scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT XAVFINI BOSHQARISH

Yusupov Ruslan Muxtarovich

Full text

97 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TIJORAT BANKLARIDA KREDIT XAVFINI BOSHQARISH Yusupov Ruslan Muxtarovich Innovatsion texnologiyalar universiteti, O‘quv uslubiy bo‘limi uslubchisi [email protected], telefon: +998973551212 https://doi.org/10.5281/zenodo.17510610 Annotatsiya: Mazkur tezisning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli kreditlar holatini tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishning samarali yo‘llarini ilmiy asosda ko‘rsatib berishdan iborat. Taklif etilgan choralar bank faoliyati barqarorligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: muammoli kreditlar, tijorat banklari, risk-menejment, kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik, raqamli texnologiyalar. Kirish Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bank tizimi mamlakat moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tijorat banklari real sektor subyektlariga kreditlar taqdim etish orqali ishlab chiqarish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, kredit portfelida muammoli kreditlar (Non-Performing Loans — NPL) ulushining ortishi bank tizimining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muammoli kreditlar bank likvidligining pasayishi, foydaning kamayishi va investitsion jozibadorlikning susayishiga sabab bo‘ladi. Muammoli kredit — bu belgilangan muddatda qarzdor tomonidan asosiy qarz yoki foiz bo‘yicha to‘lov amalga oshirilmagan kredit hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda 90 kundan ortiq kechiktirilgan kreditlar muammoli kredit sifatida tasniflanadi. Muammoli kreditlar miqdorining ortishi bank aktivlari sifatining yomonlashuviga, foyda marjasining qisqarishiga va moliyaviy barqarorlikning buzilishiga olib keladi. Shu sababli, bank tizimida kredit portfeli sifatini doimiy ravishda monitoring qilish juda muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda Markaziy bank tomonidan muammoli kreditlarni aniqlash va baholash uchun belgilangan me’yorlar mavjud bo‘lib, ular xalqaro standartlarga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Tijorat banklarida muammoli kreditlar holati tahlili So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimida kreditlash hajmlari sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi ham ma’lum darajada o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Tijorat banklarining muammoli kreditlari to‘g‘risida 2025-yil 1-sentabr holatiga ma’lumot mlrd. so‘m № Bank nomi Kreditlar Muammoli kreditlar Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi Jami 581 057 21 802 3,8% Davlat ulushi mavjud banklar 394 952 14 888 3,8% 1 O‘zmilliybank 105 602 3 093 2,9% 2 Agrobank 75 937 2 589 3,4% 3 O‘zsanoatqurilishbank 67 988 2 398 3,5% 4 Asaka bank 40 499 1 919 4,7% 5 Xalq banki 30 871 1 154 3,7% 6 Biznesni rivojlantirish banki 23 603 1 424 6,0% 7 Mikrokreditbank 20 117 1 307 6,5% 8 Aloqa bank 16 643 431 2,6% 98 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 9 Turon bank 13 693 573 4,2% Boshqa banklar 186 105 6 914 3,7% 10 Ipoteka-bank 35 635 2 186 6,1% 11 Kapital bank 35 267 1 709 4,8% 12 Hamkorbank 21 792 325 1,5% 13 Ipak yo‘li bank 15 054 221 1,5% 14 Orient Finance bank 13 688 226 1,7% 15 Tibisi bank 10 686 551 5,2% 16 Anor bank 8 778 381 4,3% 17 Davr bank 8 194 309 3,8% 18 Invest Finance bank 8 011 210 2,6% 19 Trastbank 7 088 242 3,4% 20 Tenge bank 3 777 136 3,6% 21 Asia Alliance bank 3 718 24 0,6% 22 KDB Bank O‘zbekiston 3 488 0 0,0% 23 Hayot bank 3 293 62 1,9% 24 Ziraat Bank Uzbekistan 2 089 67 3,2% 25 Universal bank 1 760 11 0,6% 26 Garant bank 1 149 148 12,9% 27 AVO bank 645 59 9,2% 28 Apeks bank 503 0 0,0% 29 Oktobank 415 0 0,0% 30 Madad Invest bank 402 19 4,6% 31 Poytaxt bank 301 17 5,7% 32 Smart bank 154 1 0,5% 33 Yangi bank 129 12 8,9% 34 Uzum bank 69 0 0,0% 35 Eron Soderot bank 21 1 2,7% 36 Yevroosiyo banki 0 0 0,0% Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda muammoli kreditlar umumiy kredit portfelining 5,1 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil yakunida bu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil etadi. 2025-yilning 1-sentyabr holatiga muammoli kreditlar umumiy kredit portfelining 3,8 foizini tashkil etmoqda. Ayrim davlat ishtirokidagi banklarda bu ulush 4–6 foizgacha ko‘tarilgan holda saqlanib qolmoqda. Tarmoq kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, muammoli kreditlarning asosiy qismi qurilish, savdo va ishlab chiqarish sohalariga to‘g‘ri keladi. Bu sohalardagi bozor konyunkturasi o‘zgaruvchanligi va likvidlik yetishmasligi qarzdorlar majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni qiyinlashtirmoqda. Xulosa va takliflar 99 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, muammoli kreditlar darajasi hozirgi kunda O‘zbekiston bank tizimi uchun dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ular moliyaviy barqarorlikka, likvidlikka va investitsion muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Muammoli kreditlar darajasini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha quyidagi takliflar amaliy ahamiyatga ega: • Banklarda risk tahlilini kuchaytirish va avtomatlashtirilgan baholash tizimlarini joriy etish; • Qarzdorlar faoliyatini doimiy monitoring qilish; • Kreditlar sifatini baholash bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish; • Qonunchilik bazasini takomillashtirish va sud-ijro tizimini soddalashtirish. • Tijorat banklarida kredit xavfini boshqarish samaradorligini oshirishda sug‘urta mexanizmlarining rolini kuchaytirish. Muammoli kreditlarni bartaraf etish tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvni talab etadi. Bank tizimida kredit xavflarini samarali boshqarish orqali mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2017.732 b. 2. Casu, Barbara Girardone, Claudia Molyneux, Philip Introduction to banking, 2nd edition, Harlow: Pearson. 2015 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ma’lumotlari — www.cbu.uz 4. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilishga oid farmon va qarorlari.- https://Lex.uz/