TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY SAMARADORLIGINI VA AKTIVLARINI SIFATINI OSHIRISH
Full text
156 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY SAMARADORLIGINI VA AKTIVLARINI SIFATINI OSHIRISH Yaqupboyev Quvondiq Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adres: yaqupboyev[email protected] Telefon raqami:+998990134206 https://doi.org/10.5281/zenodo.17511913 Annotatsiya: Tezisda tijorat banklari aktivlari va ularning samaradorligi, aktivlarning diversifikatsiya qilinishi hamda tijorat banklaridagi muammoli holatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Tijorat banklari, aktivlar, moliyaviy samaradorlik, bank operatsiyasi, bank kreditlari, pul oqimlari. Kirish: Tijorat banklari iqtisodiyotning ajralmas asosiy qismi bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Davlatimizda aynan bu bank sektorlari bo‘yicha ko‘plab ishlohatlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining bank qonunchiligida “Tijorat banklarining aktivlari – kredit, mikrokredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qogʻozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablagʻlar, hisoblangan foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulki, boʻlib-boʻlib sotilgan mol-mulk, balansdan tashqari buyumlar (qaytarib boʻlmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) va boshqa barcha talablar, hisoblangan foizlardan tashqari”. Aktivlar bilan bogʻliq munosabatlarning mavjudligi aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalarni keltirib chiqaradi 1 . Bank aktivlari samaradorligini oshirish nafaqat bank tizimini emas balki butun iqtisodiyotni takomillashtirish va rivojlantirish usulidir. Asosiy qism: Tijorat banklarining rivojlanishi aynan iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlanishiga ham olib keladi. Aynan tijorat banklari aholiga hizmat ko‘rsatish moliyalashtirish kabi faoliyat bilan shug’ullanadi. Prezident tomonidan qabul qilingan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” farmonining besh ustuvor yo‘nalishidan biri – iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu yo‘nalish istiqbolli investitsiya loyihalarining barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlashga, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga kredit berishni yanada kengaytirishga qaratilgan 2 . Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida islohotlar chuqurlashib, tijorat banklarining aktivlari hajmi sezilarli o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda tijorat banklari jami aktivlari 411,5 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 830 trillion so‘mga yetgan va to‘rt yil ichida ikki baravardan ko‘p o‘sdi. Shuningdek, aktivlar tarkibida kredit portfeli 63–65 foiz, investitsiyalar esa 7–8 foiz ulushni egallab tashkil qiladi 3 . 1jadval. AT «Hamkorbank»ning aktivlar turlari bo‘yicha bank aktivlari dinamikasi (2021–2024 y. mlrd so‘mda). 4 № Aktivlar nomi 2021 2022 2023 2024 2025 (IIIchorak) 1 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari 812,54 1 052,11 1 358,73 1 754,92 1 983,68 1 Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli “20202025 yillarga muljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” gi Farmoni. 4-bet 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli farmoni – “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida.” 3 www.cbu.uz 4 S Nilufar - World Scientific Research Journal, 2025 - journalss.org
157 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2 Markaziy bankdagi mablag‘lar 643,27 802,14 1 094,53 1 267,54 1 445,05 3 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, sof 978,36 1 228,87 2 741,88 3 197,86 4 558,05 4 Qimmatli qog‘ozlar va ularga qilingan investitsiyalar, sof 524,99 671,12 1 012,45 1 540,99 1 718,69 5 Qimmatbaho metallar, sof 31,23 43,19 17,54 0 0 6 Investitsiyalar, sof 119,35 147,23 165,11 178,93 214,75 7 REPO bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar, sof 112,45 126,78 143,56 176,53 194,81 8 Kredit va lizing operatsiyalari, sof 8 965,54 10 987,88 14 321,55 18 951,24 20 400,38 9 Asosiy vositalar, sof 365,11 416,33 498,24 562,98 587,37 10 Boshqa aktivlar, sof 720,35 846,01 945,33 871,23 943,77 Jami aktivlar 13 273,21 16 021,69 19 823,86 22 497,34 32 138,56 2021-yilda jami aktivlar 13,273.21 mlrd so‘mni tashkil qilgan, 2025-yilga kelib esa 43,158.66 mlrd so‘mga yetgan. Bu davr mobaynida bank aktivlari 3,25 barobarga o‘sgan hisoblanadi. Bu AT «Hamkorbank»ning moliyaviy salohiyati, va bozor ulushi va investitsion imkoniyatlari sezilarli darajada kengaygayib borayotganini ko’rsatadi. Aktivlarning eng katta qismini kredit va lizing operatsiyalari egallagan. Ularning hajmi 2021 yildagi 8,965.54 mlrd so‘mdan 2025 yilda 29,408.87 mlrd so‘mga yetib, jami aktivlarning 68–70% ini tashkil qilgan. Bundan ko’rinib turibdiki bankning asosiy daromad manbai kreditlash ekanini va kredit portfelining kengayishi hisobiga aktivlar o‘sayotganini ko‘rsatadi. 1 rasm – Hamkorbank aktivlarini yillik o‘sish dinamikasi 5 . 5 S Nilufar - World Scientific Research Journal, 2025 - journalss.org
