scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI MOLIYAVIY HOLATI TO'G'RISIDAGI HISOBOTNING MOHIYATI VA UNING AHAMIYATI

Hamroyev Ixtiyor Baxtiyor o'g'li

Full text

119 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI MOLIYAVIY HOLATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTNING MOHIYATI VA UNING AHAMIYATI Hamroyev Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti “Buxgalteriya hisobi va Audit” yo‘nalishi talabasi. tel +998 (95) 908 58 01 E-mail hamroyevixtiyor2[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17511466 Annotatsiya: Ushbu tezisda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllaridan biri sifatida buxgalteriya balansining batafsil ta'rifi, uning turlari va korxona moliyaviy boshqaruvidagi ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, aktivlar, majburiyatlar va balansning har bir bo‘limi hamda moddalari iqtisodiy mohiyati yoritilgan bo‘lib buxgalteiya balansini tuzish va takomillashtirishga oid bir qancha takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: buxgalteriya balansi, aktiv, majburiyat, kapital, moliyaviy holat, balans moddalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning moliyaviy holatini to‘g‘ri baholash, uning aktivlari va majburiyatlarini haqqoniy aks ettirish muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning barqaror faoliyati, investorlarga ishonch uyg‘otishi va boshqaruv qarorlarining samaradorligi moliyaviy hisobotlarning, xususan, buxgalteriya balansining to‘g‘ri tuzilishiga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga mos ravishda yuritilishi, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga rioya etilishi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu boisdan, buxgalteriya balansining mohiyati, turlari va ahamiyatini chuqur o‘rganish amaliy va nazariy jihatdan dolzarb masala hisoblanadi.Dastlab bir necha xorijiy va O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarning tadbirkorlik subyektlari moliyaviy holati haqidagi qarashlarini ko‘rib chiqamiz. Rus iqtisodchi olimi N.S.Feyt buxgalteriya balansiga quyidagicha ta’rif bergan Balans –u tashkilotning aktivlari, majburiyatlari va aktsioner kapitalini aniq sana bo‘yicha ko‘rsatuvchi moliyaviy hisobot. 1 Muayyan nazariya nuqtai nazaridan, balans shundagi “turlarni” tizimlashtirishga, kategoriyalar o‘rtasida bog‘lanishni ifodalashga xizmat qiladigan abstrakt tushuncha sifatida qaraladi. Y.V.Sokolovning fikricha, balans – bu kategoriya, ya’ni balans faqatgina raqamlar yig‘indisi emas, balki moliyaviy tarkib va munosabatlarni tizimli ko‘rsatadigan kategoriya. 2 Buxgalteriya balansi haqida iqtisodchi olim Z.N.Qurbonov quyidagi fikrlarni bergan: “Buxgalteriya balansi – bu korxona xo‘jalik mablag‘larini ularning tarkibi va joylashuviga qarab, shuningdek, ularning shakllanish manbalari bo‘yicha ma’lum bir sanada guruhlaydigan va umumlashtiradigan hisobot jadvalidir.” 3 Iqtisodchi olim Jabbarova.Ch.A o‘zining maqolasida buxgalteriya balansiga ta’rif berib, balansning real holatga mosligi haqida shunday fikrlar keltirgan. “Balansdagi ma’lumotlar real holatga mos kelishi kerak, lekin “to‘g‘rilik” va “real holat” tushunchalarini aralashtirmaslik kerak. Masalan, balans hujjatlari asosida to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin ba’zi moddalardagi ma’lumotlar, masalan, eskirgan asosiy vositalar yoki qarzdorliklar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.’’ 