scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YEVROPA DAVLATLARIDA TIZIMLI AHAMIYATGA MOLIK BANKLARNI ANIQLASH VA TARTIBGA SOLISH AMALIYOTI

Ashurov Jaloliddin Eshpulatovich

Full text

87 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 YEVROPA DAVLATLARIDA TIZIMLI AHAMIYATGA MOLIK BANKLARNI ANIQLASH VA TARTIBGA SOLISH AMALIYOTI Ashurov Jaloliddin Eshpulatovich Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17510557 Annotatsiya: Maqolada tizimli ahamiyatga molik banklar faoliyati nazariy jihatdan oʻrganilgan. Xususan, iqtisodchi olimlarning mazkur masala yuzasidan bildirgan fikrlari va ilmiy tadqiqotlari oʻrganilgan Shu bilan birga, eng asosiy urgʻu global va milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash metodologiyasiga qaratilgan. Jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, va tahliliy maʼlumotlari oʻrganilgan Kalit soʻzlar: tijorat banki, tizimli ahamiyatga molik banklar, global tizimli ahamiyatga molik banklar, milliy tizimli ahamiyatga molik banklar, baholash koʻrsatkichlari, Bazel qoʻmitasi. Annotatsiya: V statye teoreticheski issledovana deyatelnost sistemoobrazuyuщix bankov. V chastnosti, izuchenы mneniya i nauchnie issledovaniya ekonomistov po dannomu voprosu. Pri etom osnovnoy aksent delayetsya na metodologii viyavleniya sistemno znachimыx bankov globalnogo i natsionalnogo xaraktera. V chastnosti, bil izuchen opit i analiticheskiye dannie Germani, Velikobritani i. Klyuchevыe slova: kommercheskiy bank, sistemno znachimыe banki, globalnыe sistemno znachimыe banki, natsionalnыe sistemno znachimыe banki, pokazateli otsenki, Bazelskiy komitet. Annotation: The article theoretically studies the activities of systemically important banks. In particular, the opinions and scientific research of economists on this issue are studied. At the same time, the main emphasis is placed on the methodology for identifying global and national systemically important banks. In particular, the experience and analytical data of the Germany, Great Britain, and are studied. Keywords: commercial bank, systemically important banks, global systemically important banks, national systemically important banks, assessment indicators, Basel Committee. Kirish “Tizimli ahamiyatga molik banklar” moliya-kredit sohasida moliyaviy tizimning barqarorligi va mustahkamligi uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan banklarga nisbatan qoʻllaniladigan atamadir. Ushbu banklar shunchalik katta va muhim ahamiyatga egaki, ularda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar yoki muvaffaqiyatsizliklar butun mamlakat iqtisodiyotiga, hatto jahon iqtisodiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Odatda tizimli ahamiyatga molik banklarning mazmuni turli mezonlarni oʻz ichiga oladi, masalan, aktivlar hajmi, xalqaro moliya bozorlarga taʼsiri, bankning boshqa moliya institutlari bilan aloqalari va boshqalar. Nazorat qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar inqirozlarning oldini olish va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida banklarning kapitali, likvidligi va risklarni boshqarishga qoʻshimcha talablarni belgilash uchun tizimli ahamiyatga molik banklar roʻyxatini shakllantirib boradi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Tizimli ahamiyatga molik banklar shunchalik katta va muhim ahamiyatga egaki, ularning faoliyati va holati butun moliya tizimining sogʻlomligi uchun ahamiyatli boʻladi. Ekspertlar va shu soha mutaxassislari “tizimli ahamiyatga molik banklar” ni moliyaviy tizimning barqarorligida strategik rol oʻynaydigan asosiy moliyaviy subyektlar sifatida qarashadi. Ushbu banklar koʻpincha moliyaviy infratuzilmaning “ustunlari” hisoblanadi va ularning barqarorligi iqtisodiyotning umumiy farovonligi uchun muhimdir. “Tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlashga yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi “Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlashiga asoslanib, 2012yil oktyabrda “Milliy tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash boʻyicha yondashuvlari hujjatni chiqdi.