjud holati, afzalliklari va kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda mamlakatda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan bir qatorda iqtisodiy o‘sishni ham rag‘batlantiradi. Kalit so‘zlar: chiqindilarni qayta ishlash, moliyalashtirish, yashil iqtisodiyot, davlat-xususiy sheriklik, ekologik barqarorlik, investitsiya, Oʻzbekiston. Oʻzbekistonda ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shu jihatdan chiqindilarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish iqtisodiy barqarorlik va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohada moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligi — loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishining asosiy omilidir. Tadqiqotda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, xalqaro moliya institutlarining grant va kredit dasturlari, shuningdek, investitsiya muhitining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chiqindilarni qayta ishlash sohasini moliyalashtirishning afzalliklari — ekologik foyda, iqtisodiy samaradorlik, yangi ish o‘rinlari yaratish va resurslarni tejash bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yuqori boshlang‘ich sarmoya, moliyaviy risklar, texnologik va kadrlar salohiyatining cheklanganligi kabi kamchiliklar mavjud. Moliyalashtirish iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. U kapital resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularning qaytishini ta’minlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Chiqindilarni qayta ishlash korxonalari esa, o‘z tabiati bilan kapital talab qiluvchi soha bo‘lib, yuqori texnologiyalarni, logistika tizimini va ekologik xavfsizlik me’yorlarini talab qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ–4821-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish konsepsiyasi”da chiqindilarni qayta ishlash, qayta foydalanish va energiya ishlab chiqarish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. № Yo‘nalishlari Afzalliklari Kamchiliklari 1 Iqtisodiy samaradorlik Qayta ishlangan chiqindilar ikkilamchi xomashyo sifatida ishlab chiqarishga kiradi, import hajmini kamaytiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiradi. Yuqori boshlang‘ich sarmoya talab etiladi, sarmoya qaytish muddati uzoq. 2 Investitsion jozibadorlik Davlat va xalqaro moliya institutlari (EBRD, UNDP, GEF) tomonidan grant va kredit dasturlari mavjud holatda ajratilishi. Kredit stavkalari yuqoriligi hamda kichik korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyati cheklangan. 3 Ekologik barqarorlik Chiqindilar hajmi kamayadi, poligonlar yuklamasi yengillashadi, havoga chiqayotgan zararli modda kamayadi. Ekologik nazorat va chiqindilarni saralash tizimi yetarlicha shakllanmaganligi. 38 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 4 Energiya tejamkorlik Qayta ishlangan chiqindilardan energiya olish tabiiy resurslardan foydalanishni kamaytiradi. Energiya ishlab chiqaruvchi texnologiyalar importga bog‘liqligi, energiya ishlab chiqarish samaradorligi past darajadaligi. 5 Ijtimoiy samaradorlik Yangi korxonalar yangi ish o‘rinlari yaratadi va aholi bandligi oshadi. Soha mutaxassislari, texnik kadrlar yetishmasligi. 6 Resurslardan oqilona foydalanish Qayta ishlash tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytiradi. Qayta ishlangan mahsulotlarning ichki bozordagi talab darajasining pastligi. 7 Hududiy rivojlanish Viloyat va tumanlarda chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlanadi. Ba’zi hududlarda logistika va tashish tizimi rivojlanmagan. 8 Davlat-xususiy sheriklik Davlat kafolatlari bilan investorlar jalb qilinadi, barqaror moliyalashtirish mexanizmi yaratiladi. Sheriklik jarayonida byurokratik to‘siqlar va uzoq muvofiqlashtirish jarayonlari mavjudligi. 9 Xalqaro integratsiya O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot” sohasida xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Global moliya resurslariga kirish raqobatli qat’iy talablarni oshiradi. 10 Texnologik rivojlanish Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali chiqindilarni qayta ishlash samaradorligini oshirish. Import texnologiyalariga qaramlik va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining yuqoriligi. Chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari (1jadval) Xulosa: O‘zbekiston sharoitida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirish ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ushbu sohani rivojlantirish orqali chiqindilardan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarga bo‘lgan bosimni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini kuchaytirish mumkin. Shu bilan birga, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, huquqiy bazani mustahkamlash hamda aholi va biznes subyektlari o‘rtasida ekologik mas’uliyatni oshirish zarur. O‘zbekiston sharoitida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirish ko‘plab ijobiy iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy natijalarni beradi. Biroq, bu sohada barqaror moliyaviy model yaratish uchun quyidagilar muhim: - davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish; - xalqaro grantlar va “yashil” kredit liniyalarini jalb etish; - soliq va bojxona imtiyozlarini kengaytirish; - texnologik modernizatsiya va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish. Natijada chiqindilarni qayta ishlash sohasi nafaqat ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi, balki O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi. Demak, chiqindilarni qayta ishlash sohasini samarali moliyalashtirish — bu nafaqat ekologik muammo yechimi, balki O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim bo‘g‘inidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. UNIDO (2021). Circular Economy in Central Asia. 2. OECD (2023). Financing Waste Management and Recycling Projects. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4821-sonli qarori “Yashil iqtisodiyotga o‘tish konsepsiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil. 4. Jahon banki (2022). Uzbekistan: Green Growth and Waste Management. 5. “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun, 2021-yil 5-aprel.