scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION INVESTITSIYALAR VA INTELLEKTUAL KAPITAL INTEGRATSIYASI: O'ZBEKISTON IQTISODIY BARQARORLIGINING YANGI DRAYVERI

Ne'matova Ruhshona Fayzulla qizi

Full text

56 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 INNOVATSION INVESTITSIYALAR VA INTELLEKTUAL KAPITAL INTEGRATSIYASI: O‘ZBEKISTON IQTISODIY BARQARORLIGINING YANGI DRAYVERI Ne’matova Ruhshona Fayzulla qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi talabasi Elektron pochta: nruhshona28[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17510343 ABSTRACT This thesis examines the strategic significance of integrating intellectual capital and innovative investments in ensuring sustainable economic development in Uzbekistan. The synergy between human resources, scientific potential, and technological innovation is interpreted as a new conceptual paradigm — a development model of the emerging knowledge-based economy. This approach enhances national competitiveness, accelerates innovation-driven growth, and establishes a qualitatively new model of economic expansion that ensures long-term stability. В данной тезисе рассматривается стратегическое значение интеграции интеллектуального капитала и инновационных инвестиций в обеспечении устойчивого экономического развития Узбекистана. Синергия человеческих ресурсов, научного потенциала и технологических инноваций трактуется как новая концептуальная парадигма — модель развития формирующейся экономики, основанной на знаниях. Такой подход укрепляет национальную конкурентоспособность, ускоряет инновационное развитие и формирует качественно новую модель экономического роста, обеспечивающую долгосрочную стабильность. ANNOTATSIYA Ushbu tezis O‘zbekiston iqtisodiyotida intellektual kapital va innovatsion investitsiyalar integratsiyasining barqaror rivojlanishdagi strategik ahamiyatini tahlil qiladi. Inson resurslari, ilmiy salohiyat va texnologik yangiliklarning uyg‘unligi natijasida shakllanayotgan bilimga asoslangan iqtisodiyot yangi konseptual paradigma(rivojlanish modeli) sifatida talqin etiladi. Mazkur yondashuv milliy raqobatbardoshlikni mustahkamlab, innovatsion taraqqiyotni tezlashtiruvchi va iqtisodiyotning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlovchi sifat jihatidan yangi o‘sish modelini vujudga keltiradi. Kalit so‘zlar: drayver, sinergetik, innovatsiya, startap ekotizimi, intellektual kapital, investitsion faoliyat, submezon, intellektual mulk, venchur, IT xizmatlari. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida iqtisodiy barqarorlik va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash an’anaviy ishlab chiqarish omillaridan tashqari yangi drayverlarni – ya’ni bilimga, malakaga, innovatsiyaga va sarmoyaga asoslangan iqtisodiy tizimni – talab qilmoqda. Ushbu drayverlardan biri sifatida intellektual kapitalni, ikkinchisi sifatida esa investitsion faoliyatni ko‘rish mumkin. Biroq eng yuqori natijaga erishish uchun bu ikki omilni integratsiyalash – ya’ni bir-birini to‘ldiruvchi, sinergetik(aql kuchi va mablag’ kuchi) tarzda birlashgan holda foydalanish muhimdir. O‘zbekistonda aynan shunday integratsiyalashgan model shakllanmoqda va uni qo‘llab-quvvatlovchi amaliy islohotlar, startap ekotizimi, xalqaro investitsiyalar oqimi ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, 2024-yilda mamlakatga kirib kelgan to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXI) hajmi $11,9 milliardga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 53,6 % ga oshdi.[2] Shu bilan birga, innovatsion salohiyat mezonida – 2025-yilgi “Global Innovation Index”da O‘zbekistonga 79o‘rin berildi. Ushbu ma’lumotlar integratsiyalashgan yondashuv zarurligini yaqqol namoyon etadi.[2] “Intellektual kapital” deganda insonlarning bilim va ko‘nikmalari, tashkilotlarning tajribasi va boshqaruv salohiyati, hamda innovatsion fikr va texnologiyalarning jamlanmasi tushuniladi.[9] Ushbu kapital iqtisodiy tizimdagi samaradorlikni oshirish va raqobat ustunligini yaratishda hal qiluvchi omil bo‘ladi. O‘zbekistonda ta’limga, ilm-fan va innovatsiyalarga davlat e’tibori kuchaytirilmoqda. Masalan, «Inson kapitali – 2030» strategiyasi doirasida ta’lim va ilm-fanga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi oshirildi. Raqamli iqtisodiyot sohasida esa “IT Park Uzbekistan” rezidentlari soni 2020-yildagi 411 tadan 2023-yilda 1 57 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 552 taga yetdi.[1] Shuningdek, IT sektorida eksport ham oshmoqda – 2023-yilda IT Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot va xizmatlar eksporti $344 millionni tashkil etdi.[1] Bu holat intellektual kapitalning iqtisodiy qiymatga aylanishini va iqtisodiyotdagi rolining o‘sishini ko‘rsatadi. Intellektual kapital yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ish unumdorligi, innovatsion mahsulotlar, eksport va xizmatlar hajmi oshadi. Shu bois O‘zbekistonda bilimga asoslangan investitsiyalarni jalb qilish siyosati iqtisodiy o‘sish strategiyasida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Investitsion faoliyat – bu iqtisodiy tizimga joriy etilayotgan moliyaviy resurslar, ayniqsa to‘g‘ridanto‘g‘ri investitsiyalar, ichki sarmoyalar, infratuzilma loyihalari va startap venchur sarmoyalar orqali o‘sishni ta’minlovchi tashqi omildir. O‘zbekistonda 2024-yilda investitsiyalarning investitsiya kiritilishi bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, butun investitsiyalar hajmi ko‘tarilgan: doimiy kapital investitsiyalari 27,6% ga oshdi, ayniqsa markazlashtirilmagan investitsiyalar (non-centralised investments) 32,8% ga o‘sdi.