[1] Ushbu hujjatga muvofiq, tizimli ahamiyatga molik banklarni baholashda yuqorida muhokama qilingan omillar hisobga olinadi, xalqaro (transchegaraviy) faoliyat esa bundan mustasno, chunki Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasiga koʻra, “Milliy tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash metodologiyasi, birinchi navbatda bankrotlikning milliy iqtisodiyotga taʼsirini baholashni aks ettirishi kerak. [2] J.Larozyer oʻz tadqiqotlarida tizimli ahamiyatga molik yirik banklarga urgʻu berish shubhalarni keltirib chiqarishni qayd etadi. Bugungi kunda Yevropada eng xavfli tizimli ahamiyatga molik banklar emas, aksincha 88 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 shubhali ipoteka kreditlari va suveren qarz majburiyatlari haddan tashqari koʻp boʻlgan banklardir. Inqiroz koʻrsatganidek, muammoning ildizi banklarning kattaligida emas, balki riskli aktivlarning konsentratsiyasi, bank faoliyatining oʻzaro daxldorligi va qisqa muddatli moliya bozorlariga haddan tashqari qaramligidadir. Odatiy oʻrtacha tizimli ahamiyatga molik bankning birinchi darajali kapitali koeffitsiyentining 2,5% ga oshishi oʻz kapitalining rentabelligini uchdan bir qismga kamaytiradi. Bu tizimli ahamiyatga molik banklar aktivlarining iqtisodiy oʻsishga zarar yetkazadigan darajada qisqarishi, ularning raqobatbardoshligining pasayishi, qoʻshilish, faoliyati tartibga solinmagan bankka oʻtkazish tendensiyasining kuchayishi kabi jiddiy oqibatlarga olib keladi.[3] A.Demirguch-Kunt oʻz tadqiqotlarida “tizimli bankning hajmi” va “bankning mutlaq hajmi” tushunchalarini farqlash zarurligini taʼkidlaydi,[4] yaʼni, bank aktivlari boʻyicha yirik banklar har doim ham “tizimli ahamiyatga molik bank” boʻlmaydi. Bir qator iqtisodchi olimlar moliyaviy tashkilotlar faoliyatining diversifikatsiya darajasini baholash zarurligini taʼkidlaydi. S.Jou bankning diversifikatsiya darajasi va uning tizimli ahamiyati oʻrtasida bevosita bogʻliqlik bor degan xulosaga keladi, yaʼni. yaxshi diversifikatsiyalangan portfelga ega boʻlgan kredit tashkilotlarini ham tizimli ahamiyatga molik deb tasniflash mumkin.[5] Tadqiqot metodologiyasi 2011-yil noyabrda Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi “Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash metodologiyasi[6] boʻyicha birinchi xalqaro hujjatni tayyorladi. Mazkur “Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash metodologiyasi hujjatida 5 ta toifada 13 ta umumiy koʻrsatkichlar boʻyicha navbatdagi jadvaldagi maʼlumot orqali skoring baholash olib boriladi. 1-jadval Tizimli ahamaiyatga molik banklarni aniqlash koʻrsatkichlari № Kategoriya Indikator Ulushi, foizda 1. Hajm Yalpi risk 20 2. Oʻzaro aloqadorlik Moliyaviy institutlarga boʻlgan talab 6,67 Moliyaviy institutlar oldidagi majburiyatlar 6,67 Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar 6,67 3. Oʻrnini bosish qobiliyati / moliyaviy infratuzilma instituti Toʻlovlar sohasidagi faoliyat 6,67 Saqlash nazorati ostidagi aktivlar 6,67 Qarz va qimmatli qogʻozlar bozorlarida anderrayting operatsiyalari 3,33 Savdo hajmi 3,33 4. Murakkablik Birjadan tashqari hosilaviy instrumentlarning shartli qiymati 6,67 Qimmatli qogʻozlar va sotish uchun qimmatli qogʻozlar savdosi 6,67 3-darajali aktivlar 6,67 5. Xalqaro (transchegaraviy) faoliyat Xalqaro (transchegaraviy) talablar 10 Xalqaro (transchegaraviy) majburiyatlar 10 Hisoblash natijalariga koʻra, skoring bali aniqlanadi. Yakuniy ball 130 yoki undan yuqori boʻlgan banklarni “Global tizimli ahamiyatga molik bank”lar sifatida aniqlanadi. “Global tizimli ahamiyatga molik banklar” roʻyxati har yili aniqlanadi. Bazel qoʻmitasi davlatlarga “Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash qoidalari asosida “Milliy tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlashni bir xil chastotada oʻrganishni tavsiya etadi. Bank tizimi tarkibida sezilarli oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda (masalan, yirik banklarning qoʻshilishi) milliy tizimli ahamiyatga molik banklar tarkibiga tuzatishlar kiritiladi. Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi hujjatida qoʻshimcha koʻrsatkichlar va uning ulushini hisoblash usullari va qoʻshimcha kapital talablari koʻrsatilmagan. Bu masalalar muayyan 89 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 yurisdiksiyaga va uning milliy bank sektoriga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda milliy tartibga soluvchi organlarning ixtiyorida qoldiradi. Xalqaro amaliyotda, aksariyat mamlakatlarda milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash usullari bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi hujjatlarida mustahkamlangan tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan birga, turli mamlakatlarda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi hujjatlarida belgilangan asosiy omillarga qoʻshimcha sifatida, qoʻshimcha omillar va tartibga soluvchi organ meʼyorlaridan faol foydalaniladi. Yevropa Ittifoqi moliya institutlarining tizimli ahamiyatga molikligini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, miqdoriy koʻrsatkichlar asosida milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni avtomatik ravishda hisoblanadi, ularning tarkibiga hisoblangan koʻrsatkich 350 bazaviy punktdan yuqori boʻlgan banklar kiradi. 2-jadval Yevropa Ittifoqi tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash asosiy koʻrsatkichlari № Kategoriya Indikator Ulushi, foizda 1. Hajm Yalpi risk 25 2. Muhimlilik (moliyaviy institutni oʻrnini bosish qobiliyati/infratuzilma) Ichki toʻlovlar hajmi 8,33 Yevropa Ittifoqi omonatchilarining xususiy sektordagi depozitlari 8,33 Yevropa Ittifoqi qarz oluvchilariga xususiy sektor kreditlari 8,33 3. Murakkablik/ transchegaraviy faoliyat Xalqaro (transchegaraviy) talablar 8,33 Xalqaro (transchegaraviy) majburiyatlar 8,33 Birjadan tashqari hosilaviy instrumentlarning shartli qiymati 8,33 4. Oʻzaro aloqadorlik Moliyaviy institutlarga boʻlgan talab 8,33 Moliyaviy institutlar oldidagi majburiyatlar 8,33 Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar 8,33 Ikkinchi bosqichda milliy tartibga soluvchi organlar roʻyxatga kiritilmagan boshqa moliya institutlarini tizimli ahamiyatga molikligini aniqlaydi. Shu bilan birga, milliy regulyatorlarning qaroriga koʻra, mutlaq va nisbiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan indikatorlardan foydalaniladi. Milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlashning ikkinchi bosqichida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida boshqacha tarzda amalga oshiriladi. Quyida biz Germaniya va Buyuk Britaniya misollari yordamida kengroq oʻrganishga harakat qilamiz. 1 va 2 jadval maʼlumotlarini tahlil qilish natijasida bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tomonidan global va milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash metodologiyalarini keltirilgan. Shu bilan birga, davlatlar Bazel qoʻmitasi tavsiyalaridan kelib chiqqan holda global va milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlaydi va ularga milliy nazorat qiluvchi organlar tomonidan qoʻshimcha meʼyorlar belgilash amaliyotini qoʻllab keladi. Tahlil va natijalar Germaniya Federal moliyaviy nazorat organi (BaFin) Bundesbank bilan kelishilgan holda, har yili qaysi tijorat banklar milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida tasniflanishi mumkinligini aniqlaydi.