158 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 AT «Hamkorbank»ning 2021–2025 yillar davomida umumiy aktivlari hajmi o‘sish tendensiyasini namoyon qilgan. Diagrammalarda ham aktivlar tarkibi bo‘yicha mutlaq ko‘rsatkichlar, ham yillik o‘sish sur’atlari foizlarda aks ettirilgan. Umumiy aktivlar hajmi yilma yil oshib borgan va 2021 yildan 2025 yilgacha sezilarli darajada kengaygan. Bu tendensiya bankning iqtisodiy salohiyati, moliyaviy resurslarni jalb qilish va ularni samarali joylashtirish qobiliyatining ortib borayotganini ko‘rsatadi. Yillik o‘sish sur’atlari tahlili. Diagrammada ko‘rsatilganidek, ayrim yillarda o‘sish sur’ati yuqoriroq bo‘lsa, keyingi yillarda biroz pasayish kuzatilgan. Aynan bu haqda ko’plab malumotlar Samadova Nilufar O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti maqolasida kenggaytirilgan malumotlar berilgan. Tijorat banklarining aktivlari samaradorligini yaxshilash bo’yicha ko’plab chet el iqtisodchilari ham quydagicha fikirlar bildirib o’tganlar hisoblanadi. Iqtisodchi V. Usoskin tijorat banklarining aktivlar sifatini yaxshilash masalasini qiydagicha etirof etadi. V. Usoskin kredit portfeli sifatini oshirish mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashva o’rganish tizimini takomillashtirishni va kredit portfelini shakllantirishda diversifikatsiya tamoyiliga qat’iy rioya etishni taklif etgan hisoblanadi. Mening fikrimcha aynan kredit sohasida islohatning olib borilishi bankdagi kreditlarning undirilishi va tarqatishishi aynan bu jarayon kredit tamoillariga javob berishi aktivlarning oshishiga samarali tasir ko’rsatadi. Professor O. I. Lavrushin fikriga ko’ra tijorat banklarining likvid aktivlari depozitlarning beqaror qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkonini berishi kerak deb aytgan hisoblanadi. bank depozitlarining uchta asosiy shakli — joriy depozitlar, jamg‘arma depozitlari va muddatli depozitlar — ma’lum barqaror ulushga ega bo‘lib, ular jami depozitlarning kamida 75 foizini tashkil etishi lozim. Aksincha, likvid aktivlar jami depozitlarning 25 foizi miqdoridagi majburiyatlarni bajarish uchun yetarli miqdorda bo‘lishi zarur degan fikirlarni bildirgan. Tijorat banklari daromadining oshishi bu butun iqtisodiyotning rivojlanishi bilan barobar hisoblanadi.Banklarning qulashi iqtisodiyot qulashi bilan hisoblanadi bunga misollar inqirozlar davridan keltirsak bo’ladi. 1970-yillardan beri moliyaviy inqirozlar soni keskin oshgan. Moliyaviy inqirozlar ko‘pincha bank inqiroziga olib kelgan, bu esa ishlab chiqarish omillariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, iqtisodiy o‘sish sekinlashadi. Bank inqirozidan keyin kredit berish kamayadi. Bu esa investitsiyalarni, ishlab chiqarishni va kapital jamg‘arilishini pasaytiradi. Ba’zi banklarning mijozlari kreditlarni qaytara olmagach, boshqa banklar ham kredit berishdan qo‘rqadi. Bu bank tizimining global darajada zaiflashayotganini ko‘rsatadi 6 . Xulosa: Tijorat banklari iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi.Aynan bu tizimni rivojlantirish davlat uchun muhim hisoblanadi. Bank aktivlarining samaradorligini oshirish uchun, avvalo, risklarni boshqarish tizimini raqamlashtirish, aktivlarni ishlab chiqarish va eksport yo‘nalishlariga diversifikatsiya qilish, kapital yetarliligini mustahkamlash hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish zarur deb hisoblayman. Shuningdek, moliyaviy innovatsiyalarni keng joriy etish va monetizatsiya darajasini oshirish banklarning barqarorligini mustahkamlab, real sektorni moliyalashtirish imkoniyatlarini yaratadi va kengaytiradi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida tijorat banklari aktivlari samaradorligi ortishi va aktivlarning aylanishi tezlashib moliyaviy barqarorligi taminlanadi deb hisoblayman. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli “20202025 yillarga muljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” gi Farmoni. 4-bet. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli farmoni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida.” 6 A. Rakhimov ” Economic crisis and banking crisis”
159 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 3. A.R.Qodirov. Tijorat banklarida raqamli texnologiyalar asosida aktivlarni boshqarish. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2023 4. Lavrushin O, Mwengei. Assessing the Factors Contributing to Non – Performance Loans in Kenyan Banks, European Journal of Business and Management 2014. 5. Qoraliyev T.M., Norqobilov S. (2009) “Bank resurslari va ularni boshqarish” 6. S Nilufar - World Scientific Research Journal, 2025 - journalss.org 7. www.cbu.uz