[3] Shu bilan birga, 2024-yilda mamlakatga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi $11,9 milliardni tashkil etdi, YAIMdagi ulushi esa 10,3% ga yetdi. Investitsiyalar yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmalarni yaxshilash, texnologik yangilanishga turtki beradi – bu barcha barqaror o‘sish uchun zarur.[6] Biroq, investitsion faoliyat faqat sarmoyani jalb qilish emas, balki bu sarmoyani innovatsion va raqamli texnologiyalarga yo‘naltirish ham lozim. Yuqoridagi ikki omil – intellektual kapital va investitsion faoliyat – alohida rivojlansa ham, ularning birlashtirilishi barqaror o‘sishga ancha katta hissa qo‘shadi. Bunda intellektual kapital investitsiyalar samaradorligini oshiradi, investitsiyalar esa intellektual kapitalni iqtisodiyotda amaliylashtirish imkonini yaratadi. Masalan, O‘zbekistonda startap ekotizimi tez sur’atda rivojlanmoqda: 2020-yilda startap investitsiyalari atigi $0,3 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda $69,5 millionga yetdi — bu 230 barovarga yaqin o‘sishdir.[3] Shu jarayonda FinTech, EdTech, sun’iy intellekt kabi sohalar markaziy rol o‘ynamoqda. Masalan, IT/raqamli xizmatlar eksporti $344 millionga yetdi.[1] Bunday natijalar intellektual kapitalning sarmoyaga aylanuvchi, iqtisodiy foyda keltiruvchi aktivga aylanayotganini yaqqol ko‘rsatadi. 2024-yilda investitsiyalar va startaplar uyg‘unlashuvi masalasida O‘zbekiston “Innovation input” submezonida 69-o‘rin egalladi.[2] Ayniqsa, davlat tomonidan yuritilayotgan islohotlar – erkin iqtisodiy zonalar yaratish, soliq imtiyozlari berish, investitsiya tartibini soddalashtirish – intellektual kapital va investitsiyalar integratsiyasini tezlashtirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, uning amaliy natijasi– oshgan eksport, startaplar soni, raqamli xizmatlar rivojlanishi va xalqaro investitsiyalar kirib kelishi– barqaror o‘sish modelini shakllantirishga yordam bermoqda. Biroq integratsiyalashgan yondashuvni samarali amalga oshirish yo‘lida bir qator muammolar uchramoqda. Ulardan eng asosiylari: intellektual mulk himoyasi tizimining pastligi, startap va venchur ekotizimida investor ishonchining to‘liq yetilmaganligi. Shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida investitsiyalar tabiiy resurslarga yo‘naltirilgani va intellektual kapitalga yetarlicha e’tibor berilmagan.[9] Shu bois quyidagi tavsiyalar ilgari suriladi: • Ta’lim tizimini modernizatsiya qilib, universitetlarni sanoat bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, “Universitet–biznes” hamkorligini kengaytirish. • Startup va venchur investitsiyalar uchun maxsus moliyalashtirish vositalarini oshirish, xususiy investorlar uchun soliq va huquqiy imtiyozlar yaratishni kengaytirish. • Intellektual mulk huquqlarining himoyasini kuchaytirish, milliy patent tizimini modernizatsiya qilish. • Inson kapitali va innovatsiyaga sarmoya kiritishni strategik ravishda kuchaytirish, universitet-tadqiqot markazlari va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish. • Investitsiyalarni raqamli va yuqori texnologiyali sohalarga yo‘naltirish, shuningdek, kichik va o‘rta startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotning turli sohalarida bilimga asoslangan o‘sishni ta’minlash. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashda intellektual kapital va investitsion faoliyat integratsiyasi strategik ahamiyatga ega. Intellektual kapital – bu iqtisodiyotning ichki o‘sish manbai, investitsiyalar esa tashqi moliyaviy drayverdir. Ularning uyg‘unligi orqali O‘zbekistonda yangi turdagi – bilimga asoslangan, innovatsiyaga tayangan va sarmoyaga ochiq iqtisodiy model shakllanishi 58 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 mumkin. Raqamli tarmoqlar, startaplar ekotizimi, IT xizmatlari eksporti va yuqori malakali kadrlar – bular integratsiyalashgan yondashuvning natijasidir. Agar ushbu yo‘nalishdagi siyosatlar izchil va samarali amalga oshirilsa, O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlik va uzluksiz o‘sish ta’minlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Invest.gov.uz. “Innovation and Digital”. 2025. 2. Kun.uz. “Foreign direct investment in Uzbekistan increased by over 50% in 2024”. 1 February 2025. 3. UzDaily.uz. “Uzbekistan’s investment in fixed capital grows by 27.6% in 2024”. 01 February 2025. 4. Zamin.uz. “Uzbekistan ranked 79th in the Global Innovation Index”. 16 September 2025. 5. UzDaily.uz. “Uzbekistan the fastest-growing startup ecosystem in Central Asia”. 2025. 6. LloydsBankTrade. “Foreign direct investment (FDI) in Uzbekistan”. 2024. 7. Lee H-S, Chernikov S.U., Nagy S. “Motivations and locational factors of FDI in CIS countries”. 2022. 8. Nashira H., Kurniawan A. “Measuring Intangible Assets Using Parametric and Machine Learning Approaches”. 2022. 9. Zokirov J, Tolibekov D Intellaktual Kapitalni Mamlakat Iqtisodiyotini Rivojlantirishga Ta’siri va Ahamiyati. 2024