[7] Ikkinchi bosqichda miqdoriy tahlil kengaytirilgan koʻrsatkichlar toʻplamiga asoslanib aniqlanadi. 3-jadval Germaniyada tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash koʻrsatkichlari № Kategoriya Milliy asosda shakllantirilgan indikatorlar 90 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1. Hajm Jami aktivlar va shartli majburiyatlar 2. Iqtisodiyot uchun ahamiyatli moliya instituti oʻrnini bosishi / infratuzilmasi TARGET2 orqali ulangan bilvosita ishtirokchilar soni. Bankdan tashqari mijozlar uchun amalga oshirilgan ichki (milliy valyutada) toʻlov operatsiyalari hajmi. Bankdan tashqari mijozlar uchun amalga oshirilgan ichki (milliy valyutada) toʻlov operatsiyalari soni. Germaniyada xususiy sektor depozitlari. Germaniyada xususiy sektorga kreditlar 3. Transchegaraviy faoliyat Chet el nobank kontragentlar tomonidan qoʻyiladigan talablar. Xorijiy banklarning talablari. Savdo portfelidagi derivativlardan olingan daromadlar. Chet el nobank kontragentlari oldidagi majburiyatlar. Xorijiy banklar oldidagi majburiyatlar. Savdodagi derivativ vositalar boʻyicha majburiyatlar. Germaniya yuridik jihatdan mustaqil boʻlgan shoʻba korxonalar soni 4. Oʻzaro aloqadorlik Banklardan olingan mablagʻlar. Germaniyadagi sugʻurta va boshqa moliya institutlaridan olingan mablagʻlar. Banklar oldidagi majburiyatlar. Germaniyadagi banklar va boshqa moliya institutlari oldidagi majburiyatlar. Emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar 100 va undan yuqori ball toʻplagan barcha muassasalar milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida tasniflanadi. Natijalar Germaniya Federal moliyaviy nazorat organi BaFin va Bundesbank tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu bosqichda 100 balldan kam ballga ega boʻlgan subyektlar ham ekspert xulosasiga koʻra tizimli ahamiyatga molik ekanligini aniqlash mumkin. Olingan ballarga koʻra, banklar 4 guruhga boʻlinadi, ularga Germaniya bank qonunchiligiga muvofiq 0,5 dan 2% gacha qoʻshimcha kapital qoʻllaniladi. Buyuk Britaniya nazorat organi (Prudential Regulation Authority) milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlashning ikkinchi bosqichida tashkilotning turli toifalardagi ahamiyatini baholashga asoslangan nazorat yondashuvini qoʻllaydi [8] 4-jadval Buyuk Britaniya tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash koʻrsatkichlari № Kategoriya Indikatorlar Kategoriya ichidagi ulush, % da 1. Chakana bank ishi Chakana bank depozitlari 44 Chakana bank kreditlari 23 Chakana bank mijozlari 33 2. Korporativ bank ishi Korporativ depozitlar hajmi 60 Korporativ kreditlar hajmi 40 3. Banklararo operatsiyalar Banklararo bozordagi majburiyatlar 50 Banklararo bozordagi aktivlar 50 4. Toʻlovlar, hisob-kitoblar, kliring CHAPS tizimi orqali oʻrtacha kunlik tranzaksiyalar hajmi 35 BACS tizimi orqali oʻrtacha kunlik tranzaksiyalar hajmi 15 CREST tizimi orqali oʻrtacha kunlik tranzaksiyalar hajmi 35 91 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 LCH tizimi orqali oʻrtacha kunlik tranzaksiyalar hajmi 15 5. Saqlash xizmati Boshqarilayotgan aktivlar 100 6. Investitsion bank ishi Savdodagi aktivlar 50 Bozor tranzaksiyalari hajmi 50 Umumiy ball 100 dan oshgan barcha banklar milliy tizimli ahamiyatga molik banklar hisoblanadi. Bundan tashqari, nazorat organi 100 balldan kam boʻlgan tijorat banklarni milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida quyidagi holatlarda belgilashi mumkin: • agar bank oʻtgan yili milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida aniqlangan hamda nazorat organi fikriga koʻra, Buyuk Britaniya yoki Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga molik boʻlsa; • agar bankning xorijdagi banki shoʻbasi milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilangan boʻlsa va uning moliyaviy barqarorligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa. Buyuk Britaniya nazorat organi har yili tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlaydi va ularning roʻyxatini eʼlon qiladi. Masalan, 2018-yil holatiga koʻra,[9] 15 ta tizimli ahamiyatga molik banklar boʻlib, ularning 6 tasi birinchi bosqichda, 9 tasi ikkinchi bosqich natijalariga koʻra kiritilgan. 