scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Ayollar huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilikning uyg'unligi

Tajibayeva Laylo Ulug'bek qizi

Abstract

Maqolada ayyolar huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar va O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi o’rtasidagi uyg’unligi masalalari tahlil qilinadi.Ayollar huquq va erkinliklarining kafolatlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda xalqaro normalarni milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish jarayoni yoritiladi.

Full text

35 NEW INNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION 9-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM Tajibayeva Laylo Ulug’bek qizi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya yo`nalishi 248-guruh talabasi laylotadjiba[email protected]m Тажибаева Лайло Улугбек кизи Студент 248 группы, факультета социальных и экономических наук, кафедры юриспруденции Ургенчского государственного университета имени Абу Райхона Беруни [email protected] Tajibayeva Laylo Ulug’bek qizi Student of group 248, Faculty of Social and Economic Sciences, Jurisprudence Department, Urgench State University named after Abu Rayhon Beruni [email protected] Ayollar huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilikning uyg’unligi. Annotatsiya: Maqolada ayyolar huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar va O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi o’rtasidagi uyg’unligi masalalari tahlil qilinadi.Ayollar huquq va erkinliklarining kafolatlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda xalqaro normalarni milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish jarayoni yoritiladi. Kalit so’zlar: ayollar huquqlari, gender tengligi, konvensiya, milliy qonunchilik, diskriminatsiya, teng huquqlilik, inson huquqlari, xalqaro huquq, implementatsiya,BMT. Аннотация: В статье анализируютсия вопросы соответствия международных конвенций национальному законодательству Республики Узбекистан в сфере защиты прав женщин. Рассматриваются гарантии прав и свобод женщин, механизмы их реализации, а также процесс имплементации международных норм в национальную правовую систему. Ключевые слова: права женщин, гендерное равенство, конвенция, национальное законодательство, дискриминация, равенство, права человека, международное право, реализация, ООН 36 NEW INNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION 9-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM Abstract: The article analyzes the issues of compatibility between international conventions fnd the national legislation of the Pepublic of Uzbekistan in protecting the rights of women. It covers the guarantees of women’s rights and freedoms, mechanisms for their implementation, and the process of implementing intertational norms into the national legal system. Keywords: women’s right, gender equality, convention, national legislation, discriminftion, equality, human rights, international law, implementation, UN. Ayollar huquqlari fuqaroligi, yoshi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har bir xotin-qizning ajralmas huquqlaridir. Ayollar huquqlari dunyo bo’ylab ayollar va qizlar uchun talab qilinadigan huquq va imtiyozlardir.Ba’zi mamlakatlarda bu huquqlar qonun, mahalliy an’ana va xulqatvor tomonidan institutlashtirilgan yoki qo’llab quvvatlanadi, boshqa joylarda esa ular e’tiborsiz qoldiriladi va qanoatlantirilmaydi.Ayollar huquqlari tushunchalari bilan bog’liq masalalar odatda shaxs daxlsizligi va mustaqilligi, jinsiy zo’ravonlikdan xoli bo’lish, ovoz berish, davlat lavozimlarini egallash, qonuniy shartnomalar tuzish, oila qonunchiligida teng huquqlarga ega bo’lish, mehnat qilish, adolatli ish haqi yoki teng maosh olish, reproduktiv huquqlarga ega bo’lish, mulkka egalik qilish va ta’lim olish huquqlarini o’z ichiga oladi. Bugungi globallashuv davrida ayollar huquqlarini ta’minlash va gender tengligini mustahkamlash masalasi har bir davlat uchun dolzarb yo’nalishlardan biridir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad xalqaro standardlarning milliy qonunlarga tadbiq etilishi va milliy qonunlarning xalqaro normalarga mos kelishini ta’minlashdir.Ayniqsa xotin-qizlarning jamiyatdagi ro’li, o’rni va nufuzini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarish va ularni umume’tirof etilgan jahon andozalari talablariga keltirish yuzasidan qilinayotgan sa’y harakatlar alohida e’tiborga molik. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada ta’komillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-829-son Qonuni ushbu islohotlarda muhim o’rin tutadi. Ushbu jarayon ayollarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish va ularning to’laqonli huquqlaridan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.Xalqaro hamjamiyat bu borada keng qamrovli huquqiy mexanizmlar yaratgan.Eng muhimlaridan biri-“Xotinqizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risida konvensiya”(CEDAW 1979)hisoblanadi. 37 NEW INNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION 9-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM O’zbekiston ham ushbu konvensiyani 1995-yil 6-mayda ratifikatsiya qilgan va milliy qonunchilikni xalqaro me’yorlarga moslashtirish yo’lida izchil islohotlarni amalga oshirib bormoqda.O’zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi yaratilgan va u oltita yo’nalishdan iborat. Birinchidan, bu borada zaruriy huquqiy baza yaratilgan; Ikkinchidan, tegishli intitutsional tizimga asoslangan; Uchinchidan, muayyan o’quv-tarbiya ishlari yo’lga q’yilgan; To’rtinchidan; sohaga oid qonunlar ijrosining monitoringi olib borilyapti; Beshinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanyapti; Oltinchidan,ayollar huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro hamkorlik izchil amalga oshirilyapti. Mamlakatimizda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “O’zbekiston-2030” strategiyasida ham ushbu muhim masalalar o’z aksini topdi.Jumladan, 1.3 yo’nalishi 25-maqsadida Xotin-qizlarni qo’llab quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash,ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tengligini ta’minlash uchun 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko’rsatkichlari quyidagicha bo’lishi kerak: Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo’rzvonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash. “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish,mazkur ishlar bo’yicha jamoatchilik nazoratini o’rnatish. Xalqaro konvensiyalarning ahamiyati. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan xalqaro hujjatlar ayollar huquqlarini xalqaro darajada himoya qilishning asosiy poydevorini yaratgan.Ularning eng muhimlari: 1.CEDAW(1979)-ayollar kamsitilishini bartaraf etish bo’yicha eng muhim xalqaro hujjat; 2.Pekin harakatlar platformasi (1995)-gender tengligini amalda ta’minlash bo’yicha strategik yo’nalishlarni belgilaydi; 3.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi(1948)-erkaklar va ayollar teng huquqli ekanligini e’tirof etadi. 38 NEW INNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION 9-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM Bu hujjatlar barcha davlatlardan ayollar uchun siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy,va madaniy sohalarda teng imkoniyatlarni yaratishni talab etadi. 2.Milliy qonunchilikda ayollar huquqlarining kafolatlanishi . O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”,-deb belgilangan. Shuningdek, quyidagi qonun hujjatlari ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan: 1.”Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qonun (2019) 2.Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida qonun (2019) 3.Mehnat kodeksi,oila kodeksi vas hu kabi normative hujjatlar orqali ayollarning mehnat,ta’lim,tibbiy xizmatdan foydalanish,siyosiy jarayonlarsa ishtirok etish,oilada teng huquq asosida qaror qabul qilish kabi huquqlari qonuniy jihatdan mustahkamlanadi. 3.Xalqaro va milliy huquq uyg’unligining namoyon bo’lishi. O’zbekistonning milliy qonunchiligi rivojlanib borgani sari xalqaro normalarni implementatsiya qilish jarayoni tizimli ravishda olib borilmoqda.Masalan: -CEDAW konvensiyasida nazarda tutilgan ayollarni siyosiy jarayonlarga jalb qilish talablari asosida,Oliy Majlis qonunchilik palatasida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar ulishi 2025 yilda (38,7%) ni tashkil etadi. -Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tashkil etildi. -Jamiyat va davlatning ko’pgina sohalarida ayollar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu o’zgarishlar xalqaro me’yorlar bilan milliy siyosatning yaqqol uyg’unligini ko’rsatadi. 4.Muammolar va takliflar. Shunga qaramay, ayrim hududlarda diskriminatsiya, huquqiy ongning pastligi va ayollarga nisbatsn ijtimoiy bosim hali ham mavjud. Shu sababdan: -ayollar huquqlari bo’yicha huquqiy savodxonlikni oshirish dasturlarini kengaytirish; -zo’ravonlik holatlarida tezkor himoya mexanizmlarini kuchaytirish; -xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish lozim. 39 NEW INNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION 9-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM So’ngi yillarda inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy strategiyasiga muvofiq xotin-qizlarni himoya qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini,jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik bo’yicha murosasizlikni ta’minlash borasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi.O’zbekistonda gender tenglikni ta’minlash,barcha xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan to’qqizta maqsad ishlab chiqilgan va ular izchil amalga oshirib kelinyapti. Xulosa o'rnida shuni takkidlash kerakki,xalqaro konvensiyalar va O'zbekiston milliy qonunchiligi o'rtasidagi uyg'unlik ayollar huquqlarini himoya qilishda samarali huquqiy asos yaratmoqda.Muhimi, bu huquqiy mexanizmlar amaliyotda real natija berishi uchun jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish,ayollarga nisbatan hurmat va e’tiborni oshirish zarurdir.Zero,ayolning qadri ulug’langan jamiyatda taraqqiyot,tenglik va adolat qaror topadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.2023 2.”Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”konvensiya.2019 3.”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkonyatlar kafolatlari to’g’risida”qonun.2019 4.Mehnat kodeksi.2025 5.CEDAW-convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women.1979 6.BMT Inson huquqlari deklaratsiyasi.1948 7.Pekin harakatlar platformasi.1995 8.Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida Oliy Sud Plenum Qarori.2023 9.”O’zbekiston-2030 Strategiyasi”.2023