scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MOLIYAVIY XIZMATLAR BOZORIDA RAQOBATNI KUCHAYTIRISH VA KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH

Poyonov Xasan

Full text

122 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MOLIYAVIY XIZMATLAR BOZORIDA RAQOBATNI KUCHAYTIRISH VA KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH Poyonov Xasan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talabasi Tel: +998 (97) 0695282 E-mail: @[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17511501 Annotatsiya: Mazkur maqolada moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirishning nazariy asoslari hamda kapital bozorini rivojlantirishning dolzarb jihatlari tahlil etilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bank va nobank sektorlar faoliyatidagi o‘zgarishlar, investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Raqobat muhitining shakllanishi, kapital bozorining jozibadorligini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish omillari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy xizmatlar bozori, raqobat, kapital bozori, investitsiya, bank tizimi, qimmatli qog‘ozlar bozori, iqtisodiy barqarorlik. Kirish Hozirgi davrda moliyaviy xizmatlar bozori milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan moliya tizimini shakllantirish jarayonida raqobat muhitini kuchaytirish va kapital bozorini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Raqobatning kuchayishi xizmatlar sifatini oshiradi, narxlarning barqarorligini ta’minlaydi va iste’molchilarga keng tanlov imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, kapital bozorining rivoji korxonalar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy qism 1. Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning ahamiyati O‘zbekiston moliya tizimida 2020-yillardan boshlab yangi banklar va fintex kompaniyalarning kirib kelishi raqobat muhitini sezilarli darajada jonlantirdi. Raqobatni kuchaytirish orqali xizmatlarning raqamlashtirilishi, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv va innovatsion mahsulotlar paydo bo‘ldi. Mamlakatda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Moliya vazirligi tashabbuslari asosida monopoliyaga qarshi siyosat kuchaytirilmoqda. Bu esa moliyaviy xizmatlar sohasida adolatli raqobatni ta’minlashga zamin yaratadi. 2. Kapital bozorining rivojlanish tendensiyalari Kapital bozori iqtisodiyotda uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etishda muhim mexanizm hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida “Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyati so‘nggi yillarda sezilarli kengaydi. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmining oshishi, xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlari ham kapital bozorining jozibadorligini oshirmoqda. Kapital bozorining rivojlanayotganiga misol sifatida “Toshkent” respublika fond birjasida so’ngi to’rt yildagi o’shishni tahlil qilamiz: 123 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Savdo hajmining 2023-yildan 2024-yilga keskin oshgani (2,89 → 21,95 trln so‘m) o‘zgarish darajasini ko‘rsatadi: bu 650% ga yaqin o‘sish. Bundan tashqari 2023-yilda birja zararga kirgan, 2024-yilda birjaning sof foydasi 12,3 mlrd so’m bo’lgan. Birjada 2024-yilda bitimlar soni 498381( to’tr yuz to’qson sakkizming uch yuz sakson bir) tani tashkil bu ko’rsatkich bo’yicha 2023yild 411870 (to’rt yuz o’n birming sakkizyuz yetmish) tani, o’rtadagi tafovut 86511 tani tashkil qilmoqda. Bu esa so’ngi yillarda mamlakatimizda kapital bozorni rivojlantirish uchun qilingan islohotlar natijasidir. 3. Raqobatni kuchaytirish va kapital bozorini rivojlantirishning o‘zaro bog‘liqligi Raqobat muhitining kuchayishi moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishiga olib keladi. Bu esa kapital bozoridagi faol ishtirokchilar sonining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlangan raqobat korxonalarni yangi moliyaviy instrumentlar yaratishga undaydi, bu esa iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida asosiy omillardan biridir. Kapital bozorini rivojlantirish esa investitsion faollikni oshiradi, moliyaviy resurslar harakatini tezlashtiradi va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini takomillashtirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda moliya sektorida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2. Karimov A., “O‘zbekiston moliya tizimidagi islohotlar”, TDIU, 2022 3.Moliya vazirligi hisobotlari (2023–2024). 3. Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) – Financial Stability Report, 2024. 4. World Bank. Developing Capital Markets in Emerging Economies, 2023. 6. https://kapital.uz 1,26 4,82 2,89 21,95 0 5 10 15 20 25 Savdo hajmi ( trln so'mda) 2021 2022 2023 2024