100 bazis punktdan kam ballga ega boʻlgan tijorat banklar tizimli ahamiyatga molik banklar deb topilmadi. Boshqa mamlakatlarda (Yevropa Ittifoqidan tashqarida) milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash metodologiyasi ball asosida baholashni, ham miqdoriy ham sifat koʻrsatkichlari asosida qoʻshimcha baholashni birlashtirgan holda qoʻllaniladi. Xulosa va takliflar Xulosa oʻrnida, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash va mamlakat iqtisodiy barqarorligini taʼminlash muhim masalalardan biri ekanligi barchamizga maʼlum. Shu bilan birga, yirik banklar moliyaviy qiyinchiliklar boshidan kechirishi “domino effekti” natijasida iqtisodiy subyektlarning faoliyati murakkablashuviga va iqtisodiy vaziyatning taranglashuviga, bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi maʼlum. Shu bois, tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash, milliy va global tizimli ahamiyatga molik banklarni belgilash va uning faoliyatini tartibga solish har qanday muammoli vaziyatlarni oldini oladi. Barcha davlatlarning nazorat qiluvchi organlari tizimli ahamiyatga molik banklar uchun qoʻshimcha iqtisodiy meʼyorlar belgilashi va ular faoliyatining barqarorligini taʼminlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun doimiy ravishda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganib borish, shu bilan birga bank nazorati boʻyicha xalqaro Bazel qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirib borish turli murakkab vaziyatlarni oldini olishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A framework for dealing with domestic systemically important banks. URL: https://www.bis.org/publ/bcbs233.pdf 2. A framework for dealing with domestic systemically important banks. Principle 5. Pp. 3, 6. 3. Larozyer J. de. Regulirovaniye protiv nadzora // Central-Banking. com, February 21, 2012. URL: http://www.centralbanking.com/type/interview/ category/central-banks/monetary-policy 4. Demirguc-Kunt A. Do we need big banks? Evidence on performance, strategy and market discipline. The World Bank Development Research Group Finance and Private Sector Development Team, 2011. 5. Zhou C. Are Banks Too Big to Fail? Measuring Systemic Importance of Financial Institutions. International Journal of Central Banking, 2010 6. Global systemically important banks: assessment methodology and the additional loss absorbency requirement. URL:https://www.bis.org/publ/bcbs207.pdf 7. Podxodы k opredeleniyu natsionalno sistemno znachimыx bankov izlojenы v dokumente Deutsche Bundesbank, The German Federal Financial Supervisory Authority «Main features of the method for the identification of other systemically important institutions (O-SII)», 08.05.2017. URL:https://www.bundesbank.de/resource/blob/625806.pdf 92 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 8. Statement of Policy “The PRA”s approach to identifying other systemically important institutions (OSIIs)» (fevral 2016). URL: https://www.bankofengland.co.uk/–/media/boe/files/prudential-regulation/policystatement/2016 9. Po otchetnыm dannыm na 31-dekabrya 2017 goda. URL: https://www.bankofengland.co.uk 10. Hong Kong Monetary Authority Supervisory Policy Manual Systemically Important Banks. CA-B-2. V1–18.02.2015. URL:https://www.hkma.gov.hk/media/eng/doc/key-functions/banking-stability/supervisorypolicy-manual/CA-B-2.pdf