scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKROIQTISODIY BARQARORLIK VA INVESTITSION MUHIT O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK

Norqobilov Nusratilla Norsaitovich

Full text

178 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MAKROIQTISODIY BARQARORLIK VA INVESTITSION MUHIT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK Norqobilov Nusratilla Norsaitovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi dotsent. [email protected]. orcid: 0009-0006-5045-1194 tel.998-99410-15-58 https://doi.org/10.5281/zenodo.17512759 Annotatsiya: Mazkur makroiqtisodiy barqarorlikning investitsion muhit shakllanishiga ta’siri hamda ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion muhit, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, pul-kredit siyosati, fiskal barqarorlik, investitsiya riski. Аннотация: Разработаны научно-практические предложения по теоретическим и практическим аспектам влияния макроэкономической стабильности на формирование инвестиционного климата и их взаимозависимости. Ключевые слова: макроэкономическая стабильность, инвестиционный климат, экономический рост, инфляция, денежно-кредитная политика, фискальная стабильность, инвестиционный риск. Annotation: Scientific and practical proposals are made on the theoretical and practical aspects of the impact of macroeconomic stability on the formation of the investment climate and their interdependence. Keywords: macroeconomic stability, investment climate, economic growth, inflation, monetary policy, fiscal stability, investment risk. Kirish Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiy munosabatlar tizimining murakkablashuvi va investitsiyalar oqimining bozordagi vaziyatga tezkor moslashuvi sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va barqaror o‘sish sur’atlariga erishishi, avvalo, milliy iqtisodiy siyosatning samaradorligi va investitsiyalar uchun qulay sharoitlarning yaratilganligi bilan belgilanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik fiskal va monetar siyosat muvozanati, inflyatsiya darajasining nazorat ostida bo‘lishi, milliy valyutaning nisbiy mustahkamligi, davlat qarzining optimal darajada boshqarilishi kabi omillar orqali ta’minlanadi. Bularning barchasi mahalliy va xorijiy investorlar ishonchini oshiruvchi asosiy makrofundamentlar sifatida maydonga chiqadi. Shu bois investitsion qarorlar qabul qilinishi jarayonida makroiqtisodiy xavfning past bo‘lishi kapital oqimlari faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, investitsion muhitning takomillashuvi-biznes yuritish sharoitlarining soddalashtirilishi, huquqiy kafolatlar mustahkamlanishi, soliq va moliyaviy imtiyozlar tizimining rivoji o‘z navbatida iqtisodiyotda barqaror o‘sish uchun mustahkam asos yaratadi. Qulay investitsion muhit kapital qo‘yilmalarini ko‘paytirib, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytiradi, bandlikni oshiradi va innovatsion rivojlanishga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhitning integratsiyalashgan holda rivojlanishini tahlil qilish milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim ilmiy-uslubiy vazifa hisoblanadi. Ushbu tadqiqot aynan makroiqtisodiy barqarorlik omillarining investitsion faollikka ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda investitsion muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan (1-jadval). Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikning tahlili 1 (1-jadval) № Tahlil yo‘nalishi Makroiqtisodiy ta’sir omillari Investitsion muhitga ta’siri Natija 1 Macroeconomic Stability and Inclusive Growth in Developing Economies (IMF Working Paper, 2021). 179 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1 Pul-kredit barqarorligi Past inflyatsiya, barqaror foiz stavkalari Investitsiya risklari kamayadi Kapital qo‘yilmalar ortadi 2 Fiskal barqarorlik Byudjet taqchilligining nazorati, davlat qarzining maqbul darajasi Investorlar ishonchi kuchayadi Uzoq muddatli investitsiyalar ko‘payadi 3 Valyuta barqarorligi Milliy valyutaning keskin tebranishlarining oldini olish Valyuta risklari kamayadi Tashqi investitsiya oqimi kuchayadi 4 Huquqiy muhit Sodiq va barqaror tartibga solish, mulk huquqi kafolati Biznes muhitining jozibadorligi ortadi Xorijiy investorlar soni oshadi 5 Iqtisodiy o‘sish sur’atlari YaIM o‘sishining barqarorligi Bozor sig‘imi va rentabellik oshadi Investitsion faollik kuchayadi 1-jadvalda pul-kredit barqarorligi inflyatsiya va foiz stavkalarining boshqarilishi orqali investitsiya risklarini kamaytiradi va kapital qo‘yilmalar oqimini rag‘batlantiradi. Fiskal barqarorlik - davlat byudjeti va qarz siyosatining muvozanatli yuritilishiinvestorlar ishonchini oshirib, uzoq muddatli sarmoyalarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Valyuta barqarorligi tashqi investorlar uchun valyuta xatarlarini cheklab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini kuchaytiradi. Huquqiy muhitning barqarorligi va mulk huquqlarining kafolatlanishi biznes yuritish xavfini sezilarli kamaytiradi va mamlakat investitsion jozibasini oshiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy o‘sish bozor sig‘imi va rentabellikni oshirib, investitsion faollikning ortishiga xizmat qiladi (2-jadval). Investitsion muhitga ta’sir qiluvchi institutsional omillar tahlili 2 (2-jadval) № Institutsional omil Mavjud holat / Muammolar Takomillashtirish yo‘nalishlari Kutilayotgan natija 1 Huquqiy muhit Tartibga solish tizimi murakkab, huquqiy xavf mavjud Mulk huquqi kafolatlarini kuchaytirish, soddalashtirilgan ruxsatnomalar Investorlar ishonchi oshadi 2 Boshqaruv va shaffoflik Korrupsiya xavfi, byurokratiya Raqamlashtirish, Ochiq ma’lumotlar platformalari Muhitning shaffofligi va samaradorligi oshadi 3 Soliq va bojxona siyosati Jarayonlar murakkab, xarajatlar yuqori Soliq rag‘batlari, soddalashtirilgan deklaratsiya Investitsiya jozibadorligi kuchayadi 4 Moliyaviy infratuzilma Moliyalashtirish imkoniyati cheklangan Kapital bozori va fintechni rivojlantirish Loyiha moliyalashtirish qamrovi kengayadi 2 Юсупова Д. Т., Юсупов А. Р .Совершенствование механизма привлечения иностранных инвестиций в Республику Узбекистан -.. “Экономика и социум”, 2022 yil. 180 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 5 Mehnat bozori va kadrlar Malakali mutaxassis yetishmovchiligi Kasbiy ta’lim va innovatsion kadrlarga sarmoya Mehnat unumdorligi oshadi 6 Raqobat muhiti Monopoliya elementi yuqori Antimonopol siyosatni kuchaytirish Bozor samaradorligi va mahsulot sifati oshadi 7 Siyosiy barqarorlik Geosiyosiy xatarlar ta’siri mavjud Barqaror iqtisodiy siyosat davomiyligi Uzoq muddatli investitsiyalar ko‘payadi 2-jadvalda investitsion muhitning sifatli va jozibador bo‘lishi institutsional omillarning qay darajada rivojlanganligi bilan chambarchas bog‘liq. Avvalo, huquqiy muhitning barqarorligi va mulk huquqlarining ishonchli himoyasi investorlar uchun eng asosiy kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Tartibga solish tizimidagi murakkabliklarni bartaraf etish investitsion risklarni kamaytiradi va sarmoya oqimini kuchaytiradi. Davlat boshqaruvida shaffoflikning pastligi va byurokratik to‘siqlar investitsion jarayonlarni sekinlashtiradi. Jarayonlarning raqamlashtirilishi va ochiq ma’lumotlar ekotizimining shakllanishi biznes muhiti samaradorligini sezilarli oshiradi. Soliq va bojxona siyosatining soddalashtirilishi investorlar xarajatlarini kamaytirib, investitsion jozibadorlikni orttiradi. Soliq rag‘batlari yangi startaplar va ishlab chiqarish loyihalarini jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, moliyaviy infratuzilmaning rivojlanmaganligi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklaydi. Kapital bozori va fintech xizmatlarini rivojlantirish investitsiya oqimini kengaytirib, iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlariga kapital yetkazib beradi. Kadrlar tayyorlash sifati oshirilsa, mehnat unumdorligi kuchayadi va iqtisodiy o‘sish tezlasha boshlaydi. Raqobat muhitining sustligi monopoliya xavfini kuchaytiradi. Antimonopol siyosat kuchaytirilishi mahsulot sifati va narx barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, siyosiy barqarorlik sarmoyadorning uzoq muddatli ishonchini ta’minlash uchun asosiy omil hisoblanadi. Barqaror davlat siyosati investitsiyalarning barqaror kirib kelishini rag‘batlantiradi. Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhitni yaxshilashni amalga oshirish uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: -inflyatsiyani nazorat qilishning bozor mexanizmlarini kuchaytirish lozim; -byudjet intizomini oshirish va davlat qarzini barqaror boshqarish zarur; -pul-kredit siyosatida prognoz qilinuvchanlikni ta’minlash lozim; -biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish zarur; - mintaqalarda investitsion infratuzilmani yaxshilash lozim -mahalliy investitsion loyihalarga davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘mak berish maqsadga muvofiq. Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik milliy iqtisodiyotning barqaror va yuqori sur’atlarda rivojlanishida hal qiluvchi omil sifatida maydonga chiqadi. Barqaror pul-kredit siyosati, past inflyatsiya, davlat byudjetining muvozanatli yuritilishi, valyuta bozorining barqarorligi hamda siyosiy ishonchlilik investorlar uchun xavf va noaniqliklarni kamaytiradi. Bu esa kapital oqimlari hajmining oshishiga, iqtisodiyotning investitsion jozibadorligining kuchayishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent: “O‘zbekiston”, NMIU, 2019. – 64 b. 181 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 3. Salamon L.M. The Tools of Government: A Guide to the New Governance. – Oxford: Oxford University Press, 2002. 688 p. 4. Юсупова Д. Т., Юсупов А. Р. Совершенствование механизма привлечения иностранных инвестиций в Республику Узбекистан // Экономика и социум. – 2022. № 5 (96). yil 5. Рахманов Б. Б. Институциональные основы мотивации прямых иностранных инвестиций в экономику Узбекистана // Central Asian Journal of Education and Innovation. 2024. yil 6. Иногамова М. С. Инвестиционный потенциал как фактор повышения инвестиционной привлекательности // Иқтисодий тараққиёт ва инновацион технологиялар. 2021. yil.