scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Boshlang'ich sinfda ona tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalari

Arslanbekova Shaxnozaxon Dilshatbek qizi

Abstract

Soʻngi yillarda О‘zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bо‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Savod о‘rgatish davrida о‘qitishning maqsad va vazifalari О‘quvchilarning boshlang‘ich sinfda ona tili ta’limi bо‘yicha egallaydigan bilim, kо‘nikma va malakalari, ularga qо‘yiladigan talablar davlat hujjati bо‘lgan о‘quv dasturida belgilab berilgan.

Full text

2025 – NOYABR 13 Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalari Arslanbekova Shaxnozaxon Dilshatbek qizi Andijon davlat universiteti Soʻngi yillarda О‘zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bо‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Savod о‘rgatish davrida о‘qitishning maqsad va vazifalari О‘quvchilarning boshlang‘ich sinfda ona tili ta’limi bо‘yicha egallaydigan bilim, kо‘nikma va malakalari, ularga qо‘yiladigan talablar davlat hujjati bо‘lgan о‘quv dasturida belgilab berilgan. Shuningdek, savod о‘rgatish dasturida ham savod о‘rgatish jarayoni va uning vazifalari aniq kо‘rsatilgan. Dasturga kо‘ra 1-sinfga kelgan bolalarning savodini chiqarish elementar о‘qish va yozishga о‘rgatishdan boshlanadi. Ular boshlang‘ich sinf davomida sidirg‘a о‘qish va savodli yozish kabi adabiy til me’yorlarini egallaydilar. Savod о‘rgatish dasturida savod о‘rgatish jarayoni ikki davrga bо‘lib kо‘rsatilgan: alifbegacha bо‘lgan tayyorlov davri va alifbo davri. “Alifbe” darsligiga asoslangan holda savod о‘rgarish о‘quv darslari о‘quvchilarni 4 oy davomida elementar о‘qishga, yozuv darslari esa yozishga о‘rgatilishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda о‘qitilayotgan ona tili va o’qish gi darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning о‘qish va nutq о‘stirish bо‘limida о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuniga; о‘quvchilarni tо‘g‘ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali о‘qishga о‘rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g‘oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. Ona tili va o’qish gi darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog‘lab о‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. О‘qish va nutq о‘stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bо‘yicha о‘qish mazmunini о‘qish kо‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, о‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. Ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalargi fani boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining og‘zaki va yozma savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda о‘qitiladigan darslar о‘z mohiyati, maqsad va 2025 – NOYABR 14 vazifalariga kо‘ra taflim tizimida alohida о‘rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiytalimiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta’lim darslariga о‘quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang‘ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas sо‘zdan bezib qolmasliklari lozim. О‘qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qо‘llay olish qobiliyatidir. Asosiy e’tibor, tushunishni namoyon qilishdan о‘zlashtirilgan qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. Boshlang‘ich sinf darslarida о‘quvchini qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga о‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va о‘qish darsi alohida ajralib turadi. Ona tili va о‘qish darslari orqali о‘quvchining savodi chiqadi. U yozishni va о‘qishni о‘rganadi. Boshqa fanlarda bо‘lgani kabi ona tili va о‘qish darslarida ham axborot texnologiyalaridan foydalanib dars olib borish ta’lim sifatini oshirishga va о‘quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini о‘stirishga yordam beradi. Shu sababli ona tili va boshqa darslarda axborot texnologiyalarini qо‘llash asosida dars о‘tish davr talabi deb aytishimiz mumkin. Ona tili va о‘qish darslarida multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan, axborotning xilma-xillligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi. О‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu о‘quvchilarda о‘zlariga bо‘lgan ishonchni shakllantiradi; о‘quvchilarning tafakkurini rivojlantiradi; о‘z-о‘zini namoyish etish imkonini beradi; о‘quvchi mavzu bо‘yicha yangi fikrlarni bildirishga va о‘ziga о‘zlashtirishga ruhan tayyor bо‘ladi. Ushbu jihatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy о‘qituvchi butun dunyo ta’lim tizimida bо‘layotgan о‘zgarishlardan doimo xabardor bо‘lishi va ularni о‘zlashtirib о‘z faoliyati davomida qо‘llay olishi lozim. Muxtasar qilib aytganda, Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. 2025 – NOYABR 15 Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 2. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 3. Hasanboyeva O., Sattorova G. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 4. Shodmonova Sh.S., To‘xliyeva Sh.T. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: Fan, 2020. 5. Raximova N. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2021.