4 Professorning fikrlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, balansdagi ma’lumotlar real holatga mos bo‘lishi lozim, ammo “to‘g‘rilik” (ya’ni hujjatlar asosida hisob-kitobning to‘g‘ri yuritilishi) bilan “real holat” (ya’ni amaldagi iqtisodiy vaziyat) bir xil tushuncha emas. Masalan, balans shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin agar undagi ayrim aktivlar (masalan, eskirgan asosiy vositalar) yoki qarzdorliklar haqiqiy qiymatini aks ettirmasa, 1 Feit N. S. Buxgalterskiy balans // Современные научные исследования и инновации. – 2020. – № 5. – С. 45–48. – URL: https://cyberleninka.ru/article/n/buhgalterskiy-balans-5 2 Соколов Я. В. Исследование современного состояния бухгалтерского баланса как источника информации о финансовом положении организации // Экономика и управление: проблемы, решения. – 2019. – Т. 3, № 6. – С. 112– 118. – URL: https://cyberleninka.ru/article/n/issledovanie-sovremennogo-sostoyaniya-buhgalterskogo-balansa-kakistochnika-informatsii-o-finansovom-polozhenii-organizatsii 3 Qurbonov Z. N., Xotamov K. R. Teoriya buxgalterskogo ucheta. — Namangan davlat universiteti nashri, 2014. — NamDU Raqamli kutubxona. – URL: https://namdu.uz/uz/books/2476 4 THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE BALANCE SHEETJabbarovаCharos AminovnaLecturer in the Department of Budgetary Accounting andTreasury of the Tashkent Financial Institute 120 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 u holda balans haqiqiy iqtisodiy holatni to‘liq ko‘rsata olmaydi. Bu fikr buxgalteriya hisobida formal to‘g‘rilik va mazmunan haqqoniylik o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Ya’ni balans nafaqat hujjatlar asosida to‘g‘ri, balki haqiqatga ham mos bo‘lishi kerak. Balans – bu jadval bo‘lib, unda hisob obyektlari ikkita nuqtai nazardan – mulk va moliyalashtirish manbalari nuqtai nazaridan guruhlanib, ularning sonli qiymatlari ko‘rsatiladi. Balans ikki qismdan iborat: aktiv – mulk turlari va guruhlari bo‘yicha, passiv esa tashkilot kapitali va majburiyatlari ko‘rsatiladi. Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot (balans hisoboti) - bu korxonaning ma'lum bir vaqt oralig'idagi aktivlari, majburiyatlari va kapitalini ko'rsatuvchi asosiy moliyaviy hujjat. Uning mohiyati korxonaning moliyaviy ahvoli va boyligini bir qarashda aniqlashda iborat, ahamiyati esa boshqaruv qarorlari uchun asos bo'lishida, investorlar va kreditorlarning ishonchini qozonishida va korxonaning barqarorligini baholashda muhim rol o'ynashida. Shuningdek bu hisobot biznesning iqtisodiy kuchini, moliyaviy barqarorligini va resurslardan foydalanish samaradorligini baholashda muhim vositadir. Balans tashkilotning mol-mulki va moliyaviy holatini hisobot sanasidagi pul qiymatida ifodalaydi. Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar: ➢ Haqiqiylik (to‘g‘rilik) ➢ Real holatga moslik ➢ Birlik (uyg‘unlik) ➢ Davomiylik ➢ Tushunarli bo‘lishi Balansning haqiqiyligi, to‘g‘riligi uni tuzishda asos qilib olingan hujjatlar to‘liq va sifatli bo‘lishiga bog‘liq. Agar hisobot davrining barcha iqtisodiy faoliyat faktlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri hujjatlashtirilmasa, balans korxonaning haqiqiy natijasini aks ettirmaydi. Balansning har bir moddasi hisoblar, hisob-kitoblar va inventarizatsiya bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Balans ma’lumotlarini qasddan buzish — bu balansni “yopib qo‘yish” deb ataladi. Bu xatoliklar korxonaning kamchiliklarini yashirish yoki ma’lum jihatlarni yaxshilash uchun qasddan yoki bilmaslik natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Balansning davomiyligi har bir yangi balans oldingi balansdan kelib chiqishi kerak. Masalan, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha tuzilgan balans yangi yil boshlanishidagi ochilish balansiga aylanishi lozim. Chunki moliyaviy yil avvalgi yilning davomidir Balansnig tushunarli bo‘lishi balansni tuzayotgan va undan foydalanayotgan shaxslar uchun u aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Moliyaviy hisobotlarni to‘ldirish shartlari. Moliyaviy hisobotlar quyidagi shartlar bajarilgandan keyin shakllantiriladi: ➢ Yil davomida barcha biznes operatsiyalari hisob qoidalariga muvofiq qayd etilgan bo‘lishi; ➢ Inventarizatsiya orqali korxona aktivlari va majburiyatlari mavjudligi tasdiqlangan bo‘lishi; ➢ Sintetik va analitik hisoblarda aylanmalar shakllangan; ➢ Hisoblangan hisob qoldiqlari korxonaning moliyaviy holatini haqiqiy aks ettiradi. Balans passivlarining tuzilishi balans passivlarida bo‘limlar va moddalar ularning to‘lanish muddatiga qarab tartiblanadi. Egalar (aksiyadorlar, tadbirkorlar, xususiy mulkdorlar) qarz beruvchilardan farqli ravishda faqat qolgan aktivlarga da’vo qilish huquqiga ega, ya’ni tashkilot likvidatsiya qilinsa, avvalo barcha majburiyatlar to‘lanadi, keyin qolgani egalar ulushiga beriladi. Balans passivi korxona bog‘liqligi korxonaning tashqi va ichki shaxslar, tashkilotlarga bo‘lgan moliyaviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Buxgalteriya balansining muhimligi va ahamiyati korxonaning aktivlari va passivlari harakati ustidan to‘liq nazorat qilish, keyinchalik foyda olish maqsadida u yoki bu resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash, salbiy iqtisodiy hodisalarning oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish, moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini taqdim etishidan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni buxgalteriya balansi subyektlari deb nomlash mumkin. Buxgalteriya balansi subyektlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 1. Qonunchilik va ijro hokimiyati organlari. 121 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2. Investorlar va aksionerlar. 3. Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar. 4. Turli xil kreditorlar Buxgalteriya balansi ma’lumotlari foydalanuvchilarining turli xil ma’lumotlaridan foydalanadilar. Korxonaning joriy va kelgusidagi to‘lovga layoqatliligi kabi ma’lumotlar mol yetkazib beruvchilar va kreditorlarni, korxonaning foydalilik darajasi aksionerlar va investorlarni, aylanma mablag‘larning harakati va holati ichki foydalanuvchilarni qiziqtiradi. Xulosa va takliflar Umuman olganda kelib chiqadiki, buxgalteriya balansining asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy holatini haqqoniy va ishonchli tarzda aks ettirishdan iborat. Balansdagi ma’lumotlarning faqat hujjatlar asosida to‘g‘ri bo‘lishi yetarli emas — ular amaldagi iqtisodiy holatni ham to‘liq ifodalashi kerak. Shuning uchun balans tuzishda “to‘g‘rilik” bilan bir qatorda “mazmunan haqqoniylik” tamoyiliga ham qat’iy rioya etilishi zarur. Shuningdek, balans ma’lumotlarining davomiyligi, aniqligi va tushunarliligi moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlaydi hamda korxona faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiladi Korxonalarda balans tuzishdan avval barcha aktiv va majburiyatlarni muntazam inventarizatsiya qilish tizimini kuchaytirish zarur. Buxgalteriya hisobini yuritishda faqat shakliy to‘g‘rilikka emas, balki axborotning real iqtisodiy mazmuniga e’tibor qaratish kerak. Balans ma’lumotlarini taqdim etishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, bu orqali investorlar va manfaatdor tomonlar uchun ishonchli moliyaviy axborotni ta’minlash lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti 2. Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. b. 299 bet .Sotivoldiev A.S., 3. Abduvohidov F.T., Satyvaldieva D.A. Moliyaviy va boshqaruv hisobi: Darslik. -T .: "Iqtisod -Moliya", 2012. 432 b. 4. Qurbonov Z. N., Xotamov K. R. Teoriya buxgalterskogo ucheta. — Namangan davlat universiteti nashri, 2014. — NamDU Raqamli kutubxona. – URL: https://namdu.uz/uz/books/2476 5. THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE BALANCE SHEETJabbarovаCharos AminovnaLecturer in the Department of Budgetary Accounting andTreasury of the Tashkent Financial Institute 6. Рябова М.А., Богданова Н.А. Теория бухгалтерского учета: учебное пособие. – Ульяновск: УлГТУ, 2009. – С. 158. 41 б. 7. Feit N. S. Buxgalterskiy balans // Современные научные исследования и инновации. – 2020. – № 5. – С. 45–48. – URL: https://cyberleninka.ru/article/n/buhgalterskiy-balans-5 8. Лукин В. А. Бухгалтерский баланс как система // Path of Science: International Electronic Scientific Journal. – 2018. – Т. 4, № 5. – С. 2501–2506. – URL: https://pathofscience.org/index.php/ps